O’BEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
Gen mutasiyalari
Ma’ruzachi tibbiyot fanlari bo’cha falsafa (PhD)
Jumanov Ziyadulla Eshmamatovich
kirish - Irsiyatning mutatsiya nazariyasi kashf etilishi (de-Friz, 1903) Genetika tarixidagi muhim voqealardan biri boʼldi. Bu nazariyaga binoan kuchli taʼsir etuvchi omillar (mutagenlar) taʼsirida organizmlarning genlari tubdan oʼzgarib, yangi turgʼun xolatda nasldan-naslga beriladigan oʼzgaruvchanlik paydo boʼladi. Bu jarayon mutagenez, irsiy oʼzgargan belgi esa mutatsiya; mutatsiyaga ega boʼlgan organizm oʼz navbatida mutant deb ataladi. Ushbu nazariya dastlab rus olimi S. I. Korjinskiy tomonidan yangi dalillar bilan tasdiqlandi. Nemis olimi G. Meller 1927 y. da drozofila pashshasiga radiatsiya nurlarini taʼsir ettirib, sunʼiy sharoitda koʼplab mutatsiya olish mumkin ekanligini isbotladi. U tajribada hosil boʼlayotgan mutatsiyalarni hisobga olish, ularning tabiatini oʼrganish metodini ishlab chikdi. Rus olimlari G. А. Nadson va G. S. Filippov (1925) rentgen nurlari taʼsir ettirib, madaniy oʼsimliklarning har xil mutatsiyalarini olishdi. Ingliz olimi Sh. Аuerbax, rus olimi I. А. Rapoport ayrim kuchli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar taʼsirida mutatsiya olish metodini ishlab chikdi. Bu tadqiqotlar mutatsion Genetika yoʼnalishining paydo bulishiga olib keldi.
MUTАTSIYA (yun. mutatio — oʼzgarish, almashish) - MUTАGENLАR (mutatsiya va… genez) — fizik va kimyoviy omillarning tirik organizmlarga taʼsir etib, ularda mutatsiyalar paydo qiladigan omillar. Fizik Mutagenlar ichida ionlovchi nurlar muhim oʼrin tutadi. Ular, oʼz navbatida, elektromagnitli (toʼlqinli) va korpuskulyar omillarga boʼlinadi. Birinchi guruhga rentgen, gamma va kosmik nurlar kiradi. Ikkinchi guruhga beta zarrachalar (elektron va pozitronlar), protonlar, neytronlar, alьfa zarrachalar, yuqori va past harorat kiradi. Ionlovchi nurlarning barchaturlari mutagenlik xossalariga ega, ammo sunʼiy mutatsiyalarni olishda, asosan, rentgen va gamma nurlari qoʼllanadi. Kimyoviy mutagenlarga koʼpchilik alkillovchi birikmalar (di-metilsulьfat, dietilsulьfat, etilenimin, N nitrozoalkilmochevina, nitrozometilmochevina, nitrozoetilmochevina, etilmetan sulьfonat, di-etilnitrozomochevina va b.), nuklein kislotalar azotli asoslarining analoglari, alkaloidlar va b. kiradi. Mutagenlar orasida kantserogen va teratogen xossalarga ega boʼlganlari ham uchraydi. Shu sababli koʼpchilik mamlakatlarda barcha yangi kimyoviy birikmalarning mutagenlik xususiyatini tekshirish uchun maxsus in-t va lab. tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |