35
juda ko‘p ekan. Keyingi yuz yillik davomida ushbu fazo sarhadlaridan yana shunday o‘nlab
mitti osmon jismlari kashf etildi va ularning hammasiga ayol qahramonlar ismlari berildi.
Xususan, Serera kashf qilingandan keyingi olti yil ichida yana uchta shunday mitti
osmon jismi kashf qilingan bo‘lib, ularning ikkitasiga Sereraning (demak Yupiterning ham)
singillarining nomlari, ya'ni,
Yunona,
Pallada va
Vesta nomlari berilgan.
Yunona shuningdek
Yupiterning xotini ham bo‘lgan. Uchinchi mitti sayyoraga esa Pallada nomi berilgan. Pallada
Zevsning qizi Afinaning yana bir ismi bo‘lib, ya'ni u Sereraning jiyani bo‘lgan. O‘sha o‘n yillik
ichida kashf etilgan ikkita kimyoviy elementlarga mazkur mitti sayyoralarning nomlaridan
kelib chiqib,
mos ravishda seriy (Ce) va
palladiy (Pa) nomlari berilgan.
1843-yilga kelib astronomlar Uran sayyorasining harakatidagi anomaliyalarni payqab
qolishdi va unga hozircha noma’lum bo‘lgan yana bir katta sayyoraning tortish kuchi ta’sir
qilayotganini fahmlashdi. Farang astronomi Urban Leverye va ingliz astronomi Jon Kuch
Adamslar o‘sha noma’lum sayyoraning orbitasini hisoblab chiqishdi va mazkur sayyorani
osmonning qaysi qismidan qidirish kerakligini ham aytib berishdi. Vanihoyat, 1846 yil 23-
sentyabr sanasida olmon astronomi Iogann Galle o‘zining Berlindagi rasadxonasidan turib,
qidirilayotgan yangi sayyorani Leverye taxmin qilgan joydan atiga 1° farq bilan aniq ko‘rindi.
Bu safar, Quyosh tizimidagi navbatdagi sayyora teleskop bilan emas, balki, matematik hisob-
kitoblar orqali, «qalam uchida» kashf etilgandi.
Endilikda, yangi kashf etilgan, tartib bo‘yicha 8-sayyoraga nom qo‘yish masalasi
o‘rtaga chiqdi. Biroq, Iogann Bode taklif qilgan konsepsiya, ya'ni, sayyoralarning «samoviy
oila» tashkil qilishi kerakligi haqidagi fikr bu o‘rinda ish bermasdi. Chunki, Yupiterning otasi
Saturn, Saturnning otasi esa Uran bo‘lgani bilan, afsonalarda Uranning otasi mavjud emasdi
va shu sababli, uning orbitasi tashqarisidagi sayyoraga bu mantiq asosida nom
berishning iloji
yo‘q edi (yunon va Rim afsonalarida Uran o‘zi paydo bo‘lgan deb ishonishgan).
Bu safar ham
yangi sayyorani uning kashfiyotchisi nomi bilan atash taklifi uzoqqa bormadi. Astronomlar
uzoq muhokamalardan so‘ng, mazkur sayyorani
Neptun deb atashga qaror qilishdi.
Afsonalarga ko‘ra, Neptun – yunonlarning Poseydon ma’budining rimliklar talqinidagi
«hamkasbi», ya'ni, dengiz ma’budi sanaladi. Ushbu sayyorani Iogann Gallening o‘zi «
Yanus»
deb atamoqchi bo‘lgan. Angliyada esa, dastlabki paytlarda u «
Okean» deb ham nomlangan.
Lekin, vaqt o‘tishi bilan bu nomlar asta-sekin unutildi va Neptun nomi mustahkam o‘rnashib
qoldi. 1940 yilda kimyo fanida ham yangi bir element ochilgan edi. Kimyogarlar o‘zlari
kashf
qilgan yangi elementni Neptun sayyorasi
sharafiga neptuniy (Np) deb nomlashgan.
Shuni ham qayd etib o‘tish kerakki, 1877-yilda, o‘limi oldidan Urban Leverye o‘zining
yana bir sayyorani kashf etganiga ishonch bilan olamdan o‘tgan. Sababi u Uranning orbital
anomaliyalari asosida Neptunni kashf etganidan shu darajada ilhomlanib ketgan ediki, natijada
u Merkuriyning ham orbital anomaliyalariga yana bir noma’lum sayyora sabab bo‘lsa kerak
deb o‘ylagan. Uning taxminicha, Merkuriy va Quyosh orasida yana bir sayyora bo‘lib, u juda
kichik bo‘lgani uchun avval odamlarga ko‘rinmagan. Lekin uning tortish kuchi Merkuriyning
orbitasida og‘ishlarga sabab bo‘lmoqda edi. Leverye Merkuriy orbitasi anomaliyalari asosida
o‘sha, noma’lum sayyoraning orbitasini hisoblab chiqdi (unga ko‘ra, o‘sha sayyora Quyosh
atrofini 19 Yer sutkasida aylanib chiqadi) va unga avvaldan nom ham o‘ylab qo‘ydi. Olimning
fikricha, noma’lum sayyora kashf
etilgach, qadimgi yunonlarning temirchilik ma’budi
Vulqon
nomini olish kerak edi. Biroq, bu sayyorani hech kim topa olmadi. Chunki u aslida ham yo‘q.
Merkuriyning anomaliyalari esa, aslida nisbiylik nazariyasi orqali tushuntiriladigan, zamon va
36
makon egrilanishiga oid fizik hodisa bo‘lib, bu g‘alati og‘ishlar haqida 1916-yilda Albert
Eynshteyn to‘liq ilmiy tushuntirish bergan.
Neptun kashf etilgach, ingliz astronomi Uilyam Lassel mazkur sayyorani sinchiklab
kuzata boshladi. Tez orada Lassel Neptunning eng katta tabiiy yo‘ldoshini kashf
qildi va unga
Do'stlaringiz bilan baham: