R yunusov, K. Umarov, B. Karimov



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

Nazorat savollari:
1.  Urug‘li mevalarga qaysi turlar kiradi?
2.  Subtropik mevalar deganda nimani tushunasiz?
3.  Anor qaysi turga kiradi?
4.  Yong‘oqning qaysi navlarini bilasiz?
5.  Pista qaysi usul bilan ko‘paytiriladi?


56
3-amaliy mashg‘ulot
9.  YONG‘OQ MORFOLOGIYASI, RIVOJLANISHI  
(2 soat)
Ishning maqsadi: Talabalarni yong‘oq o‘simligining mor-
fologiyasi va rivojlanish davrlari bilan tanishtirish.
Material va jihozlar:
1.  Turli yoshdagi yong‘oq o‘simligining ko‘chatlari, ularning 
yer ostki va yer ustki qismlarini ko‘rsatuvchi jadvallar, gerbariy 
materiallari.
2. A.Ribakov, S.Ostrouxova. O‘zbekiston mevachiligi. – T: 
«O‘qituvchi». – 1981, 42–48-betlar.
Asosiy tushunchalar:
Yong‘oq. Shimoliy yarim sharda to‘qqizga yaqin, janubiy 
yarim sharda esa bir qancha turlari bor.
Yong‘oq daraxtining yog‘ochi, ayniqsa, tanasidagi g‘uddasi 
qimmatli hisoblanadi. Undan chiroyli mebel ya sanoatda ish-
latish uchun detallar tayyorlashda foydalaniladi.
23-rasm. Yong‘oq. «Bostonliq»,  
«Tezpishar» va «Yupqa 
po‘choq» navlari.


57
Yong‘oq ajoyib dekorativ daraxt hisoblanadi. Undan ixota 
daraxtzorlar barpo qilishda foydalaniladi. Bundan tashqari ko‘l 
va daryolar bo‘ylariga o‘tqaziladi, chunki uning ildizi baquvvat 
bo‘lib, yerga chuqur kiradi va tuproqni yuvilishdan saqlaydi. 
Yong‘oq daraxtining bo‘yi 2,5–3 m gacha, diametri 1,5–2 m 
ga yetadi, shox-shabbasi shar yoki qubbasimon shaklda. Ildizlari 
baquvvat bo‘ladi. Tana va asosiy shoxlarining asosida yashirin 
kurtaklar ko‘p bo‘ladi. Yong‘oq bir uyli, lekin gullari ayrim jinsli 
o‘simlikdir. Erkak kuchalalari o‘tgan yilgi novdalarining uchi-
da, urg‘ochi gullari esa shu yili ko‘kargan novdalarining uchida 
joylashadi. Erkak gullari o‘tgan yilgi barg qo‘ltiqlarida paydo 
bo‘ladi, urg‘ochi gulining murtagi esa o‘tgan yilgi yozda novda-
lar uchidagi sharsimon kurtaklarda hosil bo‘lib, faqat kelgusi yili 
ko‘klamda rivojlanadi. Barglar yozi lishidan oldin, martning ik-
kinchi yarmi, aprelning boshlarida, tog‘li rayonlarda uch–to‘rt 
hafta kechroq gullaydi. Ko‘pchilik navlarning erkak va urg‘ochi 
gullari bir vaqtda gullamaydi. Shuning uchun yong‘oqzorlarga 
changlovchi navlar o‘tqazish talab qilinadi.
Yong‘oq daraxti 8–10-yildan boshlab hosilga kiradi. 
O‘tqazilgandan keyin ikkinchi yiliyoq hosil beradigan xillari ham 
bor. Yong‘oq 25–35 yillik bo‘lganda mo‘l hosil beradi va har tupi 
100–150 kg, ba’zilari esa 300–500 kg hosil beradi. U har yili hosil 
beradi. Yong‘oq sentabrning ikkinchi, yarmi – oktabrning bosh-
larida pishadi. Mevasida 40–50 foiz, kamdan-kam hollarda 60 foiz 
mag‘iz bo‘ladi. Yong‘oq daraxtining ayrim tuplari 300 yilgacha 
yashaydi.
Pekan. Pekan daraxtining yog‘ochi qattiq, egiluvchan bo‘lib, 
dub va shumtol daraxtlarining yog‘ochiga o‘xshaydi.
Pekan – chiroyli, yirik va ko‘p yashaydigan (500 yilgacha), 
bo‘yi 30–60 m gacha yetadigan daraxt bo‘lib, shox-shabbasining 
kengligi 35 m, tanasining diametri ayrim hollarda 2 m gacha 
yetadi.
Erkak kuchalasi bitta gulbandda uchtadan bo‘lib, novdalari-
ning asosida joylashadi. Urg‘ochi gullari bitta gulbandda uch-
to‘rttadan (dasta) bo‘lib, shu yilgi novdaning uchida joylashadi.


58
Mevasi – soxta danak, ko‘pincha cho‘zinchoq, ingichka uchli, 
meva yoni ingichka va mo‘rt bo‘ladi.
Pista. Pista bargining bujgini (gullari)dan gilamlarni bo‘yash 
uchun qizil rang, shuningdek, tannin olinadi. Yog‘ochidan oli-
nadigan smola bo‘yoqchilik ishlarida qimmatli mahsulot hisob-
lanadi. Qattiqi va chiroyli yog‘ochidan turli-tuman buyumlar 
ishlashda foydalaniladi. Pista Markaziy Osiyoda yovvoyi holda 
o‘sadi. Pista bo‘yi 5–6 m keladigan daraxt va buta o‘simlik bo‘lib, 
chuqur joylashadigan baquvvat ildizlari bo‘ladi.
Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilganda beshinchi yili, urug‘idan 
o‘stirilganda esa 8–10-yili hosilga kiradi. Pista ikki uyli o‘simlik 
bo‘lib mart–aprelda gullaydi va shamol yordamida changlanadi. 
Mevasi sentabrda pishadi. Yovvoyi holda o‘sayotgan pistaning 
bir tupi 3–5 kg, ekib o‘stirilganda esa 40–80 kg gacha hosil be-
radi. 

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish