Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Harbiy pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

4.4 Harbiy pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini  
qayta jo‘natish va qaytarish 
 
Belgilangan pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta 
aloqasi obyekti xizmat ko‘rsatmaydigan harbiy qism va muassasalarga 
yoki ko‘chib ketgan harbiy qismlarga yo‘llangan pochta jo‘natmalari 
FPAB ga jo‘natiladi. 20-shakldagi ma’lumotnomalarda va 19-shakldagi 
yorliqlarda «Harbiy qism ro‘yxatga olinmagan» belgisi qo‘yiladi. Ko‘p 
miqdordagi xat-xabarlarni jo‘natishda bunday belgi har bir pochta 
jo‘natmasiga qo‘yilmay, balki pochta jo‘natmalari yigindisiga qo‘yiladi. 
Pochta jo‘natmalarini harbiy qism va muassasalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
yangi turar joyiga qayta jo‘natishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti 
tomonidan harbiy qismlar (muassasalar)ning oluvchilariga berilmagan 
oddiy, buyurtmali pochta jo‘natmalari va sug‘urtali pochta jo‘nat-
malarining 22-shakldagi xabarnomalari qaytarilganda oddiy, buyurtmali 
pochta jo‘natmalarining manzil tomonida va 22-shakldagi xabarno-
malarning orqa tomonida topshirilmaganlik sabablari to‘g‘risida yozib 


 
199
qo‘yiladi, masalan, «Oluvchi qismda yo‘q»,  «Oluvchi ketgan» (qaerga 
ketganligi ko‘rsatiladi), so‘ng ularga harbiy pochtalyon (harbiy qism 
vakili) imzo qo‘yadi, «Paketlar uchun» muhrining izi bilan tasdiqlanadi. 
Qaytarilgan buyurtmali pochta jo‘natmalariga aloqa xodimlari 11-
shakldagi reestrni tuzadi, unda ularning raqamlarini va qabul qilingan 
joylarini ko‘rsatadi. 11-shakldagi reestr bir nusxada tuziladi va pochta 
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti uchun kirim 
hujjati hisoblanadi. 
Har bir harbiy qism (muassasa) qaytariladigan yoki qayta 
jo‘natiladigan posilkaga blankaning dublikatini tuzadi, unda dastlabki 
manzilni o‘chiradi va yangi manzilini yozadi. Blanka dublikatining 
yuqorisiga:  «Qayta yuborilayotgan harbiyga oid» yoki «Qaytari-
layotgan harbiyga oid» deb yoziladi. Xuddi shunday belgi posilka, 
qiymati e’lon qilingan xat, qiymati e’lon qilingan banderollar manzil 
tomonining yuqori qismida ko‘rsatiladi. Blanka dublikatining orqa 
tomonida, shuningdek qiymati e’lon qilingan xatlar yoki qiymati e’lon 
qilingan banderollar, buyurtmali xatlar yoki buyurtmali banderollarning 
orqa tomonida qayta yuborish yoki qaytarishning sababi ko‘rsatiladi va 
u harbiy qism (muassasa)ning muhri bilan tasdiqlanadi.  
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari 
o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan harbiy qismlar (muassasalar)ning qo‘mon-
donligi bilan kelishilgan muddatlarda, har oyda shu qism (muassa-
sa)larning vakolatlangan vakillariga 114-shakldagi tezkor (telegraf) pul 
o‘tkazmasidan summalari qaytarilishi kerak bo‘lgan pul o‘tkazmalari 
jo‘natuvchilarining manzilini yozib olishiga imkon yaratib berishlari 
kerak. Yozib olingan manzillarni aloqa xodimi tekshirishi, yozuvlarning 
to‘g‘riligi esa uning imzosi va taqvimli tamg‘a izi bilan tasdiqlanishi 
kerak.  
Pul o‘tkazmalari bo‘yicha avval olingan pullarni qayta jo‘natishda 
yoki qaytarishda harbiy qism (muassasa) yangi pul o‘tkazmasi 
blankasini to‘ldiradi. Pul o‘tkazmalarini jo‘natish uchun to‘lov umumiy 
asoslarda to‘lanadi. 
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi 
obyektlariga qaytarilgan oddiy, buyurtmali pochta jo‘natmalari va 
sug‘urtali pochta jo‘natmalarining bildirishnomlariga harbiy qism tomo-
nidan qo‘yilgan belgilar asosida aloqa xodimi ichki pochta jo‘natmalari 
uchun belgilangan tartibda topshirilmagan pochta jo‘natmalarini qayta 
jo‘natadi yoki qaytaradi. 


 
200
Harbiy qism (muassasa)lardan qabul qilingan pochta jo‘nat-
malarini qayta jo‘natish yoki qaytarish to‘g‘risida harbiy qism (muas-
sasa)ga avval berilgan 2-shakldagi reestr-ishonchnomasi, 8-shakldagi 
daftar yoki 11-shakldagi reestrda sababini ko‘rsatib belgi qo‘yiladi. 
Harbiy qism (muassasa)lardan qabul qilinadigan 2-shakldagi 
reestr-ishonchnomalar bo‘yicha avval berilgan, lekin oluvchilarga 
topshirilmagan va qaytarilishi yoki qayta jo‘natilishi kerak bo‘lgan 
posilkalar, qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon qilingan 
banderollar sinchiklab ko‘zdan kechirilishi kerak. Agar o‘rovlarning, 
bog‘lov (tasma)larning va muhr(plomba)larning holati joylanmalarning 
butligiga shubha uyg‘otsa, shuningdek og‘irligida farq bo‘lsa, pochta 
jo‘natmasi qayta berkitishi va umumiy asosda yangidan topshirish uchun 
harbiy qism (muassasa)ga qaytariladi. 
Harbiy qism (muassasa)dan qabul qilingan qayta jo‘natilishi yoki 
qaytarilishi kerak bo‘lgan har bir posilka, qiymati e’lon qilingan xat yoki 
qiymati e’lon qilingan banderolga 1-shakldagi daftardan kvitansiya 
beriladi. Kvitansiya navbatdagi raqam bilan raqamlanadi, kasr chizig‘i 
ostida esa pochta jo‘natmasining birlamchi (dastlabki) raqami 
ko‘rsatiladi. To‘lov umumiy asoslarda amalga oshiriladi. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish