61
Ko‘rib turganingizdek, Kulon formulasi va Nyuton formulasi haqiqatan ham juda-juda
o‘xshaydi.
Agar, masofani santimetr bilan, elektr zaryadini esa elektrostatik birliklar bilan o‘lchasak,
formulaga gravitatsiya doimiysi singari qandaydir konstanta kiritishga ehtiyoj qolmaydi.
Albatta, buning uchun har ikkala obyekt vakuumda joylashgan bo‘lishi lozim. Yodingizda
bo‘lsa, so‘zimiz avvalidayoq, biz qarayotgan obyektlar koinotda yolg‘iz, ya’ni, faqat ushbu
ikki obyekt mavjud deb tasavvur qilib olgan edik. Shunga ko‘ra, ular orasida vakuumdan bo‘lak
narsa bo‘lishi mumkin emas. Ushbu birliklar va shartlarni inobatga olsak, obyektlar orasidagi
ta’sir qilayotgan elektromagnit kuch ham dina birligida o‘lchanadi.
Endi, ushbu, ikkinchi misol, ya’ni, elektromagnit kuch uchun ham shartlarni soddalashtiramiz
va birinchi obyektning elektr zaryadi qiymati ikkinchi obyektning elektr zaryadi
qiymati bilan
bir xil deb qabul qilamiz. Ya’ni,
q=
q′.
Shu o‘rinda, zaryadlardan biri manfiy, ikkinchisi musbat ediku, formulada ularning ishorasi
qayoqqa ketdi?! – degan savol uyg‘onishi mumkin. Albatta, misol yaqqol tushunarli bo‘lishi
uchun,
q larning birining oldiga «+», ikkinchisiga esa «‒» qo‘yib yozish mumkin edi. Shu
tarzda, agar, elektromagnit kuchning (ya’ni,
F
e
) qiymati manfiy bo‘lsa, obyektlar o‘zaro
tortishishini; va aksincha, u musbat bo‘lsa, obyektlar itarilishini yaqqol ifodalash mumkin.
Lekin, bizning muddaomiz uchun bu muhim emas. Chunki, bunda itarilish ham, tortishish ham
bitta narsa - elektromagnit kuchning boshqa-boshqa shaklda namoyon bo‘lishi xolos. Ishora
ko‘rsatkichidan qat’iy nazar, kuchning kattaligi bir xil qolaveradi. Shu sababli, biz keyingi
o‘rinlarda ham
q lar uchun ishoralar qo‘yib o‘tirmaymiz.
Demak, biz har ikkala obyektlar zaryadi o‘zaro teng deb oldik. Ya’ni,
q=
q′;
qq′=
qq=q
2
. Endi,
mazkur zaryadlangan obyektlar orasidagi masofa aniq 1 sm ga teng deb olsak,
d=1 va
d
2
=1
bo‘lib chiqadi. Unda, Kulon formulasi quyidagicha shaklga kelib qoladi:
F
e
=
q
2
.
Endi tasavvurimizdagi tajribaga xulosalar yasaymiz. Demak, bizda, oraliq masofasi 1 sm ga
teng bo‘lgan ikkita obyekt mavjud. Ular bir xil qiymatdagi zaryadga ega va ularning massalari
ham bir xil. Ular orasida ham gravitatsiya va ham elektromagnit kuch ta’sir qilmoqda.
Endi gravitatsiya va elektromagnit kuchlarini o‘zaro taqqoslaymiz. Buning uchun, Nyuton va
Kulon formulalarining o‘zimiz soddalashtirgan ko‘rinishlarini, ya’ni,
F
g
=0,0000000667
m
2
va
Do'stlaringiz bilan baham: