Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

NAZORAT SAVOLLARI 
 
 
1. Qaytarilgan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini saqlash 
muddatlari qanday? 
 
2. Tarqatilmagan pochta jo‘natmalari va to‘lanmagan pul 
o‘tkazmalari bu nima? 
 3. 
Tarqatilmagan 
pochta jo‘natmalari, to‘lanmagan pul 
o‘tkazmalari qaerda saqlanadi? 
 
4. Tarqatilmagan pochta jo‘natmalari va to‘lanmagan pul 
o‘tkazmalarining pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)da saqlash muddatlari 
qanday? 
 
 


 
203
4.6 Oxirgi saqlash joylarida tarqatilmagan pochta  
jo‘natmalariga, to‘lanmagan pul o‘tkazmalariga ishlov  
berish va ularni hisobga olish. Pochta jo‘natmalarini  
ochish va uning joylanmalarini sotish 
 
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi 
obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)da jo‘natmalar 
yigindisi va berk buyumlar tarqatilmagan pochta jo‘natmalari bilan, 
PO‘NQMda esa to‘lanmagan pul o‘tkazmalarining blankalari bilan 
tarqatilmagan pochta jo‘natmalari, to‘lanmagan pul o‘tkazmalarining 
blankalari saqlanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyiga ajratish va 
tekshirish uchun, ular qabul qilingan hujjatlarda tilxat bilan beriladi. 
Agar tarqatilmagan pochta jo‘natmalari, to‘lanmagan pul 
o‘tkazmalarida ularning oluvchilarga yoki jo‘natuvchilarga 
topshirilmagani sabablari haqida yetarlicha asosli ma’lumotnomalar 
bo‘lmasa, shuningdek ma’lumotnomalarda nazorat qiluvchi shaxsning 
imzosi bo‘lmasa, bunday pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari qayta 
rasmiylashtirish uchun qaytariladi. Pochta jo‘natmasining og‘irligi 
yetishmasligi, ochilganlik izlari, o‘rovlarning, bog‘lovlarning, 
muhrlarning va h.k. ning shikastlangani ayniqlanganda, 51-shakldagi 
dalolatnoma tuziladi va tekshiruv o‘tkaziladi. 
Oxirgi saqlash joylarida tarqatilmagan pochta jo‘natmalari 21-
shakldagi daftar bo‘yicha, to‘lanmagan pul o‘tkazmalari esa – alohida 
yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan maxsus daftar bo‘yicha hisobga olinadi 
va ta’minlangan tartibda saqlanadi. 
Saqlash uchun kelayotgan pochta jo‘natmalarining soniga bog‘liq 
holda 21-shakldagi kitob pochta jo‘natmalarining ayrim turlari 
bo‘yicha yoki barcha turlar uchun birgalikda olib boriladi. 
Oddiy xat-xabarlar daftarga umumiy soni bilan, ro‘yxatga 
olinadiganlari esa nomma-nom yoziladi. Shikastlangan, shuningdek 
manzillari o‘chib ketgan pochta jo‘natmalari, agar uning berilish 
ma’lumotlarini aniqlash mumkin bo‘lmasa, turlari bo‘yicha hisoblash 
bilan yoziladi. 21-shakldagi daftar yoki to‘lanmagan pul o‘tkazmalarini 
hisobga olish maxsus daftari raqamlanadi, ip o‘tkazib bog‘lanadi, 
muhrlanadi va pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) yoki PO‘NQM rahbari 
(o‘rinbosari)ning imzosi bilan tasdiqlanadi. 


 
204
Saqlanishda bo‘lgan pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini 
jo‘natuvchi (oluvchi)ga berish to‘g‘risida mijozning hujjatlar bilan 
asoslangan arizasi yoki pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki 
pochta aloqasi obyektlarining yozma ruxsatnomasi olingandan keyin 
berish uchun jo‘natiladi (qayta jo‘natiladi). Bunday hollarda 21-
shakldagi daftarda yoki to‘lanmagan pul o‘tkazmalarini hisobga 
olishning maxsus daftarida pochta jo‘natmasi yo pul o‘tkazmasi 
qachon, qaerga va qanday hujjat asosida jo‘natilgani (qayta 
jo‘natilgani) to‘g‘risida belgi yozib qo‘yiladi. 
Pul o‘tkazmalari blankalarini saqlash joyidan qaytarish va to‘lash 
to‘g‘risidagi ariza pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning rahbari (o‘rinbosari) 
tomonidan imzolangan xat bilan birga PO‘NQMga yo‘llanadi. 
Tarqatilmagan pochta jo‘natmalarini vaqtincha saqlash qonun 
hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda, olti oy mobaynida pochta 
aloqasining hududiy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari (pochta 
aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar) tomonidan amalga oshiriladi. 
To‘lanmagan pul o‘tkazmalarini vaqtincha saqlash o‘n sakkiz oy 
mobaynida PO‘NQM da amalga oshiriladi, shundan so‘ng pul 
o‘tkazmalari mahalliy byudjetning daromadlariga o‘tkaziladi. 
Tarqatilmagan pochta jo‘natmalari ularning joylanmalarini sotish 
uchun chorakda kamida bir marta ochiladi. Pochta aloqasi hududiy 
tashkiloti yoki pochta aloqasining obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, 
pochtamt)ning rahbari (o‘rinbosari), xodimi va iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamiyat vakillari tomonidan ochish 
amalga oshiriladi. Posilkalar, qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati 
e’lon qilingan banderollarni ochishda komissiya tarkibiga qo‘shimcha 
ravishda savdo tashkilotlarining vakillari ham kiritiladi. Pochta 
jo‘natmalarini ochish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, unda ro‘yxatga 
olinayotgan pochta jo‘natmalarining turlari nomma-nom sanab o‘tiladi 
va ularning to‘liq jo‘natilish ma’lumotlari, shuningdek har bir pochta 
jo‘natmasining joylanmasi: qimmatli qog‘ozlar, hujjatlar, pullar, 
qimmatbaho toshlar, nodir metallar va boshqa buyumlar ularning to‘liq 
tavsifi bilan (og‘irligi, o‘lchovi, soni, bahosi va h.k.) yoziladi. 
Dalolatnomaga oddiy pochta jo‘natmalaridagi aniqlangan joylanmalar 
(hujjatlar, pullar va b.)ni sanab soni yoziladi. Dalolatnoma 
komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. 


 
205
Tarqatilmagan pochta jo‘natmalaridan olingan boylik va 
buyumlar besh kun muddat ichida quyidagi tashkilotlarga topshiriladi 
yoki jo‘natiladi: 
– qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho metallar va boshqa predmetlar 
belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi hamda pochta aloqasi hududiy 
tashkilotlari yoki pochta aloqasining obyektlari (pochta aloqa 
bog‘lamalari, pochtamt)larining xarajatlarining o‘rni qoplanganidan 
so‘ng tushgan pul mablag‘lari, shuningdek pochta jo‘natmalarida 
aniqlangan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti 
daromadiga o‘tkaziladi; 
– hujjatlar (pasportlar, diplomlar, shahodatnomalar, guvohnomalar 
va boshqalar) ularni bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga 
topshiriladi; 
– xatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yo‘q qilib tashlanadi. 
Ko‘rsatilgan boyliklar pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki 
pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ga qiymati 
e’lon qilingan pochta jo‘natmasi 107-shakldagi joylanma ro‘yxati bilan 
yuboriladi. Ro‘yxat pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta 
aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) rahbari va 
boyliklarni berkitishda ishtirok etgan xodim tomonidan imzolanadi; 
v) davlat ordenlari, medallari va ularga tegishli hujjatlar – shahar, 
tuman hokimiyatlariga; 
g) Davlat zaymlari obligatsiyalari va lotereya biletlari (agar ular 
bo‘yicha yutuqlarni berish muddati tugamagan bo‘lsa), omonat 
daftarchalari va bank o‘tkazmalari – bank bo‘limlariga; 
d) huquqiy yo‘nalishdagi hujjatlar: mulkiy huquqqa taalluqli 
tilxatlar, shartnomalar, majburiyatlar, notarial va boshqa hujjatlar – 
mahalliy notarial idoralarga; 
e) fuqarolik holatlari dalolatnomalari (tug‘ilganlik haqidagi 
guvohnomalar, ulardan ko‘chirmalar va h.k.) – fuqarolik holati 
dalolatnomalarini yozuvchi mahalliy bo‘limlarga; 
j) pensiya guvohnomalari (daftarchalari) va pensiya ishlari 
mahalliy ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga yoki pensiya tayinlovchi 
boshqa tashkilotlarga; 
z) pastort va harbiy hujjatlar – ichki ishlarning mahalliy 
idoralariga; 
i) a’zolik biletlari – tegishliligi bo‘yicha tegishli mahalliy 
tashkilotlarga; 


 
206
k) diplomlar – xalq ta’limining mahalliy idoralariga; 
l) mehnat daftarchalari – tegishli korxona, tashkilot, 
muassasalarga; 
m) amaldagi pochta to‘lovi belgilari kirimga yoziladi va ular 
bahosining summasi byudjet hisobiga o‘tkaziladi. Muomaladan olib 
tashlangan hisobdan chiqarilgan va chet el pochta to‘lovining belgilari 
(sof va hisobdan chiqarilgani) «O‘zbekiston markasi» Nashriyot 
markaziga yo‘llanadi. 
Barcha buyumlar ro‘yxatlar bilan birga zarur bo‘lgan hollarda 
ularning og‘irligini, o‘lchovini, navini, raqamini va shu kabilarni to‘liq 
ko‘rsatib, tegishli tashkilotlarga yuboriladi (qiymati e’lon qilingan 
pochta jo‘natmalarida yuboriladi). Ro‘yxat ikki nusxada tuziladi: biri 
buyumlar bilan birga beriladi (jo‘natiladi), ikkinchi nusxasi esa 
tashkilot muhri bilan tasdiqlangan, buyumni qabul qilingan tilxati bilan 
(1-shakldagi kvitansiya) pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta 
aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)da qoladi. 
Ro‘yxatlarning nusxalari tilxatlar va 1-shakldagi kvitansiya bilan 
birga shu kun mobaynida tarqatilmagan pochta jo‘natmalarini ochish 
dalolatnomalari bilan birga saqlanadi. 
Ochilgan pochta jo‘natmalaridan chiqqan moddiy boyliklar 
chakana savdo korxonalari orqali vositachilik asosida sotiladi. Buning 
uchun pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi 
obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar) do‘konlar bilan 
shartnomalar tuzadilar, ularda bunday buyumlarni topshirish va sotish 
shartlari va tartibi belgilanadi.  
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi 
obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)ning xarajatlari 
o‘rni to‘ldirilgandan so‘ng, savdodan tushgan pul mablag‘lari davlat 
byudjeti daromadiga o‘tkaziladi. 21-shakldagi daftarda joylanmalar 
sotuvidan olingan pullarning umumiy summasi, kassa bo‘yicha qachon 
va qaysi summa kirim qilinganligi, davlat byudjet daromadiga 
o‘tkazilganligi yoziladi.  
Savdo tashkilotlari olishdan rad etgan narsalar (eski kiyimlar, 
qiymati kam bo‘lgan buyumlar va b.) belgilangan narxda «Ikkilamchi 
xom ashyo» tashkilotiga topshiriladi, iste’mol qilishga yaramaydigan 
oziq-ovqat mahsulotlari esa yo‘q qilinadi. 
Xatlar va uning o‘rovlari yozishmalarning siri to‘la saqlanadigan 
qilib tegishli dalolatnoma tuzish bilan yo‘q qilinadi (qirqiladi). 


 
207
Makulatura «Ikkilamchi xom ashyo» tashkilotlariga topshiriladi. 
Bundan tushgan summa pochta aloqasining boshqa daromad hisobiga 
kirim qilinadi. 
Jo‘natuvchi yoki oluvchiga to‘lanmagan pul o‘tkazmalari pullarni 
qabul qilish kunidan boshlab o‘n sakkiz oy davomida qaytarib olish 
huquqi saqlanadi, shundan so‘ng pul o‘tkazmalari mahalliy byudjet 
foydasiga o‘tkaziladi, PO‘NQM to‘lanmagan pul o‘tkazmalarini 
hisobga olish daftarida pullarni jo‘natuvchi (oluvchi)ga to‘langanligi 
yoki mahalliy byudjet foydasiga kirim qilinganligi haqida belgi 
qo‘yiladi. 
Tarqatilmagan pochta jo‘natmalarini ochish va joylanmalarini 
sotishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun pochta aloqasi 
hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa 
bog‘lamalari, pochtamtlar)ning rahbarlari javobgardirlar. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish