2
|
Пародонт касаллиги билан оғриган беморларда юмшоқ тўқима пластикаси ва трансплантацияси.
Пластика и трансплантация мягких тканей у больных с болезнями пародонта.
Og`iz bo’shlig`i yumshoq to’qimalari operatsiyasi
Tishlar olingandan so‘ng ko‘pincha yumshoq to‘qimalarda o‘zgarish kuzatiladi. SHuningdek, alohida anatomik hosilalarning tug`ma buzilishlari ham uchraydi. Buning hammasi protezlashga qiyinchilik tug`diradi va jarrohlik davolashni talab qiladi. Ortiqcha yumshoq to‘qimaning bo‘lishi suyakni kattalashtirish mumkinligi uchun kerak bo‘lish nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Til yuganchalari kaltaligidagi operatsiyalar. Protezlashda ba`zida til yuganchasini uzaytirish talab qilinadi. Buning uchun yugancha bo‘ylab uzun kesma o‘tkaziladi va ikkita uchburchakli laxtak shakllantirilib, ular o‘zaro kelishtiriladi va yupqa ketgut yoki sintetik ip yordamida mahkamlanadi [Muxin M., V., 1973; Aleksandrov N. M., Balin V. V., 1998; Obwegeser H., 1969; Forseca R., Davis N., 1993]. Operatsiya vaqtida tilosti so‘rg`ichlarning joylashishini hisobga olish zarur, chunki ularni jarohatlab qo‘yish mumkin. Til yuganchasining sezilarli darajada kaltaligida uni gorizontal kesish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tilni to‘liq erkinlashtirganda jarohat romb shaklini oladi va jarohat chetlarini vertikal yaqinlashtirganda bunday shakl to‘qimalar elastikligini qo‘llashga, chok qo‘yilishiga imkon yaratadi [Muxin M. V., 1973; Ticker M., 1984; Hopkins K., 1985]. Pastki jag` alveolyar sohasining atrofiyasida yugancha to‘g`ridan to‘g`ri yoyga birikadi. Bunday holatlarda uni burchaksimon kesma holida kesiladi, uning cho‘qqisi pastki jag` alveolyar sohasiga qaragan bo‘lib, tilning pastki yuzasidagi laxtakni uni to‘liq ozod bo‘lgunicha ko‘chiriladi. Hosil bo‘lgan jarohat mahkamlab tikiladi.
YAllig`langan-o’zgargan ortiqcha to’qimalarni olib tashlash. YOmon fiksatsiyalangan tish protezlarini taqib yurganda, ularning noadekvatligi natijasida ko‘pincha alveolyar yoy, milk egatchasi shilliq qavatida fibroz o‘simtali o‘zgarishlar yuzaga keladi. Tish protezini korrektsiya qilish bilan bunday o‘zgarishlarni yo‘qotish mumkin. Boshqa hollarda esa patologik to‘qimani operativ yo‘li bilan olib tashlash zarur. Eng oddiy usul bo‘lib, elektrokoagulyatsiya yoki lazer yordamida olib tashlash hisoblanadi, bunda jarohat tampon ostida ikkilamchi tortilish bilan bitadi. Sezilarli miqdorda ortiqcha yallig`langan to‘qimalar bo‘lganda, periostgacha bo‘lgan oddiy kesib olib tashlash usuli o‘tkaziladi, so‘ng jarohat tugunsimon yoki uzluksiz choklar bilan tikiladi. Jarohatni tikish uchun to‘qimalar etishmaganda uning qirg`oqlarini tortmasdan suyak usti pardasiga tikib qo‘yiladi; hosil bo‘lgan nuqson ikkilamchi tortilish bilan bitadi. Barcha jarrohlik aralashuvda kelajakda protezlash uchun sharoitlarni hisobga olish shart, shu o‘rinda etarli chuqurlikdagi milk egatini hosil bo‘lishi ham. SHakllantiruvchi shina, perevyazka yoki gigienik aralashuvlarda echiluvchi yumshoq taglik asosli protezlarning fiksatsiyasi bunga olib kelishi mumkin. Eng qiyin bo‘lib, qattiq tanglay shilliq qavatidagi papillamatoz o‘simtalarni olish hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlar asosan tish protezlari shikastlanishida, og`iz bo‘shlig`ining etarli bo‘lmagan gigienasida, zamburug`li infektsiyalarda yuzaga keladi. Konservativ davolash va protez korrektsiyalari effektiv bo‘lmagan holatlarda operativ aralashuvlar talab qilinadi. Bu koagulyatsiya, lazer yordamida olib tashlash, suyuq azot bilan obrabotka, bor yordamida, shuning skalpel bilan patologik to‘qimalarni suyak usti pardasigacha olishdan iborat bo‘ladi. Albatta, to‘qimalarni patologoanatomik tekshirish zarur. Bog`lam va himoya plastinkasi (iloji bo‘lsa yumshoq tagliklisi ma`qul) bilan jarohat yuzast yopilganda, 4 hafta ichida ikkilamchi tortilish bilan jarohatni bitishiga yaxshi sharoit yaratiladi. YUqori jag` alveolyar o‘sig`i va pastki jag` alveolyar qismini qoplab turuvchi shilliq qavat va suyak usti pardasidagi g`adir-budurlikni kamayishida patologik maydonini qamrab oluvchi ellipsimon ulanib ketuvchi kesmalar o‘tkaziladi. Bir-biriga teguvchi tortilmasdan vestibulyar va oral tomondan shilliq-suyak usti pardasi laxtagi mobilizatsiya qilinib, so‘ng jarohat tugunsimon yoki uzluksiz choklar yordamida tikiladi. Agar jarohat chetlarini bir-biriga yaqinlashtirgandan so‘ng yalag`ochlangan suyak maydonchasi qolsa uni doka tamponi bilan yopiladi. Jarohat ikkilamchi tortilish bilan bitadi. Retromolyar sohadagi to‘qimalar hajmini kamayishi. Bu sohada gipertrofiya natijasida ko‘pincha ortiqcha to‘qimalar kuzatiladi. Ortiqcha to‘qimalar ellipssimon shaklda kesiladi, nuqson qirralari yupqalashtirilib, jarohat tugunsimon yoki uzluksiz choklar yordamida tikiladi. Tanglay distal sohasidagi ortiqcha yumshoq to‘qimalarni olib tashlash. Tanglay gumbazining distal qismida ko‘pincha ortiqcha yumshoq to‘qimalar aniqlaniladi, bu esa uning torayishiga va protezlashda qiyinchiliklarga olib keladi. Operatsiya vaqtida oldingi tanglay arteriyasi, qanotsimon venoz tutamining jarohatlanishi kuzatiladi, shuning uchun to‘qimalar yuzaki olib tashlanadi. Ortiqcha yumshoq to‘qimalar o‘tkir yupqa skalpel bilan shilliq qavat va shilliq osti qavat chuqurligiga teguvchi yuzagacha olinadi. Jarohat chetlari yaqinlashtirilib, choklar qo‘yiladi va jarohat yuzasiga himoya plastinkasi taqiladi.
|