1510 yilda Shayboniyxon vafotidan keyin Xorazm Eron shohi Ismoil Safoviy hukmronligi ostiga tushib qoldi. 1512 yilda bu erda yana Dashti qipchoq vakillaridan bo’lgan Elbarisxon Xorazm taxtni egalladi va Xorazm xonligi paydo bo’ldi



Download 48,85 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi48,85 Kb.
#453687
  1   2
Bog'liq
XONLIKLAR


1510 yilda Shayboniyxon vafotidan keyin Xorazm Eron shohi Ismoil Safoviy hukmronligi ostiga tushib qoldi. 1512 yilda bu erda yana Dashti qipchoq vakillaridan bo’lgan Elbarisxon Xorazm taxtni egalladi va Xorazm xonligi paydo bo’ldi. XVII asrning birinchi yarmida Arab Muhammad hukmdorligi davrida xonlikning poytaxti Urganch shaxridan Xiva shahriga ko’chirildi.
XV asr o’rtalariga kelib temuriylar davlatining tarqoqligi kuchaydi. Bu davrda Movaraunnaxrning shimolida - Dashti Qipchoqda ko’chmanchi o’zbeklar davlati tashkil topdi.
XV asr mobaynida Dashti qipchok o’zbeklari bilan Temuriylar o’rtasida to’xtovsiz kurash ketdi, oqibatda XVI asr boshida bu kurash Temuriylar davlatining engilishi bilan tugadi. Dashti Qipchoqdagi ko’chmanchilar davlatining asoschisi Abulxayrxon 1428 yildan 1468 yilgacha hukumronlik qildi, so’ng bu davlat siyosiy inkirozga uchrab (parchalanib) tarqalib ketdi.
XV asrning oxirida Abulxayrning nevarasi Muhammad Shayboniy bobosining davlatini tiklab, tez orada Utror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig’noq shaharlarini bosib oldi va 1499 yilda Mavarounnaxrga jilliy harbiy harakatlar boshladi.
Muhammad Shayboniyxon 1500 y. Samarqand shahrini jangsiz egalladi.
Yosh Temuriy shahzoda Zaxiriddin Muhammad Bobur Shayboniyaxonning asosiy raqibi bo’ldi. Bobur shahar axolisining qarshi qo’zg’olonidan foydanib 1500 yilning oxirida Samarqand taxtini egallangan edi. 1501 yilning bahorida bo’lib o’tgan jangda Bobur engiladi va Samarqand ikkinchi marotaba Shayboniy qo’liga o’tadi.
Shayboniyxon 1505 y. Urganchni. 1507 y. may oyida Xirotni egalladi va qisqa vaqt ichida Sirdaryodan to Markaziy Afgonistongacha bo’lgan katta xudud Shayboniyxon quliga o’tdi.
Shayboniyxonning janub tomon yurishlari Eron shoxi Ismoil 1 tomonidan to’xtatildi. 1510 yil Marvdan 24 km joyda Ismoil 1 ning 1700 ming kishilik qo’shinlari ko’chmanchi o’zbeklar qo’shinini tor-mor keltirdi. Shayboniyxon xalok bo’ldi. Natijada Xuroson va Xorazm Ismoil xukmronligiga o’tdi. Ismoil yordami bilan Bobur yana Samarqandni egalladi lekin Gijdivon yaqinida bo’lgan jangda Bobur qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi va nihoyat Mavarounnaxrga bo’lgan da’valaridan voz kechib, kichik bir otryadi bilan Hindistonga yo’l oladi va 1525 yil Hindistonning Lahor shahrini, 1526 yil Dehli Agra shaharlarini egalladi va hozirgi Bangladesh, Pokiston, Hindistonning shimoli va Afganiston xududida Buyuk Boburiylar saltanatiga asos soldi, bu davlat XIX asrgacha (300 yil) yashadi.
Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Mavaraunnaxrda markaziy hukumat ancha zaiflashdi. 1512 yildan Buxoro hukmdori Ubaydulla Sulton bo’ldi, 1534 yilda u butun markazlashgan o’zbek davlatining Oliy hukmdori etib saylandi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Sheyboniy avlodlaridan bo’lgan Abdullaxon II ning mavq’ei ancha mustaxkamlandi. U o’zbek qabilalari beklarining va musulmon ruxoniylarining yordamida 1557 yilda Buxoro taxtini qo’lga kiritdi. U kuchli Shayboniylar davlatini qayta tiklashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi.
1583 y. Abdullaxon o’zini barcha o’zbeklarning xoni deb e’lon qildi. Bu paytga kelib Abdullaxon deyarli butun Markaziy Osiyo erlarini o’z qo’l ostiga birlashtirishga muvaffaq bo’lgan edi.
1595 y. Xorazm ham Abdullaxon II mulklariga qo’shib olindi.
1598 yilda Abdullaxon II vafot etgach uning o’g’li Abdulmumin uzoq vaqt hokimiyatni saqlab qalolmadi va 1599 yilda hokimiyat boshqa sulola vakillari qo’liga o’tdi.
Abdullaxon II davrida Shayboniyxon davlatining poytaxti sifatida Buxoro mustahkamlandi va siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy markazga aylandi. Shu davrdan boshlab mamlakat Buxoro xonligi deb atala boshlandi.
Shayboniylar davrida hokimiyat tepasida xon turardi. Davlat bir necha viloyatlarga bo’lingan bo’lib, ularga sultonlar boshchilik qilar edi. Poytaxt Samarqand shahri edi va Abdullaxon (1533-1539) davrida Buxoroga ko’chirildi.
Shayboniylar davlati, ayniqsa, Abdullaxon II davrida chet davlatlar bilan siyosiy aloqalarini kengaytiradi.
Shayboniylar davlatida xo’jalikning asosi dehqonchilik bo’lib, dehqonlar asosiy ishlab chiqaruvchi kuch edi.
Er egaligi munosabatlari eskicha qolib, erlarning asosiy qismi davlat erlari bo’lib, uning egasi davlat boshlig’i-xondir.
Zodagonlar egallagan davlat erlarining shakllari har xil, suyurgol, iqta, tanho va boshqalar edi. Suyurgol xukmron sulola a’zolari, yirik davlat arboblari va harbiy qo’mondonlarga berilib ular erni to’lig’i bilan o’zlari boshqarardi va soliqlar yig’ib oladi va bir qismini davlat xazinasiga topshiradi. Iqta erlari xukmron xon avlodlariga, yirik davlat va harbiy arboblarga berilgan.
XVI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda yangi feodal er egaligi tanho, kichik xizmatkorlarda beriladigan erlar paydo bo’ldi.
Feodal er egaligining alohida ko’rinishini vaqf erlar tashkil qilgan.
Shayboniylar davridagi aholining asosiy qismini dehqonlar, yarim ko’chmanchilar va qisman ko’chmanchi chorvadorlar tashkil etardi.
Shayboniylar davlatida dehqonchilikdan tashqari shahar xo’jaligi ham alohida o’rin tutadi. Samarqand Buxoro, Toshkent Markaziy Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markazi bo’lib qolaverdi.
Bu davrga kelib iqtisodiy va madaniy yuksalish natijasida Toshkentning mavqei oshdi. Barakxon madrasasi (Hozirgi mavarounnaxr musulmonlari markazi yoki Xastimom), Ko’koldosh madrasasi qurildi.
XVI asr shaharlarida xunarmandchilik rivojlanib, uning maxsuloti keng ommaning talablarini qondirishga qaratildi. Shayboniylar davlatida kuchli rivojlangan xo’jalik sohasi to’qimachilik bo’ldi.
Samarqandda qog’oz ishlab chiqarila boshlandi. Qog’oz sifati shunchalar yuqori ediki bu haqda Bobur Jaxonda eng yaxshi qog’oz Samarqandda tayyorlangan, deb etadi.
Shayboniylar davrida dehqonchilik, xunarmandchilikning umuman, shaharlar hayotining rivojlanishiga Markaziy Osiyo xonliklarining tashqi va ichki savdo halqaro aloqalarining kengayishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Markaziy Osiyo xonliklarining Hindiston davlati, Turkiya va Rossiya bilan iqtisodiy hamda diplomatik aloqalari rivojlandi.
Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarda XVI asrda hayot yuksak darajada bo’lib, ular siyosiy, iqtisodiy markaz bo’libgina qolmay, balki madaniy turmush o’chog’i ham edi.
Shayboniylar ko’plab yangi binolar qurib, ularni madrasa va machitlar ixtiyoriga topshirdilar. Faqat Abdullaxon II davrida 500 dan ortiq har xil binolar qurilgan.
Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida bu davrda har xil darvishlar uyushmalarini birlashtirgan sufiylik muhim o’rin egalladi. Bular orasida g’oyat katta ta’sirga ega bo’lgani Muhammad Baxuaddin Naqshbandiy insonni mehnatga va halollikka chaqirdi. U: Dil va eru, dast ba kor, ya’ni: Imoningni dilga er tutub, ko’ngilni ishdan ayirma,-deydi.
Bu davrda hirotlik Binoiy fors tilida, Muhammad Solih turk tilida Shayboniyxon to’g’risida tarixiy badiiy asarlar yaratdi.
O’sha davrdagi tarixchilardan Hofiz Tanish Buxoriy fors- tojik tilida Abdullnoma asarini yaratdi. XVI asr boshlarida Bobur tomonidan yaratilgan Boburnoma (1526-1530 y) asari jahonshumul tarixiy ahamiyatga egadir.
XVI asr boshlarida Dashti-Qipchoq o’beklarining Movaraunnahrga kirib kelishi bilan o’zbek xalqi ajdodlariga yana bir qancha qabilalar kelib qo’shildi va O’zbek degan nomga ega bo’ldi.
XVI asrning oxirlaridan, aniqrog’i 1599 yildan boshlab Markaziy Osiyoda yangi sulola Astroxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolaning asoschisi Chingiziylar avlodidan bo’lgan Jonibek Sulton edi. Uning ajdodlari Oltin O’rda inqirozidan keyin Astraxonga hukmronlik qilinshgan.
1599-1605-yillarda Buxoro taxtiga Jonibek Sultonning o’rtancha o’gli Boqimuhammad o’tirdi. 1605-yilda Boqimuhammad vafotidan so’ng taxtga uning ukasi Vali Muhammad o’tirdi. Uning davrida beklarning o’zaro urushlari ko’payib ketdi. 1611 yilda Vali Muhammadning jiyani Imomqulixon (Boqi Muhammadning o’g’li) amakisini taxtdan ag’darib o’zi o’tirdi (1611-1642). Imomqulixon davlatini birmuncha kengaytirishga muvaffaq bo’ldi.
Imomqulixon ko’chmanchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurashlar olib bordi. Uning hukmronlik davri Buxoroda xon hokimiyatining nisbatan kuchayish davri bo’ldi.
1642-1645 yillarda Imomqulixonning ukasi Nodir Muhammad taxtda o’tirdi. Lekin uning siyosatidan norozi feodal zodagonlar fitna uyushtirib uni taxtdan ag’dardilar va o’g’li Abdulazizonni xon qilib ko’tardilar. Uning davrida Xiva bilan uzoq urushlar olib borildi, bu urushlar mamlakat hayotiga qattiq ta’sir ko’rasatdi.
1680-yilda taxtga o’tirgan Abdulazizxonning ukasi Subxonqulixon davrida Xivaliklarning hujumlariga birmuncha barham berildi. Lekin bu davrda ham mamlakatda ichki tartibsizliklar hukm surardi. 1702-yilda Subxonqulixon vafot etib o’rniga Ubaydullaxon taxtga o’tirdi (1702-1711) Ubaydullaxon feodallarning o’zboshimchiligiga chek qo’yishga, markaziy hokimniyatni kuchaytirishga harakat qilgan so’ngi Ashtarxoniylardan edi. Lekin u 1711 yilda uyushtirilgan fitnada o’ltirildi. Taxtga Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxon o’tiradi (1711-1747) Abulfayizxon davrida markaziy hokimniyat o’z ahamiyatini yana yo’qota berdi. Uning davrida mamlakatni boshqarish mang’it urug’lari tomonidan qo’llab-quvvatlangan va feodallar orasida obro’yga ega bo’lgan Muhammad Hakimbiy qo’liga o’ta boshladi.
1740-yilning boshlarida mamlakatga Eron shohi Nodirshoh hujum qilib xonlik Eronlikka katta soliqlar to’lab turushga majbur bo’ldi. Bu davrda Muhammad Hakimbiyning mavqeyi yanada oshdi. 1747 – yilda Abulfayz vafot etdi. Bundan so’ng Abdulmo’minning va Ubaydulla III ning qisqa vaqtlik hukmronligidan so’ng Ashtroxoniylar suloloasi hukmronligi tugadi.
1753-yilda mang’itlardan chiqqan Muhammad Hakimbiyning o’g’li Muhammad Rahim amir unvoni bilan taxtni egalladi va u 1920 yilga qadar hukm surgan mang’itlar sulolosining asoschisi bo’ldi.
Ashtraxoniylar hukmronligi davri siyosiy taraqoqlikning avjiga chiqqan davri bo’ldi. Shayboniylar davriga qaraganda ashtroxoniylar davrida mahalliy beklarning o’zboshimchaliklari ancha kuchaydi.
Mamlakat viloyat va tumanlarga bo’lingan bo’lib hokimniyat tepasida xon turardi. davlatdagi eng martabali lavozim otaliq edi.
Mamlakatda o’zaro urushlar tufayli hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanishi uchun etarli shart-sharoit yo’q edi.
Lekin, shunga qaramasdan, xalq o’z hunarini va imkoniyatlarini saqlab qoldi.
Bu davrda Markaziy Osiyo Rossiya, Hindiston, Eron, Afg’oniston, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo aloqalarini olib bordi.
XVII-XVIII asrda me’morchilik sohasida bir muncha siljishlar ro’y berdi. Samarqandta yirik feodallardan biri Yalantushbiy bo’yrug’i bilan XVIII asrda Sherdor va Tillakori madrasalari qurilgan.
Buxoroda Abdullazizxon madrasisi qurildi. Badiiy adabiyot va tarix ilmi sohasida bir muncha muvaffaqiyatlar ko’zga tashlanadi. XVII asrning boshida ijod qilgan Sayido Nasafiy bu davrning yirik shoirlaridan edi.
Tarixchilardan Mahmud ibn Vali axborotlar asosida Sirlar dengizi asarini, Muhammad ibn Buhoriy Ubaydullonoma asarini yozdi.
Ashtarxoniylar davrida feodallar o’rtasidagi o’zaro urushlar haddan ziyod keskinlashib ketdi. XVIII asrning boshlarida (birinchi choragida) yuqoridagi sisyosiy voqealar, xonavayronlik, o’zaro urushlar Markaziy Osiyo hududida uchta mustaqil xonlikning paydo bo’lishi bilan yakunlanadi.
Muhammad Rahimboy hukmronligi davridan boshlab Buxoro xonligi amirlik deb atala boshlandi. Muhammad Rahimboy savdo va er egaligi bilan aloqalar bo’lgan feodallar manfaatiga mos ravishda markazlashtirish siyosatini amalga oshirdi.
1758 yilda 24 martda Rahimboy vafotidan so’ng Buxoro taxtiga o’tirgan Doniyorbiy davrida yirik er egalarining markaziy hokimniyatga qarshi kurashi yana avj olib ketdi.
1784-yilda Buxoroda qo’zgolon ko’tarilib, qo’zg’olon jarayonida mingga yaqin kishi halok bo’ldi, natijada Donilbiy hokimniyatni shahar aholisi orasida obro’liroq bo’lgan o’z o’g’li Shohmurodga topshirishga majbur bo’ldi.
1785-1800-yillarda hukmdorlik qilgan Shohmurod davrida to’rtta islohot: moliya, sud, ma’muriy va harbiy islohatlar o’tkazildi.
Doniylboy va uning o’g’li Shohmurod hukmdorlik qilgan davrda Buxoro amirligi nisbatan mustahkamlandi. Shohmurodning vorisi Amir Haydar (1800-1826) davrida ichki nizolar va qo’shni mamlakatlar bilan ziddiyatlar yanada kuchaydi.
Amir Haydar vafotidan keyin 1826-yilda Buxoro taxtiga uning uchinchi o’g’li Nasrullo chiqdi. U 1860 yilgacha hukmdorlik qildi. Nasrullo nihoyatda beshafqat bo’lganligi uchun ham xalq orasida Qassob amir deb ataldi.
Amir Nasrullo o’z hukmronligini Buxoro amirligidagi feodal tarqoqlikni to’xtatish uchun kurashdan boshladi.
Shu bilan birga amir Nasrullo qo’shni Qo’qon va Xiva xonliklariga qarshi ham uzluksiz urushlar olib bordi.
XIX asrning boshlarida Zarafshon va Qashqadaryo voholaridan tashqari Surxondaryo viloyati, hozirgi Tojikiston hududidagi Hisor, Xo’jand, Panjikent va Zarafshon daryosining yuqori oqimi, janubiy Turkistonning murg’obogacha bo’lgan barcha erlari ham Buxoro amirligiga kirar edi.
Buxoro amirligi aholisining soni XIX asr boshlarida salkam ikki million kishiga, Buxoro shahrida esa 60 ming kishiga etib bordi.
Samarqandda 50 ming aholi yashar edi.
Qishloq xo’jaligining bosh tarmog’i sug’orma dehqonchilik bo’lib, asosan boshoqli ekinlar ekilardi. Amirlikda aholidon hiroj, zakot kabi asosiy soliqlar olinardi.
XVII asr Buxoro xonligida iqtisodiy va siyosiy tushkunlik kuchaygan davrda Farg’ona vohasi xonlikdan alohida o’lka sifatida ajralib chiqdi. XVIII asrning boshlarida,1771 yilda o’zbeklarning ming urug’idan chiqqan Shohruhbiy Qo’qon xonligiga asos soldi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib Qo’qon xonligiga Toshkent, Turkiston, O’rtatepa, Xo’jand ko’shib olindi.
Qo’qon XIX asrning birnchi yarmida shimolda Rossiya bilan: g’arbda Xiva va Buxoro bilan: janubda Qoratepa, Darboz va Ko’lob bilan sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegarodosh edi.
Qo’qon xonligi aholisining soni XIX asr o’rtalarida 3 million ga yaqin edi.
XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligida ko’pgina shaharlar bo’lib, ular orasida Qo’qon, Toshkent, Andijon, Marg’ilon, Xo’jand, O’sh, Chimkent, Turkiston yirik siyosiy iqtisodiy, madaniy va harbiy markazlar hisoblanardi. Xonlikning poytaxti Qo’qonda 80 mingga yaqin aholi yashardi. 60 mingga yaqin aholi yashaydigan Toshkent o’z ahamiyati jihatidan xonlik poytaxtidan keyin ikkinchi o’rinda turardi.
Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xorazm qadimiy dehqonchilik markazalaridan biri hisoblanadi.
XVI asr boshida Xorazm Muhammad Shayboniyxon davlati tarkibiga kiritildi.
1510 yilda Shayboniyxon vafotidan keyin Xorazm Eron shohi Ismoil Safoviy hukmronligi ostiga tushib qoldi. 1512 yilda bu erda yana Dashti qipchoq vakillaridan bo’lgan Elbarisxon Xorazm taxtni egalladi va Xorazm xonligi paydo bo’ldi.
XVII asrning birinchi yarmida Arab Muhammad hukmdorligi davrida xonlikning poytaxti Urganch shaxridan Xiva shahriga ko’chirildi.
XVIII asrning boshida Rossiya davlati Xiva xonligini o’z ta’siriga bo’ysundirishga urinib ko’rdi. Shu maqsadda Rossiya podshosi Pyotr I 1714-1717 yillarda A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida ekspeditsiya uyushtirdi, lekin u muvaffaqiyatsiz tugadi.
XVIII asr o’rtalarida Xiva xonligida siyosiy parokandalik avjiga chiqdi va XVIII asrning 60 yillarida Xiva xonligida hokimniyatni o’zbek qo’ng’irotlari asta sekin o’z qo’llariga ola boshladilar.
1806-1825-yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Rahim II Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga etkizadi.
///////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////
Buxoro xonligi XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti Qipchoq tomondan ko’chmanchi o’zbeklar davlati hukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Hisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaharlarini zabt etdi. 1506-1509 yillarda Shayboniyxon Xurosondan qaytib kelib, qozoq sultonlariga zarba beradi va Dashti Qipchoq ichkarisiga quvib boradi. Bu yurishlar natijasida Sig’noq, Yassi, Sabron shaharlari qayta qo’lga kiritiladi. Shunday qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi hukmronligi qaror topdi. Muhammad Shayboniyxon «Imom uz-zamon, xalifat ur-rahmon» unvonini olib o’z qo’lida dunyoviy va diniy hokimiyatni birlashtirdi. Movarounnahrda 100 yilgacha davom etgan Shayboniylar davrida ham tinchlik bo’lmadi, qirg’inborot urushlar, o’zaro ichki kurashlar davom etdi. 1512 yildan boshlab Buxoro viloyati noibi bo’lib kelgan Ubaydullo sulton 1533 yilda Shayboniylar davlatining Oliy hukmdori etib ko’tarildi.Ubaydulla sulton Samarkanddagi Ko’chkunchixon avlodlari karshiligi sababli oliy hokimiyatni Buxoroda turib boshqaradi va Buxoroni davlat poytaxti deb e’lon qiladi. Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) davrida Buxoroning mavqei ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchaydi. Ammo tarqoqlik davom etardi, Movarounnahr XVI asr o’rtalarida ham mustaqil hokimliklardan iborat edi. Buxoroda Abdulazizxon, Samarqandda Abdulatifxon hukmdor edilar. Tarqoqlikka barham berish, mamlakatni birlashtirish dolzarb bo’lib turgan bir paytda Abdulla sulton maydonga chiqdi, uni katta mavqega ega bo’lgan juybar shayxlari qo’llab-quvvatladi. Abdullaxon II Buxoro taxtini egallaydi. Abdullaxon II (1557-1561 yillarda amakisi Pirmuhammad, 1561-1583 yillarda otasi Iskandarxon oliy xukmdor deb e’lon kilingan bo’lsada, amalda xukmdor Abdullaxon II edi). 1557 yilda Buxoroni davlat poytaxti, mamlakatning siyosiy-ma’muriy markaziga aylantiradi. Shu boisdan davlatning o’zi ham Buxoro xonligi deb ataladigan bo’ldi. Xorazm XV asr oxiri - XVI asr boshida temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq davlatning bir qismi edi. 1505 yilda Muhammad Shayboniyxon qo’shinlari Xorazmni egalladi va qo’ng’irot urug’idan Kepakbiy Xorazmga hokim etib tayinlanadi. Eron shohi Ismoil bilan jangda Muhammad Shayboniyxon halok bo’lgandan keyin Xorazm Ismoilshoh tomonidan zabt etiladi. Ismoilshoh Xorazmni o’z davlati tasarrufiga kiritgach, Vazir, Urganch va Xiva shaharlarini boshqarish uchun 3 ta dorug’a (hokim) tayinladi. Xorazm XV asr oxiri - XVI asr boshida temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq davlatning bir qismi edi. 1505 yilda Muhammad Shayboniyxon qo’shinlari Xorazmni egalladi va qo’ng’irot urug’idan Kepakbiy Xorazmga hokim etib tayinlanadi. Eron shohi Ismoil bilan jangda Muhammad Shayboniyxon halok bo’lgandan keyin Xorazm Ismoilshoh tomonidan zabt etiladi. Ismoilshoh Xorazmni o’z davlati tasarrufiga kiritgach, Vazir, Urganch va Xiva shaharlarini boshqarish uchun 3 ta dorug’a (hokim) tayinladi. XVIII asr o’rtalarida Eron shohi Nodirshoh, uning o’g’li Nasrullo Xiva xonligini bosib olib, o’z boshqaruvini o’rnatdi, turkman qabilalarini Xorazmdan Xurosonga ko’chirdi. Biroq Xiva xonligida tinchlik bo’lmadi. Eron hukmdorlariga qarshi tez-tez g’alayonlar bo’lar, aholi boshi oqqan tomonga ketardi. Shunday vaziyatda xonlikdagi o’zbek qabilalaridan Qo’ng’irot urug’ining boshlig’i Muhammad Amin inoq 1770 yilda hokimiyatni qo’lga oldi va Xiva xonligida yangi sulola - Qo’ng’irot sulolasiga asos soldi (bu sulola 1920 yilgacha hukm surdi).. Muhammad Amin Inoq turkmanlar qo’zg’olonini bostirdi, Buxoro hukmdorining hujumini daf etdi va Xiva xonligidagi viloyat hokimlarini markaziy hokimiyatga bo’ysundirdi. Xiva xonligi Qo’qon xonligi Buxoro xonligidagi ichki kurashlar, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi sababli, u XVIII asr boshlarida ikkiga bo’linib ketdi. Ashtarxoniylar xukmronligining zaiflashuvi oqibatida Farg’ona vodiysiga uning shimolida tashkil topgan Jungarlar davlati tez-tez bostirib kiradigan, talon-taroj qiladigan bo’lib qoldi. Bunday vaziyat Farg’onadagi ichki kuchlarning birlashuviga, mustaqil davlat tuzishga intilishini kuchaytirdi. Farg’ona vodiysining hududiy yaxlitligi va iqtisodiy imkoniyatlari, uning Buxoro xonligidan ajralib chiqishga qulay omil bo’lib xizmat qildi. 1784 yilda Shayxontohur dahasi sobiq hokimining o’g’li Yunusxo’ja Toshkentni Buxoro tobeligidan chiqarib, mustaqil siyosat yuritardi. Toshkent bekligi o’ziga xos boshqaruv tizimiga ega edi. Yunusxo’janing to’rt maslahatchisi bo’lgan. Toshkent shahar nazorati va soliq yig’ish Boshxo’janing qo’lida bo’lib, savdo-sotiqni qozi va devonbegi nazorat qilishgan. Shariat qonun-qoidalari, narx-navo, o’lchovlar ustidan Rais lavozimidagi amaldor nazorat qilgan. Yunusxo’ja XVIII asr oxirlarida qozoq sultonlari hujumlarini bartaraf etib, Sayram, Chimkent, Turkiston, Qurama, Qorabuloq shaharlarini Toshkentga bo’ysundirgan edi. Toshkent bekligi mavqeining oshib borishi Qo’qon xonlariga yoqmadi. 1799 yilda Qo’qon hukmdori Norbo’tabiy Toshkenta yurish qildi, ammo Chirchiq bo’yidagi jangda mag’lubiyatga uchradi. 1805 yilda Qo’qon hukmdori Olimbek xon unvonini qabul qiladi va shu paytdan e’tiboran Farg’onada tashkil topgan davlat rasman Qo’qon xonligi deb atala boshlandi. Yunusxo’ja vafotidan keyin Qo’qon xoni Olimxon qo’shinlari yurish qilib, 1809 yilda Toshkentni va unga qarashli Chimkent, Sayram va boshqa hududlarni Qo’qon xonligiga bo’ysundiradi. Qo’qon xonligi hududiy jihatdan yirik davlatga aylandi. Shunday qilib, asrlar davomida yagona hududda, yagona iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalq, mamlakat uch qismga bo’linib ketdi. Uchta davlat – Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklari vujudga keldi. XIX asrga kelganda, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etardi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so’l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha cho’zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomir tog’lari, g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan hududni ishg’ol etardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kafirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, hozirgi Turkmaniston hududidagi Murg’ob daryosi vohalaridagi erlar Buxoro amirligiga qarar edi. XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 millionga yaqin aholi yashardi. Aholi amirlikning sersuv vohalarida yashab, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum sahrolari va cho’llari kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida 500 ming, Surxandaryo vohasida 200 ming, Sharqiy Buxoroda 500 mingcha aholi yashardi. Amirlikning yirik shaharlari - Buxoroda 60 ming, Samarqandda 50 mingga yaqin aholi yashardi. Buxoro amirligining Xisor, Dushanbe, Sharqiy Buxorodagi Vaxsh, Kafirnihon va Panj daryolari vodiylarida, asosan tojiklar yashar edi. Amirlikning janubiy va g’arbiy qismida turkmanlar, shimoliy-sharqiy tomonida qozoq va qirg’izlar yashardi. Shuningdek, amirlik hududida afg’onlar, eroniylar, arablar, yahudiylar, hindlar va boshqa etnik guruhlar mavjud edi. XIX asr boshlariga kelganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar tabaqasi shakllandi. Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari 􀂾 Qushbegi, dargoh vaziri, ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda turar edi. 􀂾 Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning bir chetida yashagan. 􀂾 Ko’kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga va amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi ma’lumotlarni to’plab hukmdorga etkazib turgan. 􀂾 Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq tushumlarini ham maxsus daftarga yozib borgan. 􀂾 Mirshab - tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan. 􀂾 Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi mansabdor bo’lgan, bularni kerak bo’lsa xon yoki qushbegiga etkazib turgan. 􀂾 Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini bek va boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan iborat bo’lgan. 􀂾 Miroxo’r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida turgan, xon ovlarini uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan. 􀂾 Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor. 􀂾 To’qsobo - amir tug’i sohibi bo’lgan harbiy mansabdor. 􀂾 Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni o’sha shaxsga etkazuvchi amaldor. 􀂾 Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muassasasining boshliqlari bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig’i shartlarida qayd etib qo’yilgan. Sadrlar vaqf xo’jaligi daromadining ma’lum qismini olardilar. 􀂾 Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig’i. Qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga meros bo’lib ham o’tgan. 􀂾 Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat panoh» deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko’rib chiqishdan iborat bo’lgan. 􀂾 Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo’yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hukm chiqarardi Xiva xonligi. Manbalarda ko’rsatilishicha, XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining hududi 19 ming kvadrat milni tashkil etgan. Xonlik janubda Eron bilan, sharqda Buxoro amirligi, g’arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz, cheksiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini hududiy jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo’ygan edi. Quyi Amudaryo bo’yi Xiva xonligining markaziy qismini tashkil etardi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Qiyot, Ko’na Urganch, Xazorasp, Qo’ng’irot, Xo’jayli, Kurdar (Xozirgi Chimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari edi. O’rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bo’lgan Xiva shahri xonlikning poytaxti hisoblanardi. Shahar ikki qismdan Ichan qal’a (shaharning ichki qismi) va Dishon qal’a (shaharning tashqi qismi)dan iborat edi. Ichan qal’ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 ta madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan bo’lib, ular asosan X1X asrda barpo etilgan. 1842 yilda Dishon qal’a qurilib, devor bilan o’rab olinadi. Dishon qal’ada hunarmandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar ham istiqomat qilganlar. Xonlikning shimoliy qismida qozoqlar yashardi. Shuningdek, xonlikda qisman forslar, arablar va boshqalar ham yashagan. Muhammad Rahim I (1806-1825 yillar) davrida xonlikdagi o’zaro urushlar biroz tinchidi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga etdi. Qoraqalpoqlar hamda turkmanlarning chavdor qabilalari ham bo’ysundirildi. Mamlakatda o’tkazilgan soliq islohoti, bojxona joriy etilishi, oltin pul zarb etilishi xo’jalik ishlariga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. O’z vaqtida yig’ib olingan soliqlar xonlik daromadini oshirdi. Qo’qon xonligi. XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligi hududiy jihatdan O’rta Osiyodagi yirik davlat edi. Qo’qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g’arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh edi. Xonlik hududi shimolda uchchala qozoq juzlarini batamom o’ziga bo’ysundirib olgan Rossiya bilan chegaralanardi. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non singari tog’li hududlarni o’z ichiga olar, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo’lar, ular qo’ldanqo’lga o’tardi. Qo’qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o’laroq sersuv daryolari, so’lim vodiylari, serhosil erlari ko’p edi. Xonlikning markazi Qo’qon, Marg’ilon, O’zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farg’ona vodiysi edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyoota, Pishpak, So’zak, Oq-machit kabi yirik shaharlar ham Qo’qon xonligi tasarrufida edi. Qo’qon xonligida aholi nisbatan zich joylashgan bo’lib, taxminan 3 millioncha kishi yashardi. Xonlikning poytaxti Qo’qonda 80 000, Toshkent shahrida 60000 aholi yashagan Qo’qon xonligi 15 beklik, harbiy okrugga bo’lingan bo’lib, ularning yarmidan ko’piga xonning o’g’illari yoki qarindoshlari hokimlik qilardi. Hokimlar o’z xududidagi harbiy kuchlar qo’mondoni hamda fuqarolik boshqaruvining boshlig’i edi. Hokimlar xonning birinchi da’vatidanoq o’z qo’shinlari bilan belgilangan joyga etib kelishi shart edi. Shu tariqa, xon ancha qo’shin to’plash imkoniyatiga ega edi. Qo’qon xoni zaruriyat bo’lganda, oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bo’lgan 60 mingtacha sipohni yig’a olardi. Chor Rossiyasi butun Sibirni bosib olib, qozoq va qirg’izlar yashovchi hududlar kichik juz, o’rta juz va katta juzni o’ziga bo’ysundirib, endi O’rta Osiyoga siljib kelmoqda edi. Rossiya bilan Qo’qon xonligi bevosita chegaradosh bo’lib qolgan edi. Rus hukumatining Qo’qon xonligiga tazyiqi xonlikning qozoq va qirg’izlarga nisbatan ta’sir doirasini qirqish siyosati va amaliyotida yaqqol ko’rinmoqda edi. Bu yovuz niyatni barcha o’zbek xonlari tushunardi, ammo ojizligi tufayli tajovuzni bartaraf etish bo’yicha taqozo etgan darajada tadbir topolmadilar. Vaziyat uchchala xonlikning birlashib dushmanni daf etish yo’lidan borishini talab qilardi. Amalda esa buning aksi bo’ldi, ular birlashish o’rniga o’zaro kurashni avj oldirdilar. Xususan, Qo’qon xonligida notinchlik, xokimiyat uchun ichki kurash avj olib ketdi. Qo’qon xoni Muhammad Alixon (1822-1841) taxtga o’tirgandan boshlab 1834 yilgacha Qorategin, Kulob, Darvoz viloyatiga to’xtovsiz yurishlar qilib, ularni Qo’qon xonligiga bo’ysundirdi. 1826-1831 yillar davomida esa bir necha marta Qoshg’arga bostirib bordi, xitoyliklar bilan urush qildi, ming minglab kishilarning qirilib ketishga sababchi bo’ldi. XVII-XIX asr jahon tarixiga moddiy va madaniy yuksalish davri bo’lib kirganligi ma’lum. Xususan, Evropadagi bir qator mamlakatlarda ishlab chiqarish sezilarli darajada o’sdi, zavod-fabrikalar qurilib yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi, temir yo’llar qurildi, qit’alararo dengiz yo’llari ochildi, mehnat unumdorligi oshdi, odamlarning moddiy va madaniy turmush darajasi ko’tarildi. O’rta Osiyo xonliklari ana shunday ijobiy jarayondan chetda qoldi, qoloqlikka yuz tutdi.
////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////
XV asr oxiri -XVI asr boshida Xuroson va Movarounnahrning bir necha mustaqil mulklarga bo’linib ketishi, ayrim viloyatlar hokimlari o’rtasida uzluksiz davom etgan o’zaro nizolar avj olishi oqibatida Temuriylar saltanatining iqtisodiy va siyosiy inqirozi tezlashmoqda edi. Masalan, Farg’ona, Xisor, Samarqand, Buxoro singari mulklari markaziy hokimiyat bilan bog’lanmagan mustaqil siyosiy boshqaruviga ega bo’lgan. Xorazmni So’fiylar sulolasining vakili mustaqil boshqargan. Buning ustiga yana ularning ko’plari imperiya markazi Samarqandga bo’lgan da’vogarlik maqsadini amalga oshirish uchun goh mo’g’ullardan, goh ko’chmanchi o’zbeklardan harbiy yordam so’rash yo’liga ham o’tganlar. Natijada, mamlakatda tijorat ishlari va karvon savdosi deyarlik to’xtadi, dehqonchilik va hunarmandchilik izdan chiqdi, xalqning moddiy ahvoli og’irlashdi.
XV asr oxirlariga kelib, Movarounnahrda temuriylarning bir-biridan o’zaro mustaqil bo’lgan uchta hokimiyati vujudga keldi:
1.Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo hukumronligi (1469-1493);
2.Toshkentda Sultoy Mahmud Mirzo hukmronligi (1469-1498);
3.Andijonda Umarshayx Mirzo hukmronligi (1469-1494).
Bu uchala davlatning o’zaro urushlari Movarounnahr aholining temuriylardan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriyzodalarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat beradi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta’lim olgan Abulxayrxonning nevarasi Muhammad Shohbat Dashti Qipchoqda dasht urug’larini birlashtirib, o’z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.
Shayboniyxon 1487-1488 yillarda O’tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig’noq shaharlarini bosib olgan, 1499 yilda Movarounnahrga jiddiy harakat boshladi. U o’zining harbiy, qarashlarida piri Shayx Mansurning “o’rtasidan emas, chetlaridan boshlamoq zarur” degan so’zlariga amal qilib, Movarounnahrni istilo etishni Samarqanddan boshladi. Lekin, u Buxoro hokimi Amir Muhammad Boqi Tarxonning Samarqandga yordamga kelayotganligini eshitib, Samarqand qamalini to’xtatadi va Buxoro tomon o’z qo’shinlarini safarbar etib, Dobusiya qal’asi yonida Boqi Tarxonning harbiy qismlarini tor-mor keltiradi.
Bundan tahlikaga tushgan Buxoroning yirik yer egalariga va ruhoniylari xalqni mudofaaga undash o’rniga, sharning jangsiz taslim bo’lish yo’lini tutdilar. Ayni paytda Samarqandda ham ikkilanishlar boshlanib, yirik ruhoniy Xo’ja Ahrorning o’g’li Muhammad Yaxyo boshliq bir guruh amaldorlar Andijon hokimi Temuriy shahzoda Boburdan va Toshkent hokimi Sulton Mahmuddan yordam so’radilar. Bu yashirin harakatdan xabardor bo’lgan Sulton Ali ham Shayboniyxon bilan aloqa o’rnatishga kirishdi. Natijada, 1500 yili Samarqand Shayboniyxonga jangsiz topshirildi. Samarqand 4 oy mobaynida Shayniyxon qo’shinlari tamonidan talin-taroj qilinadi, istilocholar foydasiga katta miqdordagi boj olindi, aholi kutgan tinchlik va yengilliklar ham bo’lmadi. Shahar aholisi keng qatlamlarining va feodal – zodagonlarning noroziligidan, Shayboniyxonning boshqa joyda istilochilik harakati bilan band bo’lganligidan foydalangan Zahiriddin Bobur 1500 yil kam sonli askarlari bilan Samarqandni ikkinchi marta qo’lga kiritdi. U tezlikda shahardagi Shayboniyxonning 600 kishilik qo’shinini va tarafdorlarini yo’q qildi, 1501 yil aprel oyida Zarafshon atrofidagi Kuxakda olib borilgan shoshilinch jangda hal qiluvchi mag’lubiyatga uchradi. Bobur Samarqandga yashirinishga majbur bo’ldi va uni bir nech oy qamal qilib turishda oddiy aholi, ayniqsa hunarmandlar mudofaa ishida faol qatnashdilar, Shayboniyxonning hujumini bir necha bor qaytardilar. Lekin, shaharda qurol yetishmasligi va dahshatli ocharchilik boshlanishi hamda atrofdan hech qanday yordam olish mumkin bo’lmaganli sababli shaharni Shayboniyxon ikkinchi bor qo’lga kiritdi. Bu voqea Shayboniyxonning navbatdagi istilochilik harakatini amalga oshirishga shart-sharoit yaratdi. Dashti qipchoqliklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Xisor (1504), Urganch (1505), Balx (1506); Hirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg’oniston hududlarigacha cho’zilgan yerlarda markazlashgan Shayboniylar Davlatiga asos soldilar.
Shayboniyxon tasarrufiga o’tgan barcha hududlarni uning qarindoshlari, o’zbek qabilalarining zodagonlari va harbiy qo’mondonlari o’rtasida taqsimladi. Ukasi Mahmud Sultonni Buxoroning, amakilari Kuchkunji Sulton va Suyun Xojalarni Toshkent bilan Sirdaryo bo’yidagi shaharlar hokimlari etib tayinladi. Samarqandni mamlakatning poytaxtiga aylantirildi. Bu bilan Temuriylar davri feodal tarqoqligiga, shahzodalar va amirlar o’rtasidagi o’zaro ur-yiqitlarga chek qo’yildi, mamlakat yaxlitligi ta’minlandi. Shayboniyxonni bu muvaffaqiyatlar ham qanoatlantira olmadi. 1508-1509 yillarda qozoqlar yurtiga hujum uyushtirda, Volga daryosi orqali Rossiyaga, g’arbiy va janubiy-g’arbiy Eronga va Hindistonga eltuvchi yo’llarni ham qo’lga kiritishni rejalashtirdi. Shayboniyxonni janub tomon yurishini Eron shohi Ismoil I to’xtatib, 1510 yil dekabrida Marv shahri yaqinida bo’lgan jangda ko’chmanchi o’zbeklar qo’shinini tor-mor keltirdi. Shayboniyxon halok bo’ldi. Mag’lubiyat natijasida ilgari Shayboniyxon davlati tasarrufida bo’lgan Xorazm va Xuroson (Balxdan tashqari) safoviylar hokimiyati ostiga o’tdi. Shayboniyxon tarixiy kitoblar yozgan, turk va fors tillarini mukammal bilgan. Ruhoniylar o’rtasida yuksak martabali kishi hisoblangan. U kishi hamma vaqt safarlarida kichgina go’zal kitobxonani o’zi bilan birga olib yurgan. Ulamolarni xizmatga olib munosib vazifalar topshirgan. Buxoro, Samarqand, Toshkent shaharlarida masjidlar va madrasalar qurdirgan.
Shayboniyxon tarqoq mulklarni qisqa vaqt ichida birlashtirib, siyosiy hokimiyatni markazlashtirishga erishdi. U o’zaro ichki urushlar kamayishiga, ochiq talon-tarojlarni, sug’orish ishlari buzilishini bartaraf etishga ma’lum darajada harakat qildi. Natijada, iqtisodiy yuksalishga erishildi. Shayboniyxon qo’lga kiritilgan yerlarni o’z qarindoshlariga, xizmat ko’rsatgan sultonlar va beklarga taqsimlab berdi. Ularning har biri udel boshqaruvini joriy qilib, mustaqil siyosat yuritishga harakat qilar edi. Natijada, boshqaruvning udel tizimi yaxlit davlatni mustaqil bekliklarga bo’linib ketishiga sabab bo’ldi. Lekin, bunday separistik harakatlarga chek qo’yish maqsadida ayrim sultonlar va amirlarni bir udeldan ikkinchisiga o’tkazish tartibini ham joriy etdi. Bunday markazdan qochish harakatining oldini olishga qaratilgan tadbirlar ayrim hollarda istalgan natijani berish o’rniga hukmdorning udel boshliqlari bilan bo’lgan kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shayboniyxonning pul islohotini o’tkazishi ham markaziy hokimiyatining siyosiy va iqtisodiy mavqeini kuchaytirishga va mahalliy hokimlar rolining zaiflashtitishga qaratilgan siyosat edi. Uning ichki siyosati, ayniqsa islohotlarni bu sohada muayyan yutuqlarga olib keldi. Shayboniyxon vafotidan keyin uning vorislari o’rtasida taxt uchun bo’lgan kurash natijasida markaziy hokimiyat zaiflashdi va markazlashgan davlat parchalanishi boshlandi. Hirot shahri bilan Janubiy Xuroson Ismoil Safaviy qo’shinlari tomonidan ishg’ol qilindi. Xorazmda ham Eron shohi Ismoil Safaviy hukmronligi o’rnatildi. Lekin, unga qarshi uyushtirilgan fitna natijasida 1511 yilda hokimiyatga Berka sultonning o’g’li Eldare keldi va u Xorazm xoni deb e’lon qilindi. Toshkent udeli ham amalda mustaqil bo’lgan. Unga o’sha davrda Farg’ona, XVI asrning ayrim yillarida Sirdaryo bo’yidagi shaharlar ham kirgan. Shayboniyxonlar qo’lida faqat Movarounnahr saqlanib qoldi. Faqatgina Shayboniyxonning ukasi, Buxoro udelining hokimi Mahmud Sultonning o’g’li Ubaydullaxon (1533-1539) ta’sirli hukmdor bo’ldi. U Xurosonga bir necha bor harbiy yurish uyushtirildi, davlat chegarasini Shayboniyxon davridagi holatga keltirishga harakat qildi, udel hokimlarini ma’lum darajada bo’ysungan holda saqlashga muffaq bo’ldi. Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi ta’sirini kuchaytirib, Shayboniyxonlar davlatining poytaxtiga aylantirildi.
Lekin, Ubaydullaxondan keyin boshlangan siyosiy tarqoqlikning va udellar o’rtasidagi o’zaro kurashlarning oldini olishga faqat Abdullaxon (1557-1598) erishdi. U aslida Karmana viloyatining hokimi Iskandarning o’g’li bo’lib, Buxoro yaqinidagi Jaydar qishlog’ining ta’sirchan shayxlari himoyasida hokimiyatga keldi. Abdullaxon olib borgan tinimsiz urushlar natijasida 1573 yilda Farg’ona, 1584 yilda Samarqand, 1582 yilda Toshkent, Shoxruxiya, Sayram, 1583 yilda Balx shaharlari egallandi. Shu davrga kelib u deyarli butun Markaziy Osiyo yerlarini o’z tasarrufiga o’tkazdi. Navbatdagi harbiy yurishlar natijasida 1584 yilda Badaxshon, 1588 yilda Hirot va 1595 yilda Xorazm ham Abdullaxon II ixtiyoriga o’tkazildi.
Abdullaxonning o’ta qattiq qo’llik va uzoq olib borgan harbiy yurishlari natijasida feodal tarqoqlik hollariga chek qo’yilgan, katta hududda Shayboniylar davlatini qayta tiklashga erishilgan bo’lsa ham qator viloyatlar vayron etildi, tinch aholi qirg’in qilindi va ortiqcha azobu-uqubatlarga duchor bo’ldi. O’sha davrdagi dahshatli voqealar tarixini Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullaxon hukmronligiga bag’ishlangan asari “Sharafnomaiy shoxiy” (“Abdullanoma”) da o’z aksini topgan. Unda qayd etilishicha, hattoki Abdullaxon II o’z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida hukmron sulolaning barcha a’zolarini qidirib tashlagan. Natijada, 1598 yilda Abdullaxonning o’zi, 1599 yilda o’g’li Abdulmo’min o’ldirilgandan keyin Shayboniylardan taxtni egallaydigan biron bir vakil qolmagan va shayboniylar sulolasi sifatida barham topgan. Shayboniylarning qariyb 100 yillik hukmronligi davrida davlat tuzilishi o’ziga xos xususiyatga ega. Hokimiyat tepasida xon turgan. Davlat viloyatlarga bo’linib, ularga sultonlar boshchilik qilganlar.
Ubaydullaxon davrida (1533-1539) poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko’chirildi. Saroydagi devonlarga davlat mahkamasi va moliya ishlari boshlig’i devonbegi boshchilik qilgan. Xonlikdagi oily martabali lavozimlar quyidagilar bo’lgan: ko’kaldosh (bir ona sutini emgan ma’nosida) muassasalarni boshqargan va xon to’g’risidagi turli ijobiy va salbiy ma’lumotlarni yig’ish bilan shugullangan; mushrif – xonning kishilarga beriladigan inomlarni ro’yxatini va soliq yig’ish ishlarini olib borgan; qo’shbegi – xon va sultonlarning ov qilish anjomlari nazorati bilan shug’ullanuvchi shaxs; munshi (mirza) – xonning farmonlarini yozgan. Bundan tashqari xon saroyida mirshab, dodxox (aholi shokoyatlarini tinglovchi), miroxo’r (otxona boshligi), parvonachi (yorliqlar topshiruvchi) kabi lavozimlar ham bo’lgan. Xonlikda ruhoniylar: payg’ambar (Muhammad) avlodi hisoblangan sayidlar va payg’ambar xalifalari (Àbubakr, Umar, Usmon va Àli) avlodi xo’jalarning, ayniqsa juybor xo’jalari ta’siri juda katta bo’lgan. Xo’ja Islom Juybari va uning o’g’li Xo’ja Said xonlikning doimiy maslahatchilari edi. Hukmdorlarning siyosiy mavqeini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun ularga katta yerlar in’om qilingan, xo’jalik ishlarini bajarishda dehqonlar va hunarmandlar safarbar etilgan, yangi binolar qurib berilgan, hattoki urushlarda qo’lga kiritilgan boyliklarning ham bir qismi berilgan. Shayboniylar Temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni deyarli o’zgartirmadi. Agrar munosabatlar ham eskicha qoldirilib, asosiy “mamlakat – i – podshohi” yoki “mamlakat – i – sultoni” deb nomlangan davlat yerlarning egasi xon bo’lgan. Bulardan foydalangan feodallar yerlarning ishlash uchun dehqonlarga berganlar. Davlat yerlari foydalanish mazmuniga ko’ra suyurg’ol, iqta, tanho kabi shakllarga bo’lingan. Suyurg’ol hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat arboblariga va xizmat ko’rsatilgan harbiy qo’mondonlarga, keyinroq esa taniqli ruhoniylar, shoirlar va olimlarga ham berilgan. Iqtadan shayboniylar avlodlari, yirik davlat va harbiy arboblar foydalanganlar. Tanho XVI asrlardan yuzaga kelgan yangi yer egaligi munosabati bo’lib, u asosan kichik xizmatlarga berilgan. Vaqf o’sha davr yer egaligi munosabatlarining alohida ko’rinishi bo’lgan. Vaqf yerlari xon tomonidan musulmon ruhoniylariga berilib, ulardan tushadigan daromad asosan qozi-kalonlarga, mutavalilarga (vasiylarga) berilardi, madrasa va maktab ishlariga xarajat qilinardi. Yerning turli yo’llari bilan tarqatib berilishi davlat xazinasidagi daromadni kamaytirgan, xon hokimiyatni bo’shashtirgan va mamlakatda separatistik harakat yuzaga kelishiga sabab bo’lgan.
Temur va temuriylar davrida yuzaga kelgan murakkab soliq, to’lov va majburiyatlar Shayboniylar davrida ham saqlanib qoldi. Dehqonlar ham davlatga, ham feodallarga soliq to’laganlar. Bu soliq “Malvat jihat” deb nomlangan. Yana dorug’asoliq yig’uvchilar va viloyat hokimlari foydasiga, zakot – mol boshiga, zobitona – hukmdor foydasiga, tanobona – yer solig’i, madadi lashkar – harbiy soliq kabilar bo’lgan. Ekin ekiladigan yerlardan olinadigan hosilning 30-40% ini har-xil soliqlar va to’lovlar tashkil qilgan. Mamlakat aholisidan olinadigan soliqlar va to’lovlar soni 90 dan ortiq bo’lgan. Bundan tashqari kanal qazish, ariq tozalash, yo’l tuzatish kabi majburiyatlar soni ham yildan yilga ko’payib borgan. Majbur etishning mazkur iqtisodiy va boshqa xil yo’llari ko’pincha dehqonlar, hunarmandlar va shahar kambag’allarining noroziligiga, qarshilik ko’rsatish hollariga sabab bolardi. Bular ekin ekishdan bosh torish, qochib ketish, qashshoqlarning ochlik e’lon qilishi, ba’zan qo’zg’olonlar uyushtirish yoki feodal hokimlarni almashtirishga intilish kabi shakllarda namoyon bo’lardi. Fikrimizning isboto sifatida 1501 yili Qorako’lda qo’zg’olonchilar Shayboniy hukmdorga qarshi chiqib shaharni qo’lga olishini, Samarqand viloyatida xon farmonining e’lon qilinishi, XVI asr boshida Kosonda bo’lgan qo’zgolonni bostirish uchun shayboniy sultonlar 3 oydan ko’proq vaqt sarflashgan, 1587 Toshkentda, 1588 yili Xo’jand va Shoxruxiya shaharlaridagi ommaviy harakatlarni bostirish uchun Àbdullaxon II ning aralashuvini ko’rsatish kifoya. XVI asrda hunarmandchilik bir muncha rivojlandi. Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida temir va va cho’yandan turli xil asbob – uskunalar va buyumlar: qurol – yaroq, mis va jez idishlarni yasash, to’qimachilik, qog’oz, sovun va o’ymakorlik buyumlari ishlab chiqarish sezilarli darajada taraqqiy etdi. To’qimachilik kengayishi, bo’yoqchilik rivojlanishiga asos soldi. Bobur “eng zo’r qog’oz Samarqandda tayorlangan”, deb yozadi. Qog’oz ipakdan, bilan kanop aralashmasidan ham paxtadan tayorlangan. “Qog’ozi ipak” eng oliy navli qog’oz hisoblangan. Ularni tayorlash siri hozirgacha bizga noma’lumligicha qolmoqda. Shayboniylar davrida tashqi va ichki savdo, xalqaro aloqalar kengayishini sezish mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra bizning shahrimizdagi savdogarlar Hindistonga, Eron, Qashqar va Nug’ay xonliklariga borib turli xildagi mol olib kelganlar.
Shayboniy Abdullaxon II va uning o’g’li Abdulmo’min o’ldirilganidan keyin Buxoro xonligi taxtini egallagan Pirmuhammadxon (Balx hokimi) ham, 1601 yili yirik amirlar va mahalliy kuchlarga bas kelolmasdan halok bo’ldi. Aniqrog’i, Samarqand hokimi Boqi Muhammadni Markaziy hokimiyat ixtiyoriga tutish niyatida 50 ming qo’shin bilan unga qarshi chiqqan Pirmuhammadxon Bog’ishamol atrofida mag’lubiyatga uchraydi. Buxoro xonligi taxti Boqi Muhammad qo’liga o’tdi. Shu tariqa Shaybonylar hukmronligi tugab, Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi boshqaruviga asos solindi. Ashtarxoniylar kimlar? Ma’lumki, Оltin O’rda Davlati zaiflashishi jarayonida XV asrning 30-yillarida Volga bo’yi yerlarida Astraxon xonligi yuzaga kelgandi. “Astraxon” Ashtarxonning ruslashganidir. Ashtarxon esa aslida Xolim Tarxondir. Tarxon Turkiy xalqlar hayotida mavjud siyosiy unvonlardan hisoblanib, mashhur Xazar xonligi (7 – 11 asrlar) davrlaridanoq ma’lum. 1552 yili Rossiya Qozonni bosib olgach, 1554 yili Ashtarxon (Xoji Tarxon) xonligiga nisbatan bosqinchilik qiladi va uni boshqargan mang’it sulolasi yengiladi. Uning o’rniga shu suloladan Darvishali o’tqaziladi. Lekin, Darvishali ham ruslarga bo’ysinishidan bosh tortgach, 1556 yili xonlik katta kuch bilan Rossiya imperiyasi tasarrufiga o’tkaziladi. Ana shu ruslar bosqini natijasida Ashtarxon xonlaridan Yormuhammadxon o’g’illari Joni Muhammad Sulton, Abbos Sulton, Tursun Muhammad Sulton, Pir Muhammad Sultonlar bilan Movarounnahrga kelgan. Bu yerda Yormuhammadxon Abdullaxon II ning otasi Iskandarxon tomonidan yaxshi kutib olinib, hattoki qizi Zuhrabonuni Joni Muhammad Sultonga beradi. Ulardan Din Muhammad, Boqi Muhammad va Vali Muhammadlar tug’ilib, qarindoshlik aloqalari yuzaga keladi. Qarindoshlik hisobiga Boqi Muhammad Shayboniylar tomonidan Samarqand hokimligini qo’lga kiritadi. Оxir oqibatda Boqi Muhammad davlatni boshqarish ishini shayboniy Pirmuhammadxondan tortib oladi va Ashtarxoniylar sulolasining bir yarim asrlik 1601-1753 faoliyati boshlanadi. Yangi sulola o’zbek davlatchiligi boshqaruviga biron – bir keskin o’zgarish kiritmagan bo’lsada, mamlakat yaxlitligini saqlashga qaratilgan siyosat olib bordi. Bu borada Boqi Muhammadxon (1601-1605) Marv, Xorazm, Balx kabi yerlardagi siyosiy kuchlar boshboshdoqlikni oldini olish harakatini qilib ko’rdi. U 1602 yili Balx harbiy yurishini uyushtirib, uni o’z tasarrufiga o’tkazadi va ukasi Vali Muhammadga tortiq qiladi. Boqi Muhammad vaqtni qo’ldan bermay Àndxiya, Shibirg’on, Chechakti, Maymana, Murg’ob daryosigacha bo’lgan hamda Bolg’on, Badaxshon va Xisorni Movarounnahr tarkibiga kiritadi.
Imomqulixon (1611-1642) davlatni birmuncha kengaytirishga muvaffaq bo’ldi. U Toshkentni qozoqlardan tortib oldi va unga o’g’li Iskandar sultonni hokim etib tayinladi. Bu harbiy harakatda unga ukasi Balx hokimi Nazar Muhammad Sulton ham qatnashgan. Imomqulixon qabila boshliqlarining hukumronligini bir muncha zaiflashtirishga erishdi. Eron va Hindiston (Boburiylar) bilan ko’proq elchilik aloqalari olib borilgan. Uning davrida mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikni manbalardan olingan quyidagi so’zlardan bilishimiz mumkin: “Imomqulixon nochorlar ishini yengillashtirdi, arz bilan kelganlarni qaytarmadi, uning zamonasida na kambag’al, na bechora qolmagandi. Chiqargan buyruqlari ijrosi borasida amaldorlarga qattiq turdi, qorong’i tushishi bilan oddiy kiyim kiyib vaziri va qo’rchi bilan bozoru mahallalarni aylanib, oddiy xalqning haqiqiy turmush ahvolidan boxabar bo’lib turardi, buni xalq bilardi. Shuning uchun ham uning hukmronligi yillarida mamlakatda biron marta ham isyon tig’i ko’tarilmadi”. Lekin, baribir ayrim qabilalarning amirlari markaziy hokimiyatni tan olmasdi. Masalan, Samarqand hokimi Yalantushbiy qudratli feodal bo’lib, o’zining ixtiyoridagi kattagina qo’shin bilan qo’shni viloyatlarga yurishlar qilgan, mustaqil shartnomalar tuzgan. Uning mustaqil farmoyishiga ko’ra Samarqandda ikki mashhur madrasa -Sherdor va Tillaqori madrasalari qurilgan.
Ko’zi ojizlanganligi sababli Imomqulixon Buxoro taxtini Balxda o’ttiz yildan beri hukmronlik qilayotgan ukasi Nazr Muhammadxonlar (1642-1645) beradi. U davlat ishlarida hak qiluvchi rol o’ynaydi. Kishilar bilan til topisha olmaganligi va ko’chmanchilar bosqinining oldini olinmaganligi sababli aholining yalpi noroziligi kelib chiqadi. Nazr Muhammadga qarshi kayfiyatdagi amirlar fitnasi natijasida xonlik taxtiga o’g’li Abdulaziz o’tkazildi (1645-1680).
Abdulazizxon davrida kuchli Markaziy hokimiyatning yo’qligidan va davlat parokandaligidan foydalanib Xiva xoni lashkarlari Buxoro xonligi shaharlari va vohalariga bostirib kira boshladi. Ular 1662 yilda Buxorogacha yetib kelishga ulgurdi. Keksayib qolgan Abdulaziz Xiva qo’shinlariga va feodallar xurujlariga zarba berishga ojizlik qilib, taxtdan ukasi Subxonqulixon foydasiga (1680-1702) voz kechishga majbur bo’ldi. U qatag’on qabilasidan bo’lgan otaliq Mahmudbiy yordamida tez-tez hujum uyushtirayotgan Xivaliklarni quvib yuborishga erishdi. Buning evaziga Mahmudbiy Balx va Badaxshon hokimi etib tayinlandi. U deyarli mustaqil ish tutdi va tezda Subxonqulixon bilan hisoblashmay qo’ydi. Subxonqulixon mahalliy qarshiliklarni sindira olmadi. Tinimsiz olib borilgan urushlar mehnatkash xalq boshiga katta yuk bo’lib tushdi. Aholidan olinadigan soliqlar va poraxo’rlik nihoyatda avj olib ketdi. Xazina bo’shlab qolganida uni alohida qo’shimcha soliq olish yo’li bilan to’ldirishga harakat qilindi. Ma’lumotlarga ko’ra, Subxonqulixon alohida yetti yillik soliqni oldindan to’lashni talab qilgan. Boshboshdoqlik va mamlakat xo’jaligi butunlay izdan chiqqan sharoitda Subxonqulixonning o’g’li Ubaydullaxon taxtga chiqdi (1702-1711). U feodallarning o’zboshimchaligiga chek qo’yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan bo’lsa ham mamlakatdagi eng asosiy viloyatlar va shaharlarda sulola namoyandalari emas, tobora qudratga to’lib kelayotgan amirlar hukmronlik qilardi. Masalan: Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, O’ratepa, Hisor, Balx va boshqalarda. 1711 yili Ubaydullaxon ham suiqasd qurboni bo’ldi. Bu to’g’rida Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma” asarida to’liq ma’lumotlar saqlangan.
Mamlakatda mahalliy kuchlar hamda yirik amirlar boshboshdoqligi so’nggi Ashtarxoniy hukmdori Abdulfayzxon (1711-1747) zamonida ham davom etdi. Bundan foydalangan Afg’oniylar sardori Nodirshoh 1770 yili Ashtarxoniylarga hal qiluvchi zarbani berdi. Garchi Nodirshoh Abdulfayzxonni o’z o’rnida qoldirgan bo’lsa ham amalda hokimiyat boshqa bir mahalliy sulola – mang’itlari namoyandalari Muhammad Xakimbiy va uning o’g’li Muhammad Rahimbiy qo’liga o’tadi. Muhammad Rahimbiy buyrug’i bilan 1747 yili Abdulfayzxon qatl etilib, uning o’rniga o’g’li Abdulmo’min xon deb e’lon qilindi. Ammo, amaldagi hokimiyat Muhammad Rahimbiy ixtiyorida qolaverdi. Bir yildan keyin Muhammad Rahimbiy bu qo’g’irchoq xonni ham o’ldirtirib, o’rniga marhumning ukasi Ubaydulla sultonni o’tkazib tez orada uni ham yo’q qiladi. Shu tariqa Ashtarxoniylar sulolasi faoliyati barham topadi. Ashtarxoniylar ham Shayboniylar davridagidek mamlakatni viloyatlar va tumanlarga bo’linib boshqargan. Ularga asosan xon xonadonining vakillari va o’zbek zodagonlari boshchilik qilgan. Bu davrda markazdagi va joylardagi hokimiyat bir idora – dargohda mujassamlashib borgan. Xonlar cheksiz hokimiyatga ega bo’lsa ham viloyat hokimlari va qabilalarning obro’li oqsoqollarining o’z tevaraklariga birlashtira olganlaridagina muvaffaqiyatli siyosat yurgiza olganlar. Lekin, viloyatlardagi ayrim hokimlar qudratining oshib borishini, hattoki bo’ysinmay qo’yishni Ashtarxoniylar hukmronligining so’nggi davrlarda sezish qiyin emas. Yalangtushbiy Samarqand hokimi, otaliq Muhammad Rahimbiy (mang’itlar hokimi) va boshqa ayrim amirlar o’zlari boshliq qabilalarning harbiy kuchlariga tayanib, mustaqil siyosat olib borgan va xonlarning butun faoliyatini nazorat qilib turgan.
Ulamolar orasida shayxulislom, ilohiyot fani bilan shug’ullanuvchi olimlar, qonunshunoslar, madrasa muddarislari alohida o’rin egallanganlar. Sadrlarning asosiy vazifasi in’om etilgan mulklar-vaqflarni boshqarar edi. Vaqf muassasalarining boshliqlari – mutavalilar ularga bo’ysinganlar. Ularning vazifalari va huquqlari vaqf yorlig’i shartlarida bayin qilinardi. Ular vaqf xo’jaligi daromadining ma’lum qismini olishardi. Sudlov ishlarini, qonunlarga rioya qilinishini shayxulislom ta’minlangan. Bu lavozim avloddan-avlodga o’tgan. Buxoro xonligi poytaxtining qozisi davlatning bosh ruhoniysi, oliy sudi (qozi kalon, qoziyi kuzzot) hisoblanardi. Har bir viloyatda bir nafardan qozi bo’lgan. Ularni amirning o’zi tayinlanardi. Qozi din masalalari bo’yicha ham, oila, meros va qisman jinoyat ishlariga oid masalalar bo’yicha ham qarorlar qabul qilgan. Bu qarorlar Qur’on oyatlariga, shariatga asoslangan. Sudlov ishlarida muftiyning roli katta bo’lgan. U fiqh (hudud) va hadisni yaxshi biladigan huquqshunoslar orasidan tayinlanardi. Muftiyning vazifasi turli diniy-huquqiy masalalar yuzasidan shariatga asoslanib fatvo chiqarishdan iborat edi. Aholi turmushida muxtasib muhim o’rin egallangan. U yaxshilikka ko’maklashib, yomonlikning oldini olishga qaratilgan qonunni himoya qilish bilan shug’ullangan. Bozorda tartib bo’lishini kuzatish, savdo qoidalariga rioya qilish, bozordagi tosh-tarozilar to’g’riligini ta’minlash muxtasib vazifasiga kirgan. Muxtasib yana musulmon axloqi me’yorlariga rioya qilinishini kuzatish, ichkilikbozlik, sudxo’rlik va shu singarilar payini qirqishi zarur edi. Davlat xizmatidagi amaldorlar asosan aholida olinadigan mablag’lar hisobiga yashagan. Buxoro xonligi devonidan xizmatchilar aniq belgilangan ish haqi olishmagan. Ularga yer uchastkasi savdo-hunarmandchilik muassasasi va boshqalardan olinadigan daromadlarning bir qismi ajratilgan. Dehqonlikning barcha sohalari (g’allachilik, paxtachilik, polizchilik, bog’dorchilik) doimiy harakatda bo’lgan. O’sha paytlarda bug’doyning 20 xil navi bo’lgan. Zarafshon, Qashqadaryo va Farg’onada bog’dorchilik mashhur bo’lgan. Asosan olma, o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha, bodom, yong’oq, nok, uzum va boshqalar yetishtirilgan. Zahiriddin Bobur: “Andijon nokidan yaxshiroq nok bo’lmaydi”, -deb yozgandi. Ana shu mevalarning ko’plari quritilgan shaklda boshqa mamlakatlarga yuborilgan. Buxoroning olxo’risidan shifobaxsh meva sifatida foydalanilgan. Hunarmandchilikda ham ilgaridek an’anaviy yo’nalishlar: to’quvchilik, temirchilik, qurolsozlik, duradgorlik, qo’nchilik, zargarlik, qurolsizlik kabilar ishlab turgan.
XVIII asr ikkinchi yarmidan Markaziy Оsiyoda Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklaridan iborat uchta mustaqil davlat birlashmasi to’la ravishda faoliyat ko’rsata boshladi.
1753 yili Muhammad Rahimbiy o’zini Buxoro amiri deb e’lon qildi. Shu bilan mang’itlar sulolasi hukm surgan Buxoro amirligiga asos solinadi. Muhammad Rahimbiy to’rt yil ichida Miyonqal’a, Nurato, Hisor, Qubadiyon, Boysun va Shaxrisabz mustaqil feodallariga qarshi bir necha marta qilingan harbiy yurishlar natijasida ularni o’ziga bo’ysindirishga erishdi. 1753 yilda u yana Samarqand, Urgutga, Zarafshonning yuqori oqimiga, O’ratepa va Jizzaxga yangi yurishlar uyushtirdi. Uch yil davom etgan urush harakatlari natijasida Panjakent, Falgar, Qo’shtut, Jizzax va Zominni Buxoroga bo’ysindirdi. Faqat chingiziylar xon unvoniga ega bo’lishlari mumkinligini e’tiborga olib, Rahimbiy Àbulfayzxonning qiziga uylandi va xon avlodlari bilan qarindosh tutindi. Qo’qon, Toshkent, Marv, Balx va Qunduz mulklari ham Rahimbiy Buxoroning qonuniy hukmdori deb tan oldi. Shundan keyin 1756 yili mang’it, baxrin, xitoy-qipchoq va saroy urug’lari amirlari Muhammad Rahimbiyni chingiziylari odatiga ko’ra oq qizida ko’tardilar. Muhammad Rahimbiy Buxoro amirligida o’zining yakka hokimligini o’rnatishga harakat qilishga qaramasdan Hisor bekligi undan ajralib chiqib qoldi, 1757- 1758 yillarda Hisor, Denov, Dushanbe, Boysun va Termizga qilgan harbiy yurishlar katta vayronagarchiliklarga sabab bo’ldi. Xorazm aholisini o’z hokimidan norozi ekanligidan ustalik bilan foydalangan Rahimbiy Xivaga o’z odamini o’tkazdi va Xorazm ham ma’lum vaqt amirlik ixtiyorida bo’ldi. Muhammad Rahimbiyning tinimsiz urushlari ham mamlakatni to’la birlashtirish imkonini bermadi.
Tez orada bu ichki nizolarga amirlikka vassal hisoblangan O’ratepa uchun Qo’qon xoni Оlimxon bilan boshlangan urush va qo’qonliklarning Jizzax, Zomin, Xo’jand, O’ratepaga qilgan hujumlari qo’shildi. Ahmad Donishning Buxoro amirlari tarixiga bag’ishlangan “Risola” asarida yozilishicha, “Amir Haydar hukmronligi davrida har 3-6 oyda uzluksiz feodal urushlari bo’lib turibdi”. Amir Haydar vafotidan keyin Buxoro taxtiga uning uchinchi o’g’li Nasrullo (1827 -1860) chiqdi. Nasrulloga to’siq bo’lmasligi uchun Haydarning katta o’g’illari Husayn zaharlangan va Umar qatl etilgan edi. Amir Nasrullo mamlakatdagi feodal tarqoqlikni to’xtatishni keskin kurashdan boshladi. U taxtga o’tirgandan keyin bir oy ichida har kuni 50-100 kishini qatl qilib turdi. Harbiy yurishlar paytida bo’ysinmagan shahar va qishloq aholisini qilichdan o’tkazdi. Nasrullo Buxoroda oddiy odamlar orasidan to’plangan va mashqdan o’tkazilgan sarbozlar, ya’ni muntazam piyoda qo’shin tuzdi. U zamonaviy artileriya vujudga keltirishga harakat qildi. Amir Nasrullo Shahrisabz bekligi bilan uzoq kurash olib borib, 1856 yildagina uni zabt etdi. U qo’shni Qo’qon va Xiva xonliklari hisobiga o’z hukmronligini kengaytirishga harakat qildi. U 1842 yilda Qo’qon xonligini qo’lga kiritib, Muhammad Alixonni qatl ettirdi. Amirning Qo’qon xonligi bilan bandligidan foydalangan Xiva xoni Оlloqulixon o’z qo’shinlarini Chorjuyga boshlab keldi. Bundan xabar topgan Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur bo’ldi. Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o’rtasidagi bunday jiddiy munosabat Rahimqulixon hukmronligi davrida ham saqlanib keldi va nihoyat Nasrullo Xazorasp qamalida mag’lubiyatga uchradi. 1843 yilda Amir Nasrullo Xo’jand va O’ratepani qo’lga kiritish uchun Qo’qon xonligiga yana bostirib kirdi. Qisqasi bu shaharlar o’n yil davomida doimo qo’ldan-qo’lga o’tib turdi.
XVI asr boshlarida Elbarsxon (1511-1523) tomonidan tashkil etilgan Xiva xonligida hukmdorlar tez-tez almashinib turgan. Uning asosiy sababi mamlakatda xonavayronlikni yuzaga keltirgan o’zaro urushlar bo’lgan. Bundan foydalangan Buxoro xoni Abdullaxon 1593 yilda Xiva xonligini bosib oladi. Lekin, Abdullaxon II ning o’ldirilishi munosabati bilan 1598 yilda Xiva xonligi yana o’z mustaqilligini qo’lga kiritadi. Xonlikka qo’shni bo’lgan qalmiqlar, qozoqlar, ural kazaklar ham har safar muvaffaqiyatsiz bo’lsada bir necha bor hujum uyushtirib turganlar. Ayniqsa, Arab Muhammad davrida xonlikdagi o’zaro urushlar yuqori nuqtaga chiqib 1623 yili Turkmanlar yordamida xonlik taxtini Asfandiyorxon (1623-1643) egallaydi. Bu davrda ham Xiva lashkarlari Buxoro xonligini vayron qilarli darajadagi qator harbiy yurishlar qildi. Ana shunday bosqinlardan oxirgisini 1662 yilda Xiva xoni Abulg’ozi amalga oshirildi. U Buxoro xoni Abdulaziz bilan sulh tuzadi. Buxoroga hujumlar Abulg’ozining o’g’li Anusha davrida (1663-1687) ham davom etdi. U hattoki 1685 yili Samarqandni ham zabt qildi. Lekin, G’ijduvon yaqinida tor-mor qilindi. Buxoro xoni Subxonqulixon Anushaxoniyning o’g’li Ernak boshchiligida buxoroliklarning fitnachi guruhini tashkil qilib, 1687 yilda Anushxonning ko’zini ko’r qilinishiga erishdi. Fitnachi guruh 1688 yili Subxonqulixonga vakillar yuborib, Xivani o’z tasarrufiga olishni iltimos qildi. Xon eshikog’a unvoniga ega bo’lgan Shohniyozni Xiva hukmdori etib tayinladi. Shohniyoz Xiva xonligi mustaqilligiga erishish va Buxoroga bo’lgan qaramlikdan qutilish maqsadida imperator Pyotr I ga yashirin elchi yuborib, u orqali xonlikni Rossiya tobeligiga qabul qilinishi so’raydi. Pyotr I 1703 yilda yangi Xiva xoni Arab Muhammadga (1707-1714) yorliq yuborib xonlikning tobe’ligini tasdiqladi lekin amaldagi tobelik bo’lmadi.
Sherg’ozixon davrida (1715-1728) Xiva xonligida feodal mojarolar shiddatli davom etishdan foydalanib Pyotr I uyushtirgan A. Bekovich Cherkasskiy ekspeditsiyasi xonlikni Rossiya ta’siriga o’tkazish yo’lidagi dastlabki harbiy urinishini qilib ko’rdi. Lekin, xonlik Cherkasskiyning 6000 kishilik otryadining to’laligicha qirib tashladi va ancha vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo’lish xavfi ostida yashadi. Shu orada Xiva xonligi Xurosonga bir necha bor uyushtirgan harbiy yurishni va Buxoro tomoniga o’tib Nodirshoh qo’shinlariga qarshi chiqishi bilan o’zining janubiy xavfsizligining ham keskinlashtirdi va nihoyat Nodirshoh Buxoroni o’z tasarrufiga o’tkazgandan keyin Xorazmga hujum qilishni boshladi. U Hazorasp va Xonqa janglarida xivaliklar ustidan g’alaba qozondi. Xiva xoni Eldorxon (1728-1740) o’ldirildi. Xivada Nodirshoh noibi tayinlanib va harbiy garnizoni qoldirilib, Eron boshqaruv tizimi o’rnatildi. Ammo ularni hokimiyati xonlikni barcha qismini o’z ichiga ola olmadi va notinchlik ko’rdi. Shu paytdan boshlab tez-tez o’zgarib turgan xonlar aslida hokimiyatni qo’ldan berib qo’ydilar, ularning nomidan 1763 yildan boshlab o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasidan bo’lgan inoqlar hukmronlik qildilar. Ular badavlat shaharliklar va ruhoniylarni qo’llab quvvatlashga erishdilar. Chunki, mamlakat iqtisodiyoti feodal tarqoqligidan zarar ko’rayotgan edi. Markaziy hokimiyat zaifligi sababli aholi ko’plab bosqinlarning azobu uqubatlariga bardosh bera olmasdan qo’shni yurtlarga qochib ketmoqda edi. Sug’orish inshootlari qarovsiz qolib ko’pgina yerlar tashlandiq holatga tushib qolgandi. Xiva shahri aholisi soni ham keskin qisqargandi. Ana shu zarurat tufayli inoq Muhammad Amin (1763-1790) 1770 yilda Turkmanlarning, 1782 yilda esa buxoroliklarning hujumlarini daf etib, 1804 yildan Xivada qo’ng’irotlar sulolasining amaldagina emas rasmiy ravishda ham hukmronligini ta’minladi.
Muhammad Rahim I (1806-1825) Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazdi. U soliq islohoti o’tkazdi, o’lponlarni muntazam undirush yo’li bilan davlat daromadini oshirdi, bojxona joriy etdi va oltin pul zarb qilishni yo’lga qo’ydi. U feodallar o’rtasidagi mojarolarga chek qo’yib, ularning yerlarni birlashtirdi. Muhammad Rahim 1811 yilda Оrollik feodal guruhlar qarshiligini sindirib, ularni o’z itoatiga o’tkazdi. Xonlik qaraqalpoqlarni ham bo’ysundirdi. Xonlikning Xiva, Yangi Urganch, Xazorasp, Xo’jayli, Toshhovuz, Gurlan, Xonqa kabi shaharlarida turli hunarmandchilik sohalari rivojlandi, ular savdo markaziga aylandi. Yangi Urganch bozori chet ellik savdogarlar bilan gavjum bo’ldi. XIX asrning 40-yillardagi ma’lumotlarga ko’ra, Xorazmga tegishli yerlar 70 tumanga, 20 beklik va viloyatlarga bo’lingan. Xonlik chegaralari barqaror bo’lmagan, u davlatdagi va qo’shni mamlakatlardagi siyosiy vaziyatga qarab o’zgarib turgan. Xonlik qozoq xonlarining yerlari, Eron va Buxoro amirligi bilan chegaradosh bo’lgan. XVIII asrdan boshlab uning Rossiya tasarrufidagi yerlar bilan ham chegaralari vujudga ktldi. XIX asrning birinchi yarmida Said Muhammad Rahimxon II davrida Xiva xonligida 900 mingdan ortiq aholi yashagan.
XVIII asr boshida Buxoro xonligida Ashtarxoniylar hukumronligi tanazzuli tezlashgan sharoitda Farg’ona vodiysida Qo’qon xonligi tashkil topdi. Dastlab ming qabilasidan chiqqan Shohruhbiy 1710 yilda Chodak xo’jaliklari hokimiyati o’rniga Buxoro xonligidan mustaqil Farg’ona deb nomlangan mulkga asos soladi. Uning o’g’li Muhammad Rahimbiy (1721-1740) davrida Farg’ona mulki ancha kengayib, Abdulkarimbiy (1740-1760) markaziy hokimiyatini mustahkamlash uchun feodallar o’zboshimchaligiga chek qo’yishga intildi. Norbutabiy (1769-1800) davrida Chust va Xo’jand beklari qarshiligi bostiriladi.
Norbutabiyning o’g`li Оlimbek (1800-1809) Qo’qon xonligidagi feodallar o’zboshimchaligini bostirishga erishdi. U harbiy islohot o’tkazdi, 1803-1809 yillarda Toshkent, Chimkent va Sayramni Qo’qon xonligi tasarrufiga o’tkazdi. Оlimbekning markazlashgan davlatga aylantirish uchun qilgan harakati ba`zi feodal guruhlar o’rtasida keskin norozilikni keltirib chiqardi. Natijada, u ukasi Umarxon boshliq fitnachilar tomonidan 1809 yilda o’ldirdi. Umarxon (1809-1822) xonlik taxtini egallagach Turkiston shahrini va qozoq dashtlarining anchagina qismini Qo’qon xonligiga qo’shib oldi. Aniqrog`i, Uguztog`dan to Xazar (Kaspiy) dengizi sohillarigacha bo’lgan cho’l yerlar Umarxon hukmronligiga bo`sundirildi. Toshkent, Buxoro va Xivadan Оrenburgga boradigan karvon yo`llari tutashgan joyda Оqmachit qal`asi qurildi. Qo’qon xonligi Umarxonning o’g`li Muhammad Àlixon (1822-1842) hukronligi davrida yanada kengaydi. Bu safar Farg`ona vodiysining janubida mustaqillik bilan boshqarilayotgan Qorategin, Darboz va Kulob yerlari egallandi. U yana 1826 yilda Sharqiy Turkistondan musulmonlarini Farg`onaga majburan ko`chirib yuborayotganligi va xo’jalar quvg’in qilinayotganligi to`g`risidagi xabar tarqalishi munosabati bilan qilingan harbiy yurish munosabati bilan Оqsuv, Qashg’ar, O’rkyent, Xuton shaharlaridan soliq olish huquqini qo’lga kiritdi. 70 mingga yaqin Sharqiy Turkistonlik musulmonlarni ko’chirib kelib Shahriston va uning astrofidagi qishloqlarga o’rnashtirdi.
Bu davrda Markaziy Оsiyodagi xonliklar va amirliklar o’rtasida o’zaro qurashlar yana avj oladi. Masalan, Qo’qon hukmdori Alixonning eng obro’li a’yonlarni ta’qib qilishi va qatl qilishidan norozi bo’lgan feodallar va ruhoniylar oshkora bosh ko’tarishga botina olmay Buxoro amiri Nasrulloga yordam so’rab murojaat qiladilar. Alixonning og’ir gunohi – ikkita tug’ishgan singlisi bo’lgani holda o’gay onasiga uylangani haqida uydirma tarqatishadilar. Din peshvolari uni xudodan qaytgan va dindan chiqqan kofir hukmdor sifatida xalqqa ma’lum qiladi. 1840 yildagi Qo’qon xonligi bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi urush – Alixon mag’lubiyati bilan tugallanib, Ho’jand Nasrullo tasarrufiga o’tdi, xonlik amirlikka tobeligini tan oldi. Lekin, Nasrullo qo’shinlari jo’nab ketishi bilan Alixon yana o’zi bilan kelisha olmagan kishilarni ta’qib va qatl qilishni davom ettirdi. Natijada, Qo’qonda norozilik g’alayonlari boshlandi. 1842 yilda Nasrullo qo’shinlari yana rahbarsiz qolgan Qo’qonga kelib Alixon va unga yaqin kishilarni qatl ettiradi. Shuni qayd etish joizki, Amir Nasrullo qoldirgan noib, amaldorlar va askarlar qisqa vaqtda Farg’ona aholisiga qattiq zulm o’tkazganligi va ko’plab talonchilik ishlarini amalga oshirganligi sababli 1842 yil yozida Qo’qonda qo’zg’olon ko’tarilib, Buxoro amirligi hukmronligi o’rniga Talasda yashayotgan Оlimxonning jiyani Sherali xon deb e’lon qilindi. Buxoro noibi qochib ketdi, buxorolik qo’shin va amaldorlar qirib tashlandi. Bunga javoban 1843 yili amir Nasrullo o’z mavqeini tiklash maqsadida xonlikka yana kattagina qo’shin bilan kelib Qo’qonni 40 kun qamal qildi. Lekin, Xiva xoni Оlloqulixonning Buxoroga hujum qilganligi sababli Nasrullo qaytib ketishga majbur bo’ladi. Xo’jand va Toshkent shaharlari yana Qo’qon xonligi tasarrufiga o’tadi va xonlik Umarxon davridagi chegaralarini tiklaydi. Lekin, Sheralixonning taxtga kelishiga va Qo’qonning amir Nasrullo tartibotidan qutultirishda yordam bergan qipchoqlar xonlikdagi asosiy lavozimlarni egallashga kirishdilar. Bunga Sheralixon yo’l qo’ymagach qipchoqlar qo’zg’olon ko’tarib, Qo’qon shahrini egallaydi. Natijada, qipchoq oqsoqollari kengashi Sheralixonni taxtda qoldirsa ham qipchoqlar boshlig’i Musulmonqulni amirlashkar (bosh harbiy qo’mondon) etib tayinlaydi. Xonlikdagi asosiy lavozimlarni endi qipchoqlar egallab, hokimiyatni asosan ular boshqara boshladilar. Sheralixon qo’g’irchoq hukmdor bo’lib qoldi. Ana shu davrda aholidan soliq undirishning kuchayishi Qo’qon xonligining bir qator tumanlarida qo’zg’olonlar boshlanishiga sabab bo’ldi. 1845 yilda Musulmonqulning O’shdagi qo’zg’olonni bostirish bilan bandligidan foydalangan Alixonning o’g’li Murod o’zini xon deb e’lon qilishga ulgurdi va Sheralixonni qatl etdi. Musulmonqul darhol O’shdan Qo’qonga qaytib, Murodni o’ldirdi va uning o’rniga Sheralixonning 13 yashar o’g’li Xudoyorxonni taxtga o’tkazdi. Musulmonqul yosh xonning xomiysi bo’lish bilan chegaralanmasdan qaynotasi ham bo’lib oldi. Aslida hokimiyat Musulmon qo’lida to’planib, davlatni asosan qipchoqlar boshqara boshladi. Lekin, Xudoyorxon voyaga yetgach, 1853 yili Musolmonkulning Toshkent, O’ratepa va Xo’jandga muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlari davrida mahalliy aholi yordamiga tayanib fitna uyushtirdi va 20 mingdan ortiq qipchoqlar qirib tashlandi. Musulmonqul Qo’qonda qatl etildi, qipchoq yerlari musodara qilinib, egallangan lavozimlardan chetlatildi.
Bularning barchasi mamlakat iqtisodiyotiga juda og’ir ta’sir ko’rsatardi: xo’jaliklar tushkunlikka uchrar, dehqonlar va mayda hunarmandlar xonavayron bo’lar, ko’p oilalar boquvchisiz qolardi. Natijada, xonliqda isyonlar va xalq harakatlari ko’tarilgan. Masalan, 1745-1746 yillarda Farg’ona vodiyisiga qalmiqlarning talonchilik yurishlariga qarshi hukmdorlar zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirmaganligi uchun qo’zg’alon ko’tariladi. Bundan qipchoq zodagonlari foydalanishga harakat qilishdi. Buning evaziga Qo’qon xoni Qipchoqlarni qirg’in qildi. 1799 yili Chust hokimi Buzrukxo’ja Norbutabiyga qarshi chiqdi. 1808 yili toshkentliklar Alimxonning og’ir soliqlariga qarshi qo’zg’olon ko’tardi. Ana shunday sabab bilan 1809 yili Toshkent atrofidagi ko’chmanchi qozoqlar norozilik harakati uyushtirdi. Umarxon siyosatiga qarshi 1821 yilda Tentak to’ra boshchiligida Sayram va Chimkentda qo’zg’olon bo’lgan. 1832 yilda qirg’izlar qo’zg’oloni, 1839 yilda xalqning og’ir ahvoli sababli ko’tarilgan Qorategindagi qo’zg’alonlar ham ilgarigidek katta harbiy kuch bilan bostirilgan.
Davlat tepasida xon, amir, qushbegi, sardor, bast, mahram (mansabdorning xususiy xizmatchisi) va boshqa xonning xos kishilari turgan. Ulardan keyin mingboshi, yuzboshi kabi navkarlarga – qo’shinlarga boshchilik qilgan shaxslar o’rin olgan. Navkarlar dehqonlardan olingan va harbiy xizmatni uzoq muddatda o’taganlar. Xonliklar ko’p tarafdan Amir Temur va Temuriylar davlatini davom ettirganlar. Lekin, shayboniylar o’zlaridan avvalgi boy madaniyatga munosib voris bo’lolmadilar. Me’morchilik sohasida shayboniylar temuriylar an’anasini biroz davom ettirgan bo’lsalar ham, ilm va umuman madaniyat sohasida davom ettira olmadilar. Hatto, qo’shni safaviylar va boburiylar davlatida bo’lgan o’sish shayboniylar davlatining chekkasidan aylanib o’tdi. Natijada, XVI asr oxiriga kelib, shayboniylar davlatida katta madaniy qoloqlik yuzaga keldi. Bu qoloqlik fan, texnika, san’at va siyosatga ham ta’sir ko’rsatdi. Markazdan boshqarish susayib, mahalliy beklar kuchaydi, separatizm va tarqoqlik yuzaga keldi. XVI asrda Xorazm, XVIII asr boshida alohida xonliklarga ajraldi. Toshkent bekligi ham nisbatan mustaqil edi. O’zbek xonliklarida yuz bergan qoloqlik qo’shni musulmon mamlakatlaridan ham kuchliroq edi. Shunday bo’lsa-da, XIX asr boshida uchala xonlikda biroz madaniy yuksalish yuz berdi. Lekin, asosiy illat – boshbashdoqlik kuchayib bordi. Bu illat shu qadar kuchli ediki, o’tgan asrning 60 yillarida Toshkent va Qo’qon xonligiga nisbatan rus istilosi boshlanganda, Buxoro amirligi ham, Xiva xonligi ham yordam bermadi. O’sha davrdagi xonliklardagi vaziyat shuni taqozo qilar ediki, agar butun kuch va imkoniyatlarni safarbar qilganda, birgina Buxoro amirligining o’zi rus istilosiga to’siq bo’la olardi. Àfsuski, noshud amir va xonlar bu qadar yuksaklikka ko’tarila olmadilar, ularning shaxsiy, mahalliy manfaatlari umummilliy manfaatlaridan ustun kelgandi. Mana 130 yillik mustamlakachilik davri tugadi, dushman deyarli daf bo’ldi. Ko’p og’ir damlarni boshimizdan kechirdik. Shu davrda bizni har usullar bilan egib-bukib ko’rdilar, lekin sindira olmadilar.
/////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////

Download 48,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish