Tezkor pochtaning ichki pochta jo‘natmasi – O‘zbekiston
Respublikasi hududida tezkor pochta rejimi xizmatidan foydalangan
holda jo‘natiladigan va adresatga yetkazib beriladigan (topshiriladigan)
jo‘natma.
1.2 Pochta aloqasi obyektlarining nomli buyumlari
Nomli buyum – hujjatlar, pochta jo‘natmalari va pul
mablag‘larining pochta o‘tkazmalariga pochta aloqasi obyekti, pochta
vagoni yo‘nalishi, avtotrakt nomini, pochta jo‘natmasini va boshqa
axborotni qabul qilish hamda yetkazib berish sanasini ko‘rsatgan holda
belgi qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurilma (shtamp).
Quyidagilar pochta aloqasi obyektlarining nomli buyumlari
hisoblanadi: pochta taqvim tamg‘asi, (bundan keyin matn bo‘yicha –
taqvim tamg‘alar), mahsus tamg‘alari, sug‘urta muhri, plombir
paunsoni, tasma izini tushirish moslamasi, termopayvandlash mashina
plastinalari, nazorat-geralydli muhrlar, pochta-kassa apparatlari muhri
(nomli moduli).
Nomli buyumlar pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining
buyurtmalari bo‘yicha O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish
agentligining namunalari va texnik shartlariga muvofiq holda
tayyorlanadi.
10
Har bir nomli buyumga (plombir paunsoni, iz tushirish moslamasi
bundan mustasno), «O‘zbekiston» so‘zi, pochta aloqasi obyektining
nomi, shuningdek viloyatning nomi (Qoraqalpog‘iston Respublikasida -
«Qoraqalpog‘iston» so‘zi) o‘yib yoziladi. Pochta aloqasining raqamli
obyektlari mavjud bo‘lgan aholi punktlaridagi nomli buyumlarda aholi
punktlarining nomidan tashqari pochta aloqasi obyektining raqami ham
bo‘lishi kerak, masalan: Samarqand 13. Bundan tashqari, pochta aloqasi
obyektining sug‘urta muhrida – tarmoq emblemasi, «Sug‘urtali» so‘zi;
nazorat-geralydli muhrda, pochta-kassa apparati muhri (xos moduli)da -
tarmoq emblemasi, ettita raqamdan iborat raqamli belgi o‘yib yoziladi.
Pochta aloqasi obyektining nomi va manzili nomli buyumlarga
o‘zbek tilida lotin alifbosi bilan o‘yib yoziladi.
Viloyat
(Qoraqalpog‘iston
Respublikasi)da bir xil nomdagi pochta
aloqasi obyektlari mavjud bo‘lsa, tumanning nomi ham ko‘rsatiladi.
Xalqaro
pochtamt
uchun nomni ifodalashda «Toshkent XP P1-2»
shaklida yoziladi.
Pochtamtlar va pochta aloqasining shahar bog‘lamalari bilan bir
qatorda pochta aloqasining tumanlararo yoki tuman bog‘lamalari
mavjud bo‘lgan shaharlarning nomli buyumlarida shahar va tuman
ifodasi ko‘rsatiladi: masalan – «Toshkent Chilonzor TRAV».
Pochta vagonlari, pochta avtomobillari yo‘nalishlarining taqvim
tamg‘asida vagon, avtomobil yo‘nalishining boshlang‘ich va oxirgi
punktlari ko‘rsatiladi.
Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlarning markazlarida pochta
aloqasi obyektlarining tasma izini tushirish moslamasiga pochta aloqasi
obyekti joylashgan joyning indeksi va shaharning nomi o‘yib yoziladi,
masalan: «Toshkent 100115».
Pochta aloqasi obyektlari, pochta vagonlarida, ish sharoiti bo‘yicha
bittadan ortiq taqvim tamg‘a, sug‘urta muhri, plombirga ega bo‘lishi
kerak bo‘lgan joylarda, tayyorlash vaqtida ularga alifbo tartibi bo‘yicha,
tartib harfi, zarur bo‘lgan joyda esa – raqam o‘yib yoziladi.
Pul o‘tkazmalariga ishlov berish va nazorat qilish markazi (bundan
keyin matn bo‘yicha PO‘NQM) o‘z faoliyatlarida pochta aloqasi
obyektlari uchun belgilangan namunadagi nomli buyumlardan
foydalanadilar.
Korxona, tashkilot, muassasalarga O‘zbekiston aloqa va
axborotlashtirish Agentligi (bundan keyin – Agentlik) tizimiga kiruvchi
11
pochta aloqasi obyektlari uchun belgilangan namunadagi nomli
buyumlarni qo‘llash man etiladi.
Nomli buyumlar, ularga zarurat qolmaganida va ularni almashtirish
kerak bo‘lgan hollarda (nazorat-geralydli muhrlar va pochta-kassa
apparatining muhirlari bundan mustasno) pochta aloqasi hududiy
tashkilotining komissiyasi tomonidan joylarda mexanik yaroqsizlantirish
yo‘li orqali yo‘q qilinadi, bu haqda nomli buyumlar va ularning yo‘q
qilinish sabablari ko‘rsatilib dalolatnoma tuziladi. Nazorat-geralydli
muhrlar va pochta-kassa apparatining muhri PO‘NQM ga topshirilib, u
yerda dalolatnoma bo‘yicha yo‘q qilinadi.
1
2
3
4
5
6
7
Do'stlaringiz bilan baham: |