52
kilometrgacha olislab ketadi. Nereida – Quyosh tizimidagi eng g‘ayrioddiy orbitaga ega
bo‘lgan tabiiy yo‘ldoshdir. Nereida va Neptun orasidagi o‘rtacha masofa 5560000 kilometr deb
olinadi. Biz ham ushbu raqamdan foydalanamiz.
Demak, Triton va Nereidadan Quyoshgacha bo‘lgan masofani, ulardan Neptungacha bo‘lgan
masofaga bo‘lib, natijani kvadratga ko‘tarsak, mos ravishda ≈162000000 va ≈655000
ko‘rsatkichlarida ega bo‘lamiz. Ushbu ko‘rsatkichlarni Neptun va Quyosh massasi nisbatiga
ko‘paytirsak, Triton uchun 8400, Nereida uchun esa 34 koeffitsientga ega bo‘lamiz.
Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, Neptunning ushbu tabiiy yo‘ldoshlari haqiqatan ham
mutlaqo katta farqqa ega bo‘lgan sharoitlarda aylanar ekan. Neptunning Tritonga ko‘rsatadigan
gravitatsion ta’siri ancha jiddiy va sayyora ushbu yo‘ldoshini ancha barqaror tutib turadi.
Nereidani esa Neptun ancha bo‘sh nazorat qiladi. Nereida o‘z sayyorasi Neptundan eng uzoq
masofada bo‘lgan paytda, unga nisbatan Neptun va Quyoshning arqon tortish koeffitsiyenti
juda kichik sonni - atiga 11 ni tashkil qiladi xolos! Shu va shundan kelib chiquvchi yana boshqa
omillarga ko‘ra, aksariyat astronomlar Nereidani Neptunning haqiqiy yo‘ldoshi bo‘lmasa kerak
deb hisoblaydilar. Katta ehtimolki, Nereida Neptun tortish kuchi maydoniga ancha keyin,
tashqi tarafdan kelib qolgan daydi osmon jismi bo‘lsa kerak. Nereida bir paytlar Koyper
belbog‘idagi oddiy asteroid bo‘lganligi haqiqatga yaqindir. Nereida ishtirokidagi Neptun va
Quyosh orasidagi arqon tortish musobaqasida, arqon tortish koeffitsientining bu darajada
kichikligidan kelib chiqsak, Nereida – Neptun uchun muvaqqat tabiiy yo‘ldosh bo‘lishi
mumkinligi haqida fikr uyg‘onadi. Uning favqulodda ekssentrik orbitasi va o‘ta kichik
koeffitsient – bir kun kelib Quyosh ushbu yo‘ldoshni Neptundan tortib olishi mumkinligiga
ishora qilib turibdi. Tritonni esa hozirgi holatda Quyosh hech qanaqasiga tortib ololmaydi.
Endi shu tariqa, Quyosh tizimidagi boshqa tabiiy yo‘ldoshlar uchun ham xuddi shunday hisob-
kitoblarni bajarib chiqish mumkin. Men esa ushbu maqolada ularning hammasi uchun birma-
bir hisob-kitob keltirib o‘tirmaymanda (bunday hisoblashlarni o‘zingiz bajarsangiz qiziqroq
bo‘ladi), olingan natijalarni keltirish bilan cheklanaman. Masalan Uranning tabiiy yo‘ldoshlari
uchun quyidagicha «arqon tortish koeffitsientlari» qayd etilgan:
Miranda: 24600;
Ariel: 9850
Umbriel: 4750
Titaniya: 1750
Oberon: 1050
Qisqa qilib
aytganda, ularning hammasi Uranning quchog‘ida mustahkam aylanishmoqda.
Keling endi Saturnga o‘tamiz. Uning yo‘ldoshlaridan Mimas, Enselad, Tefiya, Diona, Reya,
Titan, Giperion va Yapet Saturnga ancha yaqin masofada aylanadi
va ular uchun arqon tortish
koeffitsienti ham ancha katta sonlarni tashkil qiladi. Lekin, Feba yo‘ldoshi bir kun kelib
Saturnni tark etishi ehtimolini taxmin qilarli darajada kichik koeffitsientga ega:
Mimas: 15500
Enselad: 9800
Tefiya: 6400
Diona: 4150
Reya: 2000
Titan: 380
53
Giperion: 260
Yapet: 45
Feba 3,5
Yupiter – eng ko‘p tabiiy yo‘ldoshga ega bo‘lgan sayyoradir. Lekin, katta ehtimolki, uning
ham aksariyat yo‘ldoshlari Nereida singari sayyora gravitatsiya hududiga daydib kirib qolgan
bo‘lsa kerak. Yupiterning Amalteya yo‘ldoshi uchun arqon tortish koeffitsienti 18200; Io
uchun 3260; Yevropa uchun 1260; Ganimed uchun 490; Kallisto uchun esa 160 ni tashkil
qiladi. Ya'ni, bu yo‘ldoshlar borasida Yupiter arqonni Quyoshdan tortib olgan va ularni qo‘yib
yubormaydi. Lekin, uning aytib o‘tilgan yana bir qancha tabiiy yo‘ldoshlari, xususan,
Gimaliya 4,4;
Lisiteya 4,3;
Elara 4,2;
Ananke 1,3;
Karme 1,2;
Pasife 1,03;
Sinope 1,03 arqon tortish koeffitsientiga ega xolos. Ularni ham bir kunmas-bir kun Yupiterda
Quyosh tortib olishi ehtimoli mavjud.
Marsning esa ikkita yo‘ldoshi mavjud: Fobos va Deymos. Ularning har ikkalasi ham uncha
katta bo‘lmagan o‘lchamlarga ega bo‘lib, qolaversa, ular o‘z sayyorasiga juda yaqin masofada
harakatlanadi. Fobos ham Deymos ham Mars uchun haqiqiy tabiiy yo‘ldosh bo‘lib, ular uchun
«arqon koeffitsienti» mos ravishda 195 va 32 ni tashkil qiladi.
Shu tarzda, qarab chiqilgan 5 ta sayyora uchun xulosa yasaydigan bo‘lsak,
quyidagicha kichik
jadval yuzaga keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: