31
sayyora – Yupiter esa butun tun mobaynida yarqirab jilvalanadi va unga qadimgi xalqlar
o‘zlarining eng katta ma’budlarining nomini berishgan. Chunonchi, Bobilliklar uni
Marduk
deb atashgan. Yunonlarda esa u
Zevs deb nomlangan. Rimliklar bo‘lsa
Yupiter deb yuritishgan.
Ularning har biri o‘z tamaddunining eng asosiy ma’budining nomi bo‘lgan. Sezganingizdek,
bu sayyora nomi uchun ham Rimliklar ishlatgan atama saqlanib qolgan.
Bobilliklar osmondagi qizil rang bilan jilvalangan sayyorani ko‘rib, uni jang-jadallarda
oqqan qon rangiga qiyoslashgan va shundan kelib chiqib, mazkur sayyorani jangu-jadal
ma’budi nomi bilan
Nergal deb nomlashgan. Yunonlar ham bosh qotirib o‘tirmasdan,
Bobilliklarning mantig‘ini shunday o‘zlashtira qolishgan va ular ham ushbu sayyorani
o‘zlarining urush ma’budlari nomi bilan atashgan. Yunonlarda urush ma’budining ismi
Ares
bo‘lgan. Rimliklarning urush ma’budi esa
Mars deb nomlangan bo‘lib, ushbu nom hozirgacha
saqlanib, mustahkam o‘rnashib qolgan. Biroq, Mars sirtini o‘rganuvchi fan «marsografiya» deb
emas, balki, «areografiya» deb yuritiladi va bu o‘rinda yunoncha atama ildamlik qilgani
ko‘rinib turibdi.
Quyoshga eng yaqin joylashgan yana bir sayyora ham xuddi Venera kabi faqat tong
otishidan oldinroq va kun botgan paytda qisqa vaqtga ko‘rinardi xolos. U Veneradan ko‘ra
kichikroq va Quyoshga juda yaqin bo‘lganidan, uni ko‘rish va kuzatish biroz qiyinroq bo‘lgan.
Yunonlar bu sayyoraga nom bermoqchi bo‘lgan paytda, ularning madaniyatida osmon
jismlariga ma’budlarning nomini berish amaliyoti allaqachon mustahkam o‘rnashib qolgan
bo‘lib, balki shu sababli, ular mazkur osmon jismini «tongi» yoki «kechki» deb nomlab
o‘tirishmagan. Aksincha, uning tongi ko‘rinishida
Apollon, kechki ko‘rinishiga esa
Germes
deb
nom berib, osonlik bilan masalani hal qilishgan.
Yuqorida ham aytilgandek, keyinchalik yunonlarda Apollon ma’budi Quyoshni
ifodalay boshlagan. Chunki, tongga yaqin osmonda Apollon sayyorasi paydo bo‘lishi bilan tez
orada Quyosh chiqib, hammayoqni nurga to‘ldirgan. Ushbu osmon jismi Quyoshga eng yaqin
obyekt bo‘lgan uchun (yunonlar bu haqida bilishgan bo‘lsa kerak) u yulduzlarga nisbatan ancha
tez harakatlangan. Osmonda faqat Oy harakati undan ildamroq bo‘lgan xolos. Shu sababli ham
bu sayyoraga yunonlar Germes nomini ham berishgan edi. Germes – yunon afsonalaridagi
ma’budlarning chopari bo‘lib, u juda tez harakatlanadigan qahramon sifatida tasavvur qilingan.
Ko‘p o‘tmay, bir obyektni ikki xil nom bilan nomlashning noqulayligi o‘zini ko‘rsata boshladi
va yunonlar mazkur sayyora uchun Apollon nomidan voz kechib, Germesni tanlab olishdi.
Yunonlarning Germesining Rimliklar mifologiyasidagi hamkasbi, ya'ni, Rim ma’budlarining
chopari
Merkurius bo‘lgan. Uni biz
Merkuriy nomi bilan yaxshi taniymiz. Merkuriy
sayyorasining yulduzlar fonidagi juda tezkor harakati simob tomchilarining tezkor
harakatchanligini eslatib yuboradi.
Balki shu sabablidir, simob kimyoviy elementini ham lotin
tilida
merkuriy (Hg) deb atashgan va u davriy jadvalda ham o‘zining qat’iy ifodasini topgan.
Shuningdek, lotin tilining merosxo‘ri bo‘lgan yevropa tillarida, fikri tez o‘zgaradigan, bir
maslakda turolmaydigan pala-partish
odamlarni merkurial odam deyishadi.
Qadimgi xalqlarga ma’lum bo‘lgan, lekin, boshqa sayyoralarga nisbatan eng sekin
harakatlanadigan yana bir sayyora qoldi. U insoniyatga qadimdan ma’lum sayyoralar ichida
Quyoshdan eng uzoq joylashgani bo‘lib, uning juda sekin harakatlanishi tufayli, yunonlar unga
Do'stlaringiz bilan baham: