5. Posilka
bo‘linadigan
oylanmasi bilan
bo‘linmaydigan
ylanmasi bilan
10
15
Eng ko‘p: 50x50x40 sm.
Uzunligi 200 sm gacha bo‘lgan buyumlar joylangan
ayrim posilkalar, eng katta ko‘ndalang kesimining
perimetri 150 sm dan oshmaganlik sharti bilan qabul
qilinadi;
Eng kam (asalarili posilkalardan tashqari): 105x148 mm
(eng kam qalinligi 50 mm). Havo transporti orqali
yuboriladigan asalarili posilka bir tomonining uzunligi
30 sm dan kam bo‘lmasligi kerak
6. Ekspress-pochta
jo‘natmalari
31,5
Har qanday o‘lchami 150 sm dan oshmasligi kerak.
Uzunligining yig‘indisi eng katta ko‘ndalang kesimining
perimetri – 300 sm dan ortiq bo‘lmasligi kerak
Pochta jo‘natmalari qo‘yidagi toifalariga bo‘linadi: oddiy,
buyurtma, qiymmati e’lon qilingan.
Pochta jo‘natmasining toifasi – pochta jo‘natmasini qabul qilish,
ishlov berish, tashish va yetkazib berish (topshirish) tartibi va shartlarini
aniqlab beruvchi belgilar majmui.
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi – jo‘natuvchiga
kvitansiya berish bilan qabul qilinadigan va adresatga tilxat bilan
yetkazib beriladigan (topshiriladigan) pochta jo‘natmasining turi.
Oddiy pochta jo‘natmasi – jo‘natishga qabul qilinayotganda
kvitansiya berilmaydigan, ilova xujjatlariga ko‘shimcha yozuvlar
yozilmaydigan va adresatga tilxatsiz topshiriladigan pochta jo‘natmasi.
Buyurtmali pochta jo‘natmasi – oluvchiga tilxat orqali topshirilib
va jo‘natuvchiga kvitansiya berish orqali solinmaning bahosi
ko‘rsatilmasdan qabul qilinadigan pochta jo‘natmasi (xat, pochta
varaqchasi, banderol, sekogramma, mayda paket va «M» belgili qop).
7
Qiymati e’lon qilingan jo‘natma – jo‘natilayotganda joylanma
qiymati foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan pochta jo‘natmasi.
Qiymati e’lon qilingan pochta jo‘natmalari ustama to‘lov bilan
yuborilishi mumkin. Bu holatda pochta aloqasi obyektlari o‘rtasida
jo‘natiladigan qiymati e’lon qilingan pochta jo‘natmasi, uni
topshirayotganda jo‘natuvchi mo‘ljallangan joyning pochta aloqasi
obyektiga adresatdan u (jo‘natuvchi) belgilagan pul mablag‘ini undirish
va uni jo‘natuvchining manziliga yuborish uchun topshiriq beradi.
Qabul qilinganda jo‘natuvchiga kvitansiya beriladigan va
adresatga tilxat orqali yetkazib beriladigan (topshiriladigan) pochta
jo‘natmasi ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi deb ataladi.
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining
pochta o‘tkazmalari olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomali bilan
yuborishga qabul qilinishi mumkin.
Olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma – jo‘natuvchi ro‘yxatga
olinadigan pochta jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini
topshirayotganda to‘ldiriladigan va jo‘natilishi belgilangan joyning
pochta aloqasi obyekti tomonidan jo‘natuvchiga yoki u ko‘rsatgan
shaxsga pochta jo‘natmasi qachon va kimga berilgani, pul
mablag‘larining pochta o‘tkazmasi to‘langani to‘g‘ri-idagi axborot bilan
qaytariladigan belgilangan shakldagi blank. Olinganligi to‘g‘risidagi
bildirishnomalar oddiy va buyurtmali bo‘lishi mumkin.
«Shaxsan topshirilsin» belgisi bilan fuqarolarning uylariga
manzillangan, olinganligi to‘g‘risidagi buyurtma bildirishnomaga ega
qiymati e’lon qilingan xatlar, buyurtma xatlar va buyurtma pochta
varaqchalari qabul qilinishi mumkin. Bunday pochta jo‘natmalari adre-
sat bildirishnoma blankasiga imzo qo‘ygach, shaxsan o‘ziga topshiriladi.
Ichki pochta jo‘natmalari va pul mablag‘arining pochta
o‘tkazmalari mahalliy va shahardan tashqarilarga bo‘linadi.
Mahalliy pochta jo‘natmasi – bir shahar, tuman markazi yoki
shahar turidagi qishloq (posyolka) hududi doirasida, qishloq joylarida
esa – bir pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi tarmog‘i) tomonidan
xizmat ko‘rsatiladigan hudud doirasida jo‘natiladigan va adresatga
yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan ichki pochta
jo‘natmasi.
Boshqa shaharga yuboriladigan pochta jo‘natmasi – bir shahar,
tuman markazi yoki shahar turidagi qishloq hududi doirasidan
tashqariga, qishloq joylarida esa – bir pochta aloqasi obyekti (pochta
8
aloqasi tarmog‘i) tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hudud doirasidan
tashqariga jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun
qabul qilinadigan ichki pochta jo‘natmasi.
Pochta jo‘natmasining har bir turi belgilangan joylanmani yuborish
uchun mo‘ljallangan.
Pochta varaqchasi – o‘lchamlari pochta aloqasi xizmatlarini
ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ochiq holda jo‘natiladigan maxsus
blankdagi pochta jo‘natmasining turi.
Ichki oddiy va buyurtma xatlarda yozma xabarlar, blankalar,
fotosuratlar, badiiy otkritkalar, sxemalar va boshqa shunga o‘xshash
qog‘oz mahsulotlari yuboriladi.
Sudyya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, o‘zlaridagi ishlar
bo‘yicha tegishli chaqiruv qog‘ozlarini va protsessual dalolatnomalarni
olinganligi to‘g‘risida buyurtma bildirishnomaga ega buyurtma xatlarida
yuboradilar. Bildirishning blankasi xatning manzil ko‘rsatilmaydigan
tomoniga yopishtiriladi.
Qiymati e’lon qilingan ichki xatlarda foydalanuvchi uchun ma’lum
qiymatga ega bo‘lgan buyumlar va hujjatlar (qiymatli qog‘ozlar,
diplomlar, pasportlar, haydovchilik guvohnomalari, pensiya va sud
ishlari, lotereya chiptalari, fuqarolik holatini qayd qilish dalolatnomasi
haqida guvohnoma, yorliqlar, fotosuratlar, badiiy varaqchalar,
qo‘lyozmalar, pochta to‘lovining davlat belgilari va b.) yuboriladi.
Ichki oddiy va buyurtma banderollarda qiymat bo‘lmagan bosma
nashrlar (blankalar, broshyuralar, plakatlar, gazetalar, jurnallar, kitoblar
va b.), ish bo‘yicha qog‘ozlar, qo‘lyozmalar, fotosuratlar, alybomlar,
daftarlar, dorivor giyohlar, urug‘lar va boshqalar yuboriladi.
Buyurtma banderollarda, bundan tashqari, badiiy adabiyotni,
tasviriy san’at bo‘yicha adabiyotni, magnitofon yozuvlari, sud ishlarini
yuborish mumkin.
Qiymati e’lon qilingan ichki banderollarda foydalanuvchi uchun
ma’lum qiymatga ega bo‘lgan buyumlar, mahsulotlar va hujjatlar
(madaniy-maishiy va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan narsalar, bosma
nashrlar, badiiy adabiyot, tasviriy san’at bo‘yicha adabiyot, ish bo‘yicha
qog‘ozlar, ovoz yozuvlari, dorilar, uzoq muddat saqlanadigan oziq-
ovqatlar va b.) yuboriladi.
Ichki posilkalarda sanoat mollari, oziq – ovqat mahsulotlari,
madaniy-maishiy mollar, bosma nashrlar, o‘simliklar, asalarilar, dori-
darmonlar, tibbiyot preparatlari va boshqalar yuboriladi.
9
Oddiy va buyurtma xalqaro xatlarda yozma xabarlar, ish bo‘yicha
qog‘ozlar, turli xil kvitansiyalar, hisob-fakturalar, fotosuratlar
yuboriladi.
Qiymati e’lon qilingan xalqaro xatlarda notarial idoralarda
tasdiqlangan ma’lumotnoma va hujjatlarning nusxalari hamda qiymatli
qog‘ozlar yuboriladi.
Sekogrammalarda ko‘zi ojizlar uchun ochiq beriladigan
bo‘rttirilgan shriftlar bilan bajarilgan yozma xabarlar va bosma nashrlar
hamda sekografiya belgilariga ega klishe, shuningdek ko‘zi ojizlar
uchun mo‘ljallangan, agarda ko‘zi ojizlar tashkilotlari tomonidan
shunday tashkilotga manzillangan bo‘lsa, ovozli yozuvlar va maxsus
qog‘ozlar yuboriladi. Bundan tashqari, ko‘zi ojizlar tashkilotidan yoki
ularga manzillangan ichki sekogrammalarda ko‘zi ojizlar uchun
tiflotexnika vositalari yuborilishi mumkin. Sekogrammalarni o‘rovlash
va ularga ishlov berishga talablar banderollarning tegishli toifalariga
qo‘yiladigan talablar kabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |