9.2. Hisoblash jarayonlarni grafik aks ettirish.
Dastur – bu dasturlash tilida yozilgan amallar ketma-ketligi. Hozirda xilma-xil dasturlash tillari mavjud bo`lib, har qaysi o`ziga mos afzalliklari bilan dasturlashning yuksalishiga hissa qo`shadi. Umuman olib qaraganda hamma dasturlar kirish bilan boshlanadi, uni o`ynatadi va chiqishini ta`minlab beradi 9.1-rasm.
Dastur kodi
Kirish Chiqish
9.1 -rasm. Dasturning konseptual ko`rinishi1
Dasturga yanada ko`rkam ko`rinish berish uchun unda muntazam rejalashtirish amali bajarilgan bo`lishi lozim. Rejalashtirishda dastur yanada kuchliroq va yanada samarali bo`lib ishlaydi. Dasturchi dasturga kodlarni yozishdan oldin rejalashtirish ilovalaridan foydalanishi kerak. Shu hamma amallarni tog`ri bog`liqlikda bajargan holda dastur kodida mantiqiy hatolar paydo bo`lishi minimallashtirilgan. 9.2–rasmda muammoni tushintirish mantiqiy yechimi berilgan.
Kompyuter muammosini yechish bir so`z bilan sarhisob qilingan holda – “Talab etish” deb atash mumkin. Bu ko`pgina kichik qismlarni birga yig`ib murakkab tarzda biriktirishdir, shu sababli muammoni tushunish qiyin.
U ko`pgina bilim, ehtiyotkor reja, mantiqiy aniqlik, uzluksiz harakat va batafsil ma`lumot uchun e`tiborni talab etadi. Bir vaqtning o`zida u mashaqqatli, hayajonli va qoniqarli tajribani ijodiy yondashuv bilan bo`lishi kerak deb to`g`ri topadi.
Har qanday dasturiy ta`minot ham oldin bir necha dasturchi tomonidan tahrirlangan va hozirda ishlatilib kelinmoqda. Dastur bu ko`rsatmalar ro`yhati bo`yicha kompyuterning shartli ravishda rioya etilib, ma`lumotlarni axborotga aylantirib beruvchi vosita hisoblanadi. Dasturlash qo`llanmalari dasturlash tilida qo`llanilgan bayonotdan iboratdir, bu dasturlarga misol: C yoki C++. DTHS ning olti bosqichning 4 tasi o`z ichiga besh bosqichli bajariladigan ishni ko`rsatib qo`ygan 9.3-rasm.
Bu besh bosqich muammoni yechishni yoki dasturiy ta`minotni ishlab chiqish jarayonini dastur sifatda tashkil etadi. Dasturlashni yana dasturiy ta`minot muhandisligi deb atash mumkin u va quyidagi jarayon ketma-ketligini o`z ichiga oladi:
Bu besh bosqich quyida ko`rsatilgan:
Muammoga oydinlik kiritish – o`z ichiga chiquvchi, kiruvchi axborotlarni va ishlov berish kabilaridir.
Yechimni loyihalashtirish- grafik dasturlash-modellashtirish vositalaridan foydalanish.
Dasturni kodlashtirish – dasturlash tillaridan, qoidalaridan foydalanib dastur yozish.
Dasturni sinovdan o`tkazish – har qanday mantiqiy hatolardan qutilishdir.
Dasturni hujjashtirish va uni qo`llab turish - foydalanuvchilar uchun yozilgan qoidalar, dastur haqida tushuncha va operatsion qo`llanmalarni o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |