201
Zarur bo‘lgan
hollarda, barcha pochta jo‘natmasiga, pul o‘tkaz-
maning blankasiga manzil byurosi (guruhi)ning ma’lumotnomasi
qo‘shib qo‘yiladi.
Tarqatilmagan pochta jo‘natmalari pochta aloqasining hududiy
tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamasi, po-
chtamtlar)da, to‘lanmagan pul o‘tkazmalari esa – PO‘NQM da
saqlanadi.
To‘lanmagan pul o‘tkazmalari pochta aloqasi hududiy tashkilotlari
va pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamt)
tomonidan pul o‘tkazmasining navbatdagi hisoboti bilan jo‘natiladi.
Xatlar yoki banderollarning o‘rovida, posilkalar yoki pul
o‘tkazmalari blankalarining orqa tomonida tarqatilmaganlar qatoriga
o‘tkazilganligining sababi ko‘rsatiladi. Bu belgining asosligi pochta
aloqasi obyektining boshlig‘i (o‘rinbosari)
tomonidan, pochta
aloqasining hududiy tashkilotlarida – nazorat qiluvchi shaxs tomonidan
tekshiriladi va imzolanadi. Pochta jo‘natmalarining manzil tomonida
«Saqlash uchun» deb yozilgan bo‘lishi kerak.
Tarqatilmagan pochta jo‘natmalari, to‘lanmagan pul o‘tkazmalari
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta
aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ga bir oyda kamida bir marta saqlash uchun
topshiriladi. Oddiy va buyurtmali pochta jo‘natmalari 11-shakldagi
reestr bilan jo‘natiladi, unda oddiy xatlar umumiy soni bilan,
buyurtmali
xatlar va buyurtmali banderollar – raqamlari va qabul qilish joylari bilan
yoziladi. Posilkalar, qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon
qilingan banderollar 16-shakldagi yukxatlar bilan birga unga raqamlarini
kasr bilan (suratida 1-shakldagi daftar bo‘yicha raqami, maxrajida 16-
shakldagi yukxat bo‘yicha kirish raqami), qiymati e’lon qilingan summa
va qabul qilish joyining nomini, tegishli hollarda esa – ustama to‘lov
summasini ham yozib jo‘natiladi. Posilkalarni
yozishda, bundan
tashqari, posilkalarni tarqatilmaganlar qatoriga o‘tkazish vaqtigacha uni
qayta jo‘natish, qaytarish va saqlash uchun jo‘natuvchidan olinmay
qolgan barcha to‘lov yozib qo‘yiladi.
Shikastlangan, shuningdek manzillari yuvilib ketgan pochta
jo‘natmalarining berilish ma’lumotlarini aniqlash mumkin bo‘lmasa,
ular turlari bo‘yicha son bilan yozib qo‘yiladi.
To‘lanmagan pul o‘tkazmalari 11-shakldagi alohida reestrga,
raqamlari kasr bilan (suratda 5-shakldagi daftar
yoki pochta-kassa
apparati, elektron majmua bo‘yicha raqami, maxrajda – 11-shakldagi
202
reestr bo‘yicha kirish raqami) yozilib, har bir pul o‘tkazmasining
summasi va pul o‘tkazmalarining umumiy soni ko‘rsatiladi. Ustama
to‘lovli to‘lanmagan pul o‘tkazmlarini yozib qo‘yishda summadan
keyin, bundan tashqari, qabul qilish joyi ham ko‘rsatiladi.
Pul o‘tkazmalari va pochta jo‘natmalarini saqlash uchun
topshirishda 11-shakldagi reestr va 16-shakldagi yukxatlarning yuqori
qismida «To‘lanmagan», «Tarqatilmagan» belgisi qo‘yiladi.
Bu hujjatlar
ikki nusxada tuziladi va sex (uchastka), aloqa bo‘limining boshlig‘i
(o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxasi pochta
jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari bilan birga jo‘natiladi, ikkinchi nusxasi
sex (uchastka), aloqa bo‘limida qoladi. Posilkalar, qiymati e’lon qilingan
xatlar va qiymati e’lon qilingan banderollar oxirgi saqlash joyiga
istalgan
sonda berk buyumlarda, yozma pochta jo‘natmalari va pul
o‘tkazmalari esa alohida yigindilarda jo‘natiladi. Manzil yorliqlarida
«Tarqatilmagan», «To‘lanmagan» belgilari yozib qo‘yiladi.
Tarqatilmagan ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari,
to‘lanmagan pul o‘tkazmalarini saqlash uchun jo‘natish (uzatish) vaqti
to‘g‘risida 8-shakldagi daftarga, 20-shakldagi nazorat daftariga, 16-
shakldagi yukxatlarga, 11-shakldagi
reestrlarga berilgan posilka, qiymati
e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon qilingan banderollar, pul
o‘tkazmalari blankalarini saqlaydigan qutilardagi xabarnomalarga
tegishli yozuvlar yozib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: