Zamon, makon va boshqa narsalar haqida. Ayzek Azimov



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/39
Sana24.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#127013
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

Triton  deb  nom  berdi.  Bu  nom  ham  juda  omadli  tanlangan  nomlardan  biri  bo‘lib,  chunki, 
afsonalarda Triton – Poseydonning o‘g‘li sifatida qayd etiladi. Keyinroq Lassel Uranni ham 
o‘rgana boshladi va ko‘p o‘tmay, yettinchi sayyoraning yana ikki yo‘ldoshini kashf etdi. Lassel 
Uran yo‘ldoshlarining nomlanishiga oid an’anani, ya'ni, ingliz folklori qahramonlari nomidan 
kelib chiqish kerakligini yaxshi bilardi va shunga asosan, o‘zi kashf qilgan yo‘ldoshlarga Ariel 
va Umbriel deb nom berdi. Bu nomlar Aleksandr Poup qalamiga mansub «Jingalaksochning 
o‘g‘irlanishi» asaridagi afsonaviy sehrgarlarning nomlaridir.  
Bu  orada  Yevropalik  astronomlarning  kashfiyotlari  estafetasini  Amerikaliklar  qabul 
qilib olishdi. 1848-yilda AQSHlik astronom Jorj Bond Saturnning hisob bo‘yicha sakkizinchi 
yo‘ldoshini ochdi. 1898 yilga kelib, Amerikalik yana bir olim Uilyam Pikering Saturn atrofidan 
to‘qqizinchi  yo‘ldoshni  ham  ko‘rib  qoldi.  An’anaga  binoan,  Saturn  yo‘ldoshlari 
titanvachchalar orasidan nomlanar edi va shunga ko‘ra, yangi yo‘ldoshlarga Giperion va Feba 
nomlari  berildi.  1905-yilda  Uilyam  Pikeringning  o‘zi,  Saturnning  o‘ninchi  yo‘ldoshini  ham 
ochganini va unga Temis deb nom berganini ma’lum qilgan edi. Biroq, u adashgan ekan.  
Xronologiyadan biroz oldinga o‘tib ketdik. XIX asr oxiriga qaytamiz.  
1877-yilda  amerikalik  astronom  Asaf  Xoll  Marsning  Yerga  maksimal  yaqinlashish 
paytini poylab, uni kuzatayotgandi. U teleskop vositasida qo‘shni sayyorani sinchiklab kuzatar 
ekan, uning atrofida aylanayotgan ikkita kichkina obyektni ilg‘ab qoldi. Bular shubhasiz Mars 
yo‘ldoshlari edi. Olim ushbu yo‘ldoshlarga Fobos va Deymos deb nom berdi. Xoll ham yunon 
afsonalaridan yaxshi xabardor edi va u ushbu nomlarni bejizga tanlamagan. Zero, yodingizda 
bo‘lsa, Mars (Ares) bu – urush ma’budi edi. Fobos va Deymos esa uning o‘g‘illari bo‘lib, ushbu 
nomlarning ma’nosi «qo‘rquv» (Fobos) va «dahshat» (Deymos) deganidir.  
1892-yilda  AQSHlik  yana  bir  astronom  Edvard  Bernard  Yupiterga  Galiley 
yo‘ldoshlaridan ham yaqinroq masofada aylanayotgan yangi, lekin kichikroq yo‘ldoshni kashf 
qildi. Uzoq yillar mobaynida olimlar ushbu yo‘ldoshga nom bermasdan, shunchaki «Yupiter 
V»  deb  nomlab  kelishdi  (chunki  u  beshinchi  bo‘lib  kashf  etilgan  edi).  Ushbu  yo‘ldoshga 
vanihoyat  mifologik  va  mantiqiy  jihatdan  mos  nomni  Kamil  Flammarion  taklif  qildi.  Ya'ni, 
yo‘ldosh Amalteya deb nomlanadigan bo‘ldi. Ushbu nom ham mantiqan juda to‘g‘ri tanlangan 
bo‘lib,  afsonalarga  ko‘ra,  Amalteya  Yupiterni  (Zevsni)  o‘z  ko‘krak  suti  bilan  boqqan  ayol 
ma’budning ismidir.  
1898-yilda olmon astronomi Karl Vitt g‘alati tarzda, betartib harakatlanadigan kichik 
sayyora  –  asteroidni  kashf  etdi.  Ma’lum  bo‘lishicha,  uning  orbitasi  Mars,  Yer  va  Venera 
orbitalari orasidan o‘tib, shu tarzda, uchta sayyoraga, eng asosiysi – Yerga yaqin kelar ekan. 
Shu  sababli,  Vitt  o‘zi  kashf  qilgan  mazkur  obyektga  qadimgi  yunonlarining  ishqiy 
sarguzashtlar ma’budi Eros nomini berdi. Eros afsonalarda Ares (Mars) va Afrodita (Venera) 
ning o‘g‘li sifatida qayd etiladi. Erosning orbitasi Venera va Mars sayyoralari orbitalari ichida 
ekanligini inobatga olsak, bu nom ham juda muvaffaqiyatli tanlangan.  
Yodingizda bo‘lsa, Sereradan boshlab, barcha kichik sayyoralarga afsonalardagi ayol 
qahramonlar nomlari berilishi urfga kirganini qayd etgan edik. Biroq, Eros – erkak qahramon. 


37 
 
Gap shundaki, Erosdan avval kashf etilgan mitti sayyoralarning hammasi ancha tartibli orbita 
bo‘ylab harakatlanar edi. Biroq, aytilganidek, Eros betartib aylanadigan obyekt bo‘lib, shundan 
kelib  chiqib,  keyingi  kashf  etilgan  barcha  betartib  orbitali  mitti  sayyoralarga  (asteroidlarga) 
afsonalardagi  erkak  qahramonlarning  ismi  beriladigan  bo‘ldi.  Masalan,  Yupiter  yaqinida 
harakatlanadigan asteroidlarga, Troya urushi qahramonlari – Axilles, Gektor, Patrokl, Ayaks, 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish