Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
BBK  
 
 
 
 
 
 
 
ISBN 
© «IQTISOD-MOLIYA», 2010 


 
3
 
 
 
 
 
KIRISH 
 
Pochta aloqasi butun dunyoda insonning har kungi hayot tarzining 
bir qismi hisoblanadi va jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiiy taraqqiyoti 
uchun muhim rol` o‘ynaydi. Pochta aloqasining samaradorligini ishlab 
chiqarishning normal ishlashi va tovarlar hamda xizmatlarning munosa-
batlari, shuningdek jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichidagi in-
sonning hayot faoliyati mumkin bo‘lmagan sharoitlarga kiradi. Pochta 
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molini bog‘laydi, ishlab 
chiqaruvchilar kabi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadi, shu bilan birga 
iqtisodiyotga, boshqaruvga, shuningdek biznesni rivojlantirish va in-
sonlarning turmush tarzini oshirishga faol ta‘sir etadi. Pochta aloqasi 
xizmatlarining bozori transport-logistik xizmatlar (yuk tashish va ku-
ryerlik pochtasi qismida), axborot-kommunikatsiya (pochta aloqasi xiz-
matlari yangi axborot-kommunikatsiya: gibrit pochtasi, Internetga kira 
olish va boshqa xizmatlari bilan integratsiyalanganligi kabi raqobatla-
nadi) va moliyaviy xizmatlar (pensiya va nafaqalarni to‘lash va yetkazib 
berish, maishiy va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish) bozori bilan ke-
sishadi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston pochtasi uch marta islohot qi-
lindi: 
1992-yilda MHDda birinchilardan bo‘lib elektr aloqadan ajralib 
chiqdi va mustaqil xizmat bo‘lib faoliyat ko‘rsata boshladi; 
1997-yili Hukumatning qarorlari asosida pochta aloqasining davlat 
korxonalari asiyadorlik jamiyatlariga o‘zgartirildi va tarkibiga 14 ta hu-
dudiy asiyadorlik jamiyatlari kirgan «O‘zbekiston pochtasi» Davlat 
asiyadorlik kompaniyasi tashkil qilindi; 
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi «Pochta aloqasi so-
hasida faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori «O‘zbekiston 
pochtasi» Davlat asiyadorlik kompaniyasini qayta tashkil qilish yo‘li 
bilan yagona ochiq asiyadorlik jamiyatini yaratish va unga barcha asiya-
dorlik jamiyatlarini, ularni filiallarga o‘zgartirib, birlashtirish 
to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. 


 
4
O‘zbekistonda Pochta aloqasi O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy 
butunligini ta’minlaydigan omillardan biri bo‘lgan fuqarolarning man-
zilli muloqotining yagona umumqulay mexanizmi sanaladi. U pochta 
aloqasi obyektlarining taqsimlangan tarmog‘ini, pochta jo‘natmalarini 
qabul qilish, ishlov berish va yetkazib berish, davlat pensiyalari va da-
vriy nashrlarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan pochta marshrutla-
rini o‘z ichiga oladi. 
 
Mamlakatimiz pochta aloqasining milliy tarmog‘i geografik prin-
sipi bo‘yicha «O‘zbekiston pochtasi» ochiq asiyadorlik jamiyati (OAJ) 
tomonidan tashkil qilingan va u «O‘zbekiston pochtasi» OAJ filiallarini 
o‘z ichiga olgan hamda ularni transport vositalari bilan birlashtiradigan 
yagona tizimni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasin-
ing milliy operatori - «O‘zbekiston pochtasi» OAJ qulay narxlarda 
pochta jo‘natmalarining barcha turlari bo‘yicha mamlakatlar bilan alma-
shuvni amalga oshiradi va Umumjahon pochta ittifoqi oldida Respub-
likaning majburiyatlarini bajaradi. 
O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasining tarmog‘i 2010-yil 1-
yanvar holatiga pochta jo‘natmalari muntazam tashilishini 
ta’minlaydigan 177 ta tuman va shahar uzellari, 2986 ta aloqa bo‘limlari, 
ulardan 2296 tasi qishloq aloqa bo‘limlaridan iborat 14 ta hududiy fi-
liallar va 1 ixtisoslashtirilgan filial – «Xalqaro pochtamt, shuningdek 33 
ta avia, 1ta temir yo‘l, 400tadan ortiq avtomobily marshrutlarini o‘z 
ichiga olgan tizimdan iborat. Etkazib berish uchastkalari 6778 ta, shu 
jumladan shahar va shahar tipidagi shaharcha – 2409 ta, qishloq joylarda 
– 4369 ta tashkil qilingan. Xizmat ko‘rsatiladigan hududda yozma xat-
xabarlarni yig‘ish uchun 5530 ta, shu jumladan qishloq joylarda 3676 ta 
pochta qutilari o‘rnatilgan. 
«O‘zbekiston Pochtasi» OAJ O‘zbekiston Respublikasi aloqa 
pochtasining Milliy operatori hisoblanadi, dunyodagi hamma mamla-
katlarda pochtalar orqali almashuvini olsa bo‘ladigan baholarda amalga 
oshiradi, va Respublikaning Butunjahon pochta ittifoqi oldidagi majbu-
riyatlarini bajaradi. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish