Yovvoyi holda uchramaydi



Download 31,67 Kb.
bet1/6
Sana10.02.2023
Hajmi31,67 Kb.
#909855
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 topshiriq


Apelsin, poʻrtaxol (Citrus sinensis — gollandcha appelsien — aynan xitoy olmasi) — rutadoshlar (apel-singullilar oilasi)ning sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxt va buta. Vatani — Birma va Janubi-Gʻarbiy Xitoy. Yovvoyi holda uchramaydi. Tropik va subtropik mamlakatlarda qadimdan madaniylashtirilgan (Xitoyda 2 ming yildan beri, Janubiy Yevropada 15-asrdan, Kavkazning Qora dengiz buylarida 11-asrdan). Boʻyi 6 — 12 m. Shox va novdalarida ingichka tikanlari bor. Bargi tu-xum shaklida, hosili asosan noyabr-dekabr oylarida yetiladi. Mevasi dumaloq yoki tuxumsimon, sargish yoxud qizgʻish, vazni 300 — 400 g, taʼmi nordon, tarkibida 12 % qand, 1 — 2 % limon kislota, 0,9 % oqsil, A, V, S vitaminlar va efir moyi (poʻstida) bor. A. hoʻl meva holida is-teʼmol qilinadi; undan sharbat, kompot, qiyom va murabbo tayyorlanadi, poʻstidan olinadigan moy atir-upa va konditer sanoatida qoʻllaniladi. Hosildorligi 200 — 250 s/ga cha boradi. 300 ga yaqin navi bor. Vashington navel, Silliqpoʻst, Korolyok 100 va boshqa navlari koʻp ekiladi. Eqilgandan soʻng 3 — 4 yilda hosilga kiradi. Issiqsevar va namsevar. Qulay sharoitlarda 75 yildan ortiq yashaydi va hosil beradi. Trifoliat, bigardiya, 576mahalliy navlar urugʻlaridan chiqqan nihollarga payvand qilinadi. 4x2,5 m sxemada ekiladi. temperatura — 10°da yer usti qismi butunlay nobud boʻladi. A. AQSH, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Turkiyada hamda Gruziyaning gʻarbida koʻp yetishtiriladi. Oʻzbekiston va Tojikistonda usti yopi-ladigan maxsus uzun oʻra (transheya)larda, issiqxonalarda oʻstiriladi (yana qarang Sitrus mevalar)

Apelsinning ahamiyati


Ser suv, xushboʻy, qimmatbaho mevalari butun dunyoga mashhur. Apelsin mevasi tarkibida 6-8 foiz shakar, 1,0-1,4 foiz turli kislotalar, 1,0 foizgacha pektin moddalar. 60-100 mg % C vitamini, maʼlum miqdorda A, V1, V2, RR vitaminlar bor. Poʻsti qalin va sharbati kislotali boʻlganligidan tarkibidagi vitaminlar yaxshi saqlanadi. Apelsin juda qadimdan eng yaxshi desert mevalardan bid hisoblanadi. Apelsin mevalarining taʼm sifatlari — qand va kislotaning uygʻunligi, kuchli xushboʻy hidi uni faqatgina sitruslar orasida emas, balki boshqa barcha mevalar oldida ham birinchi oʻrinlardan biriga qoʻyadi.

Download 31,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish