R yunusov, K. Umarov, B. Karimov



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

5.  SUBTROPIK MEVALAR
Subtropik mevalarga anor, anjir, bodom, xurmo kabi o‘sim-
liklar kiradi. Anor bir tekis pishib yetilmaganidan bir necha 
marta bo‘lib-bo‘lib teriladi.
Dumbulligida terilgan anor saqlash vaqtida pishib yetiladi va 
о‘ziga xos maza hosil qiladi. U qisqagina meva bandi bilan birga 
bog‘ qaychida kesib terilib, savat, chelak, qoplarga solinadi. 2–      
3 kun davomida soyada quritiladi, so‘ngra saralanib 2 navga ajra-
tiladi. Qutiga yog‘och chirindi solib joylanadi.
   
    13-rasm. Anor. «Qizil anor» navi.            14-rasm. Anjir. «Kadota» navi. 
Anjir. Anjirning yangi terib olingan mevalarini uzoq joyga 
tashish ham mumkin emas, chunki tez achib qoladi. Shuning  
uchun anjir ho‘lligicha iste’mol qilinadi. Bir qismi qoqi qilish, 
qiyom pishirish va konserva tayyorlash uchun sarflanadi. Ho-
sil bir vaqtda yetilmaganligidan har 2–3 kunda terib turiladi. 
Mevaning yashilligi yo‘qolib, po‘stining qahrabo rangga kirishi 
yetilganligini ko‘rsatadi. hosil tamom yetilmagan holda, ya’ni 
qattiqligida teriladi. Anjirning yetilganligini to‘g‘ri aniqlash 
g‘oyat muhim, chunki meva daraxtda 1–2 kun ortiq turib qolsa, 
yumshab qayta ishlashga yaroqsiz bo‘lib qoladi. hosil meva 
bandini pichoq bilan kesib teriladi. Mevalar savatcha yoki 16 
kg li qutilarga 3–4 qavat qilib joylanadi. Qavatlar orasiga an-


44
jirning qalin barglari solinadi. Ba’zan shirasi oqib chiqqanda 
ham bu barglar achishiga imkon bermaydi va qo‘shni qavatdagi 
mevalarni buzilishdan saqlaydi. Anjirning ko‘p qismi qoqi qili-
nadi.
Bodom. Bodom tamom yetilgandan keyin iyulning oxiri 
va avgust boshlarida teriladi. Uning yetilganligi meva qati ning 
yoril ganligiga qarab aniqlanadi. Bodom daraxti yerga qoqib 
teriladi. Shoxlarida qolganlari qo‘lda teriladi. Tayoq bilan qo-
qish mumkin emas, chunki daraxt shoxlari qattiq shikastlanadi. 
Terilgan bodom savat, quti yoki qoplarda solinib, meva joylash 
bostirmasiga keltiriladi va bu yerda 50 sm qalinlikda yerga 
to‘kiladi. 2–3 kun o‘tib meva po‘sti yong‘og‘idan osonlik bilan 
ajrala boshlagandan keyin po‘stidan tozalashga kirishiladi. To-
zalangan bodom bostirma tagiga yoki soya joyga yupqa yoyilib 
yaxshilab quritiladi.
Anor. Anor, anjir sovuqqa chidamsizligi bilan boshqa meva-
lardan ajralib turadi. Ular O‘zbekistonda va boshqa respublika-
larda qishda tuproqqa ko‘miladi.
Xurmo. Xurmoning 800 dan ziyod navi bor. O‘zbekiston sha-
roitida yetishtiriladigan xurmo daraxtining bo‘yi 5–10 m ga yet-
adi. Xurmoning mevasi yirik bo‘ladi. Bir dona mevasining vazni 
100–400 gr gacha bo‘ladi, silin-
drsimon shakldan yassi yuma loq 
shaklgacha, uchi kalta gumbazsi-
mon yoki botiq, zalg‘ildoq yoki 
qizil rangda bo‘ladi. Xurmo da-
raxti 100 yil va undan ortiq ya-
shaydi. Ekilgandan keyin 4-yili 
hosilga kiradi. O‘zbekiston sha-
roitida bir gektardan 120–150 
sentner hosil beradi. hiakumi, 
Zendji Maru va Vaxsh kabi navlar 
keng tarqalgan.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish