Parodont to’qimasini tuzilishi, funksiyasi. Parodont kasalliklarini tasnifi.
Parodontologiya to’g’risida umumiy tushuncha, terminologiya
.
Par-atrof,
odont-tish, logos-fan, demak parodontologiya dega-ni, tish atrofidagi
to’qimalarni o’rganadigan fandir.
Parodont to’qimalariga milk, alveola suyak to’qimasi, periodont va tish to’qimalari
kiradi, parodont to’qimalari o’zaro irsiy (genetik), morfologik va funksional
bog’liqdirlar.
Demak, parodont — bu tish va uning atrofidagi to’qimalarning
YIG
’
INDISI
,
kompleksidir.
Akademik N. N. Nesmeyanov (1905) birinchi bulib, bu to’qimalarni
kompleksini
amfodont a’zosi (organi) deb atashni taklif etgan. Kasallikda bu to’qimalarni biri
zararlanishining ikkinchisiga o’tishi yoki birdaniga xammasi kasallanishini
hisobga olib, ularni to’qimalar
YIG
’
INDISI
— kompleksi deb qabul kilishni tavsiya
etgan.
Keyinchalik, chet el olimlari turli termin-atamalar bilan atashni taklif kilishgan —
«paradensium», «parodont» kabilar. 1914, 1921 yillarda Weski «paradensium»,
Kantorovich (1923) «parodont» degan terminlarni tavsiya etishgan.
Parodong degan atama xozirgi zamonda butun dunyo stomatologlari qabul etgan
atamadir. Parodont to’qimasida kechadigan kasalliklarni amfodontoz (I. G.
Lukomskiy, 1948), «parodontoz», «parodontit», «parodontopatiya», «alveolyar
piorreyasi» kabi nomlar bilan atasha boshlashgan.
Xozirgi zamonda, parodont kasalliklarini «gingivit», «parodontit», «parodontoz»,
«idiopatik kasalliklar», «parodontoma-dar» deb atash k,abul kilingan — bu
atamalarning xar biri uz ta’rifiga yarasha o’z o’rnida qo’llaniladi.
Tarixiy ma’lumotlar.
Parodont kasalliklari qadimdan ma’lum. Adabiyotlarda bizning eramizdan 3000—
5000 yil oldin Vavilon, Assiriya
kabi mamlakatlar arxeologlari, usha davrda
yashagan odamlarda ham bu kasallikni bo’lganligini aniklashgan. Bunday
ma’lumotlar bizning asrimizdan oldin xitoyliklarda (2500 yil) xam borligi, ularni
davolash to’g’risida kursatmalar borligi ma’lum. Gippokrat asarlarida bizning
asrimizdan 500 yilgari xam parodont kasalliklarini davolash choralari yozilgan.
Gippokrat fikricha, tishlarni qimirlab, asta-sekin tushib
ketishiga tanadagi sharbat
(sok) larning (qon, shilliq. modda, qora va sarig’ o’t), muvozanati o’zgarganligiga
bog’liq.
Shunday qilib, parodont kasalliklarini nomini belgilash,qanday yoki nima deb
atash kerak degan masala uzok, vaktlar ko’ndalang bulib turgan. Shuning uchun
xam turli nomlar yuzaga kela boshlagai. Blessing 50 dan ortik, Mamlock 100 ga
yaqin nomlar taklif etilganini o’sha 1911 —1912 yillarda sanab chiqishgan.
Ulug’ daxo Abu Ali Ibn Sino (Avisenna) (980—1037) ning mashxur «Tib
qonunlarida» ham juda ko’p stomatologik kasalliklar, jumladan milk
kasalliklariga bag’ishlangan boblar mavjud. Undan oldin (936—1013) va bir
davrda yashagan Abul — Qosim asarlarida parodont
kasalliklari maxalliy
sabablarga bog’liq ekanligi, tish toshlari sababchi ekanligi keltirilgan. Abul -
Qosim uz davrida tish toshlarini olish uchun maxsus asboblar yasagan va
qo’llagan, milk kasalliklarini davolash yullarini ko’rsatgan.
XV asr boshlarida Arnbroise Pare parodont kasalliklarining kelib chiqishida
ichki kasalliklar,
xususan oshkozon kasalliklari, XVI asrda Forest esa asab
kasalliklari, XVIII asrda Pause-hard (1726—1746) parodont kasalligi Skorbut
(singa)ning bir turi sifatida kechadigan xolat ekanligini ta’kidlashgan.Pause-
hard parodont kasalligi kelib chiqishida notug’ri turmush tarzi, o’ta aqliy
mehnat va tananing tuzilishi (konstitusiya) —uning xosligi rol uynashini ham
ta’kidlaydiki, bu hozirgi tushunchalarga xam hamoxangdir.
XIX Toirac parodont kasalligini «alveolyar piorreya»—«alveoladan yiring oqish»
(puorrhoi interalvtolodentair) «interalveolyar yiring oqish», ya’ni maxalliy
kasallik deb karash kerakligini ta’kidlaydi. XX asrda
parodont kasalliklarini
o’rganish, davolash usullarini ishlab chiqishda juda ko’p ma’lumotlar to’plana
boshlandi.
XIX asrda rus olimlari N, N. Znamenskiy, XX asrda esa N.N.Nesmeyanov
parodont kasalliklariga bag’ishlangan doktorlik dissertasiyalarini yoqlashdi.
Bu soxada chuqur va qimmatli ma’lumotlarni ishlab chiqkan N. A. Astaxov,
A. I. Yevdokimov, L. M. Landenbaum, P. Ы, Lvov, D. A. Entin, I. O. Novik,
keyinchalik A. I. Rыbakov, Ye. Ye. Platonov, L. R. Rubin, V. Yu.
Kurlyandskiy, N. F. Danilevskiy va kupgina boshqa olimlar parodont
kasalliklarining turli kirra-lari buyicha munosib hissa qushdilar.
Keyingi yillarda I. S. Maщyenko, T. V. Nikitina, E. V,
Bel-chikov, T. X.
Safarovlar parodont kasalliklarining kelib chiqish sabablari, undagi immunologik
o’zgarishlar va ularning parodont kasalligidagi akamiyatlari, kasallikni
davolash, uni oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida hozirgi zamon fan
yutuqlaridan foydalanib, kimmatli ma’lumotlar bilan bu soxani boyitdilar. Xozirgi
paytda, tadkiqotchilar parodont kasalliklarini asosan ichki a’zo va tizim
(oshkozon-ichak kasalliklari,
modda almashinuv buzilishi, yurak-qon tomir
kasalliklari va boshqalar) kasalliklari, stress, ekologik xolatlar va boshka
organizmga salbiy ta’sir etuvchi omillardan kelib chiqishini ta’kidlashadi. Albat-
ta maxalliy sabablar (tish toshlari, og’iz tozalik qoidalariga rioya qilmaslik,