NAZORAT SAVOLLARI
1. Pochta jo‘natmalari va buyumlar qaysi holatlarda ochib
ko‘riladi?
2. Pochta jo‘natmalari va buyumlarni ochilishi qanday tartibda
rasmiylashtiriladi? 51-shakldagi dalolatnomani tuzish tartibini aytib
bering.
3. Pochta jo‘natmalari va buyumlar ochib ko‘riganda kuzatuv
hujjatlarida qanaqa belgilar qo‘yiladi?
190
4.3 Oluvchilarning manzillarini aniqlash.
Pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini saqlash
muddatlari, ularni qayta jo‘natish va qaytarish
Oluvchilarning familiyasi, ismi-sharifi bo‘lgan hollarda oluvchilar
aniqlanmangani sababli topshirilmagan oddiy xatlar va pochta
varaqchalari, shuningdek banderollarning va ro‘yxatga olinadigan
pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari xabarnomalari keyingi kundan
kechiktirmay ma’lumotlar olish uchun mahalliy manzil byuro
(guruh)lariga topshiriladi. Bu xabarnomalar ikki nusxada tuzilgan 11-
shakldagi reestrga imzo qo‘ydirib beriladi, reestrga yozish umumiy son
bo‘yicha (turlari bo‘yicha) amalga oshiriladi. Reestrning bir nusxasi
xabarnomalar bilan manzil byurosi (guruhi)ga beriladi, ikkinchi nusxasi
esa uni qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tilxat bilan pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektida qoladi.
Manzil byurosi (guruhi) oluvchilarning manzillari bo‘yicha
ma’lumotlarni 20-shakldagi ma’lumotnomaning orqa tomonida
ko‘rsatadi, o‘z tamg‘asi bilan tasdiqlaydi va pochta aloqasi hududiy
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektiga manzil byurosi (guruhi)ga qabul
qilingan xabarnomalar reestrning birinchi nusxasi bilan tilxat orqali
qaytarib beriladi.
Oluvchining manzilini aniqlash uchun manzil byurosi (guruh)ga
berilgan xabarnoma uchun to‘lov miqdori va hisob-kitob muddatlari
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari va
manzil byurosi (guruhlari) o‘rtasidagi bitimga ko‘ra aniqlanadi.
Oluvchining turar joyi aniqlangandan so‘ng, pochta jo‘natmasida
«Manzili aniqlanganligi uchun to‘lansin» tamg‘asining izi tushiriladi va
ma’lumotlarni to‘plash uchun to‘lov summasi yoziladi, bu pul
oluvchidan 47-shakldagi kvitansiya yozib jo‘natmani topshirish vaqtida
undiriladi. Pochta jo‘natmasi mo‘ljallangan manzilga eltib beriladi yoki
jo‘natiladi.
Oluvchilarga ular kelmaganlik yoki vaqtincha bo‘lmaganliklari
sababli topshirish imkoni bo‘lmagan pochta jo‘natmalari, pul
o‘tkazmalari, shuningdek «Yo‘qlab olinadigan» deb manzillangan ga-
zeta va jurnallar belgilangan manzildagi pochta aloqasi hududiy tashki-
lotlari yoki pochta aloqasi obyektlarida bir oy davomida saqlanadi. Ada-
biy ilovalar pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi
obyektiga kelgan kundan boshlab kamida 6 oy davomida saqlanadi.
191
Oluvchi vaqtincha xizmat safariga, mehnat ta’tiliga va hakazolarga
ketganda, uning iltimosiga ko‘ra va pochta aloqasi hududiy tashkiloti
yoki pochta aloqasi obyekti rahbari (o‘rinbosari)ning farmoyishi bo‘yi-
cha pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini, shu jumladan «Yo‘qlab
olinadigan» deb manzillangan gazeta va jurnallarni saqlash muddati ular
kelib tushgan kundan boshlab ikki oygacha uzaytirilishi mumkin.
Agar pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi
obyektiga oluvchining yangi turar joyi ma’lum bo‘lsa yoki undan pochta
jo‘natmasi pul o‘tkazmasini yangi manzilga eltib berish to‘g‘risida ariza
tushgan bo‘lsa, pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasi darhol qayta jo‘na-
tiladi.
Topshirilmagan pochta jo‘natmalari, to‘lanmagan pul o‘tkazmalari
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyekti
tomonidan bu pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarida ko‘rsatilgan
jo‘natuvchining manzillari bo‘yicha, quyidagi hollarda qaytariladi:
a) ularni saqlash muddati o‘tgandan so‘ng;
b) jo‘natuvchilarning arizasiga binoan;
v) oluvchilar pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini olishdan voz
kechganlarida;
g) oluvchi qidirib topilmaganda va bu haqda manzil byurosi
(guruhi), turar joydan foydalanish korxonasi, mahalla qo‘mitasi, qishloq,
ovul kengashi (kengesi), qishloq xo‘jalik korxonasi, korxona, tashkilot,
muassasaning ma’lumotnomasi bo‘lganda;
d) oluvchi vafot etganda;
e) «Sudga chaqiruv qog‘ozi» belgili buyurtmali xatlar pochta
aloqasining eltib berish obyektiga kelib tushgan kundan boshlab yetti
kun o‘tgach oluvchiga topshirilmaganda;
j) oluvchi, foydalanuvchining qutisi ko‘rsatilmaganda yoki
noto‘g‘ri ko‘rsatilganda.
Agar oluvchiga ustama to‘lovli pul o‘tkazmasini to‘lashning
imkoni bo‘lmasa, u berilgan joyiga qaytarilmaydi, balki PO‘NQMga
navbatdagi pul o‘tkazmasi hisoboti bilan saqlash uchun jo‘natiladi.
«Yo‘qlab olinadigan» belgisi bilan manzillangan gazetalar
belgilangan saqlash muddati o‘tgandan so‘ng makulaturaga topshiriladi,
jurnallar va ularga ilovalar esa, aloqa bo‘limlariga 16-shakldagi yukxat
bo‘yicha sotish uchun beriladi, ular 16-shakldagi yukxatga nomi,
raqamlari va narxini ko‘rsatib yoziladi.
192
Pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini qayta jo‘natish yoki
qaytarishdan oldin pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini topshirishning
barcha choralari ko‘rilgan-ko‘rilmagani sinchiklab tekshiriladi; uni qayta
jo‘natish yoki qaytarish uchun barcha asoslar yetarli ekanligi
tekshiriladi.
Oddiy xat-xabarlar 20-shakldagi ma’lumotnomalar bilan qayta
jo‘natiladi (qaytariladi) va oluvchilarga topshiriladi. Oddiy pochta
jo‘natmasi oluvchi (jo‘natuvchi)ning arizasiga ko‘ra qayta jo‘natilganda
yoki qaytarilganda, shuningdek, ro‘yxatga olinadigan pochta
jo‘natmalari qayta jo‘natilganda yoki qaytarilganda uning o‘rovi, pul
o‘tkazmasi (pul o‘tkazmasi telegrammalari)ning, posilka blankasining
orqa tomonida qayta jo‘natish (qaytarish)ning sababi to‘g‘risida belgi
qo‘yilib, u taqvim tamg‘a izi bilan tasdiqlanadi. 8-shakldagi daftarda va
20-shakldagi nazorat daftarida ham qaytarilgan yoki jo‘natilgan sanani
ko‘rsatib, xuddi shunday belgi qo‘yiladi.
114-shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasi hali yetib
kelmaganda, pul o‘tkazma telegrammasini qayta jo‘natish yoki qay-
tarishda, uning orqa tomoniga nazorat-geralydli muhr izi tushiriladi va
tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasi hali olinmagani to‘g‘risidagi belgi
qo‘yilib, aloqa xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Qayta jo‘natiladigan va qaytariladigan posilka, qiymati e’lon
qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan benderollar, pul o‘tkazmalariga
(agar birinchi xabarnomani oluvchilar qaytarmagan bo‘lsa) 22-shakldagi
xabarnoma yoziladi, unda qayta jo‘natish (qaytarish) sabablari va sanasi
ko‘rsatiladi. Xabarnomalarni kirish raqamlari bo‘yicha jo‘natmalar
blankalarini saqlaydigan qutiga qo‘yiladi.
Xabarnomalarni topshirish kunlari bo‘yicha tikib qo‘yiladi. Pochta
jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini qayta jo‘natish yoki qaytarish sanasi
to‘g‘risidagi belgi 16-shakldagi kirish yukxatlari, 11-shakldagi reestrda,
sababi esa qayta jo‘natilayotgan yoki qaytarilayotgan qiymati e’lon
qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan banderollar, posilkalar, pul
o‘tkazmalariga yozilgan 16-shakldagi yukxatlar, 11-shakldagi
reestrlarning nusxalarida amalga oshiriladi.
Pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarinnig qayta jo‘natilishi va
qaytarilishining to‘g‘riligini pochta aloqasi obyektlarining rahbarlari
(o‘rinbosarlari), pochta aloqasi hududiy tashkilotlarida – nazorat qiluv-
chi shaxs tekshiradi, ular pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini qayta
193
jo‘natish yoki qaytarish sabablari to‘g‘risidagi xulosani imzolashadi.
Ularning imzosisiz qayta jo‘natishga yoki qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Manzil byurosi (guruhi)ning ma’lumotlari yozilgan xabarnomalar
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlarida qayta
jo‘natilgan yoki qaytarilgan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarining
11-shakldagi reestrlari va 16-shakldagi yukxatlari bilan birga saqlanadi.
Qayta jo‘natiladigan yoki qaytariladigan pochta jo‘natmalaridagi,
posilkalar yoki pul o‘tkazmalari blankalaridagi avvalgi manzillari va
indekslar ustidan chiziq tortib o‘chiriladi, manzil tomonida esa
quyidagilar yoziladi:
– qayta jo‘natishda – «D» harfi va mo‘ljallangan yangi punkt
nomi;
– qaytarishda – «V» harfi va pochta jo‘natmasi qayta
jo‘natiladigan punktning nomi.
«D» va «V» harflari ostiga qizil qalam yoki ruchkada chiziq
chiziladi.
Qayta jo‘natishda yangi manzil qo‘yidagicha to‘liq yoziladi:
– xatlarda, banderollarda, pul o‘tkazmalari va posilka
blankalarining – orqa tomonida;
– pochta varaqchalarida – ularning manzil tomoniga biriktirib
qo‘yiladigan 20-shakldagi ma’lumotnomada;
– posilkalarda – ularning manzil tomonlariga biriktirib
qo‘yiladigan 19-shakldagi yorliqda yoki unga tegishli tamg‘a izida.
Polietilen o‘rovli qayta jo‘natiladigan va qaytariladigan ban-
derollar qog‘ozga o‘raladi (bog‘lanadi va muhrlanadi), yangi o‘rovga
barcha zarur ma’lumotlar qo‘chiriladi.
Qayta jo‘natiladigan va qaytariladigan pul o‘tkazmalari, qiymati
e’lon qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan banderollar va posilkalar
11-shakldagi reestrlar yoki 16-shakldagi yukxatlarga «D» yoki «V»
harflarini ko‘rsatib nomma-nom yozib qo‘yiladi hamda agar 11-
shakldagi reestr yoki 16-shakldagi yukxat qayta jo‘natiladigan (qayta
jo‘natiladigan) pul o‘tkazmasi, pochta jo‘natmasi belgilangan joygacha
bormasa, quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib, nomma-nom yozib
qo‘yiladi: jo‘natish raqami, jo‘natish joyi va qayta jo‘natilish.
Buyurtmali va tezkor (telegraf) bildirishnomali «Shaxsan
topshirilsin», «Sudga chaqiruv qog‘ozi» belgili buyurtmali xatlar qayta
jo‘natilgan yoki qaytarilganda yuqorida ko‘rsatilgan tartibda 11-
shakldagi reestrga yozib qo‘yiladi.
194
Qaytariladigan va qayta jo‘natiladigan pul o‘tkazmalari 11-
shakldagi (qabul qilingan pul o‘tkazmalaridan) alohida reestrga yozib
qo‘yiladi, uning yuqorisiga «Qayta jo‘natiluvchi» («D») yoki
«Qaytariluvchi» («V») belgisi qo‘yiladi, har bir pul o‘tkazmasi
yozuvining qarshisiga esa jo‘natish (qayta jo‘natish) sababi va keluvchi
tartib raqami ko‘rsatiladi. Bu pul o‘tkazmalari reestr bilan birga
konvertga joylanadi, unga «Pul o‘tkazmalari buyurtmali jo‘natmalar
yig‘indisi» deb yoziladi va pul o‘tkazmalari to‘langan joydagi pochta
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektiga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |