18.2.9.Florio Benevini elchiligi twg’risida manbalar
Sharqqa katta h’arbiy kuch yuborish va uni qurol vositasi bilan egallash
h’arakati Pёtr I (1682-1725 yy.) davridan boshlab kuchayib ketdi. Pёtr I
Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni mukammal qurollangan 5000 askar bilan
Xivaga, uni Rossiya h’omiyligiga kiritish xususida xon bilan muzokaralar olib
borish uchun yubordi. Aslida bu shunchaki elchilik emas, balki xonni chalg’itib,
Xiva xonligini kuch bilan bwysundirishga qaratilgan h’arakat edi. Lekin Pёtr I
maqsadiga erisha olmadi. Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi
muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sherg’ozixon (1715-1728 yy.) Rossiya
podshosining asl niyatini wz vaqtida payqadi va A.Bekovich-Cherkasskiy
ekspeditsiyasini daf qildi.
Shundan keyin Rossiya Xiva va Buxoro xonliklarini bwysundirish payti
kelmaganligini, uni osonlikcha bwysundirish mumkin emasligini, ularni h’ali
kwp wrganish zarurligini angladi.
Rossiya elchilik mah’kamasining masul xodimi Florio Benevini elchiligi
shunday maqsad bilan Wrta Osiёga yuborildi. Shuni h’am aytish kerakki,
Buxoro va Xivada A.Bekovich-Cherkasskiy voqeasidan keyin Pёtr I Wrta
Osiёga katta qwshin yuboradi, degan xavf-xatar tug’ilgan edi. Shuning uchun
bwlsa kerak, Abulfayzxon 1717 yili Rossiyaga elchi yuborib, u bilan dwstona va
savdo-sotiq aloqalarini wrnatish istagini bildirdi.
Florio Benevini uchun tuzilgan va 1718 yil 13 iyul kuni Pёtr I tarafidan
tasdiqlangan qwllanmada elchiga quyidagi topshiriqlar berilgan:
1) Florio Benevini Buxoro xoni h’uzuriga podsho h’azratlarining elchisi
sifatida boradi. Shu h’aqda uning qwliga podsho h’azratlarining Buxoro xoni
nomiga ёzilgan maktubi topshirildi. Elchi Peterburgdan Moskvaga qaytib borishi
h’amono Astraxanga jwnab ketadi. Astraxandan Buxorogacha Abulfayzxonning
uni Astraxanda kutib turgan elchisi bilan birga boradi.
221
2) Florio Benevini Abulfayzxonning elchisiga ywlda wzini tanitmaydi.
Ywlda, ayniqsa Buxoro xonligi h’ududlaridan wtaёtganda, h’amma erlarni,
xususan bandargoh’lar, qalalar va shah’arlarni diqqat bilan kwzdan kechirib
boradi.
3) Xon bilan uchrashganda uni Eron va boshqa davlatlarning elchilari
qatorida zwr h’urmat va eh’tirom bilan qabul qilinishiga erishsin. Podsho
h’azrati oliylari u bilan dwstlik va savdo-sotiq aloqalarini ilgaridan h’am ziёda
bwlishini istaёtganini xonga malum qilsin.
4) Buxoroda bwlganida, qanday bwlmasin, Buxoro xonligi qalalari,
qwshini, otliq va piёda askarlarining umumiy soni, ularning qurol-aslah’alari va
qancha zambaragi borligini, qwshinidagi umumiy ah’vol, qallarning
qwriqlanishini bilib olsin.
5)Abulfayzxonning Eron shoh’i va Xiva xonlari bilan munosabati qay
darajada ekanligini aniqlasin. Xiva xoniga qarshi h’arbiy ittifoq tuzish taklif
etilsin.
6) Buxoroda qanday tovarlar ishlab chiqariladi va udar qaerlarga olib
borib sotiladi? Buxoroga dengiz ёki quruqlikdan qaysi ywl bilan borish mumkin?
Buxoroda qaysi rus tovarlariga eh’tiёj katta? Rossiya bilan savdo-sotiqni
kuchaytirish mumkinmi? Mana shu masalalarni aniqlasin.
7) Amudarёda oltin bormi? Buxoro xonini qwriqlash uchun necha yuz
gvardiyachi, ёki qwshin yuborilsa, xon bunga rozi bwladimi? Shuni h’am
aniqlasin.
Har ikkila elchilik, Buxoro xonining Rossiyadan vataniga qaytib kelaёtgan
elchisi va Florio Benevini 1721 yil 6 noyayurda Buxoroga etib oldilar. Florio
Benevini va uning h’amroh’larini Buxoroga 10 verst
117
qolganda ywl ustida
Buxoro twpchiboshisi boshliq 50 kishidan iborat saroy mulozimlari kutib oldilar.
Rossiya elchiligi Buxoroda uch yarim yil, 1721 yil 6 noyabridan to 1725
yil 8 apreligacha turdi va podshoning yuqoridagi topshiriqlari bwyicha qimmatli
malumotlar twpladi. Ularning eng muh’imlarini quyida keltirildi.
Buxoro va xalqining qurol-aslah’alari h’aqida Florio Benevinining wz
h’ukumatiga bergan malumotnoma (relyatsiya)sida shular ёzilgan: «(Qalasi)
yarim vayron bwlgan xandaq bilan wralgan. Shah’arda loydan qurilgan 15 ming
h’ovli-joy mavjud. Shah’ar markazida pishiq g’ishtdan qurilgan baland minorali
xon saroyi va madrasalar joylashgan.
Juda kam wzbekda miltiq bor. Ular asosan wq-ёy va nayza bilan
qurollangan. Shah’arda h’ammasi bwlib 15 nafar zambarak bor. Lekin, ularning
faqat bittasidan bayram kunlarida otish mumkin».
Malumotnomada Buxorodagi rus asirlari h’aqida h’am malumot bor.
«Buxoroda,-deb aytiladi bu h’ujjatda,-xon va boshqa wzbeklar qwlida 250 ga
yaqin asir bor...Ularning umumiy soni 1000 ga etadi. Aytishlaricha, ularning
soni Buxoro xonligida 2000, Xiva bilan Orolda 1500 ga etadi»
Mamlakatning er osti va er usti boyliklari h’aqida turli vaqtlarda
jwnatilgan malumotnomalarda (Florio Benevini Buxoroda twplagan
117
Верста – масофа ўлчови, 1,6 км.га тенг бўлган.
222
malumotlarini qwlda saqlashdan qwrqib odamlari orqali Moskva va Peterburgga
jwnatib turgan) quyidagilarni wqiymiz:
«Amudarёning bosh qismida oltin ywq. Lekin unga Kwkcha darёsi kelib
qwshilgan joyda qumloq erlarda oltin bor, chunki Kwkcha darёsi oltin va boshqa
rudalarga boy tog’lardan boshlanadi. Kwkchaning boshlanish qismida, xususan
ёz faslida mah’alliy ah’oli katta-katta oltin parchalarini topib oladilar.»
«Badaxshondan tashqari, oltin, kumush, achchiqtosh, qwrg’oshin, oliy
navoi temir konlari Samarqand va Buxoroda h’am bor».
«(Yuqorida) tilga olingan Sirdarёda oltin topsa bwladi. Lekin Andijonda
va marg’ilonda kwproq. Boshqa erlardagilar h’aqida choparimiz (Nikolay
Miner) aniq qilib aytib beradi. Sirdarё soh’illarida qumdan topilgan oltin
parchasini undan berib yuboroqdaman».
«Wsha darёda (Sirdarёda) oltin bor. (Tevarak atrofdagi) tog’larda,
xususan Koshg’arda, Marg’ilonda, Andijonda va Toshkentda h’am bor. Har
h’olda biz shunday deb egitdik».
F.Benevinining mana bu malumoti h’am muh’im: «Badaxshon
tog’laridagi oltin, lal va zah’ar mwh’ra konlarining barchasi mah’alliy
beklarning qwlida».
F.Benevini Buxoroning XVIII asrning birinchi choragidagi ichki va
xalqaro ah’voli h’aqida wta muh’im malumotlar twplagan. Uning wz
h’ukumatiga yuborgan malumotnoma (relyatsiya)sida bu h’aqda mana bularni
wqish mumkin:
«Uni (kamerdiner N.Minerni) savdogar qiёfasida, mol bilan, Balx va
Badaxshonga jwnatgan edim. Va ulardan wtib Loh’urgacha borishni buyurgan
edim. Lekin ywlda talonchilar kwpligidan Balxdan orqaga qaytdi».
«Wsha Badaxshon va Balx mamlakatlari mustaqil bwlib olganlar. U ёki
bu xonning qwl ostida. Lekin xonlarini tez-tez almagtirib turadilar».
«...Beklarning wzboshimchaligi tufayli butun mamlakat isёn va tug’ёnlar
iskanjasida qolgan».
«Xususan poytaxt shah’ar tws-twpalonlar va isёnlar dastidan og’ir
ah’volda qolgan. Ayniqsa, İbroh’imbiy kenagas isёni tufayli Abulfayzxon
shah’arni tashlab chiqishga majbur bwlgan, swng wg’li bilan birlashib, Buxoro
va uning atrofini talon-toroj qilib katta zarar etkazdi». «Shah’ar oziq-ovqat va
em-xashak xususida shu qadar g’arib bwlib qoldiki, oddiy xalq tirikchilik deb wz
bolalarini sotdi, kwp odam wlib ketdi, mol-qwyi va ot-tuyalari qirilib ketdi».
Buxoro xonligidagi tarqoqlik XVIII asrning boshlarida shu darajada
kuchaygan ediki, masalan, Farg’ona vodiysi va Samarqand Buxorodan ajralib
chiqib, Qwqon xonligi (1709-1876 yy.) va Rajabxon boshliq Samarqand bekligi
tashkil topdi. Xususan, Samarqand bekligining tashkil topishi h’aqida
F.Benevinining 1723 yil 4 mart kuni yuborgan maxfiy axborotida bunday
deyilgan: «...sobiq (Buxoro) otalig’i İbroh’imbiy Samarqand ustiga yurdi va uni
egalladi. Shundan keyin boshqalar bilan qwshilib, xon avlodidan bwlgan
Sharg’ozixonni Rajabxon nomi bilan (Samarqand) taxtiga wtqazdi va uni wziga
kuёv qilib oldi. Wzi esa otaliq lavozimini egalladi».
223
Bir fursat vaqt wtib, Rajabxon maxfiy tarzda F.Benevini bilan aloqa
bog’ladi. U rus elchisidan h’aqiqatan h’am Rossiya A.Bekovich-
Cherkasskiyning qasdini olmoq uchun Xiva ustiga yurishga ah’d qilgan-
qilmaganligini bilmoqchi bwldi. Bu h’aqda Xivaning wida h’am gap-swzlar
yurar edi. 1723 yili Shkrg’ozixonning wzi qalmoq xoni Ayuqdan «ruslar
Saratovda askar twplaёtibdilar va balki 1724 yilning bah’orida Xiva ustiga
yursalar kerak» degan gapni eshitgan edi. Shundan keyin, Shkrg’ozixonni Orol
wzbeklari ruslar Xiva ustiga boshlab kelmasmikan, muqobil beklar uni taxtdan
tushirib, saltanat tepasiga Temur sultonni wtqizmasmikan, degan shubh’a bosdi.
XVIII asrning boshlarida Buxoro bilan Xiva wrtasidagi munosabatlar
birmuncha og’irlashgan edi. Bunga, birinchi navbatda, Xiva xonlarining Buxoro,
Chorjwy va h’atto Samarqand h’ududlarini talon-taroj qilishlari asosiy sabab
bwldi. 1721 yilga kelib ikki wrtada urush chiqish zavfi yaqqol kwzga tashlanib
qoldi. F.Benevinining 1721 yil 25 may kuni Moskvaga ywllagan xabarida
masalan, quyidagilarni wqiymz: «Xiva xoni h’aqiqatan h’am buxoroliklar bilan
urushmoqchi. Shunga tayёrgarlik kwrmoqda. Lekin, katta beklari bunga ywl
bermay turibdilar. Ular h’atto Sherg’ozixonni taxtdan tushirib, 15 yildan beri
Buxoro xoni h’uzurida kun kechiraёtgan Musaxonni taxtga wtqizmoqchi
bwlmoqdalar. Shu h’aqda Xivaning katta beklari Buxoro xoni bilan bordi-keldi
qilib turibdilar». F.Benevini Xivaning wzi h’am notinch bwlib, ikki yirik arbob
Sherg’ozixon bilan Temur sulton wrtasida h’okimiyat uchun kurash boraёtgani
va Rossiya Temur sultonni qwllab-quvvatlasa foydali bwlishini aytdi. «Agar
Sherg’ozixon ywqotilsa,-deb ёzadi F.Benevini,-bu erda tinchlik wrnatiladi,
h’amma ywllar ochiq bwladi».
F.Benevini twplagan malumotlar Rossiya h’ukumati, uning tashqi siёsati
uchun kelajakda qwl kelib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |