232
toki shaxsan men bilan janjallashib yurmasin». Gladishev xonga javob qildi:
«İen sizning h’uzuringizga yuborilganman. Shunday bwlgach, sizning amr-
farmoningizda bwlaman».
Shundan keyin (Abulxayrxon) Gladishev odamlaridan ikki kishini,
xususan er wlchovchi Muravin bilan tarjimon Usmon Arslonovni ajratib olib va
imperator oliy h’azratlari jwnatgan
maktubni qwllariga berib, ularga maktub
bilan twrt odamni – orollik bir qoraqalpoq va bir qozoqni qwshib, Eron
podshoh’i h’uzuriga jwnatdi. Shoh’ wsha vaqtda Xivadan 35 verst narida
joylashgan Xonqada turgan edi. Ular shoh’ga «Abulxayr)xon imperator
h’azratlarining tabaqasidir, ushbu shah’arni h’am u wz tobeligiga qabul qildi»,
dedilar. Xon eshitdiki, Eron shoh’i Rossiya imperiyasi bilan ittifoq tuzmoqchi
emish. Shu sababdan u Xivani va unga qarashli erlarni talon-taroj qilmaydi»,
degan xabarni etkazishlari lozim edi».
D.Gladishevning Xivada istiqomat qilib turgan rus asirlari h’aqida
keltirgan malumotlari h’am wta muh’imdir. U ёzadi: «Wsha
erda asirda bwlgan
Ёyiq kazagi Andrey Borodindan eshitdimki, Xivada Bekovich-Cherkasskiy
ekspeditsiyasidan asirga tushib qolgan ruslar, qalmoqlar va boshqa erliklarning
soni 3 000 kishiga etadi. U (Andrey Borodin) ularni yaxshi biladi. Bah’orda
ularni Xiva tevaragidagi ariqlarni tozalashga h’aydab boradilar. Orolda shunday
asirlar soni 500 kishi. Taxminan shugcha asir Qozoq va Qoraqalpoq wrdalarida
yashab turibdilar...»
Sheldeltog’da h’am rus asirlari turadilar. Wsha tog’da kumush va oltin
konlari bor. Qazilgan rudalarni tekshirib qaraganlarida
uning uchdan bir qismi
sof oltin bwlib chiqdi. Buni aniqlangan odam Sherg’ozixonga borib aytdi. Xon
uni tiriklayin kwmib tashlashni buyurdi, «toki u bu gapni boshqa birovga borib
aytmasin, deb».
Xivaliklarning kasb-kori h’aqida h’am Gladishev ayrim malumotlar
keltirgan: «Ular,-deb ёzgan edi u,-bwg’doy, arpa, jwxori, tariq, kunjut, paxta va
tamaki ekadilar. Eri, bazi erlari qumloq, bazilari loyqadan iborat, sug’orib
ekadilar. Uni h’wkiz bilan h’aydaydilar...
Chorvalari: tuya, ot, mol, arg’umoqlar va oddiy otlar, eshak, qwy, echki.
Qushlari: wrdak, tovuq.
Mevadan: olma, anor, uzum, tut,
shaftoli, jiyda, olmurut.
Poliz ekinlaridan: qovun, tarvuz, turp, sholg’om, karam, piёz etishtiriladi.
Daraxtlar: sada qayrag’och, terak, tol ...wsadi. Shuningdek, tut meva
beradi, bargi bilan pilla qurti boqiladi.
Xivada mis pul zarb qilinadi, miltiq dori tayёrlanadi...
Qamish va beda etishtiriladi.
Darёlarida: Sirdarё, Quvondarёda, Ulug’ darёda kechuvlar bor. İkki
sajenlik, ikki yarim sajenlik qayiqlar mavjud. Ularda 5 boshgacha ot yuklab
wtish mumkin...Sirdarё bilan Ulug’ darёda baliq kwp.
Qamishzorlarda bars, bwri, shag’ol,tulki kabi yirtqich h’ayvonlar
yashaydi».
Rossiya uchun Orol dengizining iqtisodiy va h’arbiy-strategik ah’amiyati
katta edi. Shuning uchun h’am Orol flotiliyasining boshlig’i kontr-admiral
233
A.İ.Butakov (1816-1869 yy.) ga 1848 yili Orol dengizini wrganish va uni
tavsiflash vazifasi yuklatildi.
A.İ.Butakovning kuzatishlari uning «Kundaliklar»ida (twla nomi
«Dnevnıe zapiski plavaniya po Aralskomu moryu v 1848-1849 g.», podgotovka
k pechati E.K.Betgera.-Tashkent: 1953) baёn etilgan. Uning ёzishicha, «Orol
dengizi
tinch dengizlardan bwlmay, ayniqsa shamol turgan paytida panoh’ topish
qiyin». «Uning G’arbiy soh’ilini suratga tushirishni Qumsuat qwltig’idan
boshladik. Qumsuatdan boshlab menga dengiz chuqurlasha boshlaganday
tuyuldi...» Butakov wshanda Orol dengizini va uni bandargoh’ qurish mumkin
bwlgan erlarini qarichma-qarich wlchab chiqdi. Umuman, kontr-admiral
Butkvoning kuzatishlari, Rossiya h’ukumatiga kelajakda dengizda h’arbiy va
savdo floti qurish mumkinligini kwrsatdi. Bu reja podsho Rossiyasiga Sirdarё va
amudarёda h’am kemalar qatnovini ywlga qwyishga va bu bilan Koshg’ar va
Hindistonga suv ywlini ochib berish imkonini berar edi.
(B.Ah’medov. 348 bet)
Do'stlaringiz bilan baham: