18.2.6. İ.D.Xoxlov elchiligi h’ujjatlari
İvan Danilovich Xoxlov XVII asrda wtgan istedodli rus diplomatidir.
Uning h’aёti va faoliyatini wrgangan yirik rus sharqshunosi olimi
N.İ.Veselovskiy (1848-1918 yy.) keltirgan malumotlarga kwra
115
, İ.D.Xoxlov
115
Веселовский Н.И. Иван Данилович Хохлов (русский посланник в Персии и Бухаре в ХУ111 веке)/ЖМНП,
ч. 273. – Москва; 1891.-с. 48-72.
213
asli qozonlik bwlib, aslzoda (boyarin) oilasida dunёga kelgan. Uning h’aqidagi
dastlabki malumot XVI asrning 90- yillariga tegishli. İ.D.Xoxlov wsha vaqtda
og’asi Vasiliy bilan birga, davlat xizmatida bwlgan va Qozondagi wqchilar
qismiga bosh bwlib turgan. 1600 yili yurtiga qaytib ketaёtgan Eron elchisi
Pirqulibekni Qozondan Saratovgacha (shah’arga 1590 yili asos solingan) kuzatib
qwygan.
1606 yili İ.D.Xoxlov og’asi Vasiliy h’amda voevoda Golovin bilan
birgalikda Terekka, uning xalqini yangi podshoh’ Vasiliy İvanovich Shuyskiy
(1606-1610 yy.)ga qasamёd qildirish uchun .boriladi. Lekin terekliklar yangi rus
podshoh’ini tan olmaydilar, İ.D.Xoxlovni bwlsa qattiq dwpposlab, qamab
qwyadilar. Malum vaqt wtib terkliklar İ.D.Xoxlovni soqchi qwshib Astraxanga
jwnatib yuboradilar. Shu tariqa u Astraxanda etti yil, 1613 yilgacha qamoqda
wtirdi. 1617 yili Astraxanda h’okimiyat ataman İ.V.Zarutskiy qwliga wtdi va u
İ.D.Xoxlovni ozod qilib, Eronga shoh’ Abbos 1 (1587-1629/30 yy.) h’uzuriga
elchi qilib yubordi. Ataman Zarutskiy shoh’dan pul, oziq-ovqat va askar bilan
ёrdam berishini swradi va Moskvani egallagandan keyin Astraxanni unga inom
qilajagini bildirdi. Shoh’ Abbos I boshda bunga kwndi va atamanga 12 tuman
naqd pul va katta miqdorda oziq-ovqat yuborishini vada qildi. Lekin keyincha
wz elchisi xoja Murtazodan ataman Zarutskiy isёni barbod bwlgani va toj-taxt
Mixail Fёdorovich qwliga wtganini, Eronga Rossiyadan Aleksey Buxarin va
Mixail Tixanov boshliq yangi elchilar kelgani h’aqidagi xabarni eshitgandan
keyin, fikridan qaytdi. Shoh’ Rossiya elchilarini katta sovg’a-salomlar bilan
qaytarib yubordi. Wshanda İ.D.Xoxlovga h’am ketishga ijozat berdi. Lekin,
Vladimirga etganlarida podshoh’ning amri bilan uni tutib qoldilar. 1615 yilning
iyul oyida, Astraxanda Zarutskiy isёni bartaraf qilingandan keyin, İ.D.
Xoxlovning gunoh’idan kechdilar va uni qwyib yubordilar. İ.D.Xoxlovning
taqdiri 1620 yilgacha qanday bwlgani bizsha malum emas.
Eh’timol, shu davr ichida u Qozon h’okimi (voevodasi)ning xizmatida
bwlgan.
1620-1622 yillari u podshoh’ning farmoni bilan Markaziy Osiёda,
Buxoro va Xiva xonliklarida bwldi. 1622 yil 12 dekabr kuni Rossiyaga
qaytgandan keyin İ.D.Xoxlov bir muncha vaqt Moskvada istiqomat qildi, 1623
yilning boshlarida unga Qozonga qaytishiga ijozat berildi h’amda voevoda
Odoevskiyning xizmatida bwldi. Uni 1624 yilning 8 dekabrida yana Moskvaga
chaqirib oldilar va Buxoro va Xiva xonliklari h’aqidagi malumotlarni tartibga
solish h’aqida topshiriq oldi.
İ.D.Xoxlovning h’aёtga oid swnggi malumot 1629 yilga tegishli. Wsha
yili Eron elchisi Muh’ammad Silibek va Eronning savdo karvonini Qozondan
Moskvagacha va Moskvadan Qozongacha kuzatib qwygan.
İ.D.Xoxlovdan ikki muh’im h’ujjat; podshoh’ning maxsus topshirig’i
(nakaz) va İ.D.Xoxlovning Buxoro va Xiva xonliklarining ah’voli h’aqida
podshoh’ga ёzgan axboroti (Stateynıy spisok) qolgan.
Birinchi h’ujjatda elchilik zimmasiga yuklatilgan vazifalar h’aqida swz
boradi. Uning vazifasi eng avvalo, h’ar ikki xonlik h’ukmdorlarini Rossiya bilan
dwstlashish, savdo va bordi-keldi aloqalarini wrnatishga kwndirish, xonlarni
214
Rossiya qudratli davlat ekanligi va uning boshqa nufuzli mamlakatlar bilan
yaxshi munosabatda ekanligiga ishontirish, xonliklardagi rus asirlarini ozod
qilish, h’ar ikkala xonlik wrtasidagi mavjud munosabatlar, xonliklarning Eron,
Turkiya va Gruziya bilan munosabatlar qanday ekanligini aniqlash, tabiiy
boyliklari va h’arbiy qudratini aniqlashdan iborat bwlgan.
İ.D.Xoxlovning Elchilar mah’kamasi (Posolskiy prikaz)ga ёzgan axboroti
(Stateynıy spisok)ga qaraganda, u wziga yuklatilgan vazifaning katta qismini
bajargan.
Masalan, İmomqulixon wz ixtiёridagi 23 rus asirini ozod qilgan. Boy-
badavlat kishilar, amirlar va savdogarlar qwlidagi asirlar xususida İmomqulixon
elchiga «ularni qidirishga h’ozircha fursat ywq, xizmatkori (Toshkent h’okimi
Tursunxon) isёnini bostirgandan keyin imperator janobi oliylarining bu
iltimosini bajaramiz va topganlarimizni wzimiz yuboramiz», deb vada bergan.
Har ikkila xonlikdagi ichki vaziyat h’aqida h’am Rossiya elchisi kwp
malumotlar twplashga muvaffaq bwlgan. Elchining axborotida, masalan,
quyidagilarni wqiymiz; «...(biz Buxoroda bwlgan paytda) Buxoro xoni bilan
Toshkent h’okimi wrtasida urush boraёtgan edi. Xon unga qarshi wzining katta
amiri Nadr devonbegini 40 ming askar bilan jwnatdi. Shulardan 10 ming
navkarini Toshkent h’okimi urushda h’alok qildi. Shundan keyin
İmomqulixonning shah’zodalari borib Tursun sultonning yigitlarini
mag’lubiyatga uchratdilar. İkki wrtadagi urush h’ali bir ёqlik bwlgani ywq...»
İmomqulixon Rossiya elchisi kelib-ketgan vaqt ichida wzaro urushlar va
isёnlar tufayli Balx bilan Samarqandda turdi. Shu vaqt ichida elchiuni ikki marta
borib kwrdi,-birinchi marta, Buxoroga kelgandan wn kun keyin, ikkinchi marta
yurtiga qaytib ketishi, yani 1622 yil 3 avgust oldidan. İ.D.Xoxlovning axborotida
wqiymiz; «Xon wsha vaqtlarda Samarqandda emas edi. İnisi Nadr h’uzuriga
qochib borib turgan edi.» İmomqulixon Samarqandga İ.D.Xoxlov Buxoroga
kelgandan bir h’afta wtgandan keyin, qaytib keldi. Lekin qattiq og’rib qoldi. Rus
elchisi bilan muzokarani Nadr devonbegi olib bordi. Muzokaralarda kwtarilgan
asosiy masala qalmoqlar, nwg’aylar, shuningdek rus asirlarini ozod qilish
masalasi bwldi. Rus asirlari xususida Nadr devonbegi elchiga bueday javob
berdi; «İmomqulixon sizga quyidashilarni aytishimni buyurdi. Boshqalarini
inshoalloh’, Tursun sulton bilan urush tugagandan keyin qidirtirib topadi va
yurtiga jwnatib yuboradi. Sizning podshoh’ingiz h’am shu tarzda ish tutib,
qwlidagi İmomqulixonning odamlarini bwshatib yuborsin».
Buxoro va Xiva xonliklarining ichki ah’voli h’aqida h’am İ.D.Xoxlov
muh’im malumotlar twplagan. Uning malumotlaridan malum bwlishicha,
mamlakat wzaro urushlar iskanjasida qolgan, Balx, Toshkent va Samarqand
ustida turgan noiblar markaziy h’ukumatga bwysunishdan bosh tortib, wzlarini
mustaqil tutaёtganliklari natijasida Buxoro h’ukumati kuchsizlanib qolgan.
Xiva xonligida h’am aynan shunday vaziyat h’ukm surar edi. Bu erda
Arab Muh’ammadxon (1602-1623 yy.) bilan uning wg’illari Avanesh va İlbors
wrtasida toj-taxt uchun kurash borardi. İ.D.Xoxlovning Elchilar mah’kamasiga
ёzgan axborotida wqiymiz; «Urganch zaminida isёn boshlangan. Arabxonning
wg’illari Avanesh va İlbors (otasini) tutib olib kwziga mil tortganlar.
215
Arabxonning boshqa wg’illari; Abulg’ozi bilan Sharif Sulton Buxoro xoni
h’uzuriga qochib ketganlar».
Rossiya elchisi Xiva xonligi h’ududlariga Ёyiq (Wrol) kazaklari va
qalmoqlarning tez-tez qilib turgan talonchilik xurujlari h’aqida muh’im
malumotlar keltiradi. Bu h’aqda İ.D.Xoxlovning malumotnomasida mana bularni
wqiymiz; «İvan Bovatda (Bog’otda) tutqinda turgan paytda Urganchga qarashli
kwchmanchi xalq ustiga bosqinlar rus kazaklari Trenka Us va uning odamlari
bostirib kirib, turkmanlarni talon-taroj qildilar, kwp odamlarni wldirdilar,
kwplarini asir olib ketdilar...Urganch erlariga qalmoqlar h’am kwp bor bostirib
kirib, kwplarini wldirgan».
Rossiya elchis xabarnomasida Buxoro, Xiva shah’ar va qishloqlarining
umumiy ah’voli h’aqida h’am muh’im malumotlar keltiriladi. Ular elchi kelgan
paytda ancha xarobalikka yuz tutib qolgan edi. Elchining swzlariga qaraganda,
bunga tinimsiz wzaro urushlar, toju taxt uchun kurash va qozoq, qalmoq va ёyiq
kazaklarining tez-tez qilib turgan xurujlari sabab bwlgan. Malumotnomada
bojxona twlovlari h’aqi İ.D.Xoxlovda qimmatli malumotlar uchratamiz. Bojxona
h’aqi, birinchidan, mamlakatdan mamlakatga wtgandagina emas, balki bir
mamlakatning wzida bir viloyatdan ikkinchi viloyatga wtganda h’am olingan.
İkkinchidan, u naqd pul bilan h’am, mol bilan h’am twlangan. Masalan, h’ar bir
yukdan 33 parcha mato h’ajmida boj olingan.
Shuningdek, İ.D.Xoxlov Buxoro va Xiva xonliklarining Hindiston va Eron
bilan bwlgan munosabatlari h’aqida h’am ayrim malumotlar twplagan. Masalan,
uning xabarnomasida bunday gap bor; «İmomqulixonning, Balx xoni Nadr
Muh’ammadning qizilboshlar podshoh’i shoh’ Abbos bilan aloqasi ёmon. Ular
(bir-birlari bilan) urush h’olatidadirlar. Hozirgi paytda ular orasida urush
bwlaёtgani ywq. Tinchlik h’am wrnatilmagan. Urushning ywqligi sabab, shoh’
bilan Hindiston wrtasida (Qandah’or uchun) urush bormoqda». Buxoro va Balx
xonlari bilan Hindiston wrtasida h’am munosabatlar aynan shu vaqtda yaxshi
bwlmagan. Buning sababini Rossiya elchisi bunday sharh’laydi; «Buxoro xoni
İmomqulixon Hindiston podshosiga lochin yuborgan edi. Balx xoni Nadr
Muh’ammadxon bwlsa uni (Buxoro elchisidan) tortib oldi. Shu sababdan
Hindiston podshoh’i u bilan savdo aloqalarini wzdi, savdogarlarni Balx bilan
Buxoroga yubormay qwydi, Buxoro savdogarlariga Hindiston mollarini olib
ketishni man qildi...»
İ.D.Xoxlovning guvoh’lik berishicha, Xiva xonligi bilan Eron wrtasidagi
munosabatlar h’am wsha paytlarda yaxshi bwlmagan. U, masalan, ёzadi;
«Urganchliklar shoh’ Abbos bilan yaxshi munosabatda emaslar. İvan (Xorazmda
turgan) xonzoda İlbars qizilboshlarga qarashli Obivardga h’ujum qilgan,
obivardliklarning otlari va tuyalarini tortib olgan. Shuningdek, 100 odamini asir
qilib h’aydab ketgan...»
Do'stlaringiz bilan baham: |