224
qilgandan keyin, Xrisanfni Kavkaz wlkasiga,
uni batafsil wrganish uchun
yubordi.
Swng, 1796 yilning boshida, Ryazan, Tambov va Kavkaz wlkalarining
general gubernatori graf Gudvich podshoyi oliy h’azratlarining amri bilan
Xrisanfni Peterburgga, Nevskiy monastriga mitropolit Gavriil h’uzuriga jwnatib
yuboradi.
Mitropolit Xrisanfning birdan poytaxtga chaqirilishi, uni yaxshi bilgan
sharqshunos V.V.Grigorevning fikricha, Rossiyaning
yaqin orada Eronga
bostirib kirish rejalari bilan bog’liq bwlsa kerak. Rus h’arbiy ekspeditsiyasining
rah’bari Valeriyan Zubovga sayёh’ning Eron va Wrta Osiё h’aqidagi keng bilimi
kerak bwlib qolgan. Oradan bir yil wtgach,1797 yili Xrisanf muqaddas
Sinodning farmoni bilan Ekatrinoslav eparxiyasiga xizmatga jwnatildi. 1798
yilning 20 yanvarida Mitropolit Xrisanf Feodossiyaga jwnab ketdi. Uning
keyingi h’aёti va faoliyati h’aqida boshqa malumotga ega emasmiz.
Mitropolit Xrisanfning Wrta Osiёga qilgan saёh’ati kundaligi bir paytlar
rus h’arbiy ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan shraf Valeriyan Zubov qwlida
bwlgan. Kundalik, bazi shah’ar va viloyatlar wrtisidagi masofa, ah’olisining
umumiy soni h’aqidagi noaniqliklarni h’isobga
olmaganda, katta qimmatga ega.
Unda mamlakatning iqtisodiy va siёsiy ah’voli, xalqining turmush sharoiti,
etiqodi h’aqida, shuningdek, Wrta Osiёda istiqomat qilib turgan ous va eronlik
asirlarning ah’voli h’aqidagiqisqa, lekin wta muh’im malumotlarni uchratish
mumkin.
Masalan, Buxoro xonligining yirik shah’arlaridan Samarqand, Buxoro va
Balx h’amda Xorazmning XVII-XIX asrlardagi poytaxti Xiva h’aqida Xrisanf
mana bularni ёzadi:
Samarqand h’aqida: «Samarqand shu kunlarda deyarli bwsh qolgan. Uni
egallab olgan bah’aybat mah’luq samarqandlik noib (Rajabxon) uni ilgarigidek
obod qilish
uchun qanchalik urinmasin, meh’nati zoe ketdi. Eshitishimcha, uning
tevarak atrofdaridagi tog’larda konlar bor, tabiati ёqimli...Tevarak atrofida h’am
wzbeklar istiqomat qiladilar».
Buxoro h’aqida: «Buxoro – twq shah’ar. Unda savdogarlar va boshqa
(boy-badavlat) odamlar kwp. U asosan kumush,oltin, marvarid va qimmatbah’o
toshlarga boy. Xon tez-tez Balx va mashh’ad ustiga talon-taroj yurishlari
uyushtirib turadi. Buxoroliklar jon-jah’d bilan jang qiladilar».
Balx h’aqida: «Balx viloyati h’aqida gapirmasam guonh’i azim bwladi.
Agar Buxoro h’ukmdorlari tez-tez h’ujum uyushtirib, uni talon-taroj
qilmaganlarida u obod, qudratli va boy viloyat bwlur edi. Nodirshoh’
vafot
etgandan beri shu vaqtgacha afg’on podsholari qwlida. Uning qalasi chor
tarafdan (suv yuilan twldirilgan xandaq bilan wralgan) tepalikda joylashgan.
Balx ataluvchi katta qalasi bor. Qala h’ozirgacha mustaqil. Ah’madshoh’dan
boshqa h’ech kimga bwysunmaydi. Devorlari pishiq g’ishtdan...»
Buxoro xonligining mineral boyliklari h’aqida Xrisanf quyidagi
malumotlarni keltiradi: «Buxoro bilan Balx wrtasida baland bir tog’ bor. Unda
qizil tusli marmar (parchalari)ga wxshash tusdagi tuz konlari mavjud. Wsha
viloyatda shunday tog’lar h’am mavjudki, ularda h’ar turli madan konlari bor.
225
Bu tog’larda wzbeklarning qwng’irot qavmi istiqomat qiladi. Bu tog’lar
shimolda Samarqandgacha, sharqda Badaxshongacha chwzilgan.
Buxoroda istiqomat qilib turgan asarlar h’aqida mana bu malumot
keltirilgan: «Buxoroda kwp rus asirlari bor, eronliklardan 6000ga yaqin asir bor.
Ular xwjayinlariga qarshi qwzg’olon kwtarish darajasiga etishgan».
Xiva shah’ri h’aqida wqiymiz: «Erli ah’oli ikki toifadan: mah’alliy
kotliklar (Xrisanf ularni Kiditı deb ataydi) va boshqa erlardan kwchib kelgan
qwng’irotlardan tashkil topgan. Ular Kotdan chiqqan vazir wldirilgandan beri
wzaro ёvlashib keladilar. Kotliklar 5000 ga yaqin xonadondan iborat. Ular wta
kek saqlovchi xalq. Kotliklarning tayёr qwshini ywq. (Zarur bwlib qolganda)
kelishib odam ёllaydilar.
Oyiga kimga wn swm, kimga bir swm beradilar.
Aytishlaricha, xivaliklarning h’arbiy kuchi 20 000 kishini tashkil qilar emish.
Lekin bu gap twg’ri emas, masalan, wtgan yili, men wsha erda ekanligimda
Avazbiy İnoqning
118
topshirig’i bilan ah’olini h’isob-kitob qilganlarida,
mamlakatda h’ammasi bwlib 3000 zrnadon borligi aniqlangan. Lekin
h’ukmdorga yaxshi kwrinish uchun (qwshin sonini) 20 000 kishidan iborat deb
aytadilar. Qwng’irotlilar jah’ldor xalq. Boshliqlari boy-badavlat kishilar,oddiy
xalq esa qashshoq... Xivaliklarning kwpchiligi Astraxan va Buxoro bilan savdo-
sotiq olib boradi. Kotliklar kelgindilar (qwng’irotliklar)dan qutilish uchun
Rossiya bilan ittifoq tuzishni xoh’laydilar, lekin (ruslarning
urush ochmoqchi
bwlib turgani h’aqida) tarqalgan xabarning oqibatidan qwrqar edilar.
Mingqishloq turkmanlari h’am shuni istar edilar, lekin qozoqlar xavfidan
qwrqardilar». Bunday dalil va malumotlarni mitropolit Xrisanfning xotrotlarida
kwp uchratish mumkin.
XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya h’ukumati Wrta Osiё
xonliklari va Qozog’istonning siёsiy, iqtisodiy va xalqaro ah’volini, xususan
wsha mamlakatlarga olib boradigan ywllarni wrganishda keng malumotli va
zeh’n-idrokli h’arbiylardan h’am kwproq foydalana boshladi. Ular Rossiya
h’ukumatiga bu h’aqda wta muh’im malumotlar twplab berdilar. Ana shunday
h’arbiy mutaxassislardan ayrimlari va ular twplagan malumotlarga qisqacha
twxtalib wtamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: