9-mavzu. Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari. Reja



Download 0,57 Mb.
bet2/29
Sana03.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#480256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Dasturlash tillari

Algoritmning xossalari.
Algoritmlarning asosiy xossalari quyidagilardan iborat:
Tushunarlilik. Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni aniq bilishi kerak. Algoritmning ijrochisi xamma vakt xam inson bulavermaydi. Ijrochiga tavsiya etilayotgan kursatmalar uning uchun tushinarli bulishi kerak, aks xolda ijrochi xar qandayamalni xam bajara olmaydi.
Diskretlik. Algopitm ijrochisi masalani yechish jarayonini aloxida va sodda kadamlar ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak. Bu xossaning mazmuni – algoritmlarni doimo chekli kadamlardan iborat kilib bulaklash imkoniyati mavjudligidadir. Boshkacha aytganda, uni chekli sondagi oddiy kursatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Algoritmning bu xossasi yukorida keltirilgan misollarda yaqqol kko’rinib turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonlarni chekli kadamlardan iborat kilib bulaklay olmasak, u xolda uni algoritm deb bulmaydi.
Aniqlik. Algoritmning xar biri qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir ma’noli bulishi kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini mexanik bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ijrochiga berilayotgan kursatmalar anik mazmunda bulishi kerak. Chunki, kursatmadagi noanikliklar muljaldagi maksadga erishishga olib kelmaydi.
Natijaviylik. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, xar qanday algoritmning ijrosi oxir-okibat ma’lum bir yechimga kelishi kerak. Xar bir algoritm chekli sondagi kadamlardan keyin, albatta, natija berishi shart. Bajariladigan amallar kup bulsa xam, baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli kadamdan keyin kuyilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash xam natija hisoblanadi. Agar ko’rilayotgan jarayon cheksiz davom etib, natija bermasa, uni algoritm deb ayta olmaymiz.
Ommaviylik. Masalani yechish algoritmi umumiy xollar uchun yaratiladi, ya’ni fakatgina boshlangich qiymatlari bilan farklanuvchi bir turdagi masalalar sinfi uchun tuziladi. Bunda boshlangich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul qilishi mumkin bo’lgan sohadan olinadi. Xar bir algoritm mazmuniga kura bir turdagi masalalarning barchasi uchun xam urinli bulishi kerak, ya’ni masalaning boshlangich ma’lumotlari qandaybulishidan kat’y nazar algoritm shu xildagi xar qandaymasalani yechishga yaroklidir.
Algoritmni tasvirlash usullari.
Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarkalgan usullari quyidagilar:

  1. So’zlar yordamida (ogzaki nutkda ishlatiladigan so’zlar) Algoritmning suz orkali berilishi. Bunda ijrochi uchun beriladigan xar bir kursatma so’zlar orqali buyruq mazmunida beriladi;

  2. Algoritmlarning formulalar yordamida berilishi. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, Kime va boshka anik fanlarni urganishda kuprok foydalaniladi. Masalan, uchburchakning yuzini uning asosi va balandligi bo’yicha hisoblash formulasi: S.(h*a)/2

Algoritmlarning jadval ko’rinishida berilishi. Algoritmni bu ko’rinishida tasvirlanishidan xam kup foydalaniladi.

  1. Grafik usulda (grafik simvollar yordamida) Algoritmning grafik (blok-sxema) shaklida tasvirlanishi. Algoritmning blok-sxema ko’rinishdagi tasvirida geometrik figuralar shaklidagi oddiy elementlardan foydalaniladi;

  2. Dastur ko’rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so’zlar, operator va funksiyalar yordamida). Algoritmlarning dastur shaklida ifodalanishi. Millionlab kompyuterlar- ning keng tarkalib ketishi algoritmlarning dastur tarzida tasvirning keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Sababi shundaki, kompyuterlar doimo dastur orkali boshkariladi.

Algoritmlarni so’zlar yordamida tasvirlash.
Algoritmlarni so’zlar yordamida tasvirlashda bajariladigan buyruqlar va ko’rsatmalar ketma-ket ogzaki nutkda ilatiladigan so’zlar orkali yoziladi. Masalan, ikki sonning eng katta umumiy bo’luvchisini (EKUB) topish algoritmi quyidagicha yozilishi mumkin:
Ikkita sonni kiriting;
Agarda bu sonlar teng bulsa, u xolda ulardan birini javob sifatida oling va ishni tuxtating, aks xolda esa davom ettiring;
Ikkita sun ichida kattasini aniqlang;
Katta va kichik sonlarning ayirmasini katta son bilan almashtiring;
Algoritmni 2-qadamdan boshlab qaytaring.
Keltirilgan algoritmni xar qanday natural sonlarning EKUBini topish uchun ishlatish mumkin.
Algoritmlarni so’zlar yordamida tasvirlashning bir qancha kamchiligi mavjud bo’lib, aksariyat xollarda algoritmlarni tasvirlashda bu usuldan foydalanilmaydi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish