NAZORAT SAVOLLARI
1. Qaysi holatlarda pochta jo‘natmalari qayta jo‘natiladi yoki
qaytariladi?
2. Pochta jo‘natmalarini qayta jo‘natish yoki qaytarishda qanaqa
belgilar va qaerda ko‘rsatiladi?
3. Qayta jo‘natilgan yoki qaytarilgan pochta jo‘natmalarini
egalariga topshirish xususiyatlarini aytib bering.
4. Qaysi holatlarda pochta jo‘natmalari tarqatilmagan qatoriga
topshiriladi?
5. Tarqatilmagan pochta jo‘natmalari pochta aloqa bo‘limidan
topshirish joyi va davriyligini aytib bering.
4.7 Operatsiya kunining boshlanishi va tugashi.
Pullar, shartli boyliklar va pochta jo‘natmalarni saqlash
Ish kuni (smenasi) tugagandan so‘ng, ro‘yxatga olinadigan pochta
jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini qabul qiluvchi aloqa xodimlari
kvitansiya daftarlaridagi qabul qilingan pochta jo‘natmalari, pul
o‘tkazmalarining yakunlarini, shuningdek ularni jo‘natish uchun to‘lov
summasini (zarur bo‘lganda QQS summasini ajratgan holda)
hisoblanadi va bir ish kuni (smena) davomida to‘ldirilgan
208
kvitansiyalarning oxirgi nusxasida raqamlar bilan yozib qo‘yiladir.
Qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov alohida satrga yoziladi. Agar
posilkalar, qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon qilingan
banderollar 1-shakldagi bitta daftar bo‘yicha qabul qilingan bo‘lsa, u
holda bir kecha-kunduzlik (smena) yakuni bo‘yicha qabul qilingan
pochta jo‘natmalarining va ular uchun to‘lov summasi, QQS summasini
ajratgan holda, har bir pochta jo‘natmasining turi bo‘yicha alohida
ko‘rsatiladi.
47-shakldagi va 5 shakldagi daftarlarda to‘lovning umumiy
summasi va alohida satrda qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovlar, QQS
summasini ajratgan holda, ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarini topshiruvchi, pul
o‘tkazmalarini to‘lovchi aloqa xodimlari 8-shakldagi daftar bo‘yicha
16-shakldagi kelgan yukxatlar va 11-shakldagi reestrlarda yoki toza
qog‘oz varag‘ida avvalgi kun (smena)dan qolgan, bir kun (smena)da
kelib tushgan, topshirilgan, to‘langan, eltib berilgan va qaytarilgan,
topshirilmagan pochta jo‘natmalarining qoldig‘ini, keyingi kun
(smena)ga to‘lanmay qolgan pul o‘tkazmalarining sonini ko‘rsatgan
holda bir ish kuni (smena) davomidagi pochta jo‘natmalari, pul
o‘tkazmalarining harakatiga yakun yasaydilar.
Yakun yasash qulay va tez bo‘lishi uchun 8-shakldagi daftarda
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektida
topshirilgan pochta jo‘natmalari, to‘langan pul o‘tkazmalariga 16-
shakldagi yukxatlar va 11-shakldagi reestrlarda quyidagi shakldagi
tamg‘alarni qo‘llash tavsiya etiladi:
_____________ga qoldiq
_____________kelib tushdi
_____________topshirildi
_____________to‘landi
_____________qayta jo‘natildi va qaytarildi
_____________ga qoldiq
Pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini aloqa xodimlari smena
almashuvida bir-biriga topshirishda qo‘shimcha ravishda quyidagicha
yoziladi:
Qoldiqni topshirdi _________________
(imzo)
Qoldiqni qabul qildi ________________
(imzo)
209
Kun oxirida pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta
aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)da, bundan
tashqari buyumlar va pochta jo‘natmalarining bir kecha-kunduzlik
(smena) ish yakuni 16-shakldagi yukxatlar, pul o‘tkazmalariniki esa 11-
shakldagi reestrlar bo‘yicha hisobga olinadi. Bu hujjatlardan
oxirgisining orqa tomonida yoki toza qog‘oz varag‘ida quyidagicha
yozuv bajariladi:
____________________________________ga qoldiq
_____________________________ pochta bilan kelgan
_________________jo‘natiluvchi hujatlar qabul qilingan
____________________qayta jo‘natilgan va qaytarilgan
____________tarqatish va eltib berish uchun topshirilgan
_________________ pochta bilan jo‘natilgan
_________________ga qoldiq
Tekshirdi_________________
(imzo)
Topshirdi_________________
(imzo)
Qabul qildi_______________
(imzo)
Kelgan qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon qilingan
banderollar, posilkalar bitta umumiy raqam bilan raqamlanadigan pochta
aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlarida pochta
jo‘natmalarining yakuni va hisobi ularning turlari bo‘yicha ajratilib,
amalga oshiriladi.
Sug‘urtali pochta jo‘natmalari va buyumlar sonini hisobga olish
14-shakldagi yo‘l varag‘ining orqa tomonidagi namunasiga asosan
tuzilgan qaydnoma bo‘yicha olib boriladi. Qaydnoma ish joylaridagi ish
jarayonlarida qabul qilingan va jo‘natilgan pochta jo‘natmalariga
asoslangan holda tuziladi.
210
Jo‘natilgan, kelgan va topshirilgan pochta jo‘natmalariga ishlab
chiqarish hujjatlari posilka, qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon
qilingan banderollarga xabarnomalardan tashqari, bu hujjatlarning
soniga qarab, smena, kun, besh kunlik, o‘n kunlik, yarim oylik va
oyliklar bo‘yicha har kuni to‘plamga tikib qo‘yiladi.
To‘langan yig‘ma pul o‘tkazmalarining xabarnomalarini
tikishdan avval pul o‘tkazmalarini 10-shakldagi reestrga yozish tartibi
yoki ularning pochta-kassa apparati elektron majmuada
rasmiylashtirish ketma-ketlik tartibida tanlab olinadi, ularning soni va
summasi hisoblanadi, boshqa topshirilgan pochta jo‘natmalarning
bildirishnomlari esa kirish tartib raqamlari bo‘yicha taxlab olinadi va
pochta jo‘natmalarining turlari bo‘yicha alohida to‘plamlarga tikib
qo‘yiladi.
Posilkalar, qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon
qilingan banderollarga xabarnomalarni pochta jo‘natmalarini
topshirish kunlari bo‘yicha tikib qo‘yishga ruxsat etiladi.
16-shakl yukxatlari va 11-shakl reestrlari pochtani jo‘natish va
qabul qilish navbati tartibida tanlab olinadi. Pochta aloqasining
hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasining yirik obyektlarida 16-
shakl yukxati va 11-shakl reestrlari alohida to‘plamlarga (hujjatlar
soni ko‘p bo‘lganda jo‘natilgan va kelgan pochta jo‘natmalari va pul
o‘tkazmalariga alohida), ish hajmi katta bo‘lmagan obyektlarda esa
bitta to‘plamga tikilishi mumkin.
Qabul qilingan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari va
topshirilgan xalqaro pochta jo‘natmalari, to‘langan pul
o‘tkazmalarining hujjatlari alohida to‘plamlarga tikiladi.
Tikilgan hujjat (xabarnoma, yukxat, reestr)lardagi har bir
to‘plamning ustki muqovasida hujjatlarning nomi, pochta aloqasi
obyektining nomi, qancha vaqt oralig‘ida hujjatlar tikilgani
ko‘rsatiladi. Masalan, «Namangan filiali Uchqo‘rg‘on pochta aloqasi
bog‘lamasi tomonidan Yangiobod aloqa bo‘limiga 2010 yil 27 aprelda
olingan pochtaga yukxatlar».
Ishlab chiqarish hujjatlarini yakunlash, tikish va tegishli
rasmiylashtirishdan keyin operatsiya kuni (smena) tugallanishidan
oldin aloqa xodimi quyidagilarga majbur:
a) pochta aloqasi obyektining rahbari (o‘rinbosari) yoki nazorat
qiluvchi shaxsga 1, 3, 5, 47-shakldagi kvitansiya daftarlarini, nomli
211
buyumlarni (oldindan tozalangan) va pochta-kassa apparatlari
kalitlarini tilxat bilan topshirishga.
Pochta-kassa apparatlari, elektron majmuada ishlash vaqtida
ishlab chiqarish hujjatlarini topshirish tartibi tegishli yo‘riqnomalar
bilan belgilangan;
b) belgilangan tartibda hisobot berish, pochta to‘lovi belgilari
bo‘nagini to‘ldirish va temir sandiqcha (ichidagi narsa)ni saqlash uchun
topshirish;
v) ish joyini tartibga solish va ish stolini qulflab qo‘yish.
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari
(pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)da hujjatlarning nazoratdan
so‘ng tugallangan to‘plamlari ularni saqlash uchun javobgar shaxsga,
aloqa bo‘limlarida esa aloqa bo‘limi boshlig‘i (o‘rinbosari)ga
topshiriladi.
Ish joylarida hujjatlar to‘plamini saqlashga ruxsat etilmaydi.
Pullar, shartli boyliklar va pochta jo‘natmalarini saqlash uchun
pochta aloqasi hududiy tashkilotlarida va pochta aloqasi obyektlarida
omborxonalar jihozlanadi, bunda pul summasi seyflarda, shartli
boyliklar esa – omborxonalarda o‘rnatiladigan seyflarda yoki temir
javonlarda saqlanishi kerak. Omborxona eshiklari temirdan yoki ustidan
temir qoplangan bo‘lishi kerak. Derazalarda ichki eshik va temir
panjaralar bo‘lishi kerak. Omborxona ichki va tashqi qulf bilan yopiladi.
Pul o‘tkazmalarining blankalari maxsus qutilarda ta’minlangan
tartibda saqlanadi.
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari
(pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)da bosh kassa uchun qo‘riqlash
signalizatsiyasi bilan jihozlangan alohida omborxona ajratilishi kerak.
Alohida omborxonasi bo‘lmagan aloqa bo‘limlarida bosh kassa
boyliklarini posilkalari omborida saqlash mumkin, joy yo‘qligi sababli
maxsus omborxonalarni jihozlash imkoni bo‘lmagan joylarda esa pullar
va shartli boyliklar seyflarda, sug‘urtalangan pochta jo‘natmalari,
markalangan konvertlar va pochta varaqchalari esa temir javonlarda
saqlanadi.
Ish kuni vaqtida pullar, shartli boyliklar, qiymati e’lon qilingan
xatlar va qiymati e’lon qilingan banderollar, mayda paketlar ish
joylaridagi shuning uchun moslashtirilgan va soz qulflarga ega bo‘lgan
javon, quti yoki stol g‘aladonlarida saqlanadi.
212
__
Do'stlaringiz bilan baham: |