90
Mazkur kitob juda mayda harflar bilan yozilgan bo‘lib, 500 sahifadan ko‘p varoqni
tashkil qilardi va uning sahifalari istisnosiz ravishda faqat matndan iborat edi. Undan siz na
biror rasm va na biror diagramma yoki chizma-grafiklarni uchratmaysiz. Kitob to‘laligicha
arifmetikaga bag‘ishlangan bo‘lib, faqat, uning eng oxiridagi kichik bo‘limlarda geometriya va
algebraga kirish mavzulari qisqacha bayon qilingan.
Men bu kitobga favqulodda qiziqib qoldim. Harholda, hozir mening ikki nafar, maktab
yoshidagi farzandim bor va o‘zim ham qachonlardir maktabda o‘qiganim uchun,
arifmetikaga
oid kitoblarning ahamiyatini yaxshi tushunaman. Bilasizmi, hozir farzandlarim o‘qiyotgan
arifmetika kitoblari ham, men maktabda o‘qigan davrdagi arifmetika kitoblari ham, Paykning
arifmetikasidan ancha yupqa. Paykning kitobi hajman katta va shunga yarasha ko‘proq
ma’lumotlarga ega. Nega bunday? Nima, bizga zamonaviy maktab arifmetika kurslarida Payk
yozganlaridan ko‘ra kamroq narsa o‘rgatishadimi? Bizdan arifmetikaga oid qandaydir
bilimlarni yashirishyaptimi?
Men qiziqish bilan, Payk arifmetikasini sinchiklab varoqlab chiqdim. Har bir sahifani
yaxshilab tekshirdim. Aniqlashimcha, bizdan haqiqatan ham nimalarnidir yashirishmoqda
ekan. Lekin, o‘sha «nimlar»ning aynan nima ekanini bilgach, buning hech
qanday yomon joyi
yo‘qligini, qaytanga, balki, biz va ayniqsa maktab yoshidagi go‘dak farzandlarimizning
foydasiga ekani ma’lum bo‘ldi. Ular haqida bilgandan, uni bilmagan va keraksiz ma’lumot
bilan miyani to‘ldirmagan ma’qul menimcha.
Masalan, kitobning 19-sahifasidan boshlab Payk Rim raqamlari haqida so‘z yuritadi va
500 minggacha bo‘lgan sonlarni Rim raqamlarida qanday yozilishini erinmay keltirib o‘tadi.
Biz yaxshi bilamizki, o‘rta asrlardan boshlab, deyarli butun jahonda hisob-kitoblar va
yozuv-chizuvlarda asosan arab raqamlaridan foydalanilmoqda. Arab raqamlari ommalashgach,
Rim raqamlari o‘z dolzarbligini yo‘qotgan. Ungacha esa, kim biladi deysiz, ushbu noqulay va
beso‘naqay Rim raqamlaridan foydalanib, hisob-kitob qilish uchun qancha ortiqcha vaqt va
qog‘oz isrof qilingan ekan. Aslida-ku, arab raqamlariga o‘tilgani bilan, hisob-kitob usullari
o‘zgarmagan. Lekin, hisoblashlarni bajarish amaliyotlari juda katta yengillikka ega bo‘lgan.
Ko‘rib turibsizki, hisoblash bo‘yicha insoniyat bilimlari bu jarayonda yo‘qolmadi, balki,
shunchaki, nisbatan samarasiz usul va qoidalar o‘rniga, nisbatan samarador usul va qoidalar
yuzaga chiqib keldi.
Lekin, Rim raqamlari tarixda qolib, muomaladan chiqib ketganidan taxminan 500 yil
o‘tib, Nikolas Payk ularni yana o‘z kitobida bayon qilmoqda va bu narsa ommalashib, kimgadir
kerak bo‘ladi deb o‘ylamoqda. U kitobni o‘qigan odam Rim raqamlarini arab raqamlariga
o‘gira oladi deb hisoblagan. Lekin, o‘girishni bilmaydiganlarga bu ishni o‘rgatish uchun hech
qanday yo‘l-yo‘riq, yoki, ko‘rsatmalar keltirmagan. Shunga qarmay, Payk ham o‘tib ketganiga
mana 200-yildan oshgan paytda, Rim raqamlari oz-moz bo‘lsa-da, lekin amalda hali ham
qo‘llanmoqda.
Nima uchun? Albatta, Rim raqamlari matnda asrlarni ifodalashda, antiqa soatlarda,
hamda, bino fasadlarida hali hanuz uchrayotgani, ularga hozir ham ehtiyoj bor degani emas.
Rim raqamlarini qo‘llayotganlarning asosiy maqsadi bu orqali qandaydir antik kolorit
taassurotini uyg‘otish, yoki, o‘ziga xos «original» ko‘rinishga ega bo‘lishdan boshqa narsa
emas. Eng ajablanarli va g‘ashni keltiradigan narsalardan biri shuki, oramizda ba’zi sentimental
91
shaxslar Rim raqamlarini yaxshi bilish qandaydir yuksak madaniyat belgisi sifatida qaralishi
kerak deb o‘ylashadi.
Rim raqamlari deysizmi? Ular haqida unuting. Buni o‘rniga, zamonaviy ilmlardan
biriga oid, masalan, genetikaga taalluqli yangi ma’lumotlarni o‘rganing.
Lekin, siz «tarixga qaytib ish ko‘rmoq...» qabilidagi gaplarni eslab, bu ish, ya’ni, Rim
raqamlarini unutish yaxshi emasligini, ularni hech bo‘lmasa tarixga hurmat yuzasidan bilib
qo‘yish lozimligini aytmoqchidirsiz? Lekin, ishonavering, biz o‘z paytida bundan ham
muhimroq bilim sanalgan boshqa ko‘plab narsalarni unutib bo‘lganmiz va bundan hech kim
jabrlangani yo‘q. Ishonavering, biz, qadimgilar uchun dolzarb va muhim bilim sanalgan
ko‘plab narsalarni allaqachon unutib yuborib bo‘lganmiz. Lekin, bizning kamchiligimiz bu –
o‘zimizdan avvalgilar misqollab yiqqan bilimlarni unutib yuborishimizda emas, balki, ushbu
ma’lumotlarni keraksiz va o‘rinsiz ravishda o‘z xotiramizda muhrlab yurishimizdadir.
Misol uchun, yana o‘sha Payk arifmetikasiga qaytsak. Ushbu kitobning kattagina qismi
hali biz butunlay unutib yubormagan, lekin unutsak yaxshiroq bo‘ladigan ma’lumotlarga
bag‘ishlangan. Aynan shu tufayli ham, zamonaviy arifmetika kitoblari Payk arifmetikasidan
ancha yupqa va qisqa. Agar biz keraksiz ma’lumotlarni butunlay unutib yuborib, ularni har bir
kitobga ham tiqishtiravermaganimizda edi, zamonaviy arifmetika kitoblari yana ham ixcham
ko‘rinishda bo‘lardi.
Misol keltiraman. Paykning kitobida juda ko‘p turli jadvallar mavjud va muallifning
fikricha, ulardan foydalanishni har bir kishi bilish shart. Masalan, kitobdagi beshinchi jadval
«Movut qalinligi» haqida gap bormoqda.
Bilasizmi, 2 ½ dyum bir
tirnoqni tashkil etishini? Bilmaysiz, to‘g‘rimi? Bilib oling: 16
tirnoq bu – bir yard; 12 tirnoq esa – bir
tirsak bo‘ladi.
Lekin bu hammasi emas! 12 tirnoq bir tirsak bo‘lishi bu faqat
flamand tirsagini
bildiradi. 20 tirnoq esa
ingliz tirsagiga teng bo‘ladi. Farang tirsagi esa 24 tirnoqqa teng. Bu
ham hammasi emas. 16 tirnoqqa 1,2 dyum qo‘shilsa, u
shotland tirsagini beradi!
Demak, siz, import yoki eksport bilan bog‘liq biznesni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz,
ushbu birliklarning hammasini bilishingiz, yoki, ulardan butunlay qutulib, o‘rniga qandaydir
mukammal va universial, standart birliklardan foydalanishga o‘tish haqida bosh qotirishingiz
zarur bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, har bir tovar uchun o‘ziga xos o‘lchov birliklari mavjud ekan.
Masalan, moyni
firkin birligi bilan sotish yoki xarid qilish mumkin; olxo‘rini esa
panch bilan,
go‘shtni esa
stoun o‘lchovi bilan pullash, yoki, sotib olish mumkin xolos. Albatta, ushbu
o‘lchov birliklarini har birini
funtga o‘girib hisoblab olish ham mumkin. Lekin, funtni ham o‘zi
uch xil bo‘lsa, uning qaysi biridan foydalanayotganingizni o‘zingiz yaxshi bilishingiz lozim.
Chunki,
troya funti va
dorixona funtidan tashqari, bozorlarda qo‘llash uchun «evrideypoys»
funti mavjudligini sizga kimdir o‘rgatgan bo‘lishi amri mahol.
Agar siz uzunlik va masofani o‘lchashingizga to‘g‘ri kelib qolsa-chi? Bundan ham
osoni bormi?! . Bilasizmi, 7,92 dyum bu 1
link bo‘ladi va 25 link esa 1
pol; 4 pol bo‘lsa bir
Do'stlaringiz bilan baham: