Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
NAZORAT SAVOLLARI 
 
 
1. Pochta jo‘natmalari va buyumlar qaysi holatlarda ochib 
ko‘riladi? 
 
2. Pochta jo‘natmalari va buyumlarni ochilishi qanday tartibda 
rasmiylashtiriladi? 51-shakldagi dalolatnomani tuzish tartibini aytib 
bering. 
 
3. Pochta jo‘natmalari va buyumlar ochib ko‘riganda kuzatuv 
hujjatlarida qanaqa belgilar qo‘yiladi? 


 
190
4.3 Oluvchilarning manzillarini aniqlash. 
Pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini saqlash  
muddatlari, ularni qayta jo‘natish va qaytarish  
 
Oluvchilarning familiyasi, ismi-sharifi bo‘lgan hollarda oluvchilar 
aniqlanmangani sababli topshirilmagan oddiy xatlar va pochta 
varaqchalari, shuningdek banderollarning va ro‘yxatga olinadigan 
pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari xabarnomalari keyingi kundan 
kechiktirmay ma’lumotlar olish uchun mahalliy manzil byuro 
(guruh)lariga topshiriladi. Bu xabarnomalar ikki nusxada tuzilgan 11-
shakldagi reestrga imzo qo‘ydirib beriladi, reestrga yozish umumiy son 
bo‘yicha (turlari bo‘yicha) amalga oshiriladi. Reestrning bir nusxasi 
xabarnomalar bilan manzil byurosi (guruhi)ga beriladi, ikkinchi nusxasi 
esa uni qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tilxat bilan pochta aloqasi 
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektida qoladi. 
Manzil byurosi (guruhi) oluvchilarning manzillari bo‘yicha 
ma’lumotlarni 20-shakldagi ma’lumotnomaning orqa tomonida 
ko‘rsatadi, o‘z tamg‘asi bilan tasdiqlaydi va pochta aloqasi hududiy 
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektiga manzil byurosi (guruhi)ga qabul 
qilingan xabarnomalar reestrning birinchi nusxasi bilan tilxat orqali 
qaytarib beriladi. 
Oluvchining manzilini aniqlash uchun manzil byurosi (guruh)ga 
berilgan xabarnoma uchun to‘lov miqdori va hisob-kitob muddatlari 
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari va 
manzil byurosi (guruhlari) o‘rtasidagi bitimga ko‘ra aniqlanadi. 
Oluvchining turar joyi aniqlangandan so‘ng, pochta jo‘natmasida 
«Manzili aniqlanganligi uchun to‘lansin» tamg‘asining izi tushiriladi va 
ma’lumotlarni to‘plash uchun to‘lov summasi yoziladi, bu pul 
oluvchidan 47-shakldagi kvitansiya yozib jo‘natmani topshirish vaqtida 
undiriladi. Pochta jo‘natmasi mo‘ljallangan manzilga eltib beriladi yoki 
jo‘natiladi. 
Oluvchilarga ular kelmaganlik yoki vaqtincha bo‘lmaganliklari 
sababli topshirish imkoni bo‘lmagan pochta jo‘natmalari, pul 
o‘tkazmalari, shuningdek «Yo‘qlab olinadigan» deb manzillangan ga-
zeta va jurnallar belgilangan manzildagi pochta aloqasi hududiy tashki-
lotlari yoki pochta aloqasi obyektlarida bir oy davomida saqlanadi. Ada-
biy ilovalar pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi 
obyektiga kelgan kundan boshlab kamida 6 oy davomida saqlanadi. 


 
191
Oluvchi vaqtincha xizmat safariga, mehnat ta’tiliga va hakazolarga 
ketganda, uning iltimosiga ko‘ra va pochta aloqasi hududiy tashkiloti 
yoki pochta aloqasi obyekti rahbari (o‘rinbosari)ning farmoyishi bo‘yi-
cha pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini, shu jumladan «Yo‘qlab 
olinadigan» deb manzillangan gazeta va jurnallarni saqlash muddati ular 
kelib tushgan kundan boshlab ikki oygacha uzaytirilishi mumkin. 
Agar pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 
obyektiga oluvchining yangi turar joyi ma’lum bo‘lsa yoki undan pochta 
jo‘natmasi pul o‘tkazmasini yangi manzilga eltib berish to‘g‘risida ariza 
tushgan bo‘lsa, pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasi darhol qayta jo‘na-
tiladi. 
Topshirilmagan pochta jo‘natmalari, to‘lanmagan pul o‘tkazmalari 
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyekti 
tomonidan bu pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarida ko‘rsatilgan 
jo‘natuvchining manzillari bo‘yicha, quyidagi hollarda qaytariladi
a) ularni saqlash muddati o‘tgandan so‘ng; 
b) jo‘natuvchilarning arizasiga binoan; 
v) oluvchilar pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini olishdan voz 
kechganlarida; 
g) oluvchi qidirib topilmaganda va bu haqda manzil byurosi 
(guruhi), turar joydan foydalanish korxonasi, mahalla qo‘mitasi, qishloq, 
ovul kengashi (kengesi), qishloq xo‘jalik korxonasi, korxona, tashkilot, 
muassasaning ma’lumotnomasi bo‘lganda; 
d) oluvchi vafot etganda; 
e) «Sudga chaqiruv qog‘ozi» belgili buyurtmali xatlar pochta 
aloqasining eltib berish obyektiga kelib tushgan kundan boshlab yetti 
kun o‘tgach oluvchiga topshirilmaganda; 
j) oluvchi, foydalanuvchining qutisi ko‘rsatilmaganda yoki 
noto‘g‘ri ko‘rsatilganda. 
Agar oluvchiga ustama to‘lovli pul o‘tkazmasini to‘lashning 
imkoni bo‘lmasa, u berilgan joyiga qaytarilmaydi, balki PO‘NQMga 
navbatdagi pul o‘tkazmasi hisoboti bilan saqlash uchun jo‘natiladi. 
«Yo‘qlab olinadigan» belgisi bilan manzillangan gazetalar 
belgilangan saqlash muddati o‘tgandan so‘ng makulaturaga topshiriladi, 
jurnallar va ularga ilovalar esa, aloqa bo‘limlariga 16-shakldagi yukxat 
bo‘yicha sotish uchun beriladi, ular 16-shakldagi yukxatga nomi, 
raqamlari va narxini ko‘rsatib yoziladi. 


 
192
Pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini qayta jo‘natish yoki 
qaytarishdan oldin pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini topshirishning 
barcha choralari ko‘rilgan-ko‘rilmagani sinchiklab tekshiriladi; uni qayta 
jo‘natish yoki qaytarish uchun barcha asoslar yetarli ekanligi 
tekshiriladi. 
Oddiy xat-xabarlar 20-shakldagi ma’lumotnomalar bilan qayta 
jo‘natiladi (qaytariladi) va oluvchilarga topshiriladi. Oddiy pochta 
jo‘natmasi oluvchi (jo‘natuvchi)ning arizasiga ko‘ra qayta jo‘natilganda 
yoki qaytarilganda, shuningdek, ro‘yxatga olinadigan pochta 
jo‘natmalari qayta jo‘natilganda yoki qaytarilganda uning o‘rovi, pul 
o‘tkazmasi (pul o‘tkazmasi telegrammalari)ning, posilka blankasining 
orqa tomonida qayta jo‘natish (qaytarish)ning sababi to‘g‘risida belgi 
qo‘yilib, u taqvim tamg‘a izi bilan tasdiqlanadi. 8-shakldagi daftarda va 
20-shakldagi nazorat daftarida ham qaytarilgan yoki jo‘natilgan sanani 
ko‘rsatib, xuddi shunday belgi qo‘yiladi. 
114-shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasi hali yetib 
kelmaganda, pul o‘tkazma telegrammasini qayta jo‘natish yoki qay-
tarishda, uning orqa tomoniga nazorat-geralydli muhr izi tushiriladi va 
tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasi hali olinmagani to‘g‘risidagi belgi 
qo‘yilib, aloqa xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Qayta jo‘natiladigan va qaytariladigan posilka, qiymati e’lon 
qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan benderollar, pul o‘tkazmalariga 
(agar birinchi xabarnomani oluvchilar qaytarmagan bo‘lsa) 22-shakldagi 
xabarnoma yoziladi, unda qayta jo‘natish (qaytarish) sabablari va sanasi 
ko‘rsatiladi. Xabarnomalarni kirish raqamlari bo‘yicha jo‘natmalar 
blankalarini saqlaydigan qutiga qo‘yiladi. 
Xabarnomalarni topshirish kunlari bo‘yicha tikib qo‘yiladi. Pochta 
jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini qayta jo‘natish yoki qaytarish sanasi 
to‘g‘risidagi belgi 16-shakldagi kirish yukxatlari, 11-shakldagi reestrda, 
sababi esa qayta jo‘natilayotgan yoki qaytarilayotgan qiymati e’lon 
qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan banderollar, posilkalar, pul 
o‘tkazmalariga yozilgan 16-shakldagi yukxatlar, 11-shakldagi 
reestrlarning nusxalarida amalga oshiriladi. 
Pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarinnig qayta jo‘natilishi va 
qaytarilishining to‘g‘riligini pochta aloqasi obyektlarining rahbarlari 
(o‘rinbosarlari), pochta aloqasi hududiy tashkilotlarida – nazorat qiluv-
chi shaxs tekshiradi, ular pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini qayta 


 
193
jo‘natish yoki qaytarish sabablari to‘g‘risidagi xulosani imzolashadi. 
Ularning imzosisiz qayta jo‘natishga yoki qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Manzil byurosi (guruhi)ning ma’lumotlari yozilgan xabarnomalar 
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlarida qayta 
jo‘natilgan yoki qaytarilgan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarining 
11-shakldagi reestrlari va 16-shakldagi yukxatlari bilan birga saqlanadi. 
 Qayta jo‘natiladigan yoki qaytariladigan pochta jo‘natmalaridagi, 
posilkalar yoki pul o‘tkazmalari blankalaridagi avvalgi manzillari va 
indekslar ustidan chiziq tortib o‘chiriladi, manzil tomonida esa 
quyidagilar yoziladi: 
– qayta jo‘natishda – «D» harfi va mo‘ljallangan yangi punkt 
nomi;  
– qaytarishda – «V» harfi va pochta jo‘natmasi qayta 
jo‘natiladigan punktning nomi.  
 «D» va «V» harflari ostiga qizil qalam yoki ruchkada chiziq 
chiziladi. 
Qayta jo‘natishda yangi manzil qo‘yidagicha to‘liq yoziladi: 
– xatlarda, banderollarda, pul o‘tkazmalari va posilka 
blankalarining – orqa tomonida
– pochta varaqchalarida – ularning manzil tomoniga biriktirib 
qo‘yiladigan 20-shakldagi ma’lumotnomada; 
– posilkalarda – ularning manzil tomonlariga biriktirib 
qo‘yiladigan 19-shakldagi yorliqda yoki unga tegishli tamg‘a izida. 
Polietilen o‘rovli qayta jo‘natiladigan va qaytariladigan ban-
derollar qog‘ozga o‘raladi (bog‘lanadi va muhrlanadi), yangi o‘rovga 
barcha zarur ma’lumotlar qo‘chiriladi. 
Qayta jo‘natiladigan va qaytariladigan pul o‘tkazmalari, qiymati 
e’lon qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan banderollar va posilkalar 
11-shakldagi reestrlar yoki 16-shakldagi yukxatlarga «D» yoki «V» 
harflarini ko‘rsatib nomma-nom yozib qo‘yiladi hamda agar 11-
shakldagi reestr yoki 16-shakldagi yukxat qayta jo‘natiladigan (qayta 
jo‘natiladigan) pul o‘tkazmasi, pochta jo‘natmasi belgilangan joygacha 
bormasa, quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib, nomma-nom yozib 
qo‘yiladi: jo‘natish raqami, jo‘natish joyi va qayta jo‘natilish
Buyurtmali va tezkor (telegraf) bildirishnomali «Shaxsan 
topshirilsin», «Sudga chaqiruv qog‘ozi» belgili buyurtmali xatlar qayta 
jo‘natilgan yoki qaytarilganda yuqorida ko‘rsatilgan tartibda 11-
shakldagi reestrga yozib qo‘yiladi. 


 
194
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qaytariladigan va qayta jo‘natiladigan pul o‘tkazmalari 11-
shakldagi (qabul qilingan pul o‘tkazmalaridan) alohida reestrga yozib 
qo‘yiladi, uning yuqorisiga «Qayta jo‘natiluvchi» («D») yoki 
«Qaytariluvchi» («V») belgisi qo‘yiladi, har bir pul o‘tkazmasi 
yozuvining qarshisiga esa jo‘natish (qayta jo‘natish) sababi va keluvchi 
tartib raqami ko‘rsatiladi. Bu pul o‘tkazmalari reestr bilan birga 
konvertga joylanadi, unga «Pul o‘tkazmalari buyurtmali jo‘natmalar 
yig‘indisi» deb yoziladi va pul o‘tkazmalari to‘langan joydagi pochta 
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektiga jo‘natiladi. 
 
 
 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish