Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
 
4.2 Pochta jo‘natmalari va buyumlarni ochish tartibi 
 
Pochta jo‘natmalari va buyumlar ayrim hollarda pochta aloqasi 
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, 
pochtamt) rahbarining farmoyishi bo‘yicha, shuningdek dastlabki 
ma’lumotlar (manzili yuvilib ketganda, yorliqlar uzilib ketganda) 
bo‘lmaganda, joylanmalarning butligiga shubha tug‘ilganda (o‘rov, 
bog‘lov, muhrlar va qog‘oz tasmaning joylanmani ochish imkonini 
yaratuvchi shikastlangan, og‘irligida farq bo‘lgan) yoki tashqi 
belgilariga qarab joylanmaning shikastlanganiga, buzilganligi taxmin 
qilinganda yohud jo‘natilishi man qilingan joylanmalar bor bo‘lganda, 
oluvchining talabi bo‘yicha ochiladi. 
Butun holatdagi ustama to‘lovli pochta jo‘natmalari oluvchining 
talabiga binoan faqat ustama to‘lov to‘langandan so‘ng ochiladi.  
Pochta jo‘natmalari va buyumlar pochta aloqasi obyektining 
rahbari (o‘rinbosari), operatsiya sex (uchastka)lari mavjud bo‘lgan 
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (po-
chta aloqa bog‘lamalari, pochtamt)da esa quyida ko‘rsatilgan xodim-
lardan birining: sex (uchastka) boshlig‘i (o‘rinbosari), mas’ul navbatchi 
(smena boshlig‘i), pochta aloqasi xizmatining ma’sul xodimi ishtirokida 
ochiladi. Ochish shunday hisob-kitob bilan amalga oshiriladiki, bunda 
pochta jo‘natmasining o‘rovi, plomba, muhrlar, bog‘lov, choklar daliliy 
ashyo sifatida saqlanadi.  


 
188
Pochta jo‘natmalari yoki buyumlarning almashuvi amalga 
oshirilayotgan vaqtda, ishlov berish yohud ortish vaqtida bog‘lovlari, 
muhrlari, o‘rovi shikastlanganda, ular ochilmaydi, balki tegishli pochta 
aloqasi obyektining sug‘urta muhri bilan muhrlanadi, shu bilan birga 
muhrlashdan avval pochta jo‘natmasi yoki buyumning og‘irligi albatta 
tekshiriladi. Pochta vagonlarida pochta jo‘natmalari va buyumlarning 
og‘irligi tekshirilmaydi. 
Pochta jo‘natmalari va buyumlarini muhrlanganligi to‘g‘risida 16-
shakldagi yukxatda belgi qo‘yiladi, shu bilan birga blankada bu belgi 
taqvim tamg‘a izi va aloqa xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.  
Pochta jo‘natmalari va buyumlarini ochish to‘g‘risidagi 51-
shakldagi dalolatnomani tuzishda, ularni tashqi holati, pochta jo‘natmasi 
va buyumining og‘irligi, joylanmalarni tekshirishda nimalar aniqlangani 
(har bir predmet, uning o‘lchovi, og‘irligi, pochta jo‘natmasining ichida 
bo‘sh joyning bor-yo‘qligi, shuningdek pochta jo‘natmasi yoki 
buyumining qayta berkitilgandan keyingi umumiy og‘irligi alohida va 
batafsil sanab o‘tiladi) to‘liq ifodalanadi. Bundan tashqari, 51-shakldagi 
dalolatnomada idish (tara)ning og‘irligi, joylanma nima qilinganligi, 
pochta jo‘natmasi yoki yopiq buyum qayta berkitilgandan so‘ng qanday 
muhr bilan muhrlangani, 51-shakldagi dalolatnoma va uning nusxalari 
qaerga jo‘natilgani yoziladi. 
Tranzit yopiq buyum qayta berkitilgandan so‘ng, unga yangi 
manzil yorlig‘i biriktiriladi va qayta berkitishni amalga oshirgan pochta 
aloqasi obyekti tomonidan muhr (plomba)lanadi. 
Tranzit posilkalarni ochib ko‘rilganda aniqlangan joylanmaning 
ishlatish uchun yaroqsiz holga kelgan qismi olinib, yo‘q qilinadi. 
Joylanmaning saqlanib qolgan qismi posilka o‘roviga berkitiladi va 
belgilangan manzilga jo‘natiladi. 51-shakldagi dalolatnoma blankasiga 
biriktiriladi va unga «Dalolatnoma bilan birga» belgisi qo‘yiladi. Agar 
qayta berkitilgandan so‘ng posilka o‘rovi joylanmaning butligini 
ta’minlamasa, u holda posilka belgilangan manzilga qopda jo‘natiladi 
(mevalar va «Ehtiyot qiling» belgili posilkalardan tashqari). Buzilgan 
joylanmalarning qisman yoki to‘liq yo‘q qilingani to‘g‘risidagi, 
shuningdek pochta orqali jo‘natish man qilingan joylanmaning 
musodara qilingani to‘g‘risidagi 51-shakldagi dalolatnomaning nusxasi 
jo‘natuvchiga ma’lum qilish uchun pochta jo‘natmasini jo‘natgan 
joyning pochta aloqasi obyektiga buyurtmali banderol sifatida 
jo‘natiladi. 


 
189
107-shakldagi ro‘yxati mavjud bo‘lgan tranzit qiymati e’lon 
qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderolni ochishda ichidagi 
joylanmalar ro‘yxati bo‘yicha tekshiriladi, qiymati e’lon qilingan yopiq 
xat esa – uning ichiga solingan ilova hujjati bo‘yicha tekshiriladi. 
Shundan so‘ng qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan 
banderol joylanmasi eski o‘rovi bilan birga yangi o‘rovga solib yopiladi, 
unda manzil va jo‘natish ma’lumotlari ko‘rsatiladi. 
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderol 
qayta berkitishni amalga oshirgan pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki 
pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) tomonidan 
muhrlanadi va so‘ngra pochta aloqasi obyektigacha «to‘g‘ridan-to‘g‘ri» 
qopda jo‘natiladi. Xat yoki banderol bilan birga 51-shakldagi 
dalolatnomaning ikki nusxasi ham jo‘natiladi, bu xatda 16-shakldagi 
yukxatda «Dalolatnoma bilan birga» belgisi qo‘yiladi. 
Agar ichida 107-shakldagi ro‘yxat mavjud bo‘lgan tranzit 
sug‘urtali qop, shuningdek qiymati e’lon qilingan banderol, qiymati 
e’lon qilingan xat, qiymati e’lon qilingan posilkalar ochilganda 
joylanma to‘liq va zararlanmagan bo‘lsa, u holda 51-shakldagi 
dalolatnoma tuzilmaydi. Bunday hollarda 16-shakldagi ichki yukxat 
(107-shakldagi ro‘yxat)da bunday belgi qo‘yiladi: «_______ sababli 
(ochish sababi) ________da (pochta aloqasi obyektining nomi) ochildi. 
Joylanma to‘liq va 16-shakldagi yukxatga (107-shakldagi ro‘yxatga) 
mos keladi». Bu belgi taqvim tamg‘a izi va qayta berkitishda ishtirok 
etgan aloqa xodimlarining imzosi bilan tasdiqlanadi. Qayta berkitilgan 
pochta jo‘natmasi yoki buyumga ilova qilingan 16-shakldagi yukxatda 
quyidagicha belgi qo‘yiladi: «______________ (ochish va qayta 
berkitishni amalga oshirgan pochta aloqasi obyektining nomi) muhri 
bilan jo‘natiladi». Bundan tashqari, shunday belgi posilkaga tegishli 
bo‘lgan blankaga ham qo‘yiladi.  

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish