45
rezavor meva o‘simliklari ichida qulupnay ko‘p tarqalgan
o‘simlik hisoblanadi. Mamlakatimizning tuproq-iqlim sharoiti-
da qulupnay may oyining birinchi o‘n kunligida pishadi. Meva-
sining mazasi, parhez uchun iste’mol qilinishi, texnolo giya sifati
va rangining chiroyliligi jihatidan yuqori baholanadi. Qulupnay
mevasining tarkibida 4–11 foizgacha qand, 0,3–1,6 foizgacha
kislota, 0,1–0,4 foiz oshlovchi va bo‘yoq moddalar bo‘ladi. Qu-
lupnayning 450 ga yaqin turi mavjud. O‘zbekistonda esa uning
42 turi hamda jaydari turlari ekiladi va keng tarqalgan navlarga
quyidagilar kiradi: Zengazengana, Kulver, Madam Muto, fes-
tivalniy, Dilbar, Uzbekistanskaya, Pamyat Shredera va boshqa
mahalliy navlar.
Do'stlaringiz bilan baham: