0
Zamon, makon
va boshqa narsalar haqida
Misr ehromlaridan kvant fizikasigacha
Ayzek Azimov
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
1
Isaac Asimov
Of Time and Space and Other Things
Doubleday & Company
1965
2
Ayzek Azimov
Zamon, makon va boshqa narsalar haqida
www.Orbita.Uz
3
Zamon, makon va boshqa narsalar haqida. Misr ehromlaridan kvant
fizikasigacha. Ayzek Azimov. Doubleday & Company
(AQSH) nashriyoti,
1965-yil. O‘zbek tiliga tarjima © www.Orbita.Uz, 2018 yil. 150-sahifa.
Kitob muallifning 1959-1965 yillarda nufuzli ilmiy jurnallar uchun yozgan
maqolalari asosida chop etilgan bo‘lib, unda insoniyat tarixida dastlabki
taqvimlarning paydo bo‘lishi va ularning hozirgi ko‘rinishda qanday yetib
kelganligi; o‘lchov birliklari sistemalari, fizika va kimyoga oid ajoyib
paradokslar, hamda, matematika va astronomiyaga oid qiziqarli hikoyalar
keltirilgan. Quruq faktlarning ajoyib fantaziyalar bilan bog‘lab tushuntirilishi,
tabiatdan va kundalik turmushdan qoyilmaqom misollar keltirilishi sizni
muallifning nechog‘lik bilimdon va ajoyib yozuvchi bo‘lganiga lol qoldiradi.
Hikoyalar kishini maftun qilar darajada sodda va shu bilan birga, mukammal
yozilgan. O‘qigan vaqtingizga achinmaysiz.
Kitobning asl talqini 17 ta katta maqolalarni o‘z ichiga olgan. Lekin, ulardan
ikkitasi o‘ziga xos sabablarga ko‘ra, o‘zbek tiliga o‘girilmadi va ushbu
kitobdan o‘rin olmadi. Shuningdek, kitob uzoq 1965-yilda yozilgani va
o‘tgan 50 yildan ziyod vaqt mobaynida ilm-fanda anchayin yuksak
rivojlanish sodir bo‘lganini e’tiborga olib, tarjimon tomonidan muallifning
ayrim hikoyalari zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida to‘ldirildi va
kengaytirildi.
© Ayzek Azimov, 1959-1965
© Doubleday & Company,
1965
©
www.Orbita.Uz
2014-2018
4
Mundarija
Samodagi shaffof chiziqlar ..................................................................................................................... 6
Samoviy zoopark. ................................................................................................................................. 15
Samoviy yo‘qlama ................................................................................................................................ 27
Kechayu-kunduz atrofingda parvona... ................................................................................................. 42
Astronomik arqon tortish koeffitsienti... ............................................................................................... 49
Tutqich bermas graviton ....................................................................................................................... 59
Nega tun qora parda tortadi? ................................................................................................................. 68
Har safar galaktika bo‘ylab ................................................................................................................... 77
Bu haqida unuting! ................................................................................................................................ 89
Hech narsa sanalmaydi ......................................................................................................................... 96
Massa va energiyaning o‘zaro almashinishi ....................................................................................... 103
Ta’sir birligi ........................................................................................................................................... 110
Seni qutlayman, notanish! ................................................................................................................... 118
Shoshiltiruvchilar... ................................................................................................................................. 129
Kim uzoqroq yashaydi? ...................................................................................................................... 137
Muallif haqida ..................................................................................................................................... 149
Tarjima ................................................................................................................................................ 151
5
I-QISM
Zamon va makon haqida
6
Samodagi shaffof chiziqlar
O‘g‘lim ba’zan maktabdoshlari kalaka qilishayotganidan shikoyat qilib qoladi. Chunki
amerikaliklarga xos bo‘lmagan Azimov familiyasi o‘smir yoshidagi bolalar uchun boshqa
istalgan narsa kabi ermak obyekti bo‘lishi ajablanarli emas. Lekin uning darg‘azab ko‘zlaridan
bilamanki, u o‘zini kalaka qilinishiga sabab bo‘layotgan ushbu familiyani, boshqa odatiyroq
familiyaga, masalan, Smit yoki Braunga almashtirishni ich-ichidan istaydi. Men o‘g‘limni chin
dilimdan tushunaman. Sababi, bir paytlar o‘zim ham ushbu familiyam tufayli bir qancha
yoqimsiz sarguzashtlarni boshdan kechirishimga to‘g‘ri kelgan.
Farzandim bilan bu yoqimsiz mavzuda gaplashgan paytlarimda, o‘zimga ham harbiy
xizmat o‘tagan askarlik davrlarim yodimga tushib ketadi. Xizmatda bizni topografik xaritalar
bilan ishlashga o‘rgatishgan. Bu mashg‘ulot, aytaylik, kundalik saf tayyorgarligidan yaxshiroq
va yoqimliroq edi. Biz xaritalarni obdon o‘rganardik va koordinatalarni aniq belgilashni mashq
qilardik. Bu hammasi qiziqarli va yoqimli edi. Lekin, kunlardan bir kun, serjant og‘zidan men
uchun «mash’um» atama yangradi va mening safdoshlarimga hazil-kalaka uchun gap topildi.
O‘shanda xizmatdoshlarimdan aksariyati «azimut» degan ilmiy atamani umrida birinchi bor
eshitishi edi. «Azimut» so‘zini eshitgani hamonoq, safdagilarning deyarli hammasi tirjaygan
bashara bilan yarq etib menga qaragan. Ular o‘zlari kutmagan holda, men uchun yangi laqabga
ega bo‘lishgandi.
Men harbiy xizmat oxirigacha safdoshlarimning ba’zan samimiy, ba’zan ahmoqona
hazil-huzullariga arang chidadim. Lekin nima ham qila olardim. El og‘ziga elak tutib
bo‘lmaydi. Men xizmatim tugallanib, demobilizatsiya bo‘lgunimcha xizmatdoshlarim uchun
Ayzek Azimut bo‘lib qolaverdim. Eng alam qiladigani esa, meni azumut deb kalaka qilgan har
bir askar, o‘zini xuddi kuchli yumor hissiga ega, ajoyib hazilkashdek ko‘rsatishga urinardi.
Men esa vaziyatga bardosh berish uchun, mashhur shoirning «Bu – armiya, janob!»
1
degan
iborasini takrorlashdan o‘zga chora topolmaganman. Harholda o‘sha be’manigarchiliklardan
qutulib ketdim…
Endi esa, Amerikada muayyan mashhurlikka ega bo‘lgan fantast va ilmiy-ommabop
asarlar yozuvchisi sifatida, men azimut aslida nima ekanligini va nima uchun uni Azimov
familiyasi bilan chalkashtirmaslik lozimligini tushuntirishga harakat qilmoqchiman.
Hammasi yo‘nalishdan boshlanadi. Yo‘nalishni belgilashning eng sodda va eng
samarador usuli uni ko‘rsatishdir. Masalan, «ular falon yoqqa ketishdi» deymiz va hammasi
ravshan bo‘ladi. Yoki, hammaga avvaldan ma’lum bo‘lgan biror orientirdan foydalanish
mumkin. Masalan «ularni dara tarafga jo‘natdim» desak, o‘sha daraning qayoqda ekanini
biladigan hamma, yo‘nalish haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi.
Lekin bularning barchasi, siz va sizning yaqinlaringiz yaxshi biladigan kichik bir
hududga tegishli bo‘ladi xolos. Bunday hududning kattaligi ortgan sari, unda yo‘nalishni
belgilash ham qiyinlashib boradi. Masalan siz boshqa shahar yoki, notanish hududda borib
qolsangiz-u, u joyning relyefini, tomonlarini, xullas yo‘nalishini bilmasangiz, siz ancha
qiynalib qolasiz. Shu sababli, odamlarga, ayniqsa, faoliyati joydan-joyga muttasil ko‘chib
yurish bilan bog‘liq kishilarga (masalan dengizchi, sayyoh, va shu kabilarga) yo‘nalishni
1
Jill Denielsning «This is Army Mr. Jones» qo‘shig‘i (1942) nazarda tutilmoqda – tarjimon.
7
belgilashning mahalliy hudud relyefiga bog‘liq bo‘lmaydigan va Yer yuzining istalgan hududi
uchun umumiy bo‘ladigan universial usullari zarur bo‘ladi.
Bu borada eng oson va balki eng qadimgi odamlar ham yaxshi bilgan orientir -
Quyoshning chiqish va botish taraflari, ya’ni kunchiqar va kunbotar tomonlar bo‘lsa kerak.
Garchi bu yo‘nalish har kuni oz-ozga bo‘lsa ham o‘zgarib tursa-da, lekin umumiy yil davomida
kunning chiqish va botish taraflari deyarli bir xil bo‘ladi. Yo‘nalishning ushbu o‘zaro qarama-
qarshi taraflarini biz sharq va g‘arb deb ataymiz. Yo‘nalishning yana boshqa juftligi esa, sharq
va g‘arbga perpendikulyar bo‘lib, biz ularni shimol va janub deb ataymiz.
Agar biror joyda yo‘nalishning ushbu to‘rtala tomonlari aniq belgilangan bo‘lsa, unda
orientirni yanada mukammal qilish uchun to‘siq bo‘ladigan boshqa muammo qolmaydi. Ya'ni,
bu orqali, shimoliy-sharq, janubiy g‘arb kabi, muqobil yo‘nalishlarni ham osonlik bilan
belgilash mumkin. Aslida yo‘nalish tomonlari – shimol, janub, g‘arb va sharqni aniq belgilash
uchun juda katta astronomik yoki geografik bilimlar kerak emas. Buni eng qadimgi
ajdodlarimiz ham juda yaxshi uddalashgan. Chunki dunyo tomonlarini belgilash uchun
masalan, Quyoshning osmondagi joylashuviga qarash kifoya qiladi.
Quyoshga qarab orientir olishning imkoni bo‘lmagan hollarda (masalan tunda)
kompasga qarab yo‘nalish belgilash mumkin. Agar qo‘lingizda kompas bo‘lsa, siz o‘zingiz
istagan joyga qiynalmasdan yetib borishingiz mumkin. Agar erinmasangiz, yo‘l-yo‘lakay,
bosib o‘tgan joylaringizni xaritasini ham tuzib borsangiz bo‘ladi. Buning uchun, yo‘lga
chiqqan joyingizdan boshlab bosib o‘tgan masofangizni hisobga olib borasiz va biror manzilga
yetgach, oraliqni hisoblab, miqyosni belgilaysiz. Keyingi manzillarda ham ushbu jarayonni
takrorlaysiz. Shu tarzda, istasangiz butun mamlakat, qit’a yoki, Yer yuzi xaritasini chizib
chiqishingiz mumkin. Lekin bu narsani amalda bir kishi tarafidan uddalanishi mumkinligi
haqidagi gap albatta hazil. Sababi buning uchun juda ko‘p yillar (bitta odam umri yetmasligi
mumkin) va katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Qolaversa hozirda bunga ehtiyoj ham yo‘q. Sababi,
Yer yuzidagi har mamlakat, shahar va hatto eng chekka orollarning ham mufassal xaritasi
allaqachon tuzib bo‘lingan…
Aytgancha, kompas haqida. Kompas bilan Yevropaliklar faqat XIII asrdagina
tanishishga muvaffaq bo‘lishgan (uni Xitoyda ixtiro qilishgan). Ungacha bo‘lgan yillarda Yer
yuzi xaritasini tuzmoqchi bo‘lgan Yunoniston va Yaqin Sharq geograflari boshqa usullardan
foydalanib ish tutishgan.
Yo‘nalish haqidagi suhbatimizga qaytamiz.
Quyoshning kunning qoq o‘rtasidagi vaziyatini belgilab olish mumkin. Ya'ni, bu kun
chiqqandan boshlab, to botguncha bosib o‘tadigan yo‘lining qoq o‘rtasi bo‘ladi. Istalgan kunda,
Yer yuzidagi biror nuqtadan qaralganda Quyoshning kunning o‘rtasidagi holati, shundoqqina
kuzatuvchining boshi ustida, ya'ni, qoq tepada bo‘ladigan holat albatta bo‘ladi. Qadimgi
yunonlar aynan shunday holat iyun oyi oxirida Misrning janubiy hududlarida kuzatilishini
yaxshi bilishgan. Lekin bunday nuqta Yunonistonning o‘zi ham joylashgan Yevropa hududida
kuzatilmaydi. Yevropada Quyosh doimo biroz quyiroqda joylashadi va kuzatuvchi Quyoshga
muayyan o‘tkir burchak ostida qaraydi. Buning sababi – Yerning sfera shaklida ekanligi
tufaylidir. Shu orqali, Quyoshning o‘zining eng baland nuqtasidan bir xil masofada bo‘ladigan
vaziyatini kuzatish mumkin bo‘lgan Yerdagi nuqtalarning barchasi, sharqdan g‘arbga tomon
o‘tkaziladigan bir chiziqda joylashishini tushuntirish ham mumkin. Bu chiziqni xaritada tortib,
8
u orqali boshqa nuqtalarni ham belgilash mumkin bo‘ladi. Bunday chiziqni aniqlagan va
xaritaga tushirgan ilk olim – Aristotelning shogirdlaridan biri – Dikarx bo‘lgan.
Yer sirti bo‘ylab o‘tkaziladigan bunday chiziq kenglik deyiladi. Bunday chiziqlar
barchasi sharqdan g‘arbga yo‘naladi va bir-biridan muayyan masofada, o‘zaro parallellar hosil
qilib Yer sferasini o‘rab oladi. Kenglik chiziqlarining barchasi o‘zaro parallel bo‘lgani uchun,
ularni shuningdek parallellar ham deyiladi.
Parallel qutbga qanchalik yaqin bo‘lsa, uning aylanasi uzunligi ham shunchalik
kichrayib boradi. Agar qo‘l ostingizda globusingiz bo‘lsa, bunga o‘zingiz ham amin
bo‘lishingiz mumkin. Yer shari sferasidagi eng katta parallel, Yerning har ikkala qutblaridan
o‘zaro teng uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u eng katta diametrli aylana chizadi. Ushbu eng katta
parallel orqali Yer shari ikkita teng yarimsharlarga – shimoliy va janubiy yarimsharlarga
ajratiladi. Shu tufayli ham ushbu eng katta parallelni ekvator chizig‘i deyiladi. Ekvator atamasi
– qadimgi lotin tilidagi «aequator», ya'ni, «teng» degan so‘zdan olingan.
Parallellarni graduslar bilan ifodalash amaliyoti anchayin tez ommalashgan. Sfera
aylanasini 360° ga bo‘linadi. Ekvatordan shimoliy qutbga tomon sayohat qilinsa, aylaning
chorak qismini, ya'ni, 90° ni bosib o‘tiladi. Shu sababli, ekvatorni 0-parallael (nolinchi parallel)
deb olinadi. Bundan esa, qutb 90-parallel bo‘lib chiqadi. Agar sayohatni davom ettirib, qutbdan
ham o‘tib, qarama-qarshi tomon bilan yana ekvatorga qaytilsa, parallellar endi teskari tartibda,
ya'ni, 90 dan 0 ga sanaladi. Bunda sayohat yakuniga ko‘ra siz yana nolinchi parallelga, ya'ni,
ekvator chizig‘iga qaytib kelib, sayohatning boshlang‘ich nuqtasiga diametral qarama-qarshi
nuqtaga yetib kelgan bo‘lasiz. Ekvatordan janub tomonga yo‘l solib, siz yana janubiy qutbdan
o‘tuvchi 90-parallelga yetib borasiz va uni ham bosib o‘tib, yana teskari tartibda, nolinchi
parallelga qaytsangiz, sayohatingiz boshlangan nuqtaga yetib kelasiz.
Shimoliy va janubiy yarimsharlardagi parallellarni o‘zaro chalkashtirmaslik uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: |