Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

Quyidagilar eltib berish sharti bilan qabul qilinmaydi: 


 
22
– eng kam ish haqining o‘n barobaridan ortiq bo‘lgan summadagi 
pul o‘tkazmalari (pensiya va nafaqalarni to‘lashga mo‘ljallangan pul 
o‘tkazmalaridan tashqari); 
– eng kam ish haqining o‘n barobaridan ko‘p bo‘lgan summadagi 
qiymati e’lon qilingan xatlar; 
– korxona, muassasa va tashklotlar manziliga; 
– qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon qilingan 
banderollar; 
– posilkalar; 
– ustama to‘lovli pochta jo‘natmalari; 
– «Yo‘qlab olinadigan» pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalari; 
– harbiy qismlarga manzillangan pochta jo‘natmalari va pul 
o‘tkazmalari; 
– foydalanuvchining qutisiga manzillangan pochta jo‘natmalari va 
pul o‘tkazmalari. 
Korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan pochta qoidalariga 
rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgan pochta jo‘natmalari hamda 
pul o‘tkazmalari jo‘natish uchun qabul qilinmaydi va jo‘natuvchiga 
qaytariladi.  
Quyidagilar ichki va xalqaro pochta jo‘natmalarida yuborish 
taqiqlanadi: 
a) o‘q otadigan, signalli, pnevmatik, gazli qurollar, o‘q-dorilar, 
sovuq qurollar (jumladan irg‘itiladigan), elektroshok qurilmalari va 
uchqunli razryadniklar, shuningdek o‘q otish qurollarining asosiy 
qismlari; 
b) giyohvang moddalar, psixotrop, kuchli ta’sir qiladigan, 
radioaktiv, portlovchi, zaharlovchi, o‘yuvchi, tez alangalanuvchi va 
boshqa xavfli moddalar; 
v) zaharli hayvonlar va o‘simliklar; 
g) O‘zbekiston Respublikasining pul belgilari va chet el valyutasi 
(respublika Markaziy banki va uning muassasalari tomonidan 
yuboriladiganlardan tashqari); 
d) sifati tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari; 
e) o‘z tavsifi yoki o‘rovi tufayli pochta xodimlariga xavf tug‘dirishi, 
boshqa pochta jo‘natmalari va pochta uskunalarini ifloslantirishi yoki 
buzishi (shikastlashi) mumkin bo‘lgan narsalar va buyumlar. 


 
23
Pochta aloqasi operatorlari yuborish taqiqlangan narsalar solingan 
ichki pochta jo‘natmalarini ular aniqlangan joyda ushlab qolish huquqiga 
ega. 
Bunday pochta jo‘natmalarini vaqtincha saqlash pochta aloqasi 
obyektida aniq hisob va saqlashni ta’minlash bilan amalga oshiriladi. 
Ularga begona shaxslarning kira olish imkoniyati istisno qilinadi. 
Pochta aloqasi hududiy tashkilot rahbarlari pochta jo‘natmalari 
ushlab qolinganligi haqida, ichki ishlar yoki milliy xavfsizlik xizmati 
organlariga darhol xabar qiladilar. Ko‘rsatilgan organlarning xodimlari 
pochta aloqasi obyektlarining rahbarlari (ularning o‘rinbosarlari) 
ishtirokida dalolatnoma tuzib, man etilgan narsa va buyumlarni olib 
qo‘yadilar, dalolatnomaning bir nusxasi jo‘natuvchiga yuboriladi. 
Pochta jo‘natmalarida aniqlangan zaharli jonivorlar va o‘simliklar 
veterinariya organlari va fitosanitariya nazorati organlariga mos ravishda 
dalolatnomalar bo‘yicha topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining pul 
belgilari borligi aniqlanganda jo‘natuvchiga qaytariladi yoki pul 
vositalarining pochta o‘tkazmasi orqali adresatga yuboriladi, bunda 
aniqlangan summadan yuborish uchun to‘lov miqdorida pul olinadi. 
Pochta jo‘natmalaridan olingan chet el valyutasi ustama to‘lov bilan 
qiymmati e’lon qilingan xatda adresat yoki jo‘natuvchiga bir vaqtning 
o‘zida tegishli tergovni o‘tkazish uchun ichki ishlar organlariga hamda 
adresatga xabar qilib yuboriladi. Ustama to‘lov summasi belgilangan tarif 
bo‘yicha jo‘natish uchun hisoblangan to‘lovga mos kelishi kerak. 
Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek o‘zining 
xususiyati yoki o‘rovlanishi bilan pochta xodimlari yoki uchinchi 
shaxslarning hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘diradigan, pochta 
uskunalari va boshqa pochta jo‘natmalarini iflos qiladigan, buzadigan 
(shikast etkazadigan) narsalar, agar bu xavfni boshqa yo‘llar bilan 
bartaraf etish mumkin bo‘lmasa, pochta aloqasi operatorlari tomonidan 
olib qo‘yiladi va yo‘q qilinadi. Shu munosabat bilan dalolatnoma tuziladi 
va bir nusxasi jo‘natuvchiga yuboriladi. 
Pochta aloqasi hududiy tashkilotining rahbarlari yuborish man 
qilingan buyum va narsalarning olib qo‘yilganligi yoki yo‘q qilinganligi 
haqida jo‘natuvchi yoki adresatga 10 kunlik muddatda yozma ravishda 
xabar beradi, ko‘rsatilgan buyum va narsalar aniqlangani dalili bo‘yicha 
ichki ishlar yoki milliy xavfsizlik xizmatlarining organlari tezkor-qidiruv 
tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilingan hollar bundan 
mustasno.  


 
24
Pochta jo‘natmalarining o‘rovi joylanmaning xususiyatiga, 
yuboriladigan narsaning turiga, jo‘natish sharoitlariga va yo‘lning 
davomiyligiga mos kelishi, joylanmaga ishlov berishda va yuborishda 
uning shikastlanishini istisno qilishi, undagi o‘rov materiallar, muhrlar, 
plombalar, bog‘lamlar, tasmalar va shu kabilarni buzmasdan ichiga 
kirishni, boshqa pochta jo‘natmalarining buzilishini va pochta aloqasi 
xodimlariga biror-bir zarar yetkazilish imkoniyatini istisno qilishi kerak. 
Banderollarni o‘rovlash uchun pochta konvertlari, g‘iloflar, karton 
qutilar, yog‘och (fanera) qutilar qo‘llaniladi. Banderollarni o‘rovlash 
uchun materiallar sifatida pishiq qog‘oz, polietilen plyonka, och rangdagi 
sidirg‘a gazlamadan va boshqa sertifikatlashtirilgan o‘rovlash 
materiallaridan foydalanish mumkin. 
Agar banderolda bir nechta buyum yuboriladigan bo‘lsa, bu 
buyumlar o‘rov materiallariga o‘rovlashdan oldin kanop bilan bog‘lanadi. 
500 grammdan ortiq vazndagi oddiy va buyurtma banderollar, bundan 
tashqari, o‘rov materiali ustidan kanop bilan xoch shaklida bog‘lanadi.  
Banderol joylanmasi nay shaklida o‘ralishi va qo‘shimcha ravishda 
qog‘oz yoki boshqa tasma bilan mahkamlanishi mumkin, uzunligi 45 sm 
dan ortiq bo‘lgan joylanmalar qattiq asosga qo‘yib o‘raladi. 
Pochta jo‘natmalarida, posilkalarga ilova qilingan blankalarda, 
shuningdek pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blankalarida 
jo‘natuvchi va adresatning manzillari jo‘natuvchi tomonidan yoziladi. 
Manzilda qisqartma nomlar, manzilga taalluqli bo‘lmagan belgilar 
bo‘lmasligi kerak. 
Manzil rekvizitlari quyidagi tartibda yoziladi: 
– adresatning nomi (fuqarolar uchun – familiyasi, ismi, otasining 
ismi); 
– ko‘chaning nomi, uy raqami, xonadon raqami; 
– aholi punktining (shahar, poselka va sh.k.) nomi; 
– tumanning nomi; 
– respublika, viloyatning nomi; 
– mamlakatning nomi (xalqaro pochta jo‘natmalari uchun); 
– pochta indeksi. 
Oluvchining manzili pochta konverti, pochta paketi, pochta 
varaqchasi yoki pochta jo‘natmasi o‘rov materialining pastki o‘ng 
qismida, jo‘natuvchining manzili esa yuqori chap burchakda yoziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida jo‘natiladigan pul 
mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blankalaridagi va pochta 


 
25
jo‘natmalaridagi manzillar davlat tilida yoki fuqarolarning istagiga ko‘ra 
ma’lum xalqaro tilda rasmiylashtiriladi. 
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi yoki pul mablag‘larining 
pochta o‘tkazmalarini qabul qilishda jo‘natuvchiga nazorat-kassa 
mashinasi klishesi izi tushirilgan kvitansiya yoki kvitansiya 
daftarchasidan kvitansiya beriladi. Kvitansiya daftarchasidan kvitansiya 
berilgan holda uning orqa tomoniga taqvim tamg‘a izi tushiriladi. Ro‘yxat 
bo‘yicha qabul qilingan pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining 
pochta o‘tkazmalariga bitta kvitansiya beriladi. 
Ichki xatlar, posilkalarning e’lon qilingan qiymat summasi 
cheklanmaydi va jo‘natuvchi tomonidan joylanmaning haqiqiy qiymati 
bo‘yicha to‘liq so‘mlarda belgilanadi. E’lon qilingan qiymati eng kam ish 
haqining uch barobaridan oshmaydigan joylanma banderol tarzida 
jo‘natilishi mumkin. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish