3
KIRISH
Pochta aloqasi butun dunyoda insonning
har kungi hayot tarzining
bir qismi hisoblanadi va jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiiy taraqqiyoti
uchun muhim rol` o‘ynaydi. Pochta aloqasining samaradorligini ishlab
chiqarishning normal ishlashi va tovarlar hamda xizmatlarning munosa-
batlari, shuningdek jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichidagi in-
sonning hayot faoliyati mumkin bo‘lmagan sharoitlarga kiradi.
Pochta
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molini bog‘laydi, ishlab
chiqaruvchilar kabi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadi, shu bilan birga
iqtisodiyotga, boshqaruvga, shuningdek biznesni rivojlantirish va in-
sonlarning turmush tarzini oshirishga faol ta‘sir etadi.
Pochta aloqasi
xizmatlarining bozori transport-logistik xizmatlar (yuk tashish va ku-
ryerlik pochtasi qismida), axborot-kommunikatsiya (pochta aloqasi xiz-
matlari yangi axborot-kommunikatsiya: gibrit pochtasi, Internetga kira
olish va boshqa xizmatlari bilan integratsiyalanganligi kabi raqobatla-
nadi) va moliyaviy xizmatlar (pensiya va nafaqalarni to‘lash
va yetkazib
berish, maishiy va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish) bozori bilan ke-
sishadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston pochtasi uch marta islohot qi-
lindi:
1992-yilda MHDda birinchilardan bo‘lib elektr aloqadan ajralib
chiqdi va mustaqil xizmat bo‘lib faoliyat ko‘rsata boshladi;
1997-yili Hukumatning qarorlari asosida
pochta aloqasining davlat
korxonalari asiyadorlik jamiyatlariga o‘zgartirildi va tarkibiga 14 ta hu-
dudiy asiyadorlik jamiyatlari kirgan «O‘zbekiston pochtasi» Davlat
asiyadorlik kompaniyasi tashkil qilindi;
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi «Pochta aloqasi so-
hasida faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori «O‘zbekiston
pochtasi» Davlat asiyadorlik kompaniyasini qayta tashkil qilish yo‘li
bilan yagona ochiq asiyadorlik jamiyatini yaratish
va unga barcha asiya-
dorlik jamiyatlarini, ularni filiallarga o‘zgartirib, birlashtirish
to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
4
O‘zbekistonda Pochta aloqasi O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy
butunligini ta’minlaydigan omillardan biri bo‘lgan fuqarolarning man-
zilli muloqotining yagona umumqulay mexanizmi sanaladi.
U pochta
aloqasi obyektlarining taqsimlangan tarmog‘ini, pochta jo‘natmalarini
qabul qilish, ishlov berish va yetkazib berish, davlat pensiyalari va da-
vriy nashrlarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan pochta marshrutla-
rini o‘z ichiga oladi.
Mamlakatimiz pochta aloqasining milliy tarmog‘i geografik prin-
sipi bo‘yicha «O‘zbekiston pochtasi» ochiq asiyadorlik jamiyati (OAJ)
tomonidan tashkil qilingan va u «O‘zbekiston pochtasi»
OAJ filiallarini
o‘z ichiga olgan hamda ularni transport vositalari bilan birlashtiradigan
yagona tizimni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasin-
ing milliy operatori - «O‘zbekiston pochtasi» OAJ qulay narxlarda
pochta jo‘natmalarining barcha turlari bo‘yicha mamlakatlar bilan alma-
shuvni amalga oshiradi va Umumjahon pochta ittifoqi oldida Respub-
likaning majburiyatlarini bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasining tarmog‘i 2010-yil 1-
yanvar holatiga pochta jo‘natmalari
muntazam tashilishini
ta’minlaydigan 177 ta tuman va shahar uzellari, 2986 ta aloqa bo‘limlari,
ulardan 2296 tasi qishloq aloqa bo‘limlaridan iborat 14 ta hududiy fi-
liallar va 1 ixtisoslashtirilgan filial – «Xalqaro pochtamt, shuningdek 33
ta avia, 1ta temir yo‘l, 400tadan ortiq avtomobily marshrutlarini o‘z
ichiga olgan tizimdan iborat. Etkazib berish uchastkalari 6778 ta, shu
jumladan shahar va shahar tipidagi shaharcha – 2409 ta, qishloq joylarda
– 4369 ta tashkil qilingan. Xizmat ko‘rsatiladigan hududda yozma xat-
xabarlarni yig‘ish uchun 5530 ta, shu jumladan qishloq joylarda 3676 ta
pochta qutilari o‘rnatilgan.
«O‘zbekiston Pochtasi» OAJ O‘zbekiston
Respublikasi aloqa
pochtasining Milliy operatori hisoblanadi, dunyodagi hamma mamla-
katlarda pochtalar orqali almashuvini olsa bo‘ladigan baholarda amalga
oshiradi, va Respublikaning Butunjahon pochta ittifoqi oldidagi majbu-
riyatlarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: