1-amaliyot kuni



Download 309,27 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi309,27 Kb.
#709183

31.05.2021-yil
1-amaliyot kuni
Qulturayev Mahmud ustoz bilan suhbatimiz.
Toponim so’zlar joy nomiga bog’liq so’zlardir.
Qo’rg’oncha ­­-joy nomi bilan bog’liq ushbu so’z toponim so’zga taluqli bo’lib,qishloqning aynan shu nom bilan bog’liqligini anglatadi.
O’tgan asrning 20-30-yillarida sobiq sho’rolar davrining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash avj olgan palla istiqlolchilar harakati aynan shu qishloqda bo’lgan.Qo’rg’onning qo’rg’on himoyachilari ruslarga qarshi qattiq qarshilik ko’rsatishgan.Dastlab, masjid keyin qo’rg’on sifatida qo’zg’alonchilarga panoh bo’lgan bu joy harobalari hozirgacha saqlanib qolgan,ya’ni qo’rg’on sahni xarobalari…


Istilochilar harakati bostirilgach bu joylarda deyarli hech kim yashamagan.Onda sonda karvonlar qo’nib o’tishgan.50-60-yillarga kelib qo’rg’on atrofiga aholi ko’chib kela boshlagan.
Bizning hududda yana bir toponim joy bu “Chinor” qishlog’i.Bu chinor 100yillik tarixga ega.Dastlab o’tgan asirning boshlarida chinor ekilgan joy atrofida ilk aholi yashay boshlagan va bugungi kunga kelib 500ga yaqin aholi istiqomat qiladi .Bu joy “Chinor” qishlog’i deb ataladi.Chiror aniq necha yoshga kirgani malum emas.Taxminlarga ko’ra 100yoshdan oshgan bu daraxt tarixiy yodgorliklar sirasiga kiritilgan va ziyoratgohga aylantirilgan.
Hududdagi shevaga xos so’zlarimizdan biri “jangob-suv bo’yidagi changalzor” degan manoni anglatadi.

1.06.2021-yil


2-amaliyot kuni
Bo’tayeva Bibirayhon momomiz bilan suxbatimiz.
“Qabirdagi go’daklar” afsonasi
Aytishlaricha Arabistonda bu voqea bo’lgan ekan.
Qadimda aka-singil bo’lgan ekan.Singlisining 2ta farzandi 1o’g’il 1qizi bo’lgan ekan.Qizi 5yashar, o’g’li yangi tug’ilgan chaqaloq –ya’ni onasi homilador bo’ladi shu bolaga.Akajon qornimdagi norasidani tug’ishga ko’zim yetmayapti. Agar menga biror bir gap bo’lsa , bolalarimga egalik qiling deb tayinlaydi.Haqiqatdan ham singlisi chaqaloqni tug’ib,o’zi vafot etadi.Keyin esa akasi singlisini dafin qildrib,ikkita bolasini olib kelsa xotini rossa deguncha baqiradi.Nimaga siz birovning yetimini olib keldingiz men qanday boqaman bularni o’zimni bolamga zo’rg’a qarayapman,yo’qot deb har kun janjal qiladi .Yo’qsa o’zing ham chiqib ketasan deydi. Keyin chaqaloqni olib, 5yashar qizchani ergashtirib, onasining qabriga olib boradi.Arabistonda shunday qabir qazilar ekanki, avval ichki qabir keyin ayvoncha bo’larkan. Ichki qabir xuddi uyga o’xshab qabir qilinar ekanda,o’zlarining qarindosh- urug’lari ketganda, yana ochib ichkariga og’ayinlari bilan hammasi birga jo ylashtirilaverarkan. Uyga-tomga o’xshab turarkan.
Akasi qabirni qayta ochibtida singlising yoniga ikkita bolasini tiriklayiga o’tirg’izib qo’yibti.Besh yashar qizcha oldida chaqaloq.Qizchaning qoliga shaqildoq berib qoyibti. Qizchaga tayinlabti , agar ukang yig’lasa manavi shaqildoqni shaqirdatasan debti va qaytadan qabirni yopib tashlabti. Chaqaloq bilan qizcha qabirni ichida onasining yonida qolibti. Endi esa aka har kun abetda yo kecchki payt kelib bir bir xabar olib ketar ekan.Qani ovozi chiqyaptimi yoqmi deb.Qarasa haqiqatdan ham shaqir shaqir ovoz kelar ekan. Yana qorqib yugurib uyga qaytib kelar ekan. Kunlardan bir kun boshqa biro dam o’tib ketayotganda oradan o’n besh kunlar o’tgandan keyin ham shaqirdoq ovozi ewitilibti. Oxiri akasi chiday olmay .Shu yerda bolalar bor deb aytibti.Keyin odamlar yig’ilishib ochib qarasa ,chaqaloq ham qizcha ham qanday o’tirg’izib ketgan bo’lsa o’shanday turgan emish. Nimaga bular o’n besh kundan beri shu holatda turibti deb hayron ekan. Qizcha aytibtiki, mening qornimni ikkita oppoq kiyingan odamlar kelib ovqatlantirib ,to’ydirib ketar edi. Ukam yig’lasa shaqildoqni shaqirdatganmda onam turardida ukamni emizdirib yana joyiga yotib olardi .Shu alfozda o’n besh kun o’tgan.Bu holatdan habar topgan butun Arabiston yig’labti.Akasini bu qabix ishi uchun qamoq jazosi berilibti
Bolalarni yetimxonaga topshiribti.

2.06.2021-yil 3-amaliyot


Rahimov Muhammadrajab bobomiz bilan suhbatimiz.
TOPISHMOQLAR
Qozoznga pishmaydi,
Tovoqqa tushmaydi.
Tatimagan bo’lmaydi
Bu nima…?
(oNA SUTI)

Hamma tilda gapiradi


Bu nima…?
(Aks sado)
Soqoli bilan tug’iladi
Bu nima …?
(Echki)
Sizga tegishli bo’lgan nimangizni boshqalar sizdan ko’proq ishlatadi. (Ism)
O’nta uloq so’ragan ekan
Yigirmata bo’ri
O’ttizta yo’lbars
Qirqta tulki
Ellikta no’xta
Oltmishta axta
Yetmishta sarg’aldoq
Saksonta chaqaloq
To’qsonta tumaloq
Yuzta jumaloq
Buning ma’nosi nima?
Javob:
Inson yoshiga moslab o’xshatishlar.
O’n yoshda inson – uloqdek bo’ladi.
Yigirma yoshda bo’riday
O’ttiz yoshda yo’lbarsday
Qirq yoshda ayyor tulkiday
Ellik yoshda no’xtalangan otday,aqilli dono bo’ladi.
Oltmish yoshda axta
Yetmish yoshda sarg’aldoq
Tilda boru dilda yo’q.
Sakson yoshda chaqalaoq
To’qson yoshda tumaloq
Yuz yoshda jumaloq,bukchayib cho’kib qor ekan inson.

QO’NG’IROT URUG’INING tarqalish tarixi.


Bir Qo’ng’irot ismli ota o’tgan ekan.Bu bobodan beshta farzand tug’ilgan.
Birinchisi Bog’tamg’ali
Ikkinchisi Qo’shtamg’ali
Uchinchisi Qanjag’ali
To’rtinchisi Oyindi
Har biridan yana o’n uchtadan , o’n oltitadan bolalari bo’lgan .
Alijonboy , To’langit , Tilovmat , Qarmoqli , Sarbonbuzar,zamburug’ Ko’sa , O’troqi , ko’chaxo’r , Bandikichik , Oqpichoq , Mavlush , chalqoncha va h.k lar shu urug’ga mansub.

3.06.2021-yil


4-amaliyot kuni
MUSAYEVA GULHOL momomiz bilan suxbatimizdan.
Aytishlaricha Ramazonda xonadonma –xonadon yo’qlab , marosim qo’shiqlari aytiladi . Uy egalari ramazonchilarni siylab , ularga non , qand-urs, kiyimlar, pul-chaqa berishadilar.
Ramazon qo’shiqlari xonadonga yaxshilik , rizq-ro’z , o’g’il –qiz farzandlar, Baraka iqbol tilash ,bu oyning muqaddas ,xosiyatli ,baxt keltiruvchi oy ekanini madh etish uchun kuylanadi. Insiniylik , o’zaro mehir-oqibat ,Alloh taolo oldidagi qarz, dunyo oldidagi qarz esga solinadi .Yaxshilik qilish , savob orttirish ulug’lanadi.
Ramazon aytib keldik eshigingizga ,
Xudoyim o’g’il bersin beshigingizga.
Rabiman yo rabiman yo ramazon
Rabiman oblohiman yo ramazon
Ramazon aytgan bilan to’yomizmi ?
Qadimgi rasmimizni qo’yomizmi?
Rabiman yo rabiman yo ramazon
Rabiman oblohiman hey ramazon
Shu uyning tuynugidan oy ko’rinar,
Bu uyning egalari boy korinar .
Rabiman yo rabiman yo ramazon
Rabiman oblohiman yo ramazon
SOVCHILIK
Odatda, sovchilar kayvoni , el orasida obro e’tiborli, tagli-tugli, oqil-u fozil kishilardan tanlanar ekan.
Sovchilar “qizi borning nozi bor “degan naqilga amal qilib ,vaqt o’tkazib , kelin bolmishnikiga uch-tort marta boradilar.
Ilgari zamonlarda sovchilar qiznikiga to’ppa-to’g’ri kirib borishmagan. Ayol sovchilardan biri tong saxarlab qiznikiga borib , uning ostonasini supurib qaytgan.Ertalab bu holatga ko’zi tushgan ota-ona zimdan tayyorgarlik ko’rib qo’yishgan.Ayol va erkak sovchilarning maqsadlari ro’yobga chiqqach , o’sha zaxotiyoq non sindiriladi.
Sovchlilar timsollarini gavdalantiradigan she’r o’qib berdilar:
Ko’tarishib tugunlarini
Kirib keldi uyga sovchilar.
So’zga chechan avrashga usta ,
Biroz ayyor ,biroz lofchilar.
Choy ichishib bir piyoladan ,
So’z ochishdi kuyov boladan .
Musichaday beozor yuvvosh,
Tili shirin zo’ qaynonadan.
Zap hunarmand mulla deyishdi ,
G’irt bezori bolalarini .
Obrosini ro’kach qilishdi ,
So’ng amma-yu holalarini .
Erkagina jayron edema,
Tillo zanjir solib ketishdi .
Aylantirib onam boshini ,
Meni boshim bog’lab ketishdi.
Qiz boladir palaxmon toshi ,
Men nima ham qila olaman.
Kelin bo’lay bor alamimni ,
O’sha bezoridan olaman…
O’ylashimcha , bizning Sharq mamlakatlarimizda xalqlar yashab , oila qurib , farzandlar tarbiyalab yangi avlodlarni qovushtirib , nikoh to’ylari o’tqazisharkan , qadimiy sovchilik odati ham saqlanib qolinishi kerak.Chunki yangi oila sovchilikdan boshlanadi.

4.06.2021-yil


5-amaliyot kuni
BO’TAYEVA ROBIYA xolamiz bilan suxbatimiz.
KELIN SALOM.
Tog’-u toshni gul qilgan,
Ikki yoshni bir qilgan.
Salom salom kelin salom
Avval Xudoga salom
Devor oshib qaragan
To’y qacon deb so’rgan
Salom salom kelin salom
Qo’shnilariga salom
Hashar bo’lsa qarshgan
To’y qachon deb sorashgan
Salom salom kelin salom
Mahalladoshlarga salom
O’xxoo o’xoo yo’talgan
Oftabasin kotargan
Salom salom kelin salom
Qaynotyasiga salom
Ikki qo’li duoda
Joynomozi qo’lida
Salom salom kelin salom
Qaynonasiga salom
Kuyovkini talashgan
Beqasam to’n yarashgan
Salom salom kelin salom
Qaynisiga bir salom
Qoshi ko’zi pilikday
Suvdan chiqqan shilikday
Salom salom kelin salom
Qayinsinglisiga bir salom
Bo’ynimdagi marjonim
To’kilib ado bo’ldi
Shuning bilan Azizlarim
Kelin salom tamom bo’ldii.

ALLA
Alla aytay jonim bolam


Alla bo’lgin shirin bolam
Toychoq bolam asal bolam
Polvon bolam alla
Shirin bo’lib uxla bolam
Shakar bolam alla
Yuragimning qo’ri bolam
Ko’zginamning nuri bolam
Yuragimning orzusini
Sen amalga oshir bolam
Alla bolam allayooo
Shakar bolam alla
Bir kun kata bo’lib polvon
Bo’lsin bolam alla
Vatanimga kata xizmat
Qilsin bolam alla
Allayoo alla
Alla bolam alla
Ko’zlaringda nur bolam
Jonim bolam alla
Orom olgin qo’zichog’im
Mehribonim alla
Allayoo alla
Alla bolam alla
Download 309,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish