Ona tili va adabiyot Onlayn test



Download 37,27 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi37,27 Kb.
#798254
  1   2
Bog'liq
Ona tili tarix


Ona tili va adabiyot Onlayn test
1. Qaysi qatordagi so‘zlar imloviy jihatdan xato yozilgan?
A) tarjimayi hol, dardi bedavo
B) radio to‘lqin, yildan-yilga
C) millatlararo, achchiqtosh
D) teletanlov, nuqtayi nazar

2. Uzoq yurdim keksa tog‘ sari,


Goh odimlab, gohida chopdim.
Nuragan tosh, qoya tagidan
Go‘yoki tog‘ ko‘zlarin topdim. (Shavkat Rahmon)
Berilgan she’riy parchadagi ma’no ko‘chish turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

3. 1) chiziq-tiniq; 2) bosqin-sotqin; 3) yutuq-quruq;


4) qirg‘in-so‘lg‘in; 5) chirik-ko‘rik; 6) istak-tilak
Ushbu berilganlardan qaysilarida qo‘shimchalar omonimlik hosil qilgan?
A) 1, 2, 4 B) 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D)1,2,3,4,5

4. Qaysi gapdagi daraja-miqdor holining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?


A) Ba’zi vaqtlarda sen yig‘gan bolingdan ham to‘ygunimcha yeyman.
B) Umr kechirmoq uchun bundan yaxshi sharoit bo‘ladimi?
C) Bir boshing uchun muncha harakat qilmasang!
D) U aravani Nuriddin minganini ko‘rib xiyla yengil tortdi.

5. Qaysi gaplarda kelishiklar noto‘g‘ri qo‘llangan?


1. Ba’zi yoshlar sevgining shunchaki ko‘ngilxushlik deb yengil-yelpi qaraydilar.
2. Ba’zi keksalar sevgini bog‘lovchi, yaratuvchi, baxt-saodat keltiruvchi kuchini tan olmaydilar.
3. Ustoz-shogirdlik o‘rtasidagi munosabatlar azaldan oson kechmasligini pisanda etmoqchimasmiz.
4. Tushuntirishni hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix va falsafa, mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko‘rsatmoqda.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4

6. Qaysi qatorda asos+so‘z yasovchi+so‘z yasovchi qolipida yasalgan so‘zlar berilgan?


A) e’tiborlilik, ekinni, qaynatma
B) bo‘yoqchi, tilakdosh, epchillik
C) gandiraklamoq, dodlamoq, davolovchi
D) bosqinchilik, bog‘dorchilik, bostirma

7. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad - milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash.


Ushbu gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlar qaysi turkumga tegishli?
A) ot, olmosh, fe’l
B) ot, olmosh
C) olmosh, fe’l
D) ot, fe’l

8. Hamma jim qoldi. Har kim o‘z oldida bir narsa topib, shunga ko‘zini tikkan va u narsada Zebi o‘z otasini, Qurvonbibi o‘z erini, Salti qovog‘idan qor yog‘ib turgan sovuq bir so‘fini ko‘rardi.


Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan?
A) ko‘rsatish, o‘zlik, belgilash
B) o‘zlik, ko‘rsatish, belgilash, gumon
C) o‘zlik, ko‘rsatish, gumon
D) o‘zlik, belgilash, kishilik, ko‘rsatish

9. O‘zlik nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan gapni toping.


A) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
B) Sobir masalani yechishga qiynaldi.
C) Halima juda ozoda kiyinadi.
D) U belbog‘ini yuziga tashlab, ko‘rpachaga cho‘zildi.

10. Qaysi gapda o‘timsiz fe’lning o‘timliga aylanish hodisasi kuzatiladi?


A) Qizlar ham, bolalar ham - hammasi meni yaxshi ko‘rishadi.
B) Tanaffus bo‘ldi deguncha do‘mbirasini chalib, hammani o‘ziga qaratardi, goh kuldirardi, goh yig‘latardi.
C) Maktabgayam o‘sha duldulini o‘ynatib, xurjuniga do‘mbirasini solib keladi.
D) Hamma uni "Suyun burgut" deydi.

11. Qaysi gapdagi yasama so‘zning asosi taqlid so‘zdan iborat?


A) Dildorning yuragi dukullab urardi.
B) Mard bir o‘lar, nomard yuz o‘lar. (Maqol)
C) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
D) Uflama, qizim, yomon bo‘ladi, - dedilar buvim.
12. Sоf ko‘mаkchi ishtirоk etmаgаn gаpni аniqlаng.
A) Judа sоz! Аlbаttа, kiyib birini, sаfаrgа do‘stlаr-lа mеn hаm chiqаmаn. (Zulfiya)
B) Yurti bilаn, хаlqi bilаn fахrlаngаnlаr uchun mеhnаt rоhаtning bir ko‘rinishidir.
C) To‘g‘ri so‘z o‘z ‘egasini najot sari yetaklaydi.
D) Аzizim, mаlоmаt tоshlаri tаgidа qоlishingizni sirа istаmаymаn.

13. Bu olim riyoziyot fanining barcha tarmoqlarini mukammal egallagan.


Ushbu gapda nechta otli so‘z birikmasi mavjud?
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta

14. O‘z tilini unutgan xalqning


Mozorida ajdodlar qabri
Uzra qo‘yar bolalar tikan.
Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchasi belgisiz
qo‘llangan?
1) qaratqich; 2) tushum; 3) jo‘nalish;
4) o‘rin-payt; 5) chiqish
A) 1 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 4, 5

15. Qaysi gapning kesimi faqat ohang bilan shakllangan?


A) Samarqand − azim shahar.
B) Baxtli bo‘lish uchun, avvalo o‘zingni unga munosib aylashing kerak.
C) Mustaqillik, sen yorug‘ kelajaksan.
D) Sayraydi bog‘da bulbul.

16. Qaysi gapda vositasiz to‘ldiruvchi vositali to‘ldiruvchiga ergashib kelgan?


A) Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi.
B) Vatanni sevishim boisini so’radi.
C) Qiy-chuv bilan ularni yengib bo‘lmaydi.
D) Sizni xafa qilishdan cho‘chidim.

17. Qaysi javobda kesim ergash gapli qo‘shma gap berilgan


A) Qizig‘i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi.
B) Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug‘roq ne’mat yo‘q.
C) Shunga xursandmanki, bolalar o‘z yo‘lini topib ketishdi.
D) Shunisi quvonarliki, sinfdagi o‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil.

18. Quyidagi qaysi gaplarda daraja-miqdor ravishi qatnashgan?


1. Qaddini rostlab eshikni uzoq taqillatdi.
2. Abdushukur bu yerdan chiqib ketish payiga tushdi.
3. Mehmondorchilik tugagach u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turdi.
4. Chol va kampir behad sevinishibdi.
5. Xo‘roz arang qochib qutulibdi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5

19. Qaysi gapda orttirma darajadagi yasama sifat qo‘llangan?


A) Hamma yoq top-toza.
B) Insonning hayot yo‘li g‘oyat murakkab.
C) Hozir ular uchun eng bexatar yo‘l Toshkent edi.
D) Ko‘m-ko‘k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi.

20. Qaysi uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlandi kabi qoliplashgan so‘z va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi?


A) ommabop uslubda
B) rasmiy uslubda
C) ilmiy uslubda
D) badiiy uslubda

21. Gardun gah manga jafo-u dunliq qildi,


Baxtim kibi, har ishta zabunliq qildi,
Goh kom sori rahnamunliq qildi,
Alqissa, base buqalamunliq qildi.
Mazkur to’rtlik muallifi kim va u qaysi janrda bitilgan?
A) Alisher Navoiy, ruboiy
B) Bobur, ruboiy
C) Lutfiy, tuyuq
D) Mashrab, murabba

22. Yozuvchining ”Xandon pista”,


”Bir o’pichning bahosi” kabi hajviy to’plamlari ...istiqlol yillarida yaratilgan.
Mazkur ma’lumotlar quyidagi qaysi adib faoliyatiga oid?
A) Abdulla Qahhor
B) Said Ahmad
C) O’tkir Hoshimov
D) G’afur G’ulom

23. Ostingda halloslar bedoving qushday,


Achchig’ing chillali muzlagan qishday,
Norkalla, kelgansan , chuydang qo’shmushtday,
Norkalla polvonim, qaydan bo’lasan?
Ushbu parcha quyidagi qaysi xalq dostonidan
olingan?
A) ”Alpomish”
B) ”Rustamxon”
C) ”Go’r’og’lining tug’ilishi”
D) ”Ravshan”

24. ”...otam pochtada ishlagani uchun uyda non


bo’lmasa-da gazeta, jurnal bo’lar edi. 1953-yilda
Stalin o’lganda men yig’lab uyga keldim. ”Ota,
Stalin otamiz o’libdi!” U kishi ”Nishatiyin, mening
ham otam o’lgan!” ,--dedilar beparvo...”
Mazkur parchalar qaysi ijodkor tarjimayi holiga
oid?
A) Shavkat Rahmon
B) Chingiz Aytmatov
C) O’tkir Hoshimov
D) Omon Matjon

25. Qaysi ijodkor ”Men turkcha so’zlarni yovvoyi tog’


kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay, ularni
asrab-avaylab qo’lga o’rgatdim” , deb yozgan edi?
A) Mahmud Qoshg’ariy
B) Alisher Navoiy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Nosiriddin Rabg’uziy

26. Hidoyat ko’rguzing, Ofoq Xojam, pushti


panohimsiz,
Adashgan, yo’lda qolganman, men g’aribga roh,
deb keldim.
Bayt muallifini aniqlang.
A) Ahmad Yassaviy
B) Maxtumquli
C) Fuzuliy
D) Boborahim Mashrab

27. U vaqtli matbuotda Julqunboy, Ju-boy,


Dumbulboy, Dumbulnisa kabi maxfiy imzolar
bilan asarlar bitgan.
Ma’lumot qaysi adib haqida?
A) Abdulla Qodiriy
B) Cho’lpon
C) Abdurauf Fitrat
D) Hamza Hakimzoda Niyoziy

28. Qaysi ijodkorning ilk she’r va dostonlar to’plami


”Biz boramiz” nomi bilan chop etilgan?
A) Turob To’la
B) O’ljas Sulaymon
C) Musa Jalil
D) Xayriddin Saloh

29. Qaysi ma’lumot Shuhrat haqida?


A) u adabiyot o’qituvchisi Yunus Latifning ta’sirida adabiyotga mehr qo’ygan.
B) Shoirning ilk asarlari ”Sheralining mardligi”, ”Ovchi bolalar” nomi bilan chop etilgan
C) ”Xatingni kutaman” nomli ilk hikoyasi ”Yilning eng yaxshi hikoyasi” mukofotiga loyiq deb topilgan
D) ”Po’lat quyuvchi” poemasi bilan katta ijodkorlarning nazariga tushgan.

30. ”To’nyuquq” bitiktoshi haqidagi dastlabki xabarlarni bergan shaxs nomini toping.


A) Messershmidt
B) Iogann Stralenberg
C) Remezov
D) Tomson va Radlov

Download 37,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish