www.ziyouz.com kutubxonasi
175
Bundan tashqari, nima uchun gapirish kerak ekan, deb mulohaza ham qilmoqda edi. Suhbatlar nuqul
ko‘ngilsizliklardan boshqa nima keltirardi? Bu yerda esa ular busiz ham oshib-toshib yotibdi.
— Men sizga yordam berishni istardim, — dedi Mollett. — Ammo siz bilan ishlash oson emas.
Virjiniya yo‘talib qo‘ydi.
— Bu noiloj odam, — Palmerga murojaat qildi juvon, — haqiqatan ham yordam berish qo‘lidan
keladigan oz sonli odamlardan bittasi.
Palmer stakanni ko‘tardi, biroq ichmay uni qayta joyiga qo‘ydi. Keyin o‘z qarorini
mustahkamlayotgandek, stakanni bir chetga surib qo‘ydi.
— Avvalo men quyidagilarni bilishim kerak, — gap boshladi u. — Keling, faraz qilaylik, men sizga
qandaydir sirni aytdim, ehtimol, u hech qachon matbuot uchun ashyo bo‘lmas. Keling, yana faraz
qilaylik, buni isbot qilish mumkin emas yoki men mutlaqo nohaqman, keling, yana bir faraz qilaylik,
mening ma’lumotlarim chala va sizning tomoningizdan ishlov berilishiga muhtoj. Bu ishni bajara turib
va sizda qachonlardir maqola chop etish imkoniyati bo‘ladimi, yo‘qmi, bilmay turib, qoniqish hosil
qilasizmi?
Mollettning kichkinagina og‘zi yasama shirin tabassumdan ikki tomonga cho‘zildi.
— Men chop etilmaydigan narsa ustida ishlashni jonimdan yaxshi ko‘raman. — So‘ng jiddiy
ohangda davom etdi: — Keling, ishning mohiyatiga qaytaylik. Agar u chindan ham muhim bo‘lsa,
unda men unga o‘z vaqtimni sarf qilish istagimni izhor etaman.
— Matbuot uchun emas.
— Sho‘rlik matbuot uchun emas, — unga qo‘shildi Mollett.
— Shubha qilishga menda asos bor, — tez gap boshladi Palmer, agar sherigi so‘zlarni terishga
kirishgudek bo‘lsa, ularni hech qachon aytib ulgurmasligini bilib, — YuBTK ustidan nazorat o‘rnatishga
intilayotgan qandaydir, tashqi guruhlar yo‘q emas.
Mollett tovushsiz hushtak chaldi. Uning nigohi darhol Virjiniyaga sakrab o‘tdi.
— Rostdanmi? — ming‘irladi u.
— Sen bu odamni eshitgansan, — javob berdi juvon.
Reportyor o‘zini asta stul suyanchig‘iga tashladi va joylashibroq o‘tirdi.
— Mak Bernsning Olbaniga borishiga to‘g‘ri kelib qolganidan xursandman.
— Nimaga bunday deysiz? — so‘radi Palmer.
— Chunki u bu yerda bo‘lganida, siz menga buni sira ham aytmagan bo‘lardingiz.
— To‘g‘ri. Ammo nega siz shunday o‘ylaysiz?
— Davom eting. Mak Berns o‘zining bashang ikki yuz dollarlik kostyumini kiyib yuraverishi mumkin,
lekin men uchun u Troya oti bo‘lib qolaveradi.
— Bu, — asta dedi Palmer, — bugun men eshitgan eng qiziq narsa bo‘ldi. — Birmuncha vaqt
hamma jim bo‘lib qoldi. Sukunat cho‘zilib ketdi. Ofitsiant stolga uchta likobcha qo‘ydi va marmitdan1
Virjiniyaning likobchasiga nyuburgcha omarlarni olib qo‘ya boshladi, qo‘lida qisqich kabi ushlab turgan
sanchqi va qoshiqlarni stol ustiga avaylab terar ekan, har bir harakati bilan oliy darajali restoranda
xizmat qilishini ta’kidlayotgandek va taomnomada chop etilgan yirik dollarli narxlarni isbotlayotgandek
bo‘lar edi.
Mollett uh tortdi, uning ko‘zlari ofitsiant sanchqilari va qoshiqlari harakatini kuzatar edi.
— So‘nggi vaqtlarda biron qiziq kitob o‘qidingizmi? — so‘radi u hech kimga bevosita murojaat
qilmasdan. Mollettning barmoqlari oq dasturxonni betoqat chertayotganini Palmer ko‘rib turardi.
Hammaga xizmat qilib bo‘lib, ofitsiant uzoqlashar ekan, Mollettning barmoqlari tinchidi.
— Biz nima haqdadir gaplashayotuvdikmi?
— Biz “Star”ning jonboz chalamulla yozuvchisi bu yangilikni muhim deb hisoblarmikan yo yo‘qmi,
shundan gaplashayotuvdik, — javob berdi Virjiniya.
— Agar bular bari qumga yozilgan bo‘lsa ham, — qo‘shib qo‘ydi Palmer.
— O’zing hozirgina Mak Berns bilan odamning umurtqasiga o‘tmas xanjarni sanchib olding-ku, —
davom etdi Virjiniya.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |