R yunusov, K. Umarov, B. Karimov


-rasm. Gilos. «Volove serdse»  navi. 11-rasm



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

10-rasm. Gilos. «Volove serdse» 
navi.
11-rasm. Olxo‘ri. «Qora olu» 
navi.
9-rasm. Shaftoli. «Start» navi.


39
1-amaliy mashg‘ulot
4.  URUG‘LI VA DANAKLI MEVALAR.  
MORFOLOGIK BELGILARI VA RIVOJLANISHINI  
KUZATISH (2 soat)
Topshiriq: Mevali daraxtlarning tashqi (morfologik) tuzili-
shini o‘rganish.
Material va jihozlar:
1.  Turli yoshdagi mevali ekinlarning ko‘chatlari, ularning yer 
ost ki va yer ustki qismlarini ko‘rsatuvchi jadvallar, gerbariy ma-
teriallari.
2.  A. Ribakov, S. Ostrouxova. O‘zbekiston mevachiligi. – T.: 
1981, 80–95-betlar.
3. T.E. 
Ostonaqulov va boshqalar. Meva-sabzavotchilik 
va po liz chilikdan amaliy mashg‘ulotlar. – Samarqand. 2004. 
169–172-betlar.
Qisqacha tushuntirish: Mevali daraxtlar yer ostki (ildiz-
lar) va yer ustki qismlarga bo‘linadi. Meva va rezavor meva 
o‘simliklari ildiz, poya va barglardan tashkil topgan asosiy uchta 
vegetativ organdan iborat.
Mevali daraxtlarning ildizi ularning barcha yer ustida 
joylashgan qismlarini mahkam tutib turadi. Mevali daraxtlar il-
diz tizimi ning vazifalari quyidagilardan iborat:
–  tuproq bilan o‘zaro doimiy aloqada bo‘lib, tuproqdagi suv-
ni va unda erigan mineral moddalar va karbonat angidrid (СО
2

bilan birgalikda so‘rib o‘simlikka o‘tkaziladi;
–  xlorofillning paydo bo‘lish jarayonlarida qatnashadi;
– o‘simlik uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarni to‘playdi, 
tup roq muhitiga mineral moddalar – qand, kislota, fosfor hamda 
kaliyning mineral birikmalarini va boshqalarini tayyorlab chiqa-
radi.
Mevali daraxtlarning ildiz tizimi bosh va yon ildizlar, 
qo‘shimcha ildizlar, popuk ildiz va tukchalardan tashkil topadi.
Bosh yoki birinchi tartibli ildiz murtak ildizchasidan o‘sib 
chiqadi. Bu ildiz faqatgina urug‘li ko‘chatlarda bo‘ladi, vegetativ 


40
yo‘l bilan ko‘paytirilgan o‘simlik qo‘shimcha ildiz chiqaradi. Bu 
ildiz ularning poya qismidagi qo‘shimcha kurtakdan o‘sib chiqa-
di. Bosh ildizda birinchi tartibli yoki yon ildizlardan ikkinchi 
tartibli yon ildizlar o‘sib chiqadi.
Asosiy va o‘rtacha ildizlar qatoriga asosiy hamda uchinchi va 
to‘rtinchi tartibda bo‘lgan hamma yon ildizlar kiradi. Bu ildizlar 
uzun va yo‘g‘on bo‘ladi.
So‘ruvchi ildizlar ildiz tizimining ko‘p qismini tashkil qiladi. 
So‘ruvchi ildizlar uzoq yashamaydi.
O‘tkazuvchi ildizlar oraliq ildizlarning davomi hisoblanadi. 
Ular asosan suv va mineral moddalarning so‘ruvchi ildizlarini 
olib daraxtga o‘tkazadigan jigarrang tusli ikkinchi navbatda ho-
sil bo‘lgan ildizlarning oz qismini tashkil qiladi.
Mevali daraxtlarning yer ustki qismi bosh poyadan iborat 
bo‘lib, u tana, butoqlar, shox hamda novdalardan iboratdir.
Tana asosan bosh poyaning tik joylashgan qismi bo‘lib, unga 
butoqlar birikadi. Tananing pastki qismi asosiy tana va uchiga-
cha bo‘lgan qismi esa markaziy o‘tkazuvchi yoki lider ataladi.
Asosiy tanadan chiqqan shoxlar bu birinchi tartibli shoxlar 
hisob lanadi. Bu shoxlardan ikkinchi tartib shoxlar, ulardan esa 
uchinchi tartib shoxlar o‘sib chiqadi. Asosiy tanada o‘suvchi va 
hosil shoxlar ham shakllanadi. hosil shoxlari meva kurtaklari-
ning shakllanishiga asos soladi. Markaziy tana esa butoq shoxlari 
va hosillari bilan birga daraxtning shox-shabbasini tashkil qiladi. 
Mevali daraxtlar shox-shabbasining rivojlanishi ularning ildiz 
tizimiga bog‘liqdir.
Shox tiplari. Mevali daraxtlarning shoxlari asosan o‘suv va 
hosil  shoxlariga  bo‘linadi.  О‘suv  shoxlari  baquvvat  o‘sadi  va 
meva kurtaklari hosil qilmaydi. Meva shoxlari esa kalta bo‘lib, 
sekin o‘sadi va ularda meva kurtaklari shakllanadi. Meva shox-
lari quyi dagilarga bo‘linadi:
–  halqali shoxcha, nayza shoxchalar, nayzali ingichka novda-
lar, meva butoqchalari tipida (urug‘li mevalarda);
–  gulli shoxcha, tup meva shoxcha, tizsimon shoxcha va ara-
lash meva shoxchalari (danakli mevalarda).


41

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish