54
8. YONG‘OQ MEVALILAR (2 soat)
Yong‘oq. Yong‘oq sentabrning ikkinchi yarmi oktabr oylari-
da pishadi. Po‘sti yorilib mag‘zi osonlik
bilan ajraladigan vaqt-
da u to‘la yetilgan hisoblanadi. Yong‘oq bir yo‘la yetilmaydi,
shuning uchun u bir necha marta qoqiladi. To‘kilgan yong‘oq
ko‘rinib turishi uchun qoqish oldidan daraxt tagi yaxshilab to-
zalanadi.
Qoqilgan bir qism yong‘oqning po‘sti ajralmasdan qoladi.
Ular alohida terilib uyumlab qo‘yiladi va 2–3 kun saqlanadi.
Uyumda ular qiziydi va po‘sti yong‘oqdan osonlik bilan ajraladi.
Po‘sti yorilmaganlarini uzoq saqlamaslik kerak.
Ortiqcha qizib
ketgan yong‘oq mag‘zi taxir bo‘lib yeyish yoki qayta ishlash
uchun yaramaydi. Po‘stidan ajratilgan yong‘oq obdan quritilishi
kerak.
22-rasm. Yong‘oq. «Ideal», «Yubeleyniy» va «Mirniy» navlari.
55
Pista. Pistaning asosiy qismi Markaziy Osiyo mamlakat-
larida yetishtiriladi.
Mevalari mayda, uning ekiladigan may-
doni qariyb 250 ming/ga ni tashkil qiladi. Yovvoyi pista tola
hosilga kirgach, 0,5 dan 8 kg gacha meva olish mumkin. Bu
o‘simliklarning madaniy navlari juda kam. O‘zbekistonning
tog‘li rayonlarida hozirgi davrda yong‘oqsimon
mevazorlar
maydoni qariyb 32 ming gektarni tashkil qiladi. Shundan 27
ming gektari payvandlanmagan bo‘lib atigi 5 minggi payvand
qilingan ko‘chatlarni keyingi yillarga ekish hisobiga madaniy
yong‘oqzorlarga aylantirildi. Madaniy yong‘oqzorlar
maydoni
umumiy yong‘oqzorlarning 16 foizini tashkil qiladi.
Bodom. O‘zbekistonda 2500 gektar bodomzor mavjud,
shundan 1,5 ming/ga yovvoyi bodomzorlardan iborat. Tosh-
kent viloyatining Bo‘stonliq rayonida yovvoyi bodomzorlarning
asosiy maydonlari joylashgan.
O‘zbekistonda o‘stirilayotgan yong‘oq, bodom,
pista va ay-
rim boshqa meva navlarini seleksiya yo‘li bilan yetishtirishda
O‘zbekistonning tog‘li rayonlarida yovvoyi holda uchraydigan
me
valar asos qilib olingan. 1950–1970-yillar
mobaynida
O‘zbekiston seleksionerlari tomonidan mavjud yovvoyi meva-
zorlardan tanlab olish va yetishtirish yo‘li bilan yong‘oqning
o‘rta va ertapishar navlari, pista, bodom, yong‘oqning bir ne-
cha a’lo sifatli, mahalliy sharoitga moslashgan navlari yaratildi.
Oxir gi yillarda O‘zbekiston olimlari
tomonidan erta hosilga ki-
radigan pakana bo‘yli yong‘oq navlari yaratilib, ishlab chiqarish
sharoitiga keng joriy qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: