9-mavzu. Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari.
Reja:
Algoritm tushunchasi va uning hususiyatlari.
Hisoblash jarayonlarni grafik aks ettirish.
Hisoblash jarayonlarni turlari.
Dasturlash tillarini haqida umumiy ma’lumot.
Tilning asosiy elementlari. Qiymat berish, kiritish va chiqarish operatorlari.
Taqmoqlanuvchi hisoblash jarayonini dasturlash.
Siklik hisoblash jarayonini dasturlash.
9.1. Algoritm tushunchasi va uning hususiyatlari.
Algoritm - ijrochi uchun ma’lum bir masalani yechishga qaratilgan ko’rsatmalarning aniq ketma-ketligi. Algoritm so’zi va tushinchasi algorithmi so’zidan olingan bo’lib, u IX (783 yilda tugilgan) asrda yashab ijod etgan buyuk bobokolonimiz Muxammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning arifmetikaga bag’ishlangan «Al jabr va al mukabala» nomli asarining dastlabki saxifasidagi «Dixit Algoritmic» («Dediki Ad-Xorazmiy» ning lotincha ifodasi) degan so’zlardan kelib chiqqan.
Al-Xorazmiy birinchi bo’lib o’nlik sanoq sistemasining prinsiplarini va unda turli amallar bajarish qoidalarini asoslab berdi. Bu esa xisoblash ishlarini ixchamlashtirish va osonlashtirish imkonini yaratdi. Chunki bu bilan o’sha davrda qo’llanib kelingan Rim raqamlari va sonlarni suz orqali yozib bajarishdagi nokulayliklar bartaraf etildi.
Algoritm nima? Dastlab algoritm deyilganda unlik sanok sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish koidalari tushinib kelingan. Umuman olganda, uni anik ta’riflash mushkul. Algoritm deganda biror maksadga erishishga yoki kandaydir masalani yechishga karatilgan buyruqlarning anik, tushinarli, chekli xamda tulik tizimi, anik natijaga olib keladigan amallarning cheklangan ketma-ketligi tushiniladi.
Algoritimning xizmati nimadan iborat? Aytaylik, kimdir kandaydir masalani yechishni uylab topib va uni boshkalarga aytmokchi bulsa, u xolda u uylab topgan yechimni shunday tasvirlashi kerakki, natijada boshkalar xam masalani tugri yechishsiin. Shuning uchun tasvir bir necha talablarga buysunishi kerak. Agar yechimning tasviri anik bulmasa, ya’ni mujmal bulsa, u xolda shu tasvirga asosan boshka javobni olish mumkin. Chunki xar kim masala yechimning tasvirini noanik joyini uzicha aniklashtirishi mumkin. Bunday tasvirni algoritim deb bulmaydi.
Xar kuni necha martalab bajaradigan ishimiz algoritmga misol bula oladi. Algoritmni ishlab chikish uchun avvalo masalaning yechish yulini yaxshi tasavvur kilib olish, keyin esa uni formallashtirish, ya’ni anik koidalar ketma-ketligi ko’rinishida yozish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |