(arslon) burjida tug‘ilganlar tabiatan yetakchilik va hukmronlik sifatlariga ega bo‘ladilar».
Endi o‘ylab ko‘raylik, mabodo, o‘sha Asad yulduz turkumiga qadimda shunday nom bergan
munajjim, uni Asad deb emas, balki, Qurbaqa deb nomlaganda nima bo‘lardi?! Tabiiyki,
hozirgi astrologlar bu burjda tug‘ilganlarni «Tabiatan yetakchi» deya olishmasdi. Uning
o‘rniga «Bu burjda tug‘ilganlar tabiatan moslashuvchan, sakrog‘ich bo‘lishadi» -
deyisharmidi, xullas shunga o‘xshash o‘sha zodiak nomidagi hayvonga taalluqli biror sifatga
urg‘u berib so‘z yuritishardi. Zamonaviy astrologlardan biri shunday degandi: «Arslon burjida
tug‘ilganlarda sarkardalik xususiyati mavjud bo‘ladi. Masalan, Napoleon ham Arslon burjida
tug‘ilgan». Aytaylik, men unga e’tiroz bildirib, «Sayyoramizning 1/12 qism aholisi Buzoq burji
ostida tug‘ilgan. Nima ular orasida birorta sarkarda chiqmaganmi? O‘zi kimdir aniq hisoblab
ko‘rganmiz, qaysi burj ostida ko‘proq sarkardalar tug‘ilgan?» - deyishim mumkin.
26
Basharti kimdir meni tinglab, gaplarimga ishonsa hamki, biroq baribir o‘sha astrologlar
bilan bahsda yutib chiqishimga yetarli dalil topishimga ishonchim komil emas. Zero, fan
texnika mislsiz taraqqiy etgan, odamzot koinot sirlarining ko‘p qismidan boxabar bo‘lgan
hozirgi zamonda ham baribir ommaning muayyan qismi munajjimlar bashoratiga chippa-chin
ishonishda davom etmoqda. Men esa, bunday katta olomonning fikrini to‘g‘ri yo‘nalishga
o‘zgartira olishimga ishonchim komil emas… Shu sababli ham men tok-shouda qatnashish
taklifini rad etdim. Boz ustiga, agar u yerda mendan burjim haqida so‘rab qilishsa, aytgani
uyalib qolgan bo‘larmidim. Axir men echki (козёл) burjida tug‘ilganman…
27
Samoviy yo‘qlama
XX-asrning 30-yillarida matbuotda g‘alati bir tendensiya kuzatilgandi. Mualliflar
o‘zlari yozgan asarlarga jamoatchilikda qiziqish uyg‘otish uchun, asar nomlariga, yoki,
maqolalarga biror bir samoviy jism nomini qo‘shib nom berishardi. Bunday yo‘l tutish asosan
tijorat maqsadlarini ko‘zlagan bo‘lib, o‘sha paytlarda odamlar ko‘proq koinot tilsimlari haqida
o‘qishni xush ko‘rishgan. Masalan, mening ham 30-yillarda chiqqan ilmiy-ommabop
kitoblarim «Ganimeddagi milod bayrami», «Kallistodagi xatar» tarzida nomlangan va
ochig‘ini aytaman, bu orqali kitobning xaridorgirligini oshirish ko‘zda tutilgan edi.
30-yillarda hali televideniye yo‘q, radio ham unchalik ommalashmagan paytlar edi va
aholining kattagina qatlami kitob o‘qishni kundalik odatga aylantirgandi. O‘sha yillarda
odamlar orasida ilmiy-fantastikaga talab ko‘proq bo‘lgan. Yuqoridagi kabi samoviy jismlar –
sayyoralar yoki, tabiiy yo‘ldoshlarning nomlari qo‘shib nomlangan asarlar qo‘lma-qo‘l bo‘lib
ketgan. Biroq, ko‘p o‘tmay, tag zamiri faqat tijorat bo‘lgan bunday harakatlar o‘zini oqlamay
qo‘ydi. Mualliflar, shu jumladan men ham endi xaridorgirlikni orttirish uchun boshqacha
yo‘llar qidira boshladik. Biroq, o‘sha g‘alati tendensiyaning 30-yillar kitobxonlariga
ko‘rsatgan ajoyib bir ijobiy ta’sirini ham inkor etib bo‘lmaydi: 30-yillar kitobxonlari Quyosh
tizimidagi sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari, hamda, boshqa samoviy jismlarning nomlarini
juda yaxshi bilishardi. Ta’bir joiz bo‘lsa, o‘shanda ilmiy-fantastika shinavandalarining
aksariyati, AQSH shtatlarining nomlari va joylashuvidan ko‘ra, Quyosh tizimidagi
obyektlarning nomlari va joylashuvini yaxshiroq bilib olishgan. Nomlarini bilib olishgani
yaxshi albatta. Lekin, baribir oddiy kitobxonning o‘ntasidan to‘qqiztasi ushbu nomning nimani
anglatishini bilmas edi va odatda uni noto‘g‘ri talaffuz qilardi. Lekin, harholda dahshatli
fantastikadagi maxluq Umbrieldan yoki, Ganimeddan uchib kelgani, uning Filadelfiyadan
chiqib kelganidan ko‘ra qiziqarliroq bo‘ladi. Biroq, hozirgi kitobxonlar haqida bunday deb
bo‘lmaydi. Hozirda ilmiy-fantastik asarlar nafaqat kitoblarda, balki, multfilmlar va kinofilmlar
syujetlarini ham egallagan bo‘lsa-da, zamonaviy ilmiy-fantastika ixlosmandlarining aksariyati
osmon jismlarining nomlari nimani anglatishi tugul, ularning nomini o‘zini ham bilishmaydi.
Bilimsizlik bilan esa kurashish kerak. Keling, shuning uchun ushbu hikoyamizda osmon
jismlarining nomlarini boshqatdan yo‘qlama qilib chiqamiz va biryo‘lasi, ushbu nom nimani
anglatishini ham ko‘rib chiqamiz.
Ona sayyoramiz – Yerdan boshlaymiz. Yer bashariyat beshigi sifatida hamma xalqlarga
eng qadimgi zamonlardan ma’lum. Uni hamma millat o‘z tilida turlicha ataydi. Shuning uchun
ona sayyoramizning nomi qanday kelib chiqqani va u nimani anglatishini tahlil qilish o‘zi
noo‘rin bo‘lsa kerak. Biroq, ilm-fanda Yer va Yer bilan bog‘liq atamalarda qo‘llaniladigan
umumiylik mavjud. Masalan, siz geologiya, geografiya, geometriya kabi fanlarni yaxshi
bilasiz. Aynan shu atamalardagi umumiy Geo nomi, Yerning qadimgi yunon va lotin tillaridagi
nomidan kelib chiqqandir. Qadimgi yunonlar sayyoramizni Gaia deb atashgan. Qadimgi
Rimliklar esa Gaea deb yuritishgan. Lotin tilida Yerning yana bir nomi bo‘lib, u ham ancha
ommalashgan atama sanaladi. Ya'ni, lotinchada Yer Terra deyiladi. Ilmiy-ommabop asarlarda
yerliklarni Terrestrial deb yuritilardi. O‘zga sayyoraliklarni esa ekstra-terrestrial deb atalgan.
Rimliklar ona sayyoramizni shuningdek Tellus Mater deb ham nomlashgan. Bu «Ona
Yer» degani bo‘lib, rimliklar tilida qaratqich kelishigi bilan tellus so‘zi tellurisga o‘zgaradi.
Shu sababli, ayrim fantastik yozuvchilar Yerliklarni shuningdek tellurianlar ham deb
28
yozishadi. Shuningdek, kimyoviy elementlar davriy jadvalida ham Yer sayyorasi sharafiga
nomlangan kimyoviy element mavjud bo‘lib, u tellur (Te) elementidir.
Endi Quyosh haqida gaplashamiz.
Yunonlar Quyoshni Helios deb atashgan. Rimliklar esa Sol deb nomlashgan. Garchi
biz davriy jadvaldagi geliy (He) elementining nomi aynan yunonchadagi «quyosh» so‘zidan
olinganini, yoki, kungaboqarning ilmiy nomi geliotrop ekanini kabi faktlarni bilsakda,
yunonlarning atamasi ilmiy adabiyotlarda unchalik ham ommalashgan deb tasdiqlay
olmaymiz. Rimliklarning sol atamasi esa nisbatan ko‘proq tarqalgan bo‘lib, u ko‘plab yevropa
tillariga o‘zlashib ketgan. Masalan, ingliz tilida solar system deganda, so‘zning ildizi aynan
Rimliklarni Quyoshiga borib taqaladi. Ilmiy-ommabop asarlarda mualliflar odatda Quyoshni
Sol deb, Yerni esa Sol III deb nomlaydilar.
Navbat Yerning tabiiy yo‘ldoshi – Oyga yetib keldi. Oy qadimgi yunonlar tilida Selen,
Rimliklar tilida esa Luna deb yuritilgan. Yunonlarning «oy» so‘zidan kelib chiqib kimyoviy
element – selen (Se) nomlangan. Shuningdek, Oyni o‘rganuvchi fan ham selenologiya deyiladi.
Yevropa xalqlarining aksariyatida Selena qizlar ismi sifatida ham keng tarqalgan
1
. Oyning
lotincha nomi Luna esa yevropa tillarining aksariyatiga o‘zlashib ketgan bo‘lib, shuni aytish
kerakki, selen asosan ilmiy manbalarda, luna esa kundalik muomalada ko‘proq ishlatiladi
2
.
Ushbu atamalarning aksariyatini qadimgi yunonlar ham, Rimliklar ham, o‘zlari
topingan turli ma’budlarning nomlari bilan atashgan. Yoki, aksincha, ma’budlarga ushbu
osmon jismlarining nomini berishgan bo‘lishi ham mumkin. Biroq, nimagadir menda, bu
atamalar avvaliga biror oddiy fizik obyektlarning nomi bo‘lgani va keyinchalik ular
ilohiylashtirilib, mifologik tus berilgani degan taxmin mavjud. Nima bo‘lganda ham, ta’kidlash
kerakki, yunonlar tilida Gelios – Quyosh ma’budi, Gea esa Yer ma’budasi bo‘lgan.
Keyinchalik yunonlar ushbu usulni, ya'ni, ma’budlarning nomlarini osmon jismlariga
berish amaliyotini an’anaga aylantirib yuborishgan. Ba’zi o‘rinlarda ular Quyosh ma’budini
endi gelios emas, balki Apollonga almashtirishgan ham. Artemidani esa Oy ma’budasi deb
e’lon qilishgan (xuddi shunday maqomga Rimliklarda Diana ma’budasi ega bo‘lgan). Ehtimol,
muayyan narsalarning nomlari o‘sha paytdayoq hozirgidek kabi «ilmiy doiralar»da boshqacha
va xalq ommasi orasida boshqacha atalishi urfga kirgan bo‘lsa kerak. Harqalay, oddiy yunon
avom xalqi Quyoshni Gelios, Oyni esa Selen deb atashda davom etgan. Yunon ilmiy
doiralarida esa bu ikkala osmon jismi Apollon va Artemidaga aylangan.
Keling endi, boshqa osmon jismlarining nomlarini ko‘rib chiqamiz.
Ehtimol tarixda odamlar sayyora sifatida taniy boshlagan ilk osmon jismi Venera
bo‘lgan bo‘lsa kerak. Venera o‘z orbitasining qaysi qismida turganiga qarab, kechki payt
Quyosh botgandan keyin, yoki, tong otishiga yaqin Quyosh chiqishidan avval osmonda
ko‘rinadi. Shu sababga ko‘ra, qadimgi xalqlar uni Tong Yulduzi va Kechki Yulduz deb
nomlashgan. Avvaliga qadimi yunonlar Tongi va Kechki yulduzni boshqa-boshqa obyektlar
deb o‘ylashgan va ularni turlicha atashgan.
Kech oqqach ko‘rinadigan Kechki Yulduzni yunonlar Hesperos deb nomlashgan.
Ularning tilida bu nom «kech» va «g‘arb» so‘zlarini anglatgan. Chunki, Quyosh kech payti
1
Bu o‘zbek tilidagi Oynisa, yoki Oysara ismiga o‘xshash bo‘lsa kerak - izoh tarjimondan.
2
Masalan, o‘zbek tilida ham biz odatda Oy deyaveramiz, lekin shoirlar uni Moh deb ham atashadi.
29
g‘arbga botadi va aynan o‘sha tarafda biz aytayotgan Kechki Yulduz ko‘rinadi. Rimliklar ham
ushbu sayyorani yunonlar bilan deyarli bir xil, ya'ni, Vesper deb atashgan. Tong Yulduzini esa
yunonlar Phosphorus (fosfor) deb nomlashgan. Bu yunon tilida «nur keltiruvchi» degan
ma’noni bildiradi. Chunki, osmonda ushbu obyekt ko‘rinishi bilan, birozdan keyin Quyosh
chiqqan va atrof nurga to‘lgan. Siz hozir albatta fosfor (P) kimyoviy elementi haqida ham
eslagan bo‘lsangiz kerak. Biroq, fosfor nomini Venera sayyorasiga ham, uning qadimgi yunon
tilidagi fosforus ko‘rinishida ham aloqasi yo‘q. Fosfor elementining nomi, uning ochiq havoda
kislorod bilan reaksiyaga kirishib, o‘z-o‘zidan yonishi va nur taratishi xususiyati tufayli
shunday atalgan. Tong Yulduzining lotincha nomi esa Lucifer bo‘lgan va u ham «nur
keltiruvchi» degan ma’noni anglatgan.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu o‘rinda yunonlar mifologiyaga murojaat qilib
o‘tirishmagan va oddiy sodda mantiqqa tayangan holda samoviy obyektni «tongi» va «kechki»
deb nomlab qo‘yaverishgan. Biroq, eramizdan avvalgi VI-asrda Pifagor ismli yunon
mutafakkiri uzoq yillik darbadarlikdan keyin vatani Yunonistonga qaytdi va hammasini «o‘z
o‘rniga» qo‘yib qo‘ydi. Gap shundaki, Pifagor Misr va Bobilda bo‘lib qaytgandi. Bu paytda
Bobil podsholigida ilm-fan Yunonistondagidan ko‘ra ancha oldinda bo‘lib, Bobilliklarning
astronomik bilimlari ancha ilg‘or edi. Boz ustiga, Bobilliklar yunonlar Tong Yulduzi va Kechki
Yulduz deb ataydigan osmon jismi aslida bitta obyekt ekanini yaxshi bilishgan. Chunki, bu
ikkala osmon jismi bir-biri bilan aynan bir xil bo‘lib, hech qachon bir vaqtning o‘zida osmonda
kuzatilmasdi. Agar ulardan biri ko‘rinib turgan bo‘lsa, bu vaqtda ikkinchisi ko‘rinmagan.
Ularning osmondagi harakatidan kelib chiqib esa, Tong Yulduzi Quyoshni aylanib o‘tib, endi
Kechki Yulduz bo‘lib ko‘rinayotganini va aksincha ekani haqida xulosa qilish mumkin edi.
Yunonlar ikkita boshqa-boshqa yulduz deb o‘ylagan mazkur sayyora tungi osmonda shunday
yorqin jilvalanadiki, unga mahliyo bo‘lgan Bobillik munajjimlar sayyoraning chiroyini va
yorqinligini e’tiborga olib, unga o‘zlarining muhabbat ma’budalarining nomini berishgan.
Ya'ni, Bobilliklar Venerani Ishtar deb yuritishgan.
Aytganimizdek, Pifagor Bobilda bir muddat bo‘lib, u yerda astronomiyadan bilimlarini
ancha o‘zlashtirib olgan va o‘zi bilan Yunonistonga ko‘plab ilmiy yangiliklarni keltirgan.
Xususan, yunonlar ikkita alohida yulduz deb ishonib yurgan osmon jismi aslida bitta obyekt
ekani va uni Bobilliklar muhabbat ma’budasining nomi bilan atashlarini ma’lum qilgan.
Natijada, tez orada fosforus va hesperos yunon ilmiy lug‘atidan chiqib ketdi va ularning o‘rniga
yagona atama Afrodita atamasi ishlatila boshlandi. Albatta, Pifagor orqali Bobilliklardan bilim
o‘zlashtirgan yunonlar, obyektga nom berishda ham ularga taqlid qilishgan. Ya'ni, Afrodita –
Bobilliklarning Ishtar ma’budasining yunon mifologiyasidagi timsoli bo‘lgan. Qisqasi,
yunonlar ham mazkur sayyoraga o‘z madaniyatlaridagi sevgi-muhabbat ma’budasining nomini
berishgan. Vaqt o‘tib, bu bilimni yunonlardan Rimliklar ham o‘zlashtirib olishgan. Ular ham
an’anani buzmasdan, mazkur osmon jismiga o‘z madaniyatlaridagi sevgi-muhabbat
ma’budasining nomini berishgan. Rimliklarda muhabbat ma’budasining nomi Venus, ya'ni,
Do'stlaringiz bilan baham: |