218
sovg’a-salomlarni) qabul qilgan», «twpchiboshilar esa zambaraklar va piёda
askarlarga boshchilik qilgan».
Axborotnomada wzbek xonlari saroymda amalda bwlgan qabul
marosimlari h’aqida h’am malumotlar keltiriladi. Unda, xususan, bueday
dkymladi; «(Ark) darvozasi oldida Boris va uning h’amroh’larini Malaybek
(twpchiboshi) kutib oldi. Boris va uning h’amroh’lari (twpchiboshi olib kelgan)
otlarga mindilar. Podshoh’ qasriga etganda ularni otdan tushirdilar, chunki
podshoh’ qasriga otliq kirish man etilgan. Borisning wng tarafiga Buxoroning
atoqli zotlari, xon avlodidan bwlgan xoda va xonning yaqin mulozimlari, chap
tarafda, katta amir (boyarin) xonning yaqin mulozimlari va boshqa lavozimdagi
mansabdorlar, (umuman) 100 dan ortiq kishi joy oldilar...Abdulazizixonning
wng tarafidan xojalar, ruh’oniylar va ulamolar wrin oldilar. Xonning oldiga
uning qilichi, wq-ёyi va qalqoni qwyilgan edi. Uning orqasida 12 nafar nayza va
qilich kwtargan uy xizmatkorlari turgan edi. Xonning old tarafida 200dan ortiq
yasovul (va qwriqchilar) tik turar edilar...»
Aka-uka Pazuxinlarga berilgan yana bir muh’im topshiriq -Wrta Osiё
xonliklarida tutqinlikda bwlgan rus asirlarini aniqlash va ularni ozod qilishdan
iborat edi. Pazuxinlar ba masalada h’am bazi ishlarni amalga oshirdilar, xususan
Buxoro, Balx va Xiva xonlarining shaxsiy xwjaliklarida 3000 dan ortiq rus asiri
meh’nat qilaёtganini aniqladilar. Shundan 22 nafarini 685 swm oltin h’isobida
twlab ozod qilishga muvaffaq bwldilar.
Axborotnomada kwrsatilishicha, Pazuxinlar badavlat kishilarning
qwlidagi rus asirlari sonini aniqlay olmaganlar. Rus elchisi Elchilar
mah’kamasiga (posolmkiy prikazga) taqdim qilgan «Xabarnoma»da xususan
mana bularni wqiymiz; «Buxorolik mansabdorlar qwlida, shah’arda va uluslarda
ularni aniqlash mumkin bwlmadi. Qishloqlardan kelib turgan odamlarning
swzlariga qaraganda, ular kwp.» Qulga aylantirilgan rus asirlari asli Qozon, Ufa,
Simbir uezdidan va Volga bwyi qishloqlaridan bwlganlar va boshqirda h’amda
qalmoq bosqinchilari ularni tutib Astraxanga olib borib xivaliklarga pullab
turganlar. Aka-uka Pazuxinlarning mana bu guvoh’liklari h’am diqqatga
molikdir; («boshqird va qalmoq bosqinchilaridan» ularni) xivaliklar sotib olar
ekanlar. Ular maxsus rus tovarlari uchun Astraxandan (rus yurtlariga), qalmoq va
boshqird uluslariga borar, bazi h’ollarda u erlarda rus asirlarini kutib ancha vaqt
turib qolardilar. Swng rus asirlarini olib wz yurtlariga h’aydab borardilar. Boris
va uning h’amroh’lari Xivaga boraёtganlarida qalmoq udusidan rus asirlarini
h’aydab kelaёtgan xivaliklarni uchratdilar. (Xivaga h’aydab kelinaёtgan)
asirlarning soni 200, balki undan ortiqroq edi. Ularning h’ar birini 40 ёki undan
sal ortiqroq swmga sotib olardilar. Ularning kwpchiligini Eron va Hindistonga
olib borib sotar edilar».
Do'stlaringiz bilan baham: