44-rasm. Qayta jo‘natilgan posilkaga 19-shakldagi
yorliqni rasmiylashtirish namunasi.
Oluvchilarga to‘lanmagan pul o‘tkazmasining telegrammalari 114-
shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasi blankasida ko‘rsatilgan
jo‘natuvchining yozilgan manziliga pochta orqali qaytariladi.
Jo‘natuvchining arizasiga ko‘ra oddiy yoki tezkor (telegraf) pul
o‘tkazmasi telegraf orqali qaytarilishi mumkin. Bu holda pul
o‘tkazmasining telegrammasi quyidagi tartibda tuziladi: pul o‘tkazmasi
manzillangan joy, jo‘natuvchining manzili, pul o‘tkazmasini berish
joyidagi pochta aloqasi hududiy tashkilotining yoki pochta aloqasi
obyektining raqamli belgilari ko‘rsatiladi, «Qaytariluvchi» so‘zi yoziladi
va qaytarilish sababi ko‘rsatiladi, «Pul o‘tkazmasi» so‘zi va uning
raqami, «oddiy» yoki «tezkor (telegraf)» so‘zi, berilgan kun va oy (so‘z
bilan), «manzillangan» so‘zi, keyin oluvchining familiyasi, ismi-sharifi
yoki pul o‘tkazmasi yuboriladigan tashkilotning nomi, «to‘lansin» so‘zi
va pul o‘tkazmasining summasi, «jo‘natuvchiga» so‘zi, uning familiyasi,
ismi-sharifi yoki tashkilot nomi; shifr (agar talab qilinsa) va pochta
196
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti rahbari
(o‘rinbosari)ning imzosi.
Pul o‘tkazmasi to‘langan joyidan boshqa joyga qaytarilganda
uning raqamidan so‘ng pul o‘tkazmasini jo‘natgan pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti va raqamli belgilanishi
ko‘rsatiladi.
Oddiy va tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalari, qiymati e’lon qilingan
xatlar va qiymati e’lon qilingan banderollar, posilkalar qaytarilgani va
qayta jo‘natilgani uchun pochta aloqasi xizmatlari uchun tariflar
preyskurantiga muvofiq to‘lov undiriladi:
a) pul o‘tkazmalari uchun – faqat telegraf orqali berilgani uchun;
b) xatlar, banderollar va posilkalar uchun – ularni jo‘natish uchun
belgilangan tarif bo‘yicha og‘irligi uchun.
Oluvchilar voz kechgan yoki belgilangan saqlash muddati
mobaynida ular olmagan pochta jo‘natmalari jo‘natuvchilariga ularning
hisobidan qaytariladi.
Pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini telegraf orqali qaytarish
va/yoki qayta jo‘natish uchun to‘lovni olishda 47-shakldagi daftardan
kvitansiya beriladi.
Agar oddiy yoki tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasini telegraf orqali
qayta jo‘natish (qaytarish) uchun to‘lov to‘lanmagan bo‘lsa pul
o‘tkazmasining telegrammasini tuzishda, «Pul o‘tkazma» so‘zidan oldin
«Qayta jo‘natish (qaytarish) to‘lovi undirilsin» deb ko‘rsatilishi kerak.
Telegraf orqali qayta jo‘natilgan yoki qaytarilgan oddiy pul
o‘tkazmasi telegramma ketidan jo‘natiladi. Ikki marta pul to‘lanishini
oldini olish maqsadida pul o‘tkazmasida «Pochta» so‘zi o‘chirilib, uning
o‘rniga ruchka bilan «Tezkor (telegraf)» deb yozib qo‘yiladi. Uning orqa
tomoniga « - son telegrammaga . . . dan» deb qo‘shib yoziladi (26-
shakldagi nazorat daftari bo‘yicha pul o‘tkazmasining telegramma
raqami va pul o‘tkazmasini qayta jo‘natgan yoki qaytargan pochta
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektining nomi). Pul
o‘tkazmasidagi oluvchining avvalgi manzili o‘chiriladi, orqa tomonga
esa to‘liq manzil ko‘rsatilib, qayta jo‘natish yoki qaytarish sababi
to‘g‘risidagi belgi qo‘yiladi. Oluvchining tilxati va ko‘rsatilgan
summani ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan joy chizib qo‘yiladi.
Telegraf orqali qayta jo‘natilayotgan yoki qaytarilayotgan 114-
shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazma blankasining orqa tomonida
nazorat qiluvchi shaxs pul o‘tkazmasi qachon, qaerga (to‘liq manzil),
197
nima sababdan qaytarilgan yoki qayta jo‘natilgani to‘g‘risida belgi
qo‘yadi va uning 26-shakldagi daftar bo‘yicha raqamini ko‘rsatadi,
shuningdek pul o‘tkazmasini qaytargan (qayta jo‘natgan) pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektining nomini ko‘rsatadi,
ya’ni «____-son telegrammaga ….. dan», jo‘natilayotgan joyning 26-
shakldagi nazorat daftari bo‘yicha ko‘rsatilgan raqami esa o‘chiriladi.
114-shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazma blankasi telegramma
ketidan pochta orqali jo‘natiladi. Pul o‘tkazma telegrammasining
blankasida ham shunday belgilar qo‘yiladi, keyin telegramma ruchka
bilan xochsimon chizib qo‘yiladi va pochta aloqasi obyektida
xabarnoma bilan birga saqlanadi.
Pul o‘tkazma telegrammasini pochta orqali qayta jo‘natish yoki
qaytarishda unga 114-shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasi blankasi
qo‘shib (tikib) qo‘yiladi va mo‘ljallangan joyiga jo‘natiladi.
Pul o‘tkazma telegrammasi qayta jo‘natilgandan yoki
qaytarilgandan so‘ng 114-shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasi
blankasi olinganda oluvchining avvalgi manzili o‘chiriladi va u yuqorida
ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng pul o‘tkazmasining
telegrammasi ortidan zudlik bilan jo‘natiladi (qayta jo‘natiladi yoki
qaytariladi).
Qaytarilgan pochta jo‘natmasi keluvchi pochta jo‘natmalarini
berish uchun ko‘zda tutilgan umumiy tartibda jo‘natuvchiga topshiriladi.
Korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan jo‘natiladigan pul
o‘tkazmalari ularning hisob raqamlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan
qaytariladi.
Qaytarilgan pul o‘tkazmasi bo‘yicha ikkinchi marta to‘lashning
oldini olish uchun jo‘natuvchiga pul to‘lashdan oldin, avval pul
to‘langan yoki to‘lanmaganligi haqida ma’lumot olinadi. Tezkor
(telegraf) pul o‘tkazmasini to‘lashdan oldin jo‘natilgan joydagi pochta
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti qaytarilgan pul
o‘tkazma telegrammasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni jo‘natiluvchi pul
o‘tkazma telegrammasidagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
Agar jo‘natuvchiga manzili bo‘yicha hali jo‘natilmagan ro‘yxatga
olinadigan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari qaytarilsa, u 8-
shakldagi daftarga yoki bir nusxada tuziladigan 16-shakldagi yukxatda,
11-shakldagi reestrda qaytarish sabablarini ko‘rsatib yoziladi va kelgan
ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini berish
uchun ko‘zda tutilgan tartibda topshiriladi.
198
Manzilidagi pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta
aloqasi obyektlarida pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini qayta
jo‘natish yoki qaytarish to‘g‘risida olingan farmoyishlar bajarilgandan
so‘ng, qayta jo‘natiladigan yoki qaytarladigan pochta jo‘natmalari, pul
o‘tkazmalariga ilova qilingan 16-shakldagi yukxatlar va 11-shakldagi
reestrlarning nusxalariga qo‘shib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |