Zamon, makon va boshqa narsalar haqida. Ayzek Azimov



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana24.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#127013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

Kron  (Cronos)  deb  nom  berishgan.  Yunon  afsonalarida  Kron  juda  og‘ir  qadamlar  bilan 
harakatlanadigan,  sekin  yuradigan  qariya  ma’bud  bo‘lib,  u  Yupiterning  otasi  sanalgan. 
Afsonalarga ko‘ra, Yupiter va Olimp aholisi birgalikda qo‘zg‘olon ko‘tarib ma’budlar taxtini 


32 
 
egallab olishidan avval dunyoni aynan Kron boshqargan emish. Xuddi shunday taqdirga ega 
bo‘lgan o‘z ma’budlarini Rim aholisi Saturnus deb atashgan. Biz esa, uni Saturn deb bilamiz. 
Ingliz tilida saturnine degan so‘z «g‘amgin», «badqovoq», «tund» kabi ma’nolarni anglatadi. 
Hammasining  sababi  o‘sha  –  afsonalarda  Rim  va  yunon  ma’budi  bo‘lgan  Saturn  va 
Kronlarning xo‘mraygan, g‘amgin timsolda tasvirlanganidir.  
Deyarli ikki ming yil mobaynida insoniyat faqat ushbu yuqorida sanab o‘tilgan osmon 
jismlarini bilib, o‘rganishga harakat qilib keldi. Faqat shuncha ulkan vaqt mobaynida ularni 
o‘rganish ishlarida deyarli hech qanday yangilik yuz bermadi. Chunki, bu vaqtda yashab o‘tgan 
astronomlarining barcha-barchasi osmonni faqat o‘z ko‘zi bilan kuzatgan.  
Vanihoyat 1610-yil kirib keldi va mashhur italyan olimi Galileo Galiley teleskop yasab, 
koinotni kuzata boshladi. U ancha muddat koinotni kuzatdi. Kunlardan bir kun olim teleskopini 
Yupiterga yo‘naltirdi va sinchiklab qarab, ushbu sayyora atrofida aylanayotgan to‘rtta kichik 
obyektlarni payqab qoldi. Olmon astronomi Iogann Kepler esa, mazkur obyektlarga umumiy 
nom  sifatida  yo‘ldosh  atamasini  taklif  qildi.  U  kibor  zodagonlarni  kuzatib,  ularga  yo‘lda 
xizmatchilik  va  hamrohlik  qilib  boradigan  kichik  tabaqadagi  odamlarga  nisbat  berib  ushbu 
taklifni  bildirgan  edi.  Basharti,  Kepler  shunday  degan  ekan,  uni  ko‘pchilik  astronomlar 
e’tirozsiz  qabul  qilishdi  va  endilikda,  katta  osmon  jismlari  atrofida  aylanuvchi  kichik 
obyektlarni o‘sha osmon jismining yo‘ldoshlari deb atay boshlashdi.  
Galiley  oldida  masala  ko‘ndalang  turib  qoldi:  Yupiter  atrofida  aylanayotgan  mazkur 
kichik  obyektlarni  qanday  nomlash  kerak?  Garchi  u  qadimgi  yunonlar  va  rimliklar  osmon 
jismlariga  ma’budlarining  nomini  berishini  odat  qilishganini  yaxshi  bilsa-da,  harqalay 
boshqacharoq yo‘l tutishga urinib ko‘rdi. U o‘ziga homiylik qilgan va vaqti-vaqti bilan katta 
in’omlar berib mukofotlab turgan odami – Toskaniya buyuk gersogi Kozimo Medichi II ning 
nomini abadiylashtirishga, bu orqali esa, gersogdan yanada kattaroq mukofotlar olishga umid 
bog‘ladi.  Shu  sababli  Galiley  o‘zi  kashf  qilgan  osmon  jismlarini  «Medichi  yulduzlari»  deb 
nomlagan. Lekin Galiley o‘ylagan fikr ilm-fanda yashab qola olmadi. Biz hozirda o‘sha to‘rtala 
osmon jismlarini umumiy tarzda «Galiley yo‘ldoshlari» deb ataymiz. Biroq, ularning har biri 
baribir eski an’anaga ko‘ra, mifologik nomga ega bo‘lgan. Galiley yo‘ldoshlariga afsonaviy 
nomlarni olmon astronomi Simon Marius biriktirgan.  
Simon  Marius  Yupiter  yo‘ldoshlariga  uning  yunon  «hamkasbi»  bo‘lmish  Zevsning 
kanizaklari  va  boshqa  yaqinlarining  nomini  berish  an’anasini  boshlab  bergan  odam  ham 
sanaladi. Yunon afsonalarida  Zevsning  Io ismli juda chiroyli mahbubasi  bo‘lgan bo‘lib, uni 
ma’budning  o‘zi  xotining  rashkidan  qo‘rqib,  sigirga  aylantirib  qo‘ygan  emish.  Io  –  Galiley 
yo‘ldoshlari  ichida  Yupiterdan  eng  olis  masofada  joylashganidir.  Ikkinchi  yo‘ldosh  bu  – 
Yevropa  deb  nomlanadi.  Afsonalarga  ko‘ra,  Zevsning  o‘zi  xo‘kiz  qiyofasiga  kirgan  va  shu 
tarzda niqoblanib Finikiyaga borib, u yerdan Yevropani o‘g‘irlab kelgan ekan. Galiley kashf 
qilgan  uchinchi  yo‘ldoshning  nomi  Ganimed  bo‘lib,  uni  Zevs  burgut  qiyofasiga  kirib, 
Troyadan  o‘g‘irlab  kelgan  deyiladi.  To‘rtinchi  yo‘ldoshning  nomi  Kallisto.  Uni  Zevsning 
xotini tutib olib ayiqqa aylantirib qo‘yganligi hikoya qilingan.  
Tasodifni  qartangki,  Yupiterning  Galiley  yo‘ldoshlaridan  faqat  Ganimedga  erkak 
kishining nomi berilgan  va bu nom  juda omadli chiqqan. Chunki,  Ganimed nafaqat  Yupiter 
yo‘ldoshlari ichida, balki, butun boshli Quyosh tizimidagi barcha tabiiy yo‘ldoshlar ichida eng 
kattasidir. U hatto to‘laqonli katta sayyora bo‘lmish Merkuriydan ham kattaroq osmon jismidir.  


33 
 
Yangi  davrda  kashf  qilingan  ilk  osmon  jismlari  bo‘lmish  Yupiter  yo‘ldoshlaridan 
boshlab, yana osmon jismlariga mifologik qahramonlar nomini berish an’anasi jonlanib ketdi.  
1655-yilda  golland  astronomi  Xristian  Gyuygens  Saturn  yaqinidan  ham  uning  tabiiy 
yo‘ldoshini  kashf  qildi.  Gyuygens  kashf  qilgan  yo‘ldosh  sayyoradan  uzoqligi  bo‘yicha 
oltinchisi ekanini bugungi kun astronomlari yaxshi bilishadi. Unga Titan deb nom berishgan. 
Bu  nom  ham  albatta  an’analarga  juda  muvofiq  keladi.  Chunki,  Zevsdan  avval  dunyoni 
boshqargan  ma’bud  Saturn  (Kron)  va  uning  aka-uka,  opa-singillarini  titanlar  deb  atashgan. 
Titan so‘zining yunon tilidagi ma’nosi «ulkan», «bahaybat» degani bo‘lib, yunonlar titanlarni 
juda katta ulkan maxluqlar ko‘rinishida tasavvur qilishgan. Shu mantiqqa ko‘ra, Titan nomi 
ham ancha omadli chiqqan. Zero u Quyosh tizimidagi eng yirik tabiiy yo‘ldoshlardan biridir.  
Yarim  italyan  yarim  farang  bo‘lgan  astronom  Jan  Dominik  Kassini  Saturn 
yo‘ldoshlarini kashf qilish borasida Gyuygensdan ham omadliroq chiqdi. 1671- va 1684-yillar 
orasida  u  Saturnning  yana  to‘rtta  yo‘ldoshini  kashf  qildi.  U  ham  an’anaga  ko‘ra,  mazkur 
yo‘ldoshlarga  opa-singil  va  aka-uka  titanlarning  nomlaridan  tanlab,  biriktirdi.  Shu  tarzda, 
Saturn  atrofidagi  yo‘ldoshlardan  uchtasi  mos  ravishda  Tefiya,  Diona  va  Reya  nomini  oldi. 
Afsonalarga ko‘ra, Reya shuningdek Kronning (Saturnning) xotini ham bo‘lgan ekan. Kassini 
kashf qilgan to‘rtinchi yo‘ldoshga Yapet nomi berilgan. Yapet – Saturnning ukalaridan birining 
ismi  bo‘lgan.  Shu  aytib  o‘tish  kerakki,  Saturn  yo‘ldoshlariga  nom  berishda  faqat  yunon 
afsonalari qahramonlariga murojaat qilingan. Sababi, rimliklarda shunchaki ularning mahalliy 
varianti bo‘lmagan (Reyadan tashqari. Rimliklarda Saturnning xotini  Ops bo‘lgan). Kassini 
ham Galiley singari, o‘zi kashf qilgan osmon jismlariga o‘zining homiysi bo‘lgan monarxning 
nomini  berishga  urinib  ko‘rgan.  Shuning  uchun  u  ancha  muddatgacha  ushbu  Saturn 
yo‘ldoshlarini «Lyudoviklar» (uning qo‘lyozmalarida bu atama lotinchada «Ludovicus» tarzida 
uchraydi)  deb  ham  atab,  ushbu,  atamani  ommalashtirishga  urinib  ko‘rgan.  Biroq,  monarxni 
astronomik tarzda sharaflashga bo‘lgan ushbu urinish ham barbod bo‘ldi. 
Shunday  qilib,  teleskop  ixtiro  qilinganidan  keyingi  qandaydir  75  yil  ichida,  Quyosh 
tizimda jami bo‘lib 9 ta yangi obyekt: Yupiterning 4 ta va Saturnning 5 ta tabiiy yo‘ldoshi kashf 
qilindi. Bundan keyingi ishlar esa yanada qiziq tus oldi. 
1781-yilning 13-mart sanasida ingliz astronomi Uilyam Gershel tungi osmonni kuzata 
turib, yangi bir osmon jismini payqab qoldi va uni kometa bo‘lsa kerak deb o‘yladi. Lekin olim 
tez orada mazkur osmon jismi kometa emas, balki Quyosh tizimiga mansub, Saturndan keyingi 
sayyora ekanini aniqladi.  
Bu  endi  Yupiter  yoki  Saturn  yo‘ldoshlarini  nomlash  masalasidan  ko‘ra  jiddiyroq 
masala edi. Harholda, kashf qilingan osmon jismi shunchaki kichik bir osmon jismi emas, balki 
juda ulkan hajmli katta sayyora edi. Gershelning o‘zi Galiley va Kassini yo‘lidan borib, kashf 
qilingan  osmon  jismi  uchun  o‘z  mamlakati  rahbari  bo‘lgan  monarx  nomini  berishga  urinib 
ko‘rdi.  Gershelning  qo‘lyozmalaridan  Saturndan  keyingi  sayyorani  Georg  Yulduzi  deb 
nomlash  kerakligi  qayd  etiladi.  Olim  Angliya  qiroli  Georg  III  ni  shu  tarzda  sharaflamoqchi 
bo‘lgan. Biroq, uning urinishi ham Galiley va Kassini singari, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 
O‘sha zamonda yashagan ko‘plab astronomlar ushbu yangi sayyorani kashf qilgan odamning 
o‘zini nomi bilan atash g‘oyasini qo‘llab chiqqan edilar. Shunga ko‘ra olimning o‘zi Georg 
Yulduzi deb nomlagan sayyorani boshqalar Gershel sayyorasi deb atashni odat qilishdi. Lekin 
baribir bu safar ham mifologiya g‘olib chiqdi.  


34 
 
Olmon astronomi Iogann Bode o‘sha paytda ajoyib bir taklif bilan chiqdi. Sayyoralar 
o‘z nomlari bilan samoviy oila tashkil qilishlari lozim va osmon jismlarining nomlanishini shu 
tarzda tizimlash kerak. Afsonalarga ko‘ra, Quyoshga eng yaqin bo‘lgan uch sayyora (Yerdan 
tashqari) –  Merkuriy, Venera va Mars  –  o‘zaro  aka-uka bo‘lib, ular Yupiterning  farzandlari 
bo‘lgan.  Farzandlarning  orbitasi  otaning  (Yupiterning)  orbitasi  ichkarisida  joylashgan.  O‘z 
navbatida, Yupiter Saturnning o‘g‘li bo‘lgan va bunda ham otaning orbitasi o‘g‘ilning orbitasi 
tashqarisida  joylashmoqda.  Afsonalardagi  tartib  saqlanmoqda.  Shunday  ekan,  nimaga  endi 
yangi sayyorani ham shu tartibda nomlamaslik kerak? Shu taklifdan kelib chiqib, astronomlar 
endilikda yangi sayyorani qadimgi yunonlarda osmon ma’budi va Saturnning otasi sanalgan 
mifologik  qahramoni  Uran  nomi  bilan  atay  boshlashdi.  1789-yilda  esa  olmon  kimyogari 
Martin Genrix Klaport davriy jadvaldagi yangi kimyoviy elementni kashf qildi va unga Uran 
sayyorasi sharafiga uran (U) nomini berdi. 
1787-yilda Uilyam Gershelning o‘zi Uranning eng katta ikki tabiiy yo‘ldoshini kashf 
qildi. U bu safar monarxni ulug‘lash fikridan voz kechdi va mifologiyaga murojaat qildi. Biroq, 
Gershel  endi  yunon-rim  ma’budlari  qatoridan  nom  tanlamadi  va  inglizlarning  afsonaviy 
qahramonlari  nomlariga  murojaat  etdi.  Shunisi  qiziqki,  u  garchi  o‘zi  nemis  bo‘lsa-da,  uzoq 
yillar Angliyada yashagani uchun nom tanlashda nemis afsonalariga emas, balki aynan ingliz 
afsonalariga  murojaat  qilgan.  Uning  taklifiga  binoan,  Uranning  u  kashf  qilgan  tabiiy 
yo‘ldoshlari Titaniya va Oberon deb nom oldi. Rim va yunon afsonalaridan farqli ravishda, 
Titaniya  va  Oberon  bu  ma’budlarning  emas,  balki  odam  qahramonlarning  ismi  bo‘lib,  ular 
ingliz adabiyotida va xalq og‘zaki ijodiyotida qadimda yashab o‘tgan qirol va qirolicha sifatida 
qayd  etiladi.  Masalan,  Shekspirning  «Yoz  oqshomidagi  tush»  asarida  aynan  ushbu  qirol  va 
qirolicha timsoli mavjud.  
1789-yilda Gershel endi Saturnning ikkita yangi tabiiy yo‘ldoshini kashf qildi. Ularga 
nom berishda ham Gershel mavjud an’anani biroz buzdi. Ya'ni u Saturn yo‘ldoshlariga titan 
opa-singil  yoki  aka-ukalarning  nomlaridan  tanlamasdan,  aksincha,  titanlarning  Zevsga 
mag‘lub  bo‘lganidan  keyin,  Zevsga  qarshi  qo‘zg‘olon  ko‘targan  ikki  bahaybat  qahramon  – 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish