Apelsin navlari. Gamlin – apelsinning eng serhosil, ertapi-
shar navi bo‘lib, o‘rta dengiz guruhiga kiradi. Bu transheya-
da o‘stirish mumkin bo‘lgan eng yaxshi nav. Mevasi o‘rtacha
yiriklikda, ba’zan mayda, vazni 100–130 gr keladi, shakli yassi
yuma loq yoki sharsimon. Mevasining umumiy vazniga nisba-
tan 45–50 foiz sharbat chiqadi. Sharbatida 6,5–7 foiz shakar,
1–1,1 foiz kislota va 50–55 mg C vitamini bor.
Vashington navi Amerikadan keltirilgan. Tupi o‘rta bo‘yli,
bo‘yi 3–4 mm ga yetadi, shox-shabbasi yumaloq shaklda, ba’zan
keng yoyilgan, tikansiz bo‘ladi. Mevasi yirik, vazni 130–150 g,
ba’zilari 250–300 g va undan og‘ir bo‘ladi.
Mevalarining ayrimlaridagina urug‘ bo‘ladi. Ko‘pincha
meva sining eti quruqroq, bu navning kamchiligi hisoblanadi.
Sochinskiy navi Vashington Navel apelsinning kloni hisobla-
nadi. Mevalari yirik, vazni 150–200 gr yumaloq shaklda, bun-
da 45– 50 foiz sharbat ajraladi, uning kislotaliligi 0,9–1,1 foiz.
Tarkibida 6,5–7 foiz shakar, S vitamini bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |