12-rasm. Mevali daraxtlarning hosil shoxlari.
Kurtak. Rezavor meva o‘simliklarining yer ustki qismi – ta-
nasi, shoxcha, gul, meva va boshqalarini kurtakdan rivojlantiradi.
Kurtaklar o‘sish va meva kurtaklariga bolinadi. O‘sish kurtak-
lari amal davrida barglar bilan o‘ralgan halqali qisqa shoxchalar
va uzun novdalar paydo qiladi. hosil (reproduktiv) kurtaklarda
esa gullar, keyin meva yoki rezavor meva shakllanadi.
Olma daraxtlarning gul kurtaklari yozilganida birinchi gal-
da 5–7 bargdan iborat to‘pbarg, so‘ngra esa g‘unchalar paydo
bo‘ladi. Asosiy barg qo‘ltig‘ida o‘suv va ba’zan gul kurtaklar ho-
sil bo‘ladi. To‘p kurtaklar ana shu tarzda shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |