Zamon, makon va boshqa narsalar haqida. Ayzek Azimov


Sayyora  Haqiqiy tabiiy yo‘ldosh mavjud bo‘la oladigan



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/39
Sana24.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#127013
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

Sayyora 
Haqiqiy tabiiy yo‘ldosh mavjud bo‘la oladigan 
masofalar 
Maksimal masofa  
(«arqon koeffitsienti») 
km 
Minimal masofa 
«Rosh chegarasi» km 
Yupiter 
≈4400000 
≈1710000 
Saturn 
≈4345000 
≈1400000 
Uran 
≈3500000 
≈63000 
Neptun 
≈6000000 
≈61200 
 
 
Ko‘rib turganingizdek, ulkan massaga ega bo‘lgan ushbu gigant sayyoralarning har biri 
o‘z  atrofida  murakkab  tabiiy  yo‘ldoshlar  tizimiga  ega  bo‘lish  uchun  yetarli  gravitatsiya 
maydoni  va  fazoga  egalik  qiladi.  Shu  sababli  ham  ularning  har  birida  o‘nlab  tabiiy 
yo‘ldoshlardan iborat butun boshli tizim, hamda, bunga qo‘shimcha ravishda halqalar tizimi 
ham mavjud.  
 
Halqalar haqida gap ketganda, eng birinchi bo‘lib, albatta Saturn yodga olinadi. Qizig‘i 
shundaki,  Saturn  halqalarining  ichki  qismlari,  ya'ni,  Saturnga  eng  yaqin  halqalari  «Rosh 
chegarasi» qoidasiga zid masofada aylanadi. Ya'ni, halqalarning sayyoraga eng  yaqin qismi 
atiga ≈137000 km masofani egallagan. Ushbu g‘alati holatdan astrofiziklar yanada g‘alatiroq 


55 
 
bir xulosa chiqarishgan: Rosh chegarasidan ichkari hududda mayda zarralar o‘zaro birlashib 
yirik jism hosil qila olmaydi! 
Yupiter, Uran va Neptun sayyoralarning halqalari nisbatan yaqin davrdan kashf qilingan bo‘lib, 
ushbu halqalar juda siyrakligi  bois,  maxsus  optik uskunalarsiz ko‘rish  qiyin. Yupiterga eng 
yaqin  aylanadigan  tabiiy  yo‘ldoshlari  –  Metida  va  Adrasteya  aynan  Rosh  chegarasidan 
ichkarisida joylashgan. Hozirda astronomlar Rosh chegarasini yo‘ldoshlarni tashkil qiladigan 
materiyaga qarab ikkiga ajratishadi. Ya'ni, yo‘ldosh asosan suyuqlikdan tashkil topgan bo‘lsa, 
unda bu yo‘ldosh Rosh chegarasini buzib kirgan paytda asta-sekin parchalanib, o‘z sayyorasi 
uchun halqa tizimiga qo‘shilib ketadi. Agar yo‘ldosh qattiq jinslardan tashkil topgan bo‘lsa, 
unda ushbu yo‘ldosh Rosh chegarasidan o‘tgach, o‘z sayyorasi sirtiga qulab tushadi. Metida 
va Adrasteyaning materiyasi qattiq jism ekanini astrofizik tahlillar allaqachon ko‘rsatib bergan 
(ushbu yo‘ldoshlarning o‘zi 1979-1980 yillarda, Voyajer-1 kosmik apparati yordamida kashf 
qilingan).  Shunga  ko‘ra,  astronomlar  ushbu  tabiiy  yo‘ldoshlarning  qachondir  kelib  albatta 
Yupiter qa’riga ravona bo‘lishini taxmin qilmoqdalar (yoxud, «Rosh chegarasi»ga oid yangi 
tafsilotlar  paydo  bo‘ladi).  Ulardan  keyingi,  Yupiter  sirtidan  uzoqligi  bo‘yicha  uchinchi 
yo‘ldosh  –  Amalteya  esa,  Yupiter  uchun  Rosh  chegarasidan  atiga  ≈10000  km  uzoqlikda 
harakatlanadi (Amalteyaning Yupiterdan masofasi ≈181300 km).  
Saturnda ham shunga o‘xshash 5 nafar tabiiy yo‘ldoshlar mavjud. Bular: Atlas, Peggi, Dafnis, 
va  Pan  yo‘ldoshlari,  hamda,  Saturn  halqalari  oraliqlarida  harakatlanadigan  nomsiz  mayda 
yo‘ldoshlar, shuningdek, hozircha eng oxirgi kashf qilingan va shu sababli tayinli nomga ega 
bo‘lmagan    S/2009  S1  yo‘ldoshidir.  Ularning  barchasi  juda  kichik  o‘lchamlarga  ega  tabiiy 
yo‘ldoshlar bo‘lib, vaqti kelib ular ham parchalanib, Saturn halqalari orasiga singib ketsa kerak. 
Chunki,  ularni  tashkil  qiluvchi  materiyasi  asosan  muz  va  silikatlardan  iborat  deb  taxmin 
qilinadi.  
Uranda  ham  shunday  taqdir  kutayotgan  5  ta  yo‘ldosh  mavjud.  Ular  ham  yoki  Uran  sirtiga 
ravona  bo‘ladi,  yoki,  orbitada  parchalanib,  Uran  halqalariga  qo‘shilib  ketadi.  Shuningdek, 
Rosh chegarasini buzgan ushbu yo‘ldoshlarning o‘zaro to‘qnashib ketishi haqidagi taxmin ham 
mavjud.  Uranning  Rosh  chegarasini  buzgan  yo‘ldoshlari  –  Dezdemona,  Kressida,  Bianka, 
Ofeliya, Kordeliya yo‘ldoshlaridir.  
Neptunning Galateya, Despina, Talassa va Nayada yo‘ldoshlari ham Rosh chegarasi qoidasini 
buzgan  obyektlardir.  Ular  ham  bir  kun  kelib,  yoki  sayyora  sirtiga  qulab  tushadi,  yoki, 
parchalanib, halqalar tizimiga singib ketadi. 
Keling endi xuddi shunday hisoblashlarni Yer turkumidagi sayyoralar uchun bajarib ko‘ramiz. 
Bular Yer va Marsning o‘zi bo‘ladi xolos. Chunki, Merkuriy va Venerada tabiiy yo‘ldoshlar 
yo‘q.  Yer  va  Mars  yuqorida  sanab  o‘tilgan  gaz  gigantlariga  qaraganda  juda  kichik 
sayyoralardir.  Boz  ustiga,  gaz  gigantlaridan  ko‘ra  Mars  va  Yer  Quyoshga  ancha  yaqin 
joylashgan.  Shu  sababli,  bu  sayyoralarning  tabiiy  yo‘ldoshlari  uchun  arqon  koeffitsienti  va 
Rosh  chegarasi  oralig‘i,  ya'ni,  tabiiy  yo‘ldosh  barqaror  mavjud  bo‘la  oladigan  fazo  hududi 
ancha tor bo‘ladi. Shu sababli ham ushbu sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlari faqat bitta qo‘ldagi 
barmoq  bilan  sanarli  darajada  oz.  Keling,  Yer  turkumidagi  sayyoralar  uchun  ham  arqon 
koeffitsienti  va  Rosh  chegarasini  ko‘rib  chiqamiz  (garchi  tabiiy  yo‘ldoshlari  bo‘lmasa  ham, 
Merkuriy  va  Venera  uchun  ham  hisoblashlarni  bajarish  mumkin,  bu  bilan  hech  nina 
o‘zgarmaydi).  


56 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish