226
malum bwlishicha, unga Qwqonga Sibir
orqali olib boriladigan ywllar, ywl
ustidagi shah’ar va qishloqlar, xonlikning iqtisodiy va siёsiy ah’voli, uning
mudlfaa saloh’iyatini kuzatish h’am yuklatilgan.
Filipp Nazarov Qwqonga sibirlik rus savdogarlari karvoniga qwshilib,
1813 yil 16 may kuni jwnab ketdi. Karvon Qozog’iston chwllari va Janubiy
Qozog’istondagi Suzoq va Chimkat orqali Toshkentga, undan 1813 yil oktyabr
oyi boshlarida Qwqonga kirib bordi. U Qwqonda bir yil atrofida turdi va 1814
yilning
avgust oyida, Qwqon xoni Umarxon (1810-1822 yy.)ning elchisi bilan
birga Petropavlovsk shah’riga qaytib ketdi.
Filipp Nazarov bir yil mobaynida xonlik poytaxti Qwqondan tashqari,
Marg’ilon, Andijon, Namangan, Yangiqurg’on va Xwjand shah’arlarida bwldi
va bu shah’arlar, ularning xalqi h’amda mashg’uloti h’aqida qimmatli
malumotlar twpladi.
Bulardan ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz:
«Qwqon katta va ah’olisi kwp shah’ar. Unda 400 ga yaqin masjid bor.
Tekislikda joylashgan, xon saroyidan boshqa mustah’kam biron imorati ywq.
Tevarak atrofi obod qishloqlar, buloqlarga mwl jilg’a
va ekinzorlar bilan
wralgan. Zamini tuzli, kwchalari tor. Erga kwproq paxta ekiladi.Uylari guvala va
loydan qurilgan. Shah’ar wrtasida toshdan bunёd etilgan uchta bozor bor.
Bozorlarda savdo h’aftasiga ikki marta bwladi. Xon saroyi oldida arg’umoqlari
uchun pishiq g’ishtdan qurilgan katta otxona joylashgan.
Qwqon va unga qarashli erlarda paxta etishtiradilar, ipak qurti boqiladi.
Etishtirilgan paxta va ipakdan mato twqiydilar va uni buxoroliklarga rossiyadan
keltirilgan mollar evaziga, masalan, temirga, susar terisi, twtiё, bwёq, qozon,
temir va pwlatdan yasalgan uy-rwzg’or buyumlari va boshqalarga almashadilar».
Marg’ilon. Shah’arning aylanasi taxminan 300 verst.
Ermozordan boshqa
h’ech qanday h’arbiy isteh’komi ywq. Unda 20 000 askar turadi. (Marg’ilondagi)
uylar h’am loydan qurilgan, kwchalari tor, uylarining derazasi ywq...Bozorlari
qator rastalardan iborat, h’aftada belgilangan ikki kun aoli kelib ertadan
kechgacha savdo-sotiq qiladi. Shah’arda h’ar turli korxonalar kwp. Ularda
Eronda ishlab chiqarilgan parchalar, baxmal, sharq gazmollari
ishlab chiqariladi
va Buxoro va Koshg’arga olib borib sotiladi. Koshg’ardan esa choy, chinni
idishlar, kumush, xitoy atlasi, bwёq va boshqa zarur xitoy mollari olib
keladilar...Shah’arliklar twq va osuda turmush kechiradilar...
Bizlarni Marg’ilondan bir kuzatuvchi bilan kechik shah’ar Andijonga
jwnatdilar...Andijon Koshg’ar bilan chegaradosh. Tevarak-atrofi obod
qishloqlar, mevazor bog’lar bilan wralgan. Ah’olisi ipak
qurti boqish, paxtadan
ip-gazlama ishlab chiqarish va deh’qonchilik bilan shug’ullanadi. Yaqin atrofda
kwchib yurgan qirg’izlar bilan savdo-sotiq olib boradilar. Andijonda h’okimning
uyidan boshqa biron mustah’kam qwrg’on ywq. U erda 10 000 askar turadi.
Namangan. Andijonda ikki kun turib, u erdan Namanganga bordik. Ywlda
Qwqon h’okimiga qarashli va ariqlar bilan wralgan (ikki betida) qamish wsib
turgan jilg’alarni kwrdik. Jilg’alarda ov wilish uchun bu erga h’okimning wzi,
mulozimlari bilan kelib turadi.
227
Namanganning h’am h’okimning mah’kamasidan boshqa, mustah’kam
imorati ywq. Shah’arda 1 500 ga yaqin kishi istiqomat qiladi...Qog’oz ishlab
chiqaradigan
korxonalari bor, tut daraxti kup wsadi. Tut mevalarini Qwqonning
barcha shah’arlariga olib borib sotadilar. Shuningdek, (tevark-atrofdagi)
qirg’izlar bilan h’am savdo-sotiq olib boradilar. Ywlda bir-birlariga tutash juda
kwp qishloqlarga duch keldik. Yangiqwrg’onning h’am, ichiga 200 askar
sig’adigan shah’ar boshlig’ining h’ovlisidan boshqa, biron mudofaa inshootini
uchratmadik.
Yangiqwrg’onda bir necha kun tunab, shah’ardan 10
verst narida oqib
turgan Sirdarёdan wtdik va taxminan 12 verst ywl bosib Qoraqalpoq degan joyga
borib tushdik. Xalqi gilam va jundan mato twqir ekan.
1814 yili Qwqonga qaytdik...
Qwqon va unga qarashli boshqa shah’arlarda ukumat savdogarlar wlchov
va tarozidan urib qolmasdiklari ustidan qattiq nazorat wrnatgan. Qwqonda
bwlganimda bir odamni matoni gazga solishda urib qolgani uchun yalang’och
qilib, qamchilab shah’ar aylantirganini kwrdim. Qamchi zarbidan u tez-tez «men
gazdan urib qoldim», deb qichqirib bordi. Qwqonliklar sud ishini h’ech qanday
ёzuvsiz olib boradilar. İkki kishi guvoh’lik bersa va jinoyatchi qasam ichsa bas.
Wg’rilik qilgani uchun qwlini kesadilar...»
Filipp Nazarov va uning h’amroh’lari Qwqon xonligiga qarashli Xwjand
shah’rini h’am borib kwrganlar. Masalan, Xwjand h’aqida uning esdaliklarida
quyidagilarni wqiymiz: «Xwjand h’ajm jih’atdan Qwqondan kichik emas. U
Buxoro tarafdan bazi erlari
nurab qolgan devor bilan, boshqa tarafdan Sirdarё
bilan h’imoyalangan. Shah’ardan ariq va kanallar wtkazilgan. Qwqondagiga
wxshash korxonalari va xodiq chiqaradigan erlari kwp...»
Filipp Nazarovning esdaliklari «Filipp Nazarov: Zapiski o nekotorıx
narodax i zemlyax Sredney Azii» nomi bilan ikki marta 1821 va 1968 yillari
nashr etilgan.
Rossiya h’arbiylari Wrta Osiё xonliklarini g’arb tarafdan, Astraxan,
Kaspiy va Orol dengizi orqali h’am taftish qildilar. N.N.Muravёv (1819-1926
yy.), G.İ.Danilevskiy (1842-1843 yy.) va A.N.Butakov (1848-1849 yy.)
ekspeditsiyalari shunday maqsadlarga xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: