R yunusov, K. Umarov, B. Karimov


Daraxtlarni olma qurtiga qarshi dorilash muddatlarini



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

Daraxtlarni olma qurtiga qarshi dorilash muddatlarini 
belgilash.  Olma qurtiga qarshi daraxtlarni kimyoviy dorilash 
ishini bu zararkunandaning kapalaklari uchib chiqayotganda, 
tuxum qo‘yishga kirishdan oldin hamda qurtlari tuxumdan 
chiqa boshla gan va hali meva ichiga kirib ulgurmagan vaqt-
larda o‘tkazish lozim. Bog‘lar juda erta yoki kech (qurtlarning 
ko‘pchiligi meva ichiga kirgan vaqtda) dorilanganida hosilning 
bir qismi nobud bo‘ladi.
Bog‘larni olma qurtiga qarshi dorilash muddatlarini 
belgilash ning bir necha usuli qo‘llaniladi. Bu usullardan eng 
qulayi va samaralisi olma qurtining tabiiy sharoitda rivojlani-
shini kuzatib turishdir. Buning uchun olma yoki nok da-
raxtlarining kechpishar navlarida 15–20 avgustda tekshirib 
ko‘rilmagan, ya’ni orasida qishlayotgan qurtlar bo‘lgan ushlash 
belbog‘lari qoldiriladi. Bu daraxtlarning po‘stlog‘i ham toza-
lanmaydi.
Birinchi kuzgi sovuqlar tushganidan keyin daraxtlarda 
qoldirilgan belbog‘lar asta-sekin yechib olinib, qurtlar pillalari 
bilan birga idishlarga joylanadi va ularning og‘ziga doka torti-


34
ladi. Bunda pillalarni zararlamay saqlab qolib, qurtlarni shu pil-
lalar ichida qishlatishga katta e’tibor beriladi. Qurtlarni idish-
ga joylash oldidan pillalardagi qurtlar sanalib, ularning soni 
150–200 gacha yetkaziladi. So‘ngra bu idishlar bostirmaga osib 
qo‘yilib, ulardagi qurtlar qishda yog‘inlar hamda –8°C dan past 
harorat ta’siridan himoya qilinadi. Ko‘klamgi iliq kunlar bosh-
lanishi bilan bu qurtlarning g‘umbakka aylanishi va ulardan ka-
palaklar chiqishi kuzatib turiladi.
Ikkinchi bo‘g‘in qurtlarga dori purkash muddatini belgilash  
uchun mayning uchinchi o‘n kunligidan boshlab har uch–to‘rt kun-
da bir marta ushlash belbog‘lariga kirgan qurtlar belbog‘lar bilan 
birgalikda olinib idishlarga joylanadi va ularning og‘ziga doka yo-
piladi. Idishdagi qurtlarning soni 100 tadan kam bo‘lmasligi shart. 
So‘ngra bu idishlar bostirmaga yoki daraxt shox-shabbasining soya 
joyiga osib qo‘yiladi.
Olma daraxtlarining rivojlanish davrlariga qarab, olma 
qurti ning rivojlanish muddatlari hozircha vodiy zonasidagina 
o‘rganildi. Ko‘p yillik tajriba natijalariga asosan, Toshkent vilo-
yatida bu muddatlar quyidagicha ekanligi aniqlandi: ko‘klamdagi 
kapalaklar olma daraxtlari gullab bo‘lgandan keyin ucha bosh-
laydi va 4–6 kun o‘tgach ko‘plab uchadi; birinchi bo‘g‘in ka-
palaklar olma daraxtlari gullab bo‘lgandan keyin 50–52 kun 
o‘tgach, ikkinchi bo‘g‘in kapa laklar esa 92–95 kun o‘tgach ucha 
boshlaydi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish