R yunusov, K. Umarov, B. Karimov


-rasm. Qulupnay. «Kulver» navi. 17-rasm



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

16-rasm. Qulupnay. «Kulver» navi.
17-rasm. Qulupnay. «Madam Muto» navi.


46
6.  SITRUS O‘SIMLIKLAR (2 soat)
Sitrus avlodi rutedoshlar oilasiga kiradi va 33 avlod, 250 
turni o‘z ichiga oladi. Bular yovvoyi holda asosan Osiyodagi, 
Zond arxipelagi va boshqa yerlardagi musson shamoli esadi-
gan joylarda o‘sadi. Vakillari boshqa joylarda uchramaydigan 
o‘ziga xos, rezavorsimon meva tugadi. Mevasi po‘stli yoki qalin 
etli bo‘ladi. Ular meva barglarining ichki devorlarida sersuv 
o‘simliklar shaklida hosil bo‘ladi. Madaniy sitrus o‘simliklar 
mevasi uch qavatdan tu zilgan. Tashqi qavati qalin, tig‘iz, 
zarg‘aldoq rangda bo‘lib, unda efir moylari saqlanadigan ko‘p 
hujayrali bo‘shliqlar mavjud.
Ichki qavati (endokarniy) yoki mevaning eti pallaga bo‘lingan 
va har bir pallasi po‘stga o‘ralgan. Bu pallalar urchuqsimon 
ko‘pgina o‘siqlardan hosil bo‘ladi, bu o‘siqlar shira xaltachalari 
deyiladi, ular guj shira massasini hosil qiladi. hujayra shirasi 
tarkibida shakar, organik kislotalar va boshqa moddalar mavjud 
bo‘ladi.
Bularga limon, apelsin, mandarin, greypfrut kiradi.
Sitrus mevalarda urug‘lar miqdori har xil bo‘ladi. Ayrim 
navlari urug‘siz, boshqa navlari esa juda serurug‘ bo‘ladi. 
O‘zbekistonda sit rus o‘simliklar har xil shakldagi usti yopiq 
joylarda ekib o‘stiriladi. Ularni ikki asosiy tipga birlashtirish 
mumkin. Qish davrida isitil maydigan usti yopiq joy va sovuq 
vaqtda isitiladigan usti yopiq joylarda yetishtiriladi. Issiq-
xonalarda isitish tizimi bo‘lganligidan yil ning sovuq davrida 
sitrus o‘simliklarini parvarish qilishning termik sharoitini 
tartibga solish mumkin. Transheyalarda qish oylaridagi ter-
mik rejim yerning va transheyalarda usti yopilgan konstruksi-
yalarning issiqlik berishiga qarab aniqlanadi. Sitrus o‘simliklar 
transheyalarda issiqxonalarga qaraganda anchagina qattiq sha-
roitda o‘sadi.
Sitrus o‘simliklarning guli barglar qo‘ltig‘ida yoki yosh 
novdalar uchida yakka yoki kichik shingil hosil qiladi.
Avval uchida gul shakllanadi, so‘ngra hosil novdasi o‘sa bor-
gan sari barglar qo‘ltig‘idagi gullar shakllanadi. Ancha kuchli 


47
o‘sadigan novdalarda qo‘ltiq kurtaklar kam hosil bo‘ladi. hosil-
dor novdalar bargining hammasi meva kurtaklari yozilishidan 
oldin shakllanadi, vegetativ kurtaklarda esa kuzatilmaydi, hosil-
dor va vegetativ novdalarning o‘sishi, gul kurtaklarining oldin-
ketin hosil bo‘lishi va shakllanishi bir vaqtga to‘g‘ri keladi.
Sitrus o‘simliklarning bargi bir yildan uch yilgacha yashnab 
turadi. Qarigan barglar o‘rnini asta-sekin yosh barglar egallaydi, 
shuning uchun ular doim yashil ko‘rinishda bo‘ladi. Bir yoshdan 
katta  barglari  hosil  tugishida  ko‘proq  ahamiyatga  ega.  Chunki 
ular zaxira moddalar to‘planadigan joy hisoblanadi. Shuning 
 uchun bunday barglarning saqlanib turishi mo‘l hosil olishda 
juda muhim ahamiyatga ega.
Qishlash davrida sharoit noqulay bo‘lib, barglari to‘kilib 
ketsa, o‘simliklar yangi barg chiqaradi, lekin shu yili hosil 
bo‘lmaydi. Sit rus o‘simliklari usti yopiq joyda o‘stirilganda 
ularning shox-shabbasining ixcham turishiga nisbatan qattiq 
talablar qo‘yiladi.
O‘zbekistonda sitrus o‘simliklar tarqalgan yildan boshlaboq 
R. Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik il-
miy tekshirish instituti Markaziy eksperimental bazasida, janu-
biy O‘zbekistonda tajriba stansiyasida va uning Namangan ta-
yanch punktida transheya va issiqxonalarda ilmiy amaliy ishlar 
olib boriladi.
Yangi sitrus mevazorlarini barpo etishda navlarni ishlab 
chiqarish uchun tavsiya etiladigan 
nisbatda tanlash, ya’ni 70 foiz li-
mon, 15 foiz apelsin, 10 foiz manda-
rin  hamda  boshqa  sitrus  mevalardan           
5 foiz miqdorida ekish kerak.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish