38
***
Yuqorida siz mutolaa qilgan maqolani Ayzek Azimov 1965-yilda yozgan bo‘lib, albatta
faqat shu yilgacha olimlarga ma’lum bo‘lgan osmon jismlari haqida so‘z yuritgan. Men
tarjimon sifatida ushbu maqolani 2016-yilda, ya'ni, oradan 51 yil o‘tgach o‘zbek tiliga
o‘girmoqdaman va tabiiyki bu ulkan vaqt oralig‘ida astronomiyada yana ko‘plab kashfiyotlar
amalga oshirildi. Quyida, ushbu kashfiyotlar ichidan eng muhimlari va ularga berilgan nomlar
haqida Azimov uslubida hikoyani davom ettirishga harakat qilaman.
***
Eng avvalo, Pluton haqidagi gapni davom ettirsam. Avvalroq golland olimi Jerard
Koyperning Uran va Neptun sayyoralarining yangi yo‘ldoshlarini kashf qilganini aytib o‘tdim.
Koyper shubhasiz XX asrning eng yetuk astronomlaridan biri sanaladi. Chunki u keyinchalik,
aynan u Quyosh tizimining eng chetki qismi Pluton orbitasi emasligi, balki Plutondan narida
ham Quyosh tizimiga taalluqli obyektlar mavjudligini taxmin qilgandi. Uning taxminlari o‘zini
to‘liq oqladi. 1992 yilda astronomlar Devid Juitt va Jeyn Lu birgalikda, Quyosh tizimining eng
chetki qismlarida juda ko‘p sondagi mayda obyektlardan iborat ulkan fazoviy halqa mavjud
ekanini aniqlashdi. Koyper taxmin qilgan ushbu halqani haqli ravishda uning nomi bilan, ya'ni,
«
Koyper belbog‘i» deb ataldi. Sinchiklab kuzatishlar orqali shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Koyper
belbog‘i ham xuddi Mars va Yupiter oralig‘idagi asteroidlar belbog‘i singari ko‘rinishda bo‘lib,
faqat Koyper belbog‘ida kattaligi Pluton o‘lchamlarida bo‘lgan obyektlar, ya'ni, bemalol
sayyora sifatida e’tirof etsa bo‘ladigan osmon jismlari bor ekan. Xususan, 2004 va 2005 yillar
mobaynida Ispaniyaning Andalusiya Astrofizika Instituti va AQSHning Kaliforniya
Texnologiya Universiteti olimlaridan iborat ilmiy guruh, Koyper belbog‘i hududidan uchta
yirik osmon jismini kashf etishdi. Ulardan birining massasi hatto Pluton massasidan ham ≈21
% ga yirikroq bo‘lib, shunga ko‘ra, Quyosh tizimida yana yangi sayyoralar kashf
etildi deyish
mumkin edi. Olimlar o‘zlari kashf qilgan kichik sayyoralarga nom berishlari zarur edi, yangi
kashf etilgan kichik sayyoralar ichidan eng kattasiga, uni kashf etgan ilmiy guruh rahbari –
Maykl Braunning taklifiga ko‘ra
Erida deb nom berildi. Erida – qadimgi yunon afsonalarida
janjal va adovat ma’budasi sanalgan (aynan Erida Plutondan ham kattadir). Kattaligi jihatdan
Eridadan keyin turuvchi obyektni esa olimlar o‘zaro kelishib
Haumea nomini berishga qaror
qilishgan. Shu o‘rindan boshlab, astronomiyada qadimdan o‘rnashib qolgan an’ana – osmon
jismlarini yunon yoki Rim ma’budlarining nomlari bilan, yoinki, ingliz folklori qahramonlari
nomlari bilan atash an’anasi o‘z intihosini topdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, boshqa
yirik osmon jismlarining nomlaridan farqli ravishda, Haumea – Gavay orollari xalqlarining
afsonalaridan olingan atamadir. Gavay orollari xalqlarida Haumea – hosildorlik ma’budasi
sanaladi.
Astronomlarning izlanishlari natijasida aslida Koyper belbog‘i ham Quyosh tizimining
chegarasi emasligi ma’lum bo‘ldi. Kuzatishlar ushbu belbog‘dan narida ham yirik osmon
jismlari mavjudligini ko‘rsatdi. Biroq, Koyper belbog‘idan keyingi hududda osmon
jismlarining joylashuvi birmuncha siyrak bo‘lib, shuning uchun ushbu hududga
tarqoq disk
deb nom berilgan. Buni qartangki, tarqoq diskda ham kattaligi jihatdan bemalol Pluton bilan
taqqoslasa bo‘ladigan yirik osmon jismlari mavjud ekan. Ular ichida eng yirigini 2005-yilda
yana o‘sha – Braun boshchiligidagi Kaliforniya Texnologiya universiteti ilmiy jamoasi kashf
39
etdi va unga endi Pasxa oroli mahalliy aholisi
afsonalaridan kelib chiqib,
Makemake deb nom
berilgan. Pasxa mifologiyasida Makemake – serhosillik, mo‘l-ko‘lchilik ma’budining nomidir.
Braun jamoasi tadqiqotlarni davom ettirar ekan, Koyper belbog‘i va tarqoq disk
hududidan birin-ketin yirik osmon jismlarini kashf eta boshladi. Ularning barchasi deyarli
Pluton bilan bir xil o‘lchamda bo‘lib, mantiqqa ko‘ra, ularni ham Quyosh tizimining
sayyoralari safiga qo‘shish lozim edi. Masalaga oydinlik kiritish uchun 2006-yilda Parijda
Xalqaro Astronomiya Ittifoqining Bosh Assambleyasi chaqirildi va unda ushbu obyektlarni
umumlashtirib «kichik sayyora» (yoki, karlik sayyora) turkumiga tasniflash haqida qaror qabul
qilindi. E’tibor bering: aynan «kichik sayyora» deyilmoqda. Chunki, bunday obyektlarni
sayyora deb e’tirof etadigan bo‘lsak, ularning o‘lchamlari juda kichik. Ular Quyosh tizimining
yirik sayyoralarining katta yo‘ldoshlaridan ancha kichik obyektlardir. Biroq, Quyosh tizimida
mavjud mitti sayyoralar – asteroidlardan ko‘ra kattaroq o‘lchamga va batartib orbitaga ega
ekanliklari bilan ajralib turishadi. Qolaversa, kichik sayyoralarning shakli ham sfera shaklida
juda yaqin bo‘lib, shu jihatga ko‘ra ular mitti sayyoralardan – asteroidlardan faqr qilishadi.
Mazkur mulohazalarga ko‘ra, 2006-yilda Xalqaro Astronomiya Ittifoqi astronomiya faniga
yangi ilmiy tushuncha - «mitti sayyora» tushunchasini kiritdi. O‘shanda yangi kashf qilingan
uchta kichik sayyora – Erida, Makemake va Haumea, shuningdek, shu paytgacha Quyosh
tizimining yirik sayyoralari qatorida sanab kelingan Pluton, hamda, 1801-yildan buyon fanga
ma’lum bo‘lgan, lekin shu choqqacha asteroidlar qatorida sanalgan kichik sayyora – Serera
umumlashtirib «kichik sayyoralar» turkumi tashkil etildi. Mazkur qarorga ko‘ra, endilikda
Pluton katta sayyora bo‘lmay qoldi va Quyosh tizimining katta sayyoralari yana sakkiztaga
qaytdi. Neptun esa – Quyosh tizimidagi eng chetki katta sayyora bo‘lib qoldi.
Mazkur qarorga ko‘ra, endilikda Quyosh tizimida Neptun orbitasidan tashqarida
joylashgan obyektlarni
Transneptun obyektlar deb atala boshladi. O‘lchamlari Pluton
o‘lchamlariga yaqin bo‘lgan obyektlarni esa
Plutoid deb nomlanadigan bo‘ldi. Haumea,
Makemake, Erida kichik sayyoralari, shuningdek, o‘lchamlari ularga yaqin bo‘lgan
Iksion,
Do'stlaringiz bilan baham: